Uçinçi uyğoniş epkinlari
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqinda Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoşlar tarbiyasi hal qiladi” degan sözlariga alohida urğu berdi. “Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Lekin, insoniyat ongli hayot keçira boşlagan davrdan buyon taʼlim va tarbiya masalasi doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda” deya hikmatli sözlarni izohladi davlatimiz rahbari. Şu asnoda biz Uçinçi Uyğoniş (Renessans) rejalaştirilayotganidan voqif böldikki, bu gaplar mamlakatimiz rahbarining qariyb tört yillik prezidentlik faoliyati xulosasi sifatida yangradi. Ayni muallimlar bayrami arafasida…
Asli “Muallim” arabça söz bölib, uning tarkibida “ilm” yaşiringan. Alalxusus, jahon sivilizatsiyasini Aristotelga öxşagan muallimlar voqelikka köçirganlar. Zotan, ilm iştirok etmaydigan sivilizatsiya bölişi mumkin emas. Yuksak darajadagi taraqqiyot ildizlari ilm buloqlaridan oziqlanişi tarixda köp bora öz isbotini topganini bilamiz.
Yurtboşimizning nutqida taʼkidlanganidek, Markaziy Osiyo hududidagi Birinçi Uyğoniş davri IX-XII asrlarda voqelikka köçgan. Ikkinçi Uyğoniş davri esa Amir Temur ğayrat-şijoati bois şakllangan. Oradan ança yillar ötganidan söng — XIX asrda hududimizda içki nizolar özining qop-qora kurtaklarini yoza boşladi. Oqibatda johillik ilmning yölini tösib qöydi. Yigirmançi asrning 10-yillarida yangi usul — jadidçilik tarafdorlari millat taraqqiyoti yölida maydonga otilib çiqdilar. Ularning yölboşçisi Behbudiy hazratlari edi. Ammo, ular fevralda oppoq bölib gullagan öriklarga öxşab qoldilar. Davr izğirinlari gullarni qor alpozida körib, uzoq-uzoqlarga uçirib ketdi. Davlatimiz rahbari şu hodisalarni şarhlar ekan, jadidlarning olamşumul orzulariga alohida töxtaldi: “Ming afsuski, jadid bobolarimiz öz oldiga qöygan ezgu maqsadlarni amalga oşirişga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yöl bermadi. Maʼrifat fidoyilari öşa davr johil kimsalarining tuhmat-malomatlariga duçor böldilar. Avval çor hukumati, keyinçalik sovet hukumati ularni ayovsiz quvğin va qatağon qildi. Şu tariqa milliy uyğoniş va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uçun armon bölib qoldi.
Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yölida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy merosi biz uçun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega”.
Şu vaqtga qadar mamlakatimizning biror rahbari jadidçilik harakatiga uzil-kesil siyosiy baho bermagan edi. Garçi Istiqlol arafasida ularning asarlari yoruğlik yuzini köra boşlagan bölsa-da, baribir, şaxsiyatlarini gumon şarpalari örab turgani bilinib qolar edi. “Millatparvar” sözining zörma-zöraki zaylda “millatçi”ga aylantirilganiga heç bir siyosatçi eʼtibor qaratmagan edi.
Yaqin tariximiz manzaralaridan maʼlumki, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon asarlari tarafga otilgan malomat toşlari bir joyga yiğilsa, kattakon toğ hosil böladi. Xususan, “Qizil Özbekiston” gazetasi 1937 yillarda öşa qon aralaşgan toşlarni irğitişda bayroqdorlik vazifasini uddalagan edi.
Mazkur naşrning 1937 yil 6 avgust sonida bosilgan “Keça va kunduz” haqida” sarlavhali maqola quyidagi daşnomlar bilan boşlangan: “Çölpon — Oktyabrdan ilgari burjua-jadid yozuvçi sifatida maydonga çiqqan kişi. Oktyabrdan keyin oçiqdan-oçiq bolşeviklarga va sovet hokimiyatiga qarşi aktiv kuraşib, öz ijodida aksilinqilobiy millatçilar ğoyasini ötkazib keldi. Çölpon özbek millatçilarining baloğatga yetgan, maqtalgan sanʼatkori bölib, millatçilar u bilan faxrlanardi. Çölpon köp yillargaça va hozir ham şu iflos botqoqlik içida qoldi. “Sozim”, “Jör” (bosilmagan) degan şeʼriy töplamlari bilan “Keça va kunduz” romani bunga misol böla oladi” (“Çölpon va tanqid”. Matnlarni naşrga tayyorlovçi, sözboşi va izohlar muallifi: filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov. Toşkent, 2004 yil. 67-bet).
Eʼtibor qiling: öşa tajovuzkor maqolaning eʼlon qilinganiga sakson uç yildan oşibdi. Maqolaning uç nafar muallifi oradan ança yillar ötganidan söng jamiyat hayoti tamomila özgarib ketişini, oqni qora deganliklari foş bölişini öylab körganmikan? Şaffof buloqlarni “iflos botqoqlik” deya teskari talqin qilganliklarini xayol burçaklariga keltirganmikanlar? Tabiiyki, ular jamiyatning toş qotişiga astoydil işonişgan va şu barobarida teskari talqinni kiprik qoqmasdan amalga oşirganlar. Aslida Abdulhamid Çölpon Uyğoniş maktabdan boşlanadi, degan ğoyani ilgari surgan edi.
“Keça va kunduz” romanidagi obrazlarga bekitilgan fikrlarni, içki monologlarni obdon öylab körsangiz, uning nima demoqçi bölayotgani oydinlaşadi. Romandan bir şingil:
“— Bu fikringiz xato. Ibtidoiy tarbiyani rus maktablaridan boşlab bölmaydi, uni milliy maktablarda beriş kerak. Ilgari milliy hissini östirib, öz millatini tanigandan keyin rus maktabiga beriş kerakki, hunarga, ixtisosga tegişli ilmlarni öqisin. (Bu odamning gaplarida şunaqa men anglamaydigan sözlar köp: u özi öylamasdan gapirib keta beradi. Tez-tez töxtatib söraşga men uyalaman. Baʼzi sözlarni anglamasam-da, hamma gaplarini anglayman. Gazet öqiy bersam, tuşunib ketarman). Undan keyin Germaniya, Fransiya, Angliya mamlakatlariga, hatto dunyoning narigi çekkasidagi Amerikaga yuborib öqitiş kerak…
— Öruslarning özida ham ilm köp, şekilli-ku, nariga yuboriş nimaga kerak?
— Öruslarda ilm köp. Öruslar mutaraqqiy millat. Lekin ular özlari ham asl ilmni öşa yoqdan oladilar.” (Çölpon. “Keça va kunduz”. Toşkent, 1995. 189-bet).
Davlatimiz rahbarining ayni Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida uç buyuk jadid rahnamolari — Abdulla Avloniy, Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonovlarning vafotidan söng “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlaganlarida ham ramziy maʼno bor. Çunki, ular uluğ muallim edilar; Çölpon kabi önlab jadidlarga uçar qanot baxş etgan edilar. Ularning har biri — öziça yulduz. Çölpon esa — Tong yulduzi!
Öylab qarasak, serquyoş Özbekistonimizda jadidçilik harakati eng baland nuqtaga kötarilganiga ham yuz yildan oşibdi. Mazkur harakat söndirilgan bölsa-da, baribir öz ildizlarini tafakkur oşa uzoqlarga yetkazişga ulgurdi.
Jadidlar öz faoliyati mobaynida, asosan, ikki narsaga diqqat-eʼtiborlarini qaratgan. Bularning birinçisi, maktab bölsa, ikkinçisi, gazetadir. “Keça va kunduz” romanida ham maktablar va gazeta masalalari börttirib körsatiladi. Obrazli yösinda aytsak, maktab va gazeta Taraqqiyot quşining ikki qanoti sifatida tasvir etiladiki, biz bu tarixiy faktni hamişa xayolimizda tutib yurmoğimiz darkor.
Çuqur fikrlovçilar va yengil fikrlovçilar kuraşi ötmişda ham bölgan, hozir ham şundoq. Ayrim kimsalar borkim, elektron matbuot jahonga boğlanib turganida gazet-jurnalga ne hojat, deydilar. Bu nodonlarning gapi. Elektron matbuotning ham qulayliklari bor, albatta. U kerak. Tezkor. Ammo tan oliş kerakki, elektron naşrlarning hidi yöq, rangi yöq, taʼmi yöq; elektron matbuotni öz şakliça taxlab, kitob javoningizda saqlab bilmaysiz: pir etib, uçar-da ketar. Gazet-jurnal esa yillar, asrlar mobaynida saqlanadi. Aslini olganda, ular ham mulk. Neça yillardan beri sarğaygan gazetlarni asrab yurganlarni bilamiz. Professor Bahodir Karim ham sarğaygan gazetalardan Çölpon xususidagi turli-tuman maqolalarni yiğib, “Çölpon va tanqid” otliğ ajoyib kitob yaratdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida maktab va matbuot mutanosibligi haqida şunday dedi: “…Ayting-çi, öqituvçi öz ustida işlaşi, bilim va mahoratini oşirişi uçun qöşimça metodik yordamni qayerdan oladi? Albatta, şu sohaga oid kitob va qöllanmalardan, maxsus pedagogik naşrlardan oladi.
Afsuski, biz keyingi yillarda “majburiy obuna” bahonasida ixtiyoriy obunani ham yöq qildik. Buning natijasida maktab va oliygohlarning öqituvçi va domlalari özlari uçun zarur bölgan gazeta va jurnallardan ajralib qoldi. Şunday ayançli holga keldikki, hatto ayrim rahbarlar gazeta öqimasligi bilan maqtanadigan böldilar…”.
Bu gap matbuotning jamiyatimizdagi mavqeiga tegişlidir. Aslida ixtiyoriy obuna gazeta va jurnallar orasidagi halol raqobatni yuzaga keltirişi joiz edi. Aksariyat bunday rejalarni notöğri tuşundi. Oqibatda baʼzi viloyatlar nufuzli markaziy naşrlardan tamomila uzilib qoldilar. “Gazeta öladi, uning örnini internet saytlari egallaydi” qabilidagi xunuk xabarlar el-ulus orasida tez tarqaldi. “Tuyani şamol uçirsa, eçkini osmonda kör” deganlaridek, ayrim tuman gazetalari maxsus buyurtma asosida naşr qilinadigan varaqalarga aylandi-qoldi. “Gazetada maqolangizni naşr ettirişni istasangiz — marhamat, pulini tölang. Şu pulga oz-moz tirajda tuman gazetasini çiqaramiz” qabilidagi takliflarni öz quloğimiz bilan eşitdik. Ne ajabki, markaziy naşrlar (bir paytlar million nusxada çop etilgan!) tuman gazetasining yarim tirajida naşr etila boşlandi. Deylik, “Şovot istiqboli” gazetasi bir vaqtlar yetti ming nusxada çop qilinar, talaş bölib öqilguvçi edi. Bizga öxşagan önlab jurnalistlarning qalamlari aslida tuman gazetasida çarxlangan.
Hozirgi kunning eng muhim sözi — Uçinçi Uyğoniş jarayoniga daxldor böldi. Uyğoniş şabadalari esa maktab va matbuot taraflaridan esişga tuşadi. “Şabada”ni fasohat egalari “Nasim” demişlar. Nasim — Tong şabadasi. Ruhimizga yoqadigan şabada. Bizni kelajakdagi oq tonglarga işontiradigan şabada. Darvoqe, hazrat Navoiy ham bu atamani xuş körgan. Maʼrifat jarçilari xususidagi risolasini “Nasoyim ul-muhabbat” — “Muhabbat şabadalari” deb atagan.
Yangi Uçinçi Uyğoniş, yaʼni Uçinçi Renessans davri… Bu uzoq kutilgan Uyğonişdir. Kamida yuz yil kutilgan. Tojdor virus xarxaşasi dunyoni taşvişga solayotgan bugungi kunimizda yangragan mazkur atama barçamizning ruhiyatimizda umid çiroqlarini yoqib yuborgani şubhasizdir. Qodiriylar, Fitratlar, Çölponlar nigohlarini qadagan yoruğ kelajak ostonamizga tobora yaqinlaşmoqda!
Bahrom Rözimuhammad
