“Gazetalar şarhi” kimga yoqmaydi? Yoxud takroran Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi eʼtiboriga
Muştariylarimizning yodida bölsa, gazetamizning şu yil 3 iyunda çiqqan 18-sonida “Gazetalar şarhi” qayta tiklansa…” deb nomlangan maqola eʼlon qilingan edi. U köp yillar oldingi “Özbekiston” telekanalining tonggi dasturlari qatorida berilgan “Gazetalar şarhi” körsatuvini yana teleekranga qaytariş haqida edi. Töğri, maqola eʼlon qilingaç bu borada ança-munça ijobiy fikrlar bildirildi, tahririyatimizga ham köplab qönğiroqlar böldi, muştariylarimiz tomonidan bu fikr qöllab-quvvatlandi. Ammo oradan qariyb 4 oydan oşibdiki, heç qanday amaliy natija bölmadi.
Yaxşi eslaymiz, “Gazetalar şarhi” bundan yigirma yillarça oldin har kuni tongda jonli efirga uzatiladigan 15 daqiqalik körsatuv bölib, unda şu kungi “tandirdan uzilgan” markaziy gazetalar qisqaça şarhlanar edi. Körsatuvga yurtimizning taniqli jurnalistlari, noşirlari boşlovçilik qilişgan. Muhimi, uşbu körsatuv auditoriya tanlamagan, yaʼni turli yoşdagi har xil soha vakillari uçun ham qiziqarli edi.
Şarhlaş uçun gazetalarning öşa kungi sonlaridagi eng dolzarb mavzudagi maqolalar tanlab olinardi. Şu bois ham körsatuvning tomoşabinlari köp edi. Hamma vaqt ham gazetalarni çiqqan kuniyoq respublikaning barça manzillariga yetkazib beriş, tabiiyki, muşkul iş bölib kelgan. Yoki barçaning ham erta tongdan turib gazeta sotib oliş imkoni bölmaydi. “Özini ziyoli, deb bilgan har bir odamning nonuştasi gazeta mutolaasi bilan boşlanadi”, degan gap bejiz aytilmaganidek, öşa yillarda köpçilik oilalarning ertalabki nonuşta bilan köradigan tonggi dasturlaridan biri şubhasiz bu — “Gazetalar şarhi” bölgan.
Ammo körsatuv faoliyati yuqorida aytilganidek, nomaʼlum sabablarga köra töxtab qolgandi. Va yaqin 20 yillar içida efir yuzini körmadi. Qiziği, şunday bölişiga qaramasdan, uşbu körsatuv hamon köpçilikning yodida. Ötgan ön yillar davomida televideniyeda qançadan-qança körsatuvlar taşkil etilmagan deysiz? Yigirma yilni qöying, yaqin bir-ikki yilda efirga uzatilgan va hozir faoliyat körsatmayotgan neçta körsatuvning nomini ayta olasiz? Biroq şunça yillardan buyon “Gazetalar şarhi” köpçilikning yodida ekanligi ham uning el orasida neçoğli ahamiyatli bölganidan darak berib turibdi.
Bu dasturning qayta tilga olinganiga sabab, xalqimizda unga ehtiyoj katta. Birinçidan, hanuzgaça matbuot naşrlarini mamlakatimiz böylab yetkazib beriş bilan boğliq muammolar bor. Garçi karantin qoidalari yengillaştirilgan bölsa-da, pandemiya xavfining taʼsiri bu boradagi işlarga halal berib turibdi. Şuning uçun ham matbuot va televideniyening hamkorligiga har qaçongidan-da sezilarli ehtiyoj mavjud. Sözimiz isboti sifatida hamyurtlarimizning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan aynan şu xususdagi fikrlaridan ayrimlariga eʼtibor qarating-a.
Fozil FARHOD, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi: — Ösmirlik kezlarimizda berilgan “Gazetalar şarhi” körsatuvi juda qiziq bölardi. Uning yöq bölişi Özbekistonda maʼlum vaqt OAV erkinligining böğilişi bilan boğliq, deb öylayman. Xudoga şukr, bugun matbuot erkinlaşdi. Nafaqat matbuot, boşqa ommaviy axborot vositalari ham. Bir-ikki oyça avval “Özbekiston 24” telekanalida “Gazetalar şarhi” körsatuvining qaytadan tasvirga olinişiga oid saʼy-harakatlar boşlanganidan xabarim bor. Hatto, körsatuvning körik varianti tayyorlangan edi, bundan xursand bölgandim. Lekin u yana qandaydir sabablarga köra efirga ketmadi, nazarimda. Körsatuvni taşkil qiliş unça muşkul iş emas aslida. Avvalo, buning uçun gazetalarni yaxşi köradigan fidoyi insonlar kerak, xolos.
Umida RAŞIDOVA, öqituvçi: — Bunday körsatuv, albatta, bölişi kerak. Içida dadil va ötkir sözi bölgan gazetalar, maqolalar şarhlansa, foydadan xoli bölmaydi. Ayniqsa, “Matbuot tarqatuvçi” AK va “Özbekiston poçtasi” AJ kabi taşkilotlarning faoliyatida sustkaşliklar mavjud bölgan bir paytda matbuotimiz bilan taniştiruvçi teleloyihaga ehtiyoj yuqori.
Ziyodulla BOYMURODOV, nafaqadagi öqituvçi: — Çindan ham “Gazetalar şarhi” yaxşi körsatuv edi. Masalan, men tongda qanaqadir pişir-kuydir, “ha-ha, hu-hu”lardan köra ana öşanday jiddiy, ham foydali körsatuvlar bölganini maʼqul köraman. Bugun köplab tonggi dasturlar köngiloçar tusda bölib ketdi. Televizorda faqat yengil-yelpi körsatuvlarni körib ötiradigan odam, xalqning dardini his qilişi qiyin.
Qahramon ISAKULOV, öqituvçi: — Bizning qişloğimiz tuman markazidan uzoqda. Internet tezligi bölsa, mutlaqo qoniqarli emas. Obuna bölgan baʼzi gazetalarimizning yetib kelişi — muammo. Obuna bölsak ham, faqat pedagogik gazetalarga bölganmiz. Töğri, kunlik yangiliklardan, asosan, har xil telegram kanallari, ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor bölib turamiz. Lekin gazetalar şunçaki axborot taşuvçi emas-da, unda munosabat böladi, tahlil böladi, mulohaza yuritiladi. Şunday ekan, markaziy gazetalarda kötariladigan mavzulardan televideniye orqali ham xabardor bölib turganimiz yaxşi edi.
Mohinur AKMALOVA, talaba: — Bunday körsatuv bölişi juda zarur. Uni bugungi zamonaviy texnikalar asosida, albatta, qayta tiklaş kerak. Şunda gazetalarning ham saragi-sarakka, puçagi-puçakka ajrala boşlaydi.
Maʼrufjon DÖSTMURODOV, doktorant: — Yangilanayotgan yurtimiz uçun “Gazetalar şarhi” kabi loyihalarning qayta tiklanişi öta muhim. Aslida, internet saytlari ham, televideniye ham, matbuot ham ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Taʼbir joiz bölsa, ular aka-ukalardek gap. Şuning uçun ham bir-birini qöllab-quvvatlaşi joiz. Köpçiligimiz oxirgi vaqtlarda notöğri xulosalar qildik. Gazeta-jurnallarning vaqti ötdi, dedik. Qöpol qilib aytganda, matbuotga nisbatan quriyotgan daraxtga qaragandek qaradik. Lekin öylab körmadikki, bu ham mamlakatimiz rivojida, huquqiy davlat barpo etiş yölidagi eng muhim omillardan bittasi. Garçi ayrimlar his qilmayotgan bölsa-da, bosma naşrlar — tayanç vositalarimizdan biri. Biz uning holsizlanişiga kulişimiz emas, yordam berişimiz kerak. Masalan, televideniye matbuotning zavolidan quvonmasligi zarur, aksinça, qöllab-quvvatlaş kerak. “Gazetalar şarhi” efirga uzatila boşlansa, xuddi mana şu iş amalga oşadi. Bundan taşqari, bu loyiha faqatgina gezetalar uçun emas, balki xalqimiz uçun kerak. Teletomoşabin uçun kerak. Qiziq, nega televideniyeda turli almoyi-jalmoyi, yengil-yelpi körsatuvlar ketadi-yu, haqiqiy tomoşabin istaydigan körsatuvni taşkil etiş paysalga solinadi?
…Körib turibsizki, odamlar uşbu körsatuvning qayta yuz körsatişini istaşmoqda. Lekin uni taşkil etişga nima halaqit berayotgan ekan?
Bundan 20 yil avvalgi “Gazetalar şarhi” balki çindan ham öşa paytda “kimgadir” xuş kelmagani uçun töxtatilgandir. Öz davrida OAVlarga nisbatan keskin çeklovlar, “körinmas” senzuralar bölgani sir emas. Lekin hozirda Yurtboşimiz tomonidan olib borilayotgan oçiqlik siyosati davrida bunday sustkaşlikning boisi nimada? Yoki masʼullar taşkillaştirişga hafsala qilişmayaptimi?
Bizningça, uşbu körsatuvni qayta taşkil etiş ortiqça mehnat talab etmaydi. Tajribali jurnalist yoki şarhlovçi tomonidan şu kuni “tandirdan çiqqan” gazetalar haqida jonli efirda 10-15 daqiqa maʼlumot berib ötiş, öqişli, dolzarb maqola va xabarlardan voqif etiş judayam qiyin iş bölmasa kerak.
Darvoqe, “Hurriyat”ning iyun oyidagi çiqişidan keyin ÖzA yaʼni Özbekiston Milliy axborot agentligi öz veb-sayti orqali gazetalar şarhini yölga qöydi. Faqat oçiğini aytganda, öta qoloq usulda taşkil etildi. Öquvçilar qiziqişini oşiradigan tarzda ijodiy yondaşilmadi. Şuning uçun ham bir-ikki oy tayyorlandi-da, söng bu ham töxtab qoldi.
Umid qilamizki, bu galgi taklif va mulohazalarimizdan söng sevimli Milliy televideniyemiz mutasaddilari uşbu masalaga jiddiyroq eʼtibor qaratadi va “Gazetalar şarhi” yaqin kunlarda tonggi dasturlarimiz qatoridan qayta joy oladi.
Şahzod ŞODMONOV
