“Şarqirab soy kabi oqqanim rostdir”
Özbek jurnalistikasi, adabiyoti yana bir zabardast ijodkoridan ayrilib qoldi. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi boşqaruvi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli şoir va publitsist Saʼdulla Hakim 2020 yil 11 oktyabrda 69 yoşida vafot etdi.
Caʼdulla Hakim 1951 yil 25 martda Jizzax viloyati, Foriş tumanidagi Garaşa qişloğida tavallud topgan edi. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1977). Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi (2002). Adibning “Hamal tonglari” (1981), “Sen kutgan bahor” (1986), “Yoz oqşomi” (1996), “Ona söz” (2000), “Saylanma” (2001), “Köngil yuzi” (2006), “Yurt öğloni” (2019) kabi şeʼriy töplamlari, “Esimda qolgan kunlar”, “Atom qaʼriga sayohat” singari publitsistik asarlari çop etilgandi. Şuningdek, A.Puşkin, M.Lermontov, S.Yesenin, Gyote kabi şoirlarning köplab jöşqin asarlarini özbekçaga mohirona tarjima qilgan, xassos söz zargari edi.
Saʼdulla aka öta kamtar, vaqti bemahal gaprib ketavermaydigan kamsuqum, ammo kerakli sözni örnida işlatişni yaxşi körardigan inson edi. Har gal işga kelganlarida, albatta, “Hurriyat”dan xabar olib ötardi. Özi gazetaçilikning qattiq nonini yeb tajriba, mahorat oşirganidanmi, gazetaga mehri bölakça edi.
Işxonamiz yonma-yon bölganidanmi, baʼzan uyuşma xodimlari işda bor-yöqligi unçalik bilinmasdi. Biror yumuş bilan sörab çiqsak, ular öz xonalarida kompyuter klaviaturasini taqillatib, qizğin işlayotgan bölardi.
Yuzlab, balki minglab insonlarning ustozi bölgan Saʼdulla akaning, hatto, ovozini kötarib gapirganini heç kim eslolmasa kerak. Ustoz öz sohasini yaxşi bilgani, jamiyatda yuz berayotgan özgariş, islohotlarning tub mohiyatini anglagani bois, qator rahbarlik lavozimlarida munosib işlab keldi.
Saʼdulla Hakim şeʼriyati alohida olam, şoir heç bir satrni yuklamasiz bitmasdi. Şu bois, uning şeʼrlarini şunçaki öqib bölmaydi, balki muşohada qilib, talqinga yeçim topib öqigan odam maʼnaviy zavq oladi. Özbek adabiyotida öz örniga, öz mavqeiga ega ijodkor edi.
Ming bora afsusu nadomatlar bölğayki, butun dunyo ahlining tinçini buzgan koronavirus balosi qançalab aziz insonlarni oramizdan olib ketdi.
Saʼdulla akaning özi, avvalo, sanitariya-gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilar, öz-özini yakkalaşga köp eʼtibor berardi. Qolganlardan ham şuni talab qilar, har gal salomlaşib, söraşganimizda, hazil-çin aralaş samimiyat bilan “Oraliq masofani saqlang”, deb qöyardilar. Lekin, olam ahliga ofat keltirayotgan bu balo — “tojli virus” Saʼdulla akani ham çetlab ötmadi. Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti bayonotida: “Bu dard bilan yer yuzi aholisining har 10 kişisidan biri kasallanadi”, deyilgan. Heç bir inson “men bu kasalga çalinmayman” deya olmas ekan. Çunki, özi mittigina, közga körinmas balo qaçon va qayerda paydo bölişini dunyoning manaman degan olimlari ham aniq aytib berolmayapti.
Netongki, “dard ötkinçi, şifo esa Özidan”, deganlari rost. Sabab köp, ammo lavhda bitilgan kalom özgarmasdir.
Saʼdulla aka yoş ijodkorlarning qoralama şeʼrlarini, publitsistik xabar, maqolalarini ham kuzatib borardi. Muallifni yoniga çaqirib erinmay xato va kamçiliklarini tuşuntirar, eng muhimi, tuzatişlariga ham özi kömaklaşib yuborardi.
Ustoz yuqorida aytganimizdek, juda kamtarin, uzoqni öylaydigan, birovning dilini oğritmaydigan, kattani ham, kiçikni ham birdek köradigan, suhbatdoşini hurmat qiladigan kişi edi.
Ustoz odamlarga yaxşilik qilişni öylardi. Heç kimga yomonlikni ravo körmas edi. Hatto, uning dilini oğritgan, yomonlik qilganlarni ham keçirib yuboraverardi, kek saqlab yurmas edi. Baʼzi birovlarga öxşab “falon kişi unday, pismadonçi bunday”, degan gap-sözlarni umuman tilga olmasdi. Bunday mayda gap-sözlardan baland inson edi.
Barçaga, yaʼni döst birodarlari, yaqinlari, jamoadoşlariga juda eʼtiborli bölib, ayniqsa, işga nihoyatda masʼuliyat bilan yondaşardi. Butun kuçini, vaqtini ayamasdi. Köpinça guvohi bölardik, ança keç bölgan, Uyuşmada heç kim qolmagan vaqtlari, yoinki dam oliş kunlari ham bir özlari xonasida işlab ötirardi. Halollik va xolislikni yaxşi körardi. Şu bois, “Oltin qalam” böladimi yo boşqa turli tanlovlarda kimgadir yon bosganini körmaganmiz. Baʼzida oğziga kuçi yetmagan, yoxud öziga mukofot tegmaganlar har ne desalar ham, ustoz tanlov hayʼatiga: “Özlaring halol va xolis hal qilingizlar”, derdi, ammo aralaşmasdi.
Ha, endi kuyingandan biror çora bölsaydi, ayriliq azobi dillarni sirqiratadi, bu judolikni öylaşning özi oson emas. Axir haqiqiy söz işqibozi, söz dehqoni, betakror şoir bu dunyoni tark etdi. Bilganlar bildi, bilmaganlar bilmadi. Rosti şuki, bağri osmon qadar keng edi.
Ammo buni qarangki, xuddi yana yuz yil yonimizda yuradigandek, u kişiga könglimizdagi iliq sözlarni aytoldikmi, yöqmi, bunisi endi armon…
Çinakam şoirlarda yarim avliyolik xislati böladi degan gap bor. Saʼdulla Hakim kasalxonada davolanayotgan çoğida yozgan quyidagi şeʼrida bu beş kunlik dunyoni taşlab ketayotganini, “Sözbondan söz sörab” ketişga çoğlanganini oldindan bilgandek, sezgandek bitgan ekan. Mana öşa şeʼr:
KETAYOTIRMAN
O, bu qanday şaraf, ketayotirman,
Sendan senga qarab ketayotirman.
Könglimni tobladi kunduz va keça,
Oy kabi yarqirab ketayotirman.
Şarqirab soy kabi oqqanim rostdir,
Buloqday şildirab ketayotirman.
Bilmayman, gunohim qança, bir taraf,
Savobim bir taraf, ketayotirman.
Sen kelsang… yöllarim tezlaşarmidi,
Ilinjim, yöl qarab ketayotirman.
Tilimda aylanar bir sening noming,
Bolamday erkalab, ketayotirman.
Umr şomida tong otmoqda, ajab,
Voajab, voajab, ketayotirman.
Közim buloğining oçildi közi,
Oy nuri jildirab, ketayotirman.
Söz dehqoni edim, bir söz aytgali,
Sözbondan söz sörab, ketayotirman.
Kelmoq sururidan sözlamam endi,
O, bu qanday şaraf, ketayotirman.
Sönggi dam, sönggi nafas bitiklari, köngilni ezadi, ammo siz-u bizga yana bir bora bu dunyoning barçaga ham omonat ekanligini uqtirgandek böladi. Zotan, allomalardan biri Bahovuddin Valad aytganidek: “Ğoyibdan çiqibmiz, ğoyibga borurmiz”.
Ustoz Saʼdulla Hakim esa omonat bu dunyodan ketar çoği yozganidek:
“Könglimni tobladi kunduz va keça,
Oy kabi yarqirab ketayotirman…”, deyişga har kimning haddi siğsa bas.
Abdurasul JUMAQULOV
