Bahodir Matlyubov: “Içki işlar xodimi xalq xizmatkori bölişi kerak”

Odam osoyişta va tinç zaminda tuğilişi mumkin. Biroq baribir hayotining davomida keçadigan  oso­yiştaligi va tinçligi uning axloq tamoyillari, yaşayotgan muhiti va istiqomat qilayotgan mamlakatining çiqargan qonunlari-yu olib borayotgan siyosati bilan uzviy boğliq böladi.

Şu maʼnoda, har bir mamlakatda içki işlar organlari tizimi mavjud. Bu soha vakillarining mamlakat osoyiştaligi yölida betinim xizmat qilişini yaxşi bilamiz. Buni hayot deb qöyibdi, hamişa quvonçu taş­vişlar içida yaşaymiz. Şu bois, uyini öğri urgan ham, biror nohaqlikka uçragan  ham, birov bilan muştlaşgan ham içki işlar organlariga murojaat qiladi. Bu soha vakillari esa har doim özgalar taşvişini yelkalab yaşaşga mahkum!

 Biz bugun sohaning öziga yaraşa maşaqqatli va şarafli yumuşlari, içki işlar organlari xodimining xalq orasidagi nufuzi, mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlaşda taʼlim dargohlarining örni haqida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi boşliği, general-leytenant, dotsent Bahodir Ahmedoviç Matlyubov bilan suhbatda böldik.

— Bahodir Ahmedoviç, avvalo, içki işlar organlari tizimidagi faoliyatingiz, bu sohaga qiziqişingizga nimalar sabab bölganligi haqida gapirsangiz?

— Men içki işlar organlari tizimida işni 1973 yilda boşlaganman. U paytda uşbu tizim uçun kadrlar yetişmasligi muammosi mavjud edi. Öşa paytdagi komsomol taşkilotining yöllanmasi bilan bu sohaga işga kelib, Samarqand şahar içki işlar bölimida jinoyat-qidiruv bölimi inspektori vazifasida iş boşlaganman.

Bu soha menga oldindan begona emas edi, çunki otam ham içki işlar organlari tizimida mehnat qilgan. Şuning uçun bolalikdan şu sohaga qiziqqanman. Meni bu tizimga işga qabul qilgan ustozim, general-mayor Tilla Abdullayev Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği edi. Mening dastlabki qadamlarimda bu insonning xizmatlari köp bölgan.

— Siz iş boşlagan davrda içki işlar organlari tizimi xodimlarining kunlik iş faoliyati qanday bölgan?

— Samarqand şahar içki işlar bölimining jinoyat-qidiruv bölimida 32 kişi işlaganmiz. Bizga iş böyiça hududlar bölib berilar va şu böyiça iş olib borilardi. Biz esa yangi işga kelgan, jinoyat-qidiruv faoliyati haqida heç qanday tuşunçaga  ega emasdik. Biroq öşanda ustoz­larning örni va kömagi katta bölgan. Yaʼni, ustoz-şogird anʼanasi yaxşi rivojlangan edi. Nosir Saidov degan katta inspektor bölardi, erinmasdan bu sohaning har bir sir-sinoatini tuşuntirib, ustozlik qilgandi.

Ertalab işga kelganimizda yöriqnomaviy yiğiliş ötkazilardi, xodimlarga bir kunlik işlar bölib berilardi. Keyin hududlarga çiqib ketardik. U paytlarda hozirgidek şaroit, xizmat avtoulovlari va texnikalari yöq edi. Bitta xizmat xonasida 9 kişi ötirardik. Kunduzgi soat 09.00da çiqsak, xizmat davomida har soatda 02 (navbatçilik qismi)ga telefon qilib, yangi topşiriqlar olardik, keçqurungi soat 23.00da işimiz böyiça hisobot berardik. Yangi jinoyat holatlari bölsa, topşiriq olib, uni bajarişga kirişardik.

Içki işlar organlari tizimida samarali işlaş uçun, albatta, Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat kodeksi va boşqa qonunlarni mukammal biliş talab etiladi. Iş jarayonidagi har bir xatti-harakatga baho beriş, samarali işlaş uçun  kodeks va qonunlarni bilmasa bölmaydi. Men kodekslarni yod bilardim, ularga özgartişlar kiritilsa, öşa joyiga yangi tahrirni kiritib, yelimlab yopiştirardik, yupqagina kitob, vaqt ötgan sari qalinlaşib ketardi.

— Yoş bölgansiz, jinoyat qidiruv bölimida işlaşning öziga yaraşa murakkab jihatlari bölgan bölsa kerak?

— Har bir iş öz zamoniga qarab böladi. U paytda sobiq Şöro zamoni, çegaralar yöq edi va öz-özidan jinoyat olami ham boşqaça tusda keçardi. Özi umuman jinoyatçilik uçun çegara degan narsaning özi yöq. Jinoyatçining nomi hamma joyda bitta – jinoyatçi, u na millat, na mintaqa tanlaydi. Öşa paytdagi vaziyat bilan hozirgisini soliştirsak, keskin farq qiladi. Bugungi kunda bu soha vakillari uçun hamma şart-şaroit yaratib berildi. Içki işlar vazirligi, vazirlik Akademiyasi, viloyat, tuman içki işlar organlari tamoman yangiça qiyofada  taşkil qilindi.

Men işlagan Samarqand şahridagi Siyob hududini oladigan bölsak, uç nafar operativ xodim öşa yerdagi işlarni olib borardik. Agar hozir qaraydigan bölsak, u yerda uç xodim örniga 30 nafar xodim işlayotgan bölsa, ajab emas. Qolaversa, bugun avtotransport, kompyuter texnikasi, internet, mobil aloqa kabi tezkor aloqa usullarining hammasi yaratib berilmoqda. Demak, bugun içki işlar organlari xodimlari yayrab işlaşi mumkin.

Inspektor, katta inspektor, bölim boş­liği, Samarqand viloyati Içki işlar boş­qarmasi jinoyat qidiruv bölimi boşliğining örinbosari, Siyob tumani IIB boşliği, Samarqand viloyat IIB boşliğining örinbosari, Samarqand viloyat IIB boşliğining örinbosari – Samarqand şahar içki işlar boşqarmasi boşliği, Buxoro vi­loyati IIB boşliği vazifalarida işlaganman. Keyinçalik Respublika Içki işlar vazirining birinçi örinbosari, Bojxona qömitasi raisi va Içki işlar vaziri lavozimlarida faoliyat olib bordim.

— U paytlarda terroristik qöporuvçilik harakatlari tez-tez sodir etilardi. Bunga qarşi kuraşiş qanday keçgan?

— Biz viloyatda işlagan paytimizda jinoyatçilarni bilardik. Biroq, oçiği özimiz ham terrorizm nima, ektremizm nima tuşunmasdik. “Oynai jahon” orqali bilardik, xolos. Biroq keyinroq bu harakatlarga qarşi keskin kuraşişga töğri keldi. Bu ofat bizga ötiş davrida Afğoniston orqali kirib kelgan… Bizdagi jinoyatçilik, terrorizm, ekstremizm, narkobiznesning avj olişida Afğonistonning taʼsiri katta. Surxondaryo viloyati orqali 160 kilometr suv orqali ötadigan çegaramiz bor.  Suv orqali bölsa ham bu çegaraning mamlakatimizga katta  xavfi, taʼsiri bor!

Şuningdek, terrorizm, ekstremizmning yana bir asosiy öçoği Farğona vodiysi bölgandi. 1994–1997 yillarda Namangan, Farğona, Andijonda juda köp jinoyatlar sodir etildi. Xonadonlarga kirib, ularni yoppasiga öldirib ketiş kabi holatlar bölardi-yu, öşa paytda biz buning terrorçilik harakatlari ekanligini yetarliça tuşunib yetmaganmiz.

Esimda bor, 1997 yil dekabr oyi edi. Surxondaryoda sudlanuvçilarni saqlaydigan joy (izolyator)dan ikki kişi qoçdi. Ikkovi ham oliy jazoga hukm qilingan (öşa vaqtda hali qonunçiligimizda oliy jazo mavjud edi) mahbuslar edi. Bittasi afğon, bittasi özbek. Biz bir guruh bölib borib, 3–4 kun öşa yerda işladik, ular çegaradan ötib ketmasidanoq uşlaşga muvaffaq böldik. U işni tugatişimiz bilan Namangandagi mudhiş qotillik haqida xabar berildi. Davlat avtomobil nazoratida işlaydigan, mayor Boqijon Ubaydullayevni xotin-bolalarining oldida qiynab, boşini tanasidan judo qilişgan va boşini Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari xonadoni darvozasiga osib ketişgan. Men öşa zahoti, Surxondaryodan töğri Namangan viloyatiga jönaganman va öşa yerda 6 oy iş olib borganmiz. Bu bilan bizning soha xodimlari yurt halovati uçun öz halovatidan, osoyiştaligi va xotirjamligidan keçib, keça-yu kunduz tinim bilmay  işlaşlarini aytmoqçi edim. 

— Bugun Içki işlar vazirligi Akademiyasi bitiruvçilari ertaga posbon bölişadi, tom maʼnoda xalq himoyaçisiga aylanişadi. Eşitganimiz şuki, ularni öqişga qabul qiliş jarayonida taşqi bekamu köstligi, böyi, vazni, soğlomligi kabi zohiriy belgilarga asosiy eʼtibor qaratiladi. Ayting-çi, keyingi yillarda içki işlar organlari tizimidagi taʼlim sohasida nimalar özgardi? Bu yerda öqigan soha vakillari ertaga jamiyatimiz uçun qay darajada kerakli mutaxassis böladilar?

— Içki işlar vazirligi Akademiyasi nafaqat tizim uçun malakali mutaxassis va rahbar kadrlarni yetkazib beruvçi, qolaversa, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, sud-huquq tizimi va qonuniylikni taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraş hamda  huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq etiş, xalqaro taşkilotlar, milliy va xorijiy turdoş oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi yetakçi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 29 iyun kuni Akade­miyaga taşrif buyurib, uning nufuzi va maqomini oşiriş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Uşbu tarixiy taşrif Akade­miyaning yangilanayotgan taraqqiyot davrini boşlab berdi, desam ayni haqiqatni aytgan bölaman.

Ilgari Akademiyada ham boşqa oliy taʼlim muassasalari singari öqişga qabul imtihonlari test şaklida ötkazilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim şakllariga nomzodlarni tanlaş va öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi 958-son qarori bilan Akademiyaga jismonan soğlom, maʼnaviy yetuk va intellektual salohiyatli va qobiliyatli yoşlarni tanlaş hamda öqişga qabul qiliş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida, 2018/2019-öquv yilidan boşlab kunduzgi taʼlim şakliga öqişga qabul qiliş test sinovlarisiz, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oşirilişi belgilandi.

Şuningdek, uşbu qaror tartib-talablariga muvofiq 2020/2021-öquv yilidan boşlab Akademiyaning kunduzgi taʼlim şakliga qabul faqat Içki işlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, şuningdek, içki işlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oşirilmoqda.

Kunduzgi taʼlimda öqiş muddati tört yildan uç yilga qisqartirilib, bitiruvçilarga magistr darajasiga tenglaştirilgan oliy maʼlumot (“yurist” malakasi) hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladigan böldi.

Kadrlar tayyorlaş samaradorligini oşiriş maqsadida nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Öquv jarayonida nazariya bilan amaliyot uyğunligi 50/50 darajaga yetkazildi. Malakaviy amaliyot muddati 1,5 oydan 4 oyga qadar uzaytirildi.

Xorijiy va milliy turdoş oliy öquv yurtlari bilan masofaviy videokonferensiyalar hamda öquv maşğulotlari ötkazilmoqda. Şu bilan birga taʼlim jarayonlarining sifati hamda samaradorligini uzluksiz nazorat qilib boriş uçun Öquv jarayonini monitoring qiliş markazi faoliyati yölga qöyildi. Bugungi kunda markazga örnatilgan elektron tablolarga ulangan 200 dan ortiq kuzatuv kameralari yordamida öquv maşğulotlari va mustaqil tayyorgarlik jarayonlari nazorat qilib borilmoqda.

Akademiyada öqitişning sirtqi taʼlim yönalişi 2018/2019-öquv yilidan boşlab yölga qöyildi hamda içki işlar organlarida kamida uç yillik iş stajiga ega, xizmatda ijobiy natijalarga erişib kelayotgan oliy hamda örta maxsus maʼlumotli xodimlar tanlov asosida öqişga qabul qilinib, tahsil berilib kelinmoqda. Bitiruvçilarga “Jinoyatlarning oldini oliş va foş etiş faoliyati” mutaxassisligi bö­yiça “yurist” malakasi beriladi.

— Akademiyaning ilmiy salohiyatini yuksaltiriş, amaliyotdagi muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq etib boriş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda?

— Davlatimiz rahbari Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Tizimda ilmiy darajali öqituvçilar uluşi örtaça 37 foiz ekani bizni qoniqtirmaydi. Hududlarda bu körsatkiç yanayam past darajada saqlanib qolmoqda… Oliy taʼlim tizimining vazifasi faqat talabalarga dars berişdan iborat emas. Universitet va institutlarimiz ilm-fan sohasida ham faol işlaşi, yoşlarni ilmiy işlarga, katta-katta lo­yihalarga jalb etişi kerak”, deb alohida taʼkidladilar.

Hozirda Akademiyaning Oliy öquv yurtidan keyingi taʼlim fakultetida 6 ta ixtisoslik böyiça tayanç doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvçilik şakllarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadr­lar tayyorlaş yölga qöyilgan bölib, unda jami 107 nafar tadqiqotçi, şundan 15 nafari fan doktori va 92 nafari falsafa doktori ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya tadqiqoti ustida işlamoqda.

Sönggi uç yilda xodimlarimizning 48 nafari dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganligi natijasida Akademiyaning ilmiy salohiyati 28 foizdan 44,0 foizga ösdi. Hozirgi kunda Akademiyada 30 nafar fan doktori, 64 nafar falsafa doktori va fan nomzodi, 22 nafar professor hamda 55 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda. Yaqin istiqbolda Akademiyaning bu boradagi ilmiy-­amaliy salohiyatini 60 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

— Akademiyada xotin-qizlar tahsil olgaç, iş jarayonida qay darajada faol bölişadi. Bitiruvçilarning hammasi ham işni davom ettirişadimi?

— Davlatimizda xotin-qizlarga bölgan eʼtibor, ularni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan siyosatga hamohang tarzda sönggi yillarda Akademiya kunduzgi taʼlimida qizlarga ajratilgan qabul örinlari 5 foizdan 10 foizga oşirildi.

Davlatimiz rahbari Öqituvçi va murab­biylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida: “buyuk davlat va jamoat arbobi Indira Gandining “Bitta qiz bolani öqitsangiz, butun oilani öqitgan bölasiz”, degan sözlarida katta hayotiy haqiqat borligi”ni qayd qilgan edilar. Darhaqiqat, qizlarimiz bölajak oila bekalari, ularni öqitiş, dunyoqaraşi va maʼnaviyatini yuksaltiriş, maʼrifatini oşiriş kelgusida u yaratadigan oilaning har tomonlama mus­tahkam bölişiga xizmat qiladi.

— Içki işlar organlari sohasida işlaşning juda murakkab va qaltis jihatlari borligini yuqorida aytib ötdingiz. Şunday ekan ayting-çi, bu soha vakilasi böliş, ayollarimizni oiladan uzoqlaştirib qöymaydimi?

— Yöq, uzoqlaştirmaydi. Çunki, ayol hamişa ayol bölib qoladi. Biz Akademiyada qizlarni oilaga tayyorlab borişga ham alohida eʼtibor qaratamiz. Jumladan, Akademiyada muntazam ravişda kursant qizlarimizni tikuvçilik, töquvçilik, pazandalik kabi hunarlarga örgatuvçi turli kurslar taşkil etganmiz. Respublikamizning taniqli fan va sanʼat arboblari, katta tajribaga ega rahbar ayollar, olimalar, soha xodimalari bilan uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazib boriladi. Akademiyada taşkil etilgan Xotin-qizlar kengaşi muntazam ravişda kursant qizlar bilan maʼnaviy-tarbiyaviy işlarni olib boradi.

Akademiya kursantlari orasida iqtidorli, qobiliyatli va namunali qizlar köpçilikni taşkil etadi. Jumladan, 2019-2020 yillarda taʼlim dargohini imtiyozli dip­lomga tamomlagan 15 nafar kursantlarning 6 nafarini qizlar taşkil etadi. Masalan, bitiruvçilardan Xidiraliyeva Muhabbat Murodjon qiziga öqişdagi erişgan yutuqlari uçun Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining buyruği bilan rağbatlantiriş tariqasida “katta leytenant” maxsus unvoni berilgan.

— Akademiya bilan tanişiş jarayonida muzeyni, Çölpon burçagini tomoşa qildik. Öta jiddiy, salobatli içki işlar organlari xodimlari, kursantlar va ting­lovçilarning adabiyotga bölgan qiziqişi va tarbiya olişdagi kömagi ayni muddao ekanligi haqida gapirib bersangiz?

— Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yilning 20 may kuni Toşkent şahridagi Adiblar xiyoboniga taşrifi çoğida haykallari qad rostlagan har bir adibni respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalariga biriktiriş yuzasidan qaror qabul qilgan edi. Uşbu qaror bilan alloma adib, jadidçilik harakati yetakçi namoyandalaridan biri, yozuvçi va şoir – Abdulhamid Çölponning boy maʼnaviy merosini örganiş vazifasi IIV Akademiyasiga yuklatildi. Aytiş joizki, ötgan qisqa davr içida Çölponning hayoti va ijodini örganiş, uni madh etişga bağişlangan maʼnaviy tadbirlar Akademiya hayotining uzviy bir qismiga aylandi. Akademiyada eng bilimli va iqtidorli kursantlarni munosib rağbatlantiriş maqsadida “Çölpon” stipendiyasi joriy etildi, hududda adibning byusti örnatildi.

— Aytişlariça, Içki işlar vazirligi Akademiyasi 50 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Zamonaviy uslubdagi sport kompleksi, Axborot-resurs hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari – har biri bir olam. Bu borada Bahodir Ahmedoviç, Sizning  rahbar sifatida katta hissangiz borligi körinib turibdi?

— Mustaqillik yillarida Akademiya sportçilari turli musobaqalarda 700 dan ortiq medalni qölga kiritgan bölsa, 2019 yilning özida sportçilarimiz Jahon, Osiyo va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqlarda 54 ta oltin, 33 ta kumuş va 29 ta bronza medalini qölga kiritdi. Kursantlarimiz orasidan 3 nafar jahon çempioni va 2 nafar Osiyo çempioni yetişib çiqdi.

Akademiyada yangi qad rostlagan Axborot-resurs markazi haqida alohida töxtaliş lozim. Bir vaqtning özida qariyb 1000 kişini öziga siğdira oladigan Axborot-resurs markazining fondida bugungi kunda turli mazmundagi jami 500 mingdan ortiq öquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan bölib, yaqin davr içida uşbu körsatkiçni 1 milliontaga yetkaziş közda tutilgan.

Bugungi kunga qadar taʼlim dargohimiz xorijiy mamlakatlarning 12 ta turdoş oliy taʼlim muassasalari bilan özaro hamkorlik töğrisida Bayonnoma va Memorandumlarni imzoladi. Bular orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Belarus, Armaniston va Qozoğiston kabi mamlakatlar bor.

— Mana, özingiz ham içki işlar organlari tizimida uzoq yillardan buyon işlab kelasiz. Yaxşi kadrlar bilan birga biroz johilroq, xalqning dardini, taşvişini tuşunmaydigan kadrlar ham bor. Bu kabi illatlar qaçon bartaraf etiladi?

— Özbek xalqida bir naql bor: “guruç kurmaksiz bölmaydi”. Içki işlar organlari tizimida ham vatanparvar, yuksak maʼnaviyatli, professional, bir söz bilan aytganda, yaxşi kadrlar bilan birga, salbiy tavsiflanadigan kadrlar ham uçrab turadi. Lekin bunday salbiy tavsiflanadigan kadrlar tizimda juda kamçilikni taşkil etadi.

Aytiş kerakki, içki işlar organlari tizimida bunday toifa xodimlar bilan iş olib boradigan maxsus xizmatlar va bölinmalar taşkil etilgan bölib, ular tomonidan doimiy ravişda huquqiy tarbiyaviy hamda maʼnaviy-maʼrifiy va psixologik işlar olib boriş asosida uşbu xodimlarni ham yaxşilar qatoriga qöşiş çoralari köriladi.

— Oldinlari (hatto hozir ham) rözğorini sudrayman deb köçada mardikorlik qilayotgan yigitlarni içki işlar organlari xodimlari quvlab yurganiga köp bor guvoh bölganmiz. Yaʼni, IIB xodimlari hamişa ham xalq osoyiştaligini saqlayvermagan, osoyiştaligini buzgan hollar ham köp bölgan. Öşa paytlarda Içki işlar vaziri böliş Sizga ham oson keçmagan ekan-da…

— Savolingiz örinli. Siz kötargan masala bir qaraşda inson huquqlari va erkinlarini çeklaş, xalq osoyiştaligini buzişdek körinadi. Biroq masalaning asl mohiyatiga eʼtiborni qaratadigan bölsak, amalda unday emasligi maʼlum böladi. Negaki, ötkazilgan tadqiqotlar natijalari şuni körsatadiki, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar, xususan bezorilik, öğirlik, talonçilik, tan jarohatlari yetkaziş bilan boğliq va boşqa jinoyatlar, jamoat joylarida spirtli içimliklarni isteʼmol qiliş, mayda bezorilik kabi huquqbuzarliklarning aksariyati (60-70 foizi) muayyan kasb-hunarga, doimiy iş joyiga ega bölmagan, bir söz bilan aytganda, yuqorida siz qayd etgan şaxslar tomonidan sodir etiladi. Bu esa uşbu toifa şaxslar bilan doimiy ravişda profilaktik tadbirlarni olib borişni taqozo etadi.

Masalaning yana bir jihati borki, bu boradagi profilaktik işlarni olib borişda ayrim xodimlar özlariga yuklatilgan vazifalarni bajarişda, fuqarolar bilan muloqotga kirişişda kasb madaniyati talab­lariga yetarli darajada rioya etmasligi holatlari ham közga taşlanadi. Bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida, söngi yillarda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taşkil etildi. Hozirgi kunda Içki işlar vazirligi mazkur vazirlik bilan uzluksiz ravişda hamkorlik qilib kelmoqda.

— Aslida içki işlar organlari xodimlari xalqning tinçligi va osoyiştaligi uçun keça-yu kunduz tinim bilmasa ham uzr, oddiy xalq bu tizim vakillarini hamişa ham xuş köravermaydi. Nega içki işlar organlari xodimlari va oddiy xalq örtasida ulkan böşliq bor? Bu qonunlar xalq hayotidan uzoqligidanmi yoki oddiy xalq qonunlarni tuşunmasligi sababli içki işlar organlari xodimlari bilan oralarida tez-tez kelişmovçilik holatlari yuzaga keladimi?

— 47 yillik iş tajribamga köra, oddiy içki işlar organi xodimidan tortib turli rahbarlik lavozimlarida işlab, Içki işlar vaziri darajasigaça bölgan faoliyatim davomida doimo “içki işlar organi xodimi xalq xizmatkori bölişi kerak”, degan hayotiy prinsip asosida işni taşkil etişga harakat qilganman.

Va aytiş kerakki, aynan şu yölda içki işlar organlarining markaziy apparatlaridagi ştat birliklarini qisqartirib ularning quyi tizimlarga berilganligi, içki işlar organlarining mahalla fuqarolar yiğinlari bilan uzluksiz hamkorligi hamda ularga faoliyati natijalari böyiça hisobot berişi tartibi yölga qöyilganligi hamda boş­­qa bir qator işlar amalga oşirilganligini alohida eʼtirof etiş mumkin.

Masalaning yana bir tomoni şundaki, içki işlar organlari keça-yu kunduz tinim bilmay işlasa-da, köp hollarda biz özimizning faoliyatimizni, uning natijalarini, kerak bölsa, jinoyatçilikka qarşi kuraşdagi yutuqlarimizni yetarli darajada körsatib bera olmayapmiz. Bu kabi kamçiliklarimizni bartaraf etiş uçun, eng avvalo, ommaviy axborot vositalari, jumladan, sizlardek jurnalistlar bilan doimiy ravişda hamkorlik qilib borişimiz talab etiladi.

— Mazmunli suhbat uçun taşakkur!

 

Gözal BEGIM suhbatlaşdi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan