Bugungi bolalar juda zukko, ularni aldab bölmaydi
Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori bilan Respublikada maktabgaça taʼlim alohida tizim sifatida şakllantirildi. Şu tariqa, mamlakatimizdagi maktabgaça taʼlim muassasalari faoliyati örganib çiqilganda, uzoq yillar davomida uşbu tizim eʼtibordan çetda qolgani maʼlum böldi.
Ötgan davrda Samarqand viloyati maktabgaça taʼlim tizimida amalga oşirilgan işlar töğrisida boşqarma boşliği Şuhrat RAHMONOV bilan suhbatda böldik.
— Keyingi yillarda maktabgaça taʼlim tizimida olib borilgan islohotlar Yangilaniş davrining deboça bosqiçlaridan biri edi. Aytingçi, viloyat miqyosida ham zamonga monand amaliy işlar qilindimi?
— Birinçi navbatda, maktab yoşigaça bölgan bolalarni boğçalarga jalb etiş, tarbiyani taʼlim bilan birga olib borilişini yölga qöyiş uçun maktabgaça taʼlim dasturi işlab çiqildi. Zamon biz öylagandan köra şiddat bilan ildamlab borayapti. Bugungi bolalar keçagi bolalarga qaraganda özgaça fikrlaydigan, atrofga endi oddiy, sodda bolalarça emas, balki mulohaza bilan maʼnili razm solayapti.
Maktabgaça taʼlim tizimining joriy etilgani bejiz emas, taʼlim va tarbiya qançalik barvaqt olib borilsa, bola davr bilan barobar fikr yuritadigan, yon-veridagi voqea va hodisalarga özgaça nazar bilan qaraşni örganadigan böladi. Bir söz bilan aytganda, yangi avlod barkamol bölib voyaga yetadigan davr boşlanayapti.
Viloyat maktabgaça taʼlim tizimida yangiça mazmunda, sezilarli ravişda ijobiy özgarişlar va islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mavjud davlat boğçalarining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxşilaş, sohaga zamonaviy taʼlim metodlarini joriy qiliş, nodavlat, davlat-xususiy şerikçilik va oilaviy şakldagi nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini taşkil etiş orqali barça bolalarni keng qamrovda boğçalarga jalb etiş osonlaşdi. Bunday deyişimga sabab, bugungi MTTlar zamonaviy tipda taşkil etilmoqda. Ularning ongini östirişda matematika, fizika va kimyoga oid amaliy öyin turlari boğçalarimizga kirib keldi.
Madaniy hordiq oliş, badantarbiya maşqlari bilan şuğullaniş hamda köngiloçar öyingohlar ham bola eʼtiborini tortadi. Oilalarda maktab yoşigaça bölgan farzandlarini özi istagan muassasaga beriş imkoni ham tuğildi. Asosiysi, bugungi kunda xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan boğçalar faoliyat yurita boşladi.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, endilikda boğçaga borgan bola bilan boğçaga bormagan bola örtasida katta farq seziladi. Bu bolaning dunyoqaraşi, psixologiyasi, yuriş-turişi, odob-axloqida yaqqol namoyon böladi.
— Albatta, tezkor rivojlanayotgan davrga qarab qadam taşlaşni vaqtning özi talab etayapti. Viloyatning ayrim tumanlarida tarqoq qişloqlar bor. Baʼzi qişloqlarda 20-30 çoğli xonadonlar mavjud. Ana şu hududlardagi bolalarni ham boğçalarga jalb etiş işlari neçoğli yölga qöyilgan?
— Avvalo, sizga şuni aytsam, viloyatda 2017 yilda jami 564 ta boğçalar faoliyat yuritgan. Şundan, 555 tasi davlat, 8 tasi nodavlat va 1 ta xususiy taşkilotga qaraşli edi. Açinarlisi, 305 068 nafar maktabgaça yoşdagi bolalarning 63 006 nafari (20,9 foiz) maktabgaça taʼlim bilan qamrab olingandi.
Quvonarlisi, 2020 yil 1 oktyabrga kelib, jami 2 022 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyat yuritmoqda. Şundan 674 tasi davlat, 1347 tasi nodavlat(73 tasi xususiy, 1 197 tasi oilaviy va 77 tasi DXŞ asosida) va 1 tasi taşkilotga tegişli.
Körinib turibdiki, viloyat böyiça jami 323916 nafar 3-7 yoşgaça bölgan bolalarning 169436 nafari (52,3 foiz) maktabgaça taʼlim taşkilotlariga jalb etildi. Lekin bu körsatkiç hali yetarli emas.
Albatta, yangilanayotgan tizimning afzalliklarini aholi ongiga yetkaza bilsak, joylarda odamlarning özi ham xususiy MTT oçiş taşabbusi bilan çiqadi. Men bunga aminman.
— Şu kunlarda rivojlangan davlatlardagi öta rivojlangan tizimni mamlakatimizda joriy etişni tezlaştirdik. Ammo bunga hali odamlar tayyormidi, siz nima deb öylaysiz? Bugun aholining köpçilik qismi yangilanişlarni tezda qabul qila olmayotgani rost. Tarğibot yönalişida viloyat Maktabgaça taʼlim boşqarmasida qanday işlar amalga oşirilayapti?
— Gapingizga qöşilaman. Ança yillar oldin bozor munosabatlari joriy etilgan edi. Lekin oramizda bozor siyosatini, iqtisodini haligaça tuşunib yetmaganlar topiladi. Ayrim tumanlarimizda aholining dunyoqaraşi, fikrlaşi eski zamondan qolgan iş yuritiş uslubiga moslaşib qolgan. Yaʼni, “davlat taʼminlab bersin”, degan. Ötgan davr mobaynida odamlarda “yöq, davlat emas, özimga özim taʼminlaşim kerak”, degan fikr paydo böldi. Körinib turibdiki, aholi asta-sekin bölsa-da, albatta, anglab yetmoqda. Biz endi eskiça yaşay olmaymiz. Hatto, iş faoliyatimizni ham bugungi davr talabiga moslaştirişimiz kerak.
Albatta, har qanday yangiliklar kişilar ongiga asta-sekinlik bilan singib boradi. Heç bir zamonda şaxs şuuriga yangi davr yuksalişlarini majburlab singdirib bölmagan. Odamlar, avvalo, özi anglab yetib, kundalik faoliyatiga özgariş kirita boşlasa Yangi Özbekistonning mustahkam poydevorini yaratişimiz tezlaşadi. Bugungi yangilanişlar, birinçi navbatda, odamlarda könikma hosil qiliş, har bir şaxs öz erkinligini özi taʼminlaşi lozimligini amalda isbotlaşga qaratilgan.
Sizga mamnuniyat bilan şuni aytişim mumkin, birgina Samarqand viloyatini oladigan bölsak, yangilaniş davriga hamohang qadam taşlayotgan odamlarimiz soni kun sayin köpayib borayapti. Xususiy mulkka egalik qiliş, amaldagi qonunçilik asosida iş yuritiş, davlatimiz tomonidan yaratilgan öz huquqini himoya qiliş tizimiga moslaşiş jadallaşmoqda. Bugungi şaxsda maqtaşga arzigulik özgarişlar bor.
Deylik, 2020 yilning ötgan 9 oyi davomida quvvati 66610 örinli 57 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari taşkil etildi, jumladan, 22 ta (3 415 örinli) davlat boğçalari, 6 ta (400 örinli) xususiy va 29 ta (2795 örinli) davlat-xususiy şeriklik asosidagi boğçalar iş boşladi. Bundan körinadiki, odamlarda maktabgaça taʼlim tizimiga talab oşmoqda.
Davlatimiz mamlakatimizga xorij investitsiyasini kiritişidan maqsad, avvalo, xorijning ilğor texnologiyasini özimizda joriy etişga qaratilgan. Sobiq Ittifoq davrida kompyuter, uyali aloqa vositalari va boşqa texnologiyalar odamlarning uxlab tuşiga ham kirmagan edi. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimizga kompyuter, tikuv-töquv va boşqa texnikalarning eskirgan variantlari kirib keldi. Garçi, bu Yevropa uçun işlaş muddatini ötagan, taşlandiq esa-da, biz uçun yangilik edi.
Endilikda odamlarning dunyoqaraşi özgardi. Nima eski, nima yangi ekanini anglab yetadigan avlod paydo bölayapti. Biz Yangi Özbekiston, Yangilaniş davrini, yaʼni Uçinçi Renessans davrini boşlaş arafasidamiz. Endi aholiga ular istayotgan sifatli, eng muhimi, samarali işlaydigan öta zamonaviy texnik vositalarni işlab çiqarişga, taʼlim tizimiga olib kirişimiz kerak. Yangiça yaşaş vaqti allaqaçon keldi.
2020 yilning ötgan 9 oyida ana şunday texnik jihozlarga ega umumiy loyiha qiymati 69 milliard 463 million söm, şundan kredit mablaği 46 milliard 78 million söm, öz mablağlari hisobidan 23 milliard 385 million sömlik 2 795 örinli 29 ta davlat-xususiy şeriklik asosidagi nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari qurilib, foydalanişga topşirildi. Şuningdek, davlat-xususiy şeriklik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan 4 tasida qöşimça kelişuvga asosan 250 ta yangi quvvat yaratildi.
Şunday qilib, joriy yilda investitsiya dasturi doirasida yana 47 ta 6385 örinli maktabgaça taʼlim taşkilotlarini quriş va foydalanişga topşiriş belgilangan.
Bundan taşqari, tumanlarda böş turgan ijtimoiy soha obʼyektlari va hokimliklar balansida turgan jami 18 ta binolar tuman hokimlarining qarorlari asosida maktabgaça taʼlim tizimi balansiga ötkazilib, mahalliy byudjet hamda homiylar mablağlari hisobidan taʼmirlanib, 2100 örinli maktabgaça taʼlim taşkilotlari taşkil etiş közda tutilgan.
— Özingizga maʼlum, qiş mavsumi arafasida turibmiz. Viloyatning çekka hududlaridagi boğçalarning köplari haligaça çöyan peçlarda isitiladi. Daraxtlarning qurigan şox-şabbalari ötin sifatida işlatiladi. Xonalar is gaziga dimiqadi. Aytingçi, bu yilgi qişda bolalarning musaffo, toza, issiq xonalarda, erkin taʼlim-tarbiya olişlariga qanday şaroitlar yaratilmoqda?
— Töğri, viloyatimiz hududi ançayin keng, ayniqsa, toğ oldi, çorvaga ixtisoslaşgan dala qişloqlarda ahvol siz aytganingizdek edi. Ammo 2020-2021 yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça alohida çora-tadbirlar belgilandi. Boya aytganimdek, endi odamlar alimsoqdan qolgan matohlarga könmaydi. Şuning uçun 88 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarini joriy taʼmirlaş işlariga 7,4 milliard söm mablağ ajratildi. Bugungi kunda 80 tasida taʼmirlaş işlari 91,0 foizga bajarilgan.
Şuni ham aytib qöyay, bugungi imkoniyatimiz viloyat böyiça taʼmirtalab boğçalarni töliq qamrab olişga yetmaydi. Ammo bu degani taʼmirlaş işlari öz holiga taşlab qöyiladi degani emas, belgilangan reja asosida barça taʼmirtalab boğçalar zamonaviy körinişga keltiriladi. Bu işlarga homiylarni jalb etayapmiz. Rejaga köra, xususiy, oilaviy va davlat-xususiy şerikçilik asosida yangi boğçalar quriş va foydalanişga topşiriş işlari ham olib borilayapti.
Hozirda mavjud 48 ta isitiş qozonlari örniga tejamkor isitiş uskunalari örnatildi. 32 ta qozonxonalar taʼmirlandi. Viloyatdagi 26 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida, siz aytgan, “burjuyka peçlari” örniga, energo tejamkor isitiş tizimi örnatildi. 88 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlaridagi 523 ta “burjuyka peçlari”ni esa energo tejamkor isitiş tizimiga ötkaziş işlari mahalliy hokimlik va hududiy sektorlar hamkorligida amalga oşirilmoqda.
— Zamonaviy boğçalar yaratiş barobarida bolalarga taʼlim-tarbiya berişda yetuk kadrlarga ham ehtiyoj bor. Bu masala tizimda qanday hal etilmoqda?
— Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi “Maktabgaça taʼlim tizimi uçun kadrlar tayyorlaşni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatidagi 11 ta pedagogika kollejlari Maktabgaça taʼlim vazirligi tasarrufiga ötkazilgani kelajakda yetuk kadrlar tayyorlanişiga zamin yaratadi.
Aytiş kerakki, 2019-2020 öquv yilida vazirlik tasarrufidagi 11 ta pedagogika kollejlarida tahsil olgan 2831 bitiruvçi örta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomini oldi. Ulardan 1726 nafari umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini bitirgan öquvçilar, 1105 nafari esa 11-sinf hajmida tölov-şartnoma asosida öqiganlardir.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida faoliyat körsatiş uçun talab qilinadigan 6 ta, yaʼni “Maktabgaça taʼlim”, “Maktabgaça taʼlim yordamçi tarbiyaçisi”, “Musiqiy taʼlim”, “Jismoniy tarbiya”, “Oşpaz, qandolatçi” va “Maktabgaça taʼlim taşkilotlari maişiy masalalar menejeri” mutaxassisliklari böyiça qabul jarayoni davom etmoqda.
Tizimda işlayotgan pedagog kadrlar salohiyatini oşiriş masalasiga kelsak, ayni damda Maktabgaça taʼlim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş institutida 482 nafar rahbar va pedagog xodimlar, viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hududiy markazida 400 nafar tarbiyaçilar, Jismoniy tarbiya va sport böyiça mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazi Samarqand filialida 60 nafar jismoniy tarbiya yöriqçilarining malaka oşirişi rejalaştirilgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida esa viloyat maktabgaça taʼlim tizimining 393 nafar rahbar va pedagog xodimlari, 309 nafar tarbiyaçilar, 45 nafar jismoniy tarbiya yöriqçilari malaka oşiriş kurslarida öquv maşğulotlarini ötaşdi. Şuningdek, yil oxirigaça yana 265 nafar rahbar, 633 nafar pedagog xodimlarning malakasi oşiriladi.
Qöşimça ravişda, joriy yilda Davlat boşqaruv akademiyasining Samarqand hududiy filialida boşqarmamizning 11 nafar xodimlaridan 9 nafari “Zamonaviy boşqaruv va boşqaruv mahorati” yönalişida 72 soatlik kursda malaka oşirdi.
— Hozirgi pandemiya şaroitida boğçalarga qamrab olinmagan bolalarning ertasi uçun ham aniq rejalar bormi?
— Birinçi navbatda, ota-onalar bilan hamkorlikni yölga qöydik. Birgalikda bolalarning böş vaqtlarini maroqli ötkazişda pedagoglar va ota-onalar guruhi taşkil etilib, doimiy maşğulotlar olib borilmokda. Şu bilan birga, onlayn tarzda maşğulotlar, topşiriqlar, turli öyinlar, körgazmalar yordamida tavsiyalar berib boriş yölga qöyilgan. Tarbiyalanuvçilarning bajargan amaliy işlarini rağbatlantirib boriş yuzasidan onlayn körik-tanlovlar ham taşkil etilgan.
Ubaydulla XÖJANIYOZOV suhbatlaşdi.
