Bebaho neʼmat qadri

— Akramjon, avvallari Mustaqillik bayrami haqidagi qaror yozga yaqin eʼlon qilinmasmidi?

— Axir kelgusi yil öttiz yillikni nişonlaymiz! Bayramga ertaroq tayyorgarlik köriş kerak. Har qanday töyning “böldi-böldi”si qiziq.

(Bekatdagi suhbatdan)

Yaqinlaşib kelayotgan 2021 yildan umidlarimiz katta. Yangi yilda davlatimiz mustaqilligi öttiz yoşga töladi. Öttiz yil. Tarix uçun lahza hisoblansa-da, inson umrining kattagina bölagini taşkil etadi. Hayratda qolamiz, keçagina emasmidi Mustaqillik maydonida istiqlolning beş yilligini nişonlaganimiz. 10, 20 yillik sanalar ham ortda qoldi. Mana, Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş töğrisida”gi qarori eʼlon qilingan kunga ham yetib keldik. 2020 yilda koronavirus deb atalmiş balo-qazodan yuragimiz bezillab, çarçagan xalqimiz 2021 yilda “Bizning köçada ham bayram bölajak” deya yaxşi kunlar kelişidan umidvor. Har kimga niyatiga yaraşa beradi deyişadi, biz ham niyatimizni yaxşi qilaylik.

Özbekiston öttiz yil içida ham çaroğon, ham bulutli kunlarni boşidan ötkazdi. Şu davr mobaynida döstlar quvondi, hasadgöylar içidan yondi. Esingizdami, Mustaqillikning birinçi yilida Rossiya matbuoti Özbekiston haqida “Uzilgan vagon” sarlavhali maqola bergandi. Öşanda odamlarimiz mustaqillik quvonçi nimaligini tuşunmaganlikda ayblangandi. Bölsa bordir.

Endi xalqimiz ozodlik, hurriyat nima berganligini öz hayoti, kundalik turmuşi misolida yaxşi biladi.

“Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari”   şiori har bir insonda ertangi kunga umidbaxşlikni oşiradi. Şu tamoyil yoniga endilikda yana bir maqsad qöşildi: “Kambağallikni qisqartiriş”. Ilgari “kam taʼminlangan”, “ehtiyojmand” degan muloyim sözlarni işlatardik. Kambağallik haqida söz yuritilganda, heç bölmasa, kambağal ham öziga özi “Nega endi men kambağal bölarkanman?” deb savol berar, ozgina bölsa-da, xijolat tortar.

Turonzamin hududi tarixida ikki marta Renessans deb atalmiş ösiş, yuksaliş jarayoni yuz bergan. Endilikda navbatdagi Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratiş vazifasi belgilangan. Poydevor yaratiş uçun bir-ikki yil yetmaydi. Tuyaga minib uzoqni közlang deganlaridek, biz ham ança yillarga möljallangan strategik ufqlarni könglimizga tugişimiz kerak. Porloq kelajak bugundan boşlanadi. Biz şunday baland çöqqilarga erişişimiz kerakki, toki uni butun başariyat eʼtirof etsin.

Mustaqillik bayrami bizga qaçon tatiydi? Qaçon bu neʼmatning asl mohiyatini hamma-hamma, çekka hududdagi oddiy yurtdoşimiz ham dildan his etsa, murodimiz hosil böladi. Buning uçun Prezidentimiz qarori ijrosi yölida barça hududlarda odamlar bilan muloqot qilsak, dil-dildan suhbatlaşsak töğri böladi. Bunday tadbirlarda akademizm ketmaydi. Yuzma-yuz diydorlaşuvda samimiy, çin yurakdan, xalqona fikr almaşiş kerak. Hayotiy misollar keltirişda “sopini özidan çiqarib”, xalq erişgan natijalar asosida gapirsak, möljalga yetib boradi. Sahna töridagi prezidumdan emas, pastda odamlar bilan baqamti oddiy körpaçada ötirib gurunglaşsak, sözimiz örniga tuşadi.

Yaqinda Jizzax viloyati,   Şarof Raşidov tumanidagi mahallalardan birida “Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş” mavzuidagi suhbatda qatnaşiş nasib etdi. Bir piyola çoy ustidagi hangomada oddiy odamlarni ham suhbatga tortdik. Bir ajoyib, jozibali gurung böldi. Oqsoqollar, mahalla faollari: “Bormisizlar, endi qaçon kelasizlar?” deyişgani tarğibot tadbiriga baho böldi. Özaro gaplaşganda nuqul rasmiy, tumtaroq jumlalarni emas, xalqona, jaydari iboralar, quyma taʼriflar yordamida fikr bildirgan maʼqul. Bu haqda tilga olingan qarorda alohida taʼkidlangan. Aholi qatlamlari bilan uçraşuvlarni “Mustaqillikning öttiz yilligi ğoyasi va ruhi bilan uyğun va hamohang holda taşkil etiş” kerak.

Tunov kuni Çinoz tumanidagi Eşonobod qişloğida juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirilganini televideniye körsatuvida maroq bilan tomoşa qildik. Bu tadbirda Jizzax viloyatidagi Manas qişloğidan ham   mehmonlar qatnaşişibdi. Öşa marosimda manaslik yurtdoşimizning sözlari nihoyatda taʼsirli çiqdi. Şu munosabat bilan bir fikr tuğildi. Yurtimizning turli hududlarida zamonaviy qulayliklarga ega bölgan şinam uy-joylar foydalanişga topşirilmoqda. Yillar mobaynida omonat uylarda yaşagan, ijarada sarson-sargardon bölgan insonlar ilgari özlari xayol ham qilmagan xonadonlarga köçib kirişyapti. Mustaqillik mavzuidagi suhbatlarimizda öşa yurtdoşlarimizga söz bersak, suhbatlarimiz yanada taʼsirçan bölarmidi.

Ularning öz taqdiri misolidagi gaplarida şukronalik, şu yurtga daxldorlik tuyğusi, iftixor hislari tabiiy körinişda ifoda topişi aniq.

Odamlarga balandparvoz, havoyi gaplar emas, özlari guvoh bölgan hayotiy özgarişlar, mustaqillik aks etgan natijalar tilga olinsa, köproq tuşunarli böladi. Bu diydorlaşuvlarda örtada “devor” bölmasligi kerak.

Şu maʼnoda yubiley yilida Özbekiston poytaxtida “Istiqlol” majmuasi bunyod etilişi ayni muddao bölibdi. Bu muqaddas dargoh xalqimiz nimalarga erişganini yorqin ifoda etuvçi yodgorlik kompozitsiyasi bölğusidir. Prezidentimiz taşabbusi bilan yaratiladigan uşbu majmua asrlar mobaynida xalq jasoratining çinakam timsoli bölib yaşayveradi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş haqida söz yuritganda nihoyatda huşyor bölaylik. Bu mavzuda tumtaroq, idoraviy gaplarni aytsangiz, oddiy odamlar gapingizga işonmay kulib qöyişi mumkin. Avvalo, özbek xalqi azaldan iymonli, halol-pok bölganligini, harom luqma heç qaçon palagi toza insonlarga yuqmasligini, davlatimiz siyosati ham şu maqsadni közlayotganini aytsak, köpçilik fikringizga qöşiladi. Korrupsiya botqoğiga botgan kimsalar haqida, ularning el-yurt oldida şarmandai-şarmisor bölgani xususida hayotiy misollar fikringizni boyitadi.

Albatta, turmuşimizni islohotlarsiz tasavvur etolmaymiz. Eng muhim islohot esa ongimizdagi özgarişlardir. Qaysi sohadagi yangiça iş tutumlari haqida söz yuritmaylik, “Nega şu işni avval qilmadik?” degan savolni beramiz. Har jabhada inson manfaatlarini közlaş, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerakligi yangi Özbekiston tanlagan yölning öziga xos jihatidir. Bu talablar hayotimizning birlamçi mezoniga aylanişi kerak.

Keyingi paytlarda koronavirus pandemiyasi haqida vahimalar biroz pasayganday. Hozir ham dunyoning ayrim burçaklarida antirekordlar örnatilayotgan bölsa, bizda baʼzi kovid markazlari yopilmoqda. Ilohim, bu balo-qazo yurtimizdan tezroq kötarilsin. Lekin baribir xotirjam bölmasligimiz kerak. Avvalo, har birimizni Yaratganning özi asrasin. Biroq Olloh ham saqlanganni saqlaydi, degan gap ham bor. 2021 yilda ommaviy tadbirlarni avvalgiday jam bölib, şodu-xurramlik bilan ötkaziş nasib qilsin. Ona Vatanimiz erki, mustaqilligi abadiy bölsin!

Şuhrat Jabborov,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan