“Oltin qalam” XX milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, Yangi O'zbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, milliy kontentni boyitish, yurtimizda inson qadrini ulug'lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni rag'batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni e'lon qiladi.
Asosiy mukofotlar:
1 ta Bosh milliy mukofot
Televidenie yo'nalishi bo'yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o'rinlar);
Radio yo'nalishi bo'yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o'rinlar);
Bosma nashrlar yo'nalishi bo'yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o'rinlar);
Internet nashrlari yo'nalishi bo'yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o'rinlar).
Chet ellik jurnalistning O'zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o'rin, 4 ta ikkinchi o'rin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yo'nalishlari bo'yicha).
Shuningdek, 12 ta rag'batlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi. Tanlovning rag'batlantiruvchi nominatsiyalari bo'yicha qo'shimcha e'lon beriladi.
Tanlov g'olib va sovrindorlariga:
Tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.
Birinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
ikkinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
uchinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
tanlovning rag'batlantiruvchi nominatsiyalari g'oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda har bir ishtirokchining 2025 yil 22 apreldan 2026 yil 22 aprelgacha bosma va internet nashrlarida e'lon qilingan, radio va televidenieda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari ko'rib chiqiladi.
Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan bo'lsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha soni, tele yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan bo'lsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi ko'rsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoxud havolasi) ilova qilinadi.
“2025 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” rag'batlantiruvchi nominatsiyasi bo'yicha tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
muallif va uning professional faoliyati to'g'risidagi qisqacha ma'lumot (ob'yektivka);
muallifning pasporti yoki ID-karta nusxasi, telefon raqami.
Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasporti yoki ID-karta nusxasi.
Tanlovga ijodiy ishlar O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy bo'limlari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko'magida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan to'g'ridan-to'g'ri elektron shaklda tanlov matbuotda e'lon qilingan kundan boshlab joriy yil 22 mayga qadar qabul qilinadi.
Matbuot yo'nalishi bo'yicha ijodiy ishlar gazeta yoki jurnalda e'lon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);
internet nashrlari bo'yicha materiallarning havolasi (link, ssыlkasi) ko'rsatilgan holda;
televidenie bo'yicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
radio yo'nalishi bo'yicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
rag'batlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika bo'yicha ijodiy ishlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan)
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining info@jurnalistlar.uz elektron manzili hamda “Telegram” messenjerida +998-70-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (“OLTIN QALAM 2026”) sahifaga yuborilishi so'raladi.
“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g'olib va sovrindorlari 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o'tkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda taqdirlanadi.
Murojaat uchun telefonlar:
71-244-37-87, 71-244-64-62.
