O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e'lon qilindi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:

1 ta Bosh milliy mukofot

Televidenie yo'nalishi bo'yicha (1-, 2-, 3-o'rinlar);

Radio yo'nalishi bo'yicha (1-,2-,3-o'rinlar);

Bosma nashrlar yo'nalishi bo'yicha (1-, 2-, 3-o'rinlar);

Internet nashrlari yo'nalishi bo'yicha (1-, 2-, 3-o'rinlar);

 

Chet ellik jurnalistning O'zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o'rin, 4 ta ikkinchi o'rin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yo'nalishlari bo'yicha);

Shuningdek, tanlovda quyidagi rag'batlantiruvchi nominatsiyalar joriy etiladi:

  1. Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotni targ'ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun
  2. Davlat tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bag'ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun
  3. Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun
  4. OAVda e'lon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun
  5. Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun
  6. Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun
  7. Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun
  8. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag'ishlangan eng yaxshi materiallar uchun
  9. Eng yaxshi fotoreportaj uchun
  10. Oila va mahalla hamkorligi bo'yicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun
  11. Ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun
  12. Umummilliy hamjihatlikni targ'ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun

Tanlov g'olib va sovrindorlariga:

Tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.

Birinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Ikkinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Uchinchi o'rinni olgan g'oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Tanlovning rag'batlantiruvchi nominatsiyalari g'oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda har bir ishtirokchining 2024 yil 30 apreldan 2025 yil 30 aprelgacha bosma va internet nashrlarida e'lon qilingan, radio va televidenieda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari ko'rib chiqiladi.

“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” rag'batlantiruvchi nominatsiyasi bo'yicha tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.

Eslatma: tanlov hakamlar hay'ati taklifi bilan rag'batlantiruvchi nominatsiyalar nomi o'zgarishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefonlar: (71)244-37-87, (71)244-64-62

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

6 + 14 =