Husayin Baydemir: “Ruhan Özbekistondaman…”
Dunyo böylab ona tilimizga qiziquvçi olimlar ham talaygina. Özbek tili bayrami munosabati bilan şunday olimlardan biri Turkiyaning Otaturk universiteti öqituvçisi, doktor Husayin Baydemir bilan “Hurriyat” öquvçilari uçun onlayn tarzda suhbatlaşdik.
— Husayinbey, avvalambor, özingiz haqingizda qisqaça gapirsangiz.
— Dastavval, öz tuyğularimni izhor etişga imkon berganingiz uçun sizga va gazetangizga minnatdorçilik bildiraman. Dunyoning eng gözal ölkasi bölgan Özbekistonga va mehmondöst özbek qardoşlarimizga samimiy salomlarimni yöllayman.
Men Turkiyaning şarqidagi eng katta şaharlaridan biri bölgan Arzirumning Ispir tumanida 1972 yilda tuğilganman. Boşlanğiç taʼlimni şu yerda tamomlaganman. Men tuğilgan paytda otam Olmoniyada işlayotgan bölgan. Qaytganidan söng, boşqa Olmoniyaga bormadi. Töplagan pullariga traktor oldi va dehqonçilik qila boşladi. Opam va akam bor, lekin ular maktabdan keyin öqimadilar. Otam meni traktori bilan işlab topgan mablağlariga öqitdi. Men universitetga hujjat topşirgan paytim — 1990 yilda Turkiyada, adaşmasam, 23 ta universitet bor edi. Har yili 1 milliondan ortiq kişi hujjat topşirar, ulardan faqatgina 15 foizi talaba böla olardi. Nasibam ekan, şu yilda Otaturk universitetining Turk tili va adabiyoti yönalişiga öqişga kirdim. Talaba bölgan yilim sobiq sovet Ittifoqi hali parçalanmagan edi. Ammo yaqin vaqtlarda bu davlatning tarqalib ketişi maʼlum bölib qolgandi. Şunday böldi ham.
Öqiyotganimiz Turk tili va adabiyoti yönalişida zamonaviy turkiy tillar degan bir dars bor edi. Uçinçi bosqiçda ötiladigan bu darsda ustozlarimiz bizga turkiy xalqlar haqida aytib berişardi, lekin töğrisi, ularning özlari ham bu borada köp narsa bilişmasdi. Zamonaviy turkiy tillar darsida faqatgina kirill yozuvini örganganmiz, xolos.
Xullas, oradan vaqtlar ötib, 2004 yilda “Özbek xalq ertaklari” mavzuida doktorlik işimni yoqladim. Hozir Otaturk universiteti Zamonaviy turk tillari va adabiyotlari kafedrasida işlamoqdaman. Kafedramizning 5 ta bölimi bor. Bulardan biri Zamonaviy özbek — uyğur tillari va adabiyotlari bölimidir. 2006 yildan beri şu bölimga mudirlik qilaman.
— Özbek tiliga qiziqişingizga asosiy sabab nima bölgan? Bilamizki, tilimiz bilan boğliq bir qança tadqiqotlaringiz mavjud.
— 1995 yili Otaturk universitetida Zamonaviy turk tillari va adabiyotlari kafedrasi taşkil etildi. Ammo darhol talaba qabul qilinmadi, çunki qardoş tillardan dars bera oladigan öqituvçi yöq edi. Rejaga köra, soha böyiça öqituvçilar tayyorlanib, keyin talabalar qabul qilinişi lozim edi. 1996 yili magistraturaga qabul qilindim. Öqituvçilarimiz: “Bu yil magistraturaga kirganlarning bir qismi Turk tili va adabiyoti, ikkinçi qismi esa Turkiy tillar va adabiyotlari yönalişlarida öqiydilar. Yönalişni özingiz tanlang”, — deyişdi. Men aslo ikkilanmasdan Turkiy tillar va adabiyotlari yönalişini tanladim. Çunki qiziqişim juda baland edi. Biz uçun tamoman yangi va sirli bir yönaliş edi bu. Öşa yili bizga dars beriş uçun Ozarbayjondan ikkita öqituvçi çaqirilgandi. Bu öqituvçilardan bir yil davomida turkiy xalqlar, turkiy tillar va adabiyotlari töğrisida saboq oldik. Lekin bularning bari umumiy darslar edi. Ikkinçi yili oldimizda yana bir tanlov turardi: Ozarbayjon, turkman, özbek, qozoq, qirğiz tillaridan birini tanlaş. Hamma öziga maʼqulini tanladi. Men ortiqça öylab ötirmasdan, özbek tilini tanlaganman. Çunki bir yil avvalgi darslarda Turkiston tarixi va madaniyatini oz bölsa ham örgangan edim. Özbek tili, adabiyoti va folklorining boy ekanligini bilardim. 1996-1997 yillarda qilgan bu tanlovlarimdan aslo puşaymon emasman. Hanuzgaça kasbimni muhabbat bilan davom ettirmoqdaman. Har bir tadqiqotimda ilk kundagi hayajonimni his etaman. Yozgan ilmiy asarlarim va xalqaro ilmiy konferensiyalarda qilgan maʼruzalarimning barçasi özbek folklori va özbek adabiyoti bilan boğliq. Maqolalarimning kamida 15 tasi xalqaro jurnallarda naşr etildi. Bundan taşqari, özbek adabiyotining gözal namunalaridan qilgan tarjimalarim bilan maşhur adabiy jurnallarda ham qatnaşib bormoqdaman. Maqsadim – özbek adabiyotining kuçini dunyo böylab yanada tanitmoqdir.
— Siz kabi özbek tili böyiça tadqiqotlar qilayotgan şogirdlaringiz yoki siz bilan tengdoş olimlar ham bölsa kerak, albatta?
— Talabalarim bilan faxrlanaman. Ular juda ğayratli va jöşqin. Turk dunyosini va turkiy xalqlarni juda sevadilar. Sevgilari sababidan ham ajoyib tadqiqotlarga mualliflik qilmoqdalar. Bir neça misollar keltiraman: Emine Bakar ismli şogirdim “Farhod va Şirin” dostonini turkçaga ögirdi va tadqiq etdi. Hamza Özturkçi Abdulhamid Çölponning “Yorqinoy” dramasini turkçaga ögirdi va tadqiq qildi. Bu tarjima katta bir naşriyot tomonida kitob holida çop etildi ham. Derlihan Bora ismli şogirdim ham Hoja Muinning 4 dramasini tilimizga ögirib, tadqiq qildi. Aslihan Aslan Çölponning gazeta naşrlarini tarjima qildi va örgandi. Kenan Tapalöğli degan öquvçimiz esa Özbek dostonlarida ayol motivlarini tadqiq etdi. Mustafo Guler ismli talabamiz Pirimqul Qodirovning “Ona loçin vidosi” nomli romani böyiça lingvistik tadqiqot qildi. Oyşa Humayro Efe Toğay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarini turkçaga tarjima qildi va örgandi. Bularning barçasi dissertatsiya işlarini kaminaning ilmiy rahbarligida amalga oşirdi. Şogirdlarimning barçasi ham Özbekiston bilan boğliq maqolalar yozib, turli naşrlarda çiqiş qilişadi. Bu yil Ezgi Pekşen ismli öquvçim Mirmuhsinning hikoyalarini tarjima qilmoqda. Usmon Tayhan Said Ahmad hikoyalarini tarjima qilayapti. Sado Çebi esa Maʼsuma Ahmadovaning hikoyalarini tarjima qiliş bilan band. Maryam Jamila Dinç ismli şogirdim Özbek dostonlarida kuraş motivi böyiça tadqiqot olib bormoqda. Hamza Özturkçi Maʼrufjon Yöldoşevning hikoyalarini tarjima qildi va kitob naşr arafasida. Men ular bilan faxrlanaman.
Biz faqatgina Özbekistondagi özbeklar bilan çegaralanib qolmaymiz. Afğonistonda ham millionlab özbeklar yaşamoqda. Bizning universitetimizda ham köplab özbek talabalari bor. Maʼlumki, Afğonistonda arab yozuvidan foydalanişadi. Afğonistondan kelgan özbeklar Özbekistonda amalda bölgan kirill va lotin yozuvlarini bilişmaydi. Mening xonamdagi butun jovonlar esa Özbekistondan olib kelgan kitoblar bilan töla. Afğonistonlik özbek talabalar ilk marta ularni körganlarida: “Bu kitoblar qaysi tilda?” — deb söraşgan. “Sizning ona tilingizda yozilgan, özbekça kitoblar”, — deb javob beraman. Şundan keyin afğonistonlik özbek talabalarga Özbekistonda amalda bölgan kirill va lotin yozuvlarini örgata boşladim. Hozirga qadar 20–25 talabam bu yozuvdagi matnlarni bemalol öqiy oladi. Özbek adabiyotini va Özbekistondagi özbek madaniyatini şu orqali tanimoqdalar. Hamma narsadan ham avval öz tarixlarini örganadilar.
Men işlayotgan bölimda Özbek adabiyoti böyiça tadqiqotlar qilgan yana ikki olim bor. Biri katta tilşunos olim Rejayi Kiriltunç. U özbek mumtoz adabiyoti böyiça iş olib bormoqda. Ikkinçisi doktor Nursan Ildiran. U eski va yangi özbek tillari mutaxassisi. Ularning ham köplab şogirdlari bor.
— Albatta, özbekistonlik olimlar bilan hamkorlik qilsangiz kerak. Bu haqda ham maʼlumot bersangiz. Darvoqe, Özbekistonga neça marta kelgansiz?
— Özbek olimlari bilan har doim aloqadamiz. Qaysisidir bilan Özbekistonda tanişdim, yana biri bilan internetda. Taxminan ellikka yaqin özbek olimlari bilan munosabatlarimiz bor. Qilgan va qilmoqçi bölgan işlarimiz yuzasidan maslahatlar qilamiz. Hamkorlikda köp narsalarga erişiş mumkin va biz buni qadrlaymiz. Qadrli hamkasbim Maʼrufjon Yöldoşev bilan Turkiyada ikkita tadqiqotni amalga oşirdik. Yozuvçi Isajon Sulton hikoyalarini tarjima qilib, çop ettirganmiz. Yana “Zamonaviy özbek adabiyoti” nomli kitob ham çiqarganmiz. Maʼrufjon Yöldoşev özbek tili, adabiyoti va madaniyatini tanitmoq uçun Turkiyada köp ğayrat qildi. Yaxşi şogirdlar yetiştirdi. Uning tadqiqotlari bir davrga tamğasini urdi, deya olaman.
Bir neça yil Turkiyada işlagan Jöliboy Eltazarov domla ham bu yerda ahamiyatli tadqiqotlar olib bordi. “Özbekça örganamiz” nomli kitob yozgan edi. Turkiyada özbek tili darslarida öşa kitob ham darslik sifatida öqitiladi. Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti olimlari bilan hamkorlikda işlamoqdamiz. Özbek tili va adabiyoti universiteti bilan ham aloqalarimiz bor.
Qolaversa, Prezidentlarimiz orasidagi döstlik va samimiyat hamkorligimizni yanada mustahkamlaydi.
Men Özbekistonga 4 marta borganman. Har borişimda bir neça oy qolganman. Garçi jisman tört bor borgan bölsam-da, ruhan har doim Özbekistondaman. Öqiydigan köplab kitoblarim, gazetalarim özbekça. Özbekiston mening ikkinçi vatanim. Bu yerda men özimni Özbekistonning faxriy elçisi kabi his etaman.
— Otaturk universitetida talabalarning özbek tiliga qiziqişi qanday? Ularga tilimizni örgatişning qanday qiyinçiliklari bor? Öqitiş usullaringiz haqida ayta olasizmi?
— Bizning bölimimizda 250 nafar kunduzgi, 200 nafar keçki vaqtlarda taʼlim oladigan talabalar bor. Bu talabalar haftada 2 soat özbek tili, 2 soat özbekça tarjima, 2 soat zamonaviy özbek adabiyoti, 2 soat özbek xalq ijodi, 2 soat özbek mumtoz adabiyotidan dars olişadi. Talabalar Özbekistonni heç körişmagan bölsalar ham, özbek xalqini va madaniyatini juda sevadilar. Men talabalarni ikki guruhga ajrataman: biri bu yönalişni özlari istab, sevib tanlaganlar; ikkinçisi bitirib biror iş topiş uçun öqişga kirganlar.
Turkiyadagi yoşlarga özbek tilini örgatişning oson tomonlari ham, qiyin jihatlari ham bor. Osoni şuki, tillarimiz yaqin, qardoş. Minglab öxşaş sözlarimiz bor. Talaba bunday sözlarni bir marta eşitişdayoq anglab oladi. Endi qiyinçiliklari haqida aytsak: biz uçun birinçi qiyinçilik bu alifbo bilan boğliq. Talabalar özbek alifbosidagi “O(o)” harfini körişlari bilan “ö” deb talaffuz etişadi. “J(j)” harfini ham qay örinda “j”, qaysi örinda “dj” deb öqiş kerakligini bilib olişlari qiyin. Bu borada bir qoida bölmagani uçun örgatolmaymiz. Bunday sözlarning öqilişini yodlaşlariga töğri keladi. Yana, yozuvda ham “X(x)” va “H(h)”ni köp çalkaştirişadi.
Tarjima darslarimizda eng qiynalganimiz, turkçada ham, özbekçada ham mavjud bölgan, ammo ikki tilda ikki xil maʼno anglatadigan sözlardir. Bu tösiqlardan ötganimizdan söng özbek tilini örganiş oson va zavqli keçadi.
— Bilişimizça, siz “Katta özbekça luğat” ustida işlamoqdasiz. Şu haqda ham aytsangiz.
Bu savolni berganingiz uçun minnatdorman. Yaqin ikki yildan beri “Katta özbekça luğat” ustida işlamoqdamiz. Bu işni ikki kişi qilyapmiz. Şerigim hamkasbim Nursan Ildirixonimdir. Hozirga qadar taxminan işning 70 foizini tamomladik. 28 ming sözga 75 mingga yaqin izoh yozdik. 24 yildan beri Özbekiston sohasi böyiça işlayman. Bu işimiz avvalgilaridan ança ahamiyatli va foydali deb hisoblayman. Luğatga iboralarni ham kiritmoqdamiz. Köp qöllanadiganlarini olamiz. Şevalardagi sözlarni ham kiritiş niyatimiz bor. Şu onga qadar tayyorlangan eng kölamli özbek tili luğatini yaratmoqçimiz. Bu luğatimizni qamrab olgan sözlar soni “Özbek tilining izohli luğati”dagidan köp, deb bemalol ayta olaman. Ança vaqtlardan beri “Özbek tilining izohli luğati”dan topilmaydigan sözlarni qayd qilib kelardim. Bir misol keltirsam: “Izohli luğatda” “T(t)” harfi bilan boşlanadigan 2 ming 716 ta söz bor, “Katta özbekça luğat”da esa 3 ming 544 ta. Boşqa harf bilan boşlanadigan sözlar haqida ham şunday deya olaman.
Luğat tuzuvçi uçun manba, albatta, özigaça tuzilgan luğatlardir. Biz ham özimizdan avvalgi luğatlardan manba sifatida foydalanmoqdamiz. Asosiy manbamiz “Özbek tilining izohli luğati”dir. Özbekça-inglizça, özbekça-rusça, özbekça — turkça luğatlardan ham foydalanyapmiz. “Özbekiston Milliy ensiklopediyasi” ham har doim stolimiz ustida. Ikkinçi navbatdagi manbalarimiz esa özbek adabiyoti namunalaridir. Luğatni tuzişda bizga eng köp qiyinçilik tuğdirgan sözlar, asosan, ösimlik va hayvon nomlari bölmoqda.
Şu paytgaça 4 dona özbekça-turkça luğat tayyorlangan. Ularning barçasi ham qimmatli. Ammo izlagan hamma sözlaringizni ham topa olmaysiz, iboralar mavjud emas. “Katta özbekça luğat”ning ulardan farqi quyidagiça böladi:
– barça sözlarni qamrab oladi;
– sözlarning barça maʼnolari beriladi;
– namuna sifatida gaplar beriladi;
– qöşma söz, tasviriy ifoda va iboralar ham mavjud.
Özbekistondan uzoqda turib bu işni qiliş, albatta, qiyin. Ammo imkonsiz emas!
— Turkiya yoşlarining ona tiliga bölgan munosabati qanday?
— Köp maʼnili savollar beryapsiz, yana bir bor taşakkur. Turkiya yoşlarining til borasida biror qayğulari yöq. Çunki Turkiyada turk tiliga zarar keltirişi mumkin bölgan boşqa til yöq. Bir qança yillar avval Özbekistonda men ötirgan maşina haydovçisi şunday degandi: “Bizda rusça, sizda esa inglizça aralaşişi sababli ona tillarimiz buzilayapti…” Men unga Turkiyada inglizça biladiganlar köp emasligini va ahvol ham xavotirli emasligini aytgandim. Turkiya yoşlarining kun mavzusida til borasida biror muammosi yöq. Özbekistonda ham yoşlarning ona tillariga bölgan munosabati kundan-kunga oşmoqda, deb hisoblayman. Bir paytlar, ehtimol, özbek tili oğir ahvolga tuşib qolgandir. Ammo işonamanki, özbek yoşlari bugun tillari uçun köp qayğurişmoqda. Bizda bir maqol bor: “Vaqt hamma narsani davolaydi”. Şunday ekan, özbek tilining ham kelajagi yangi avlodning qölida.
— Bilasizki, 21 oktyabr Özbekistonda til bayrami sifatida nişonlanadigan böldi. Özbek xalqiga tilaklaringiz.
— Avvalambor, özbek tili borasidagi tuşunçalarimni yanada oydinroq bildirmoq istayman. Oxirgi 700 yil içida eski turkiyçaning ikkita katta şoxi bölgan: biri ğarbda turkça, ikkinçisi Şarqda Özbekçadir. Mumtoz adabiyoti bölgan tillar buyuk tillardir. Özbek tili buyuk va boy tildir. Özbek tili — Alişer Navoiy tili. Menimça, bundan boşqa sözga hojat yöq. Özbek qardoşlarimiz ona tillari bilan har qança ğururlansalar arziydi. Har millat uçun Ona tili ham vatan va bayroq kabi aziz va muqaddasdir. 21 oktyabr — Özbek tili bayrami munosabati bilan barça özbek qardoşlarimizni tabriklayman.
Şahzod ŞODMONOV suhbatlaşdi.
