“Paxta qöyiş” ham evi bilan-da…
Yaltoqlanişda baʼzan oldimizga tuşadigani yöq. “Hokimimiz, valeneʼmatimiz, ustunimiz, otamiz, buvamiz…” deb şunçalar maqtovlar yoğdiramizki, bularni eşitib, tuppa-tuzuk amaldor ham buzilişi heç gapmas.
Mana, Namanganda çiqadigan “Dunyo va davr yoşlarniki” ( gazetaning nomiga qarang-a. Tahr.) degan gazeta 16 noyabr sonini töliq, yaʼni törtta şapaloqday sahifasini yaqinda viloyat hokimi etib tayinlangan Şavkat Abdurazzoqov madhiga bağişlabdi.
Ayni obuna mavsumida gazeta muharririning “jonhalakligi”ni biroz tuşunsa bölar. Ammo “paxta qöyiş” ham evi bilan-da, oğaynilar. Butun boşli naşrni “Hokimning 40 kuni” degan birgina maqola bilan töldirib, gazeta çiqarişni qayerdan örgangansiz? Prezidentlarga ham bunçalar bağişlov bölmas-ov.
Baraka topgur, sal qöyib beraylik, 40 kunlik hokim hali… Biroz işlasin, özini körsatsin, işonçni oqlasin! Keyin köklarga bir çiqazib qöysangiz, böralatib söksangiz ham, özi yerga tuşmaydi…
“Platforma.uzb”
telegramm kanalidan olindi.
