Ustoz roziligiga erişiş ham baxt
Bundan qariyb ikki yarim yil avval Saʼdulla Hakimov meni Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari sifatida jamoaga taniştirgani keçagidek köz öngimda. Öşanda rahbarimiz “Xolmurod, siz bugundan yangi jamoada faoliyat boşlaysiz. Bu jamoaga ham moslaşişingiz, öz örningizni topiş va mustahkamlaşingiz zarur va muhim” degan edilar. Faoliyatim davomida ustozning bu kabi ögitlaridan töğri xulosa çiqargan holda işlaşga, bildirgan işonçini oqlaşga astoydil harakat qildim. Yaşirmayman, iş jarayonida kiçik bölsa-da xato qilgan paytlarim, bilib-bilmay u kişining jahlini çiqargan damlar ham böldi. Şunday kezlarda ham yomon gap eşitmadim. Aksinça, “Sizni qölingizdan bu işlarni aʼlo darajada bajariş keladi, men bunga işonaman”, deb ruhlantirardi. Saʼdulla aka nafaqat meni, balki butun jamoamiz aʼzolarini, umuman, qabulida, suhbatida bölgan har bir insonni, jurnalistni qöllab-quvvatlaşga, imkoniyat darajasida yordam berişga harakat qilardi.
Turli tadbirlarni ötkaziş bahonasida Saʼdulla aka bilan birga qariyb barça viloyatlarda bölganman. Yölga çipta, mehmonxonaga joy buyurtma berişimizdan xabar topişi bilan “Arzonroğini gaplaşinglar, davlatni pulini sovurmasligimiz kerak” degan gaplari bir neça marotaba quloğimga çalingan.
Yigirma beş yildan ortiq jurnalistik faoliyatim davomida köplab insonlar bilan bir jamoada işlaş nasib etdi. Ular orasida Saʼdulla Hakimov özining yuksak insoniy fazilatlari bilan alohida ajralib turadi.
Ötgan ikki yarim yil mobaynida poytaxtimizda köplab ustoz jurnalistlarning yubileylari va boşqa nufuzli tadbirlar bölib ötdi. S.Hakimov özi bilan men ham şunday tadbirlarda iştirok etişimni, faol bölişimni istardi. U kişi orqali juda köp taniqli, xalqimiz hurmati va davlatimiz rahbari eʼtiboriga tuşgan ziyoli insonlar bilan yaqindan tanişiş, ularning suhbatini oliş nasib etdi. Bundan juda minnatdorman.
Ommaviy axborot vositalaridagi har bir çiqişimga öz munosabatini bildirib, zarur hollarda öz maslahatlarini berib kelgan Saʼdulla aka menga rahbar sifatida ham, ustoz sifatida ham, oddiy aka sifatida ham köp yaxşiliklar qilgan. Ötgan yili Xitoyga borib-kelişimga ham u kişi sababçi bölgan edilar. 2019 yil aprel oyining oxirlarida xonalariga çaqirdi. Nima gap ekan, deb kirdim. “Xolmurod, şu yilning 13-19 may kunlari Xitoyning Pekin şahrida Osiyo davlatlari jurnalistlar uyuşmalari vakillari iştirokida katta xalqaro konferensiya bölib ötadi, şunga borib-kelişingiz kerak ” dedi. Tabiiyki, bu topşiriqni bajonidil, xursand bölib qabul qildim. Endi hujjatlarni tayyorlaş kerak. Menda esa şu çoğ xorijga çiqiş pasporti yöq edi. Şu paytlari uni töğrilaş kamida uç haftaga çözilardi. Vaqt esa kam qolgandi. Bir amallab 12 may kuni “zagran” pasportni, 13 may kuni keçki soat 16:30 ga samolyotga çipta ham oldik. Ammo pasportga Xitoy elçixonasining vizasi urilmagan, busiz u davlatga kiritmaydi. Elçixona vakillari esa bu işni ortga surmoqda. Qarasam, ilk xorij safaridan ham qolişga töğri kelyapti. Şunday öy-xayollar bilan tuşkin kayfiyatda ötirgan edim Saʼdulla aka qönğiroq qilib qoldi “Işlaringiz bitdimi, ertaga uçasizmi endi”, dedi. Vaziyatni tuşuntirgandim “E… avvalroq aytmabsizda. Çorasi yöqmikan”, dedi. Men elçixona xodimi aytgan gapni – iloj yöq ekanini maʼlum qildim. Şu bilan muloqotimiz tugadi.
Ertasi kuni tavakkal qilib, safarga tayyor holatda işxonaga keldim. Ustozimiz işga mendan köra ança vaqtli kelgan ekan. Meni körişi bilan “işingiz nima böldi”, dedi kulib. Nima deb javob berişni bilmay öylanib turganimda: “Hozir elçixonaga boring-da şu yerda işlaydigan bir qizga (ismini yozişni maʼqul körmadim) uçraşing, viza masalasini hal qilib beradi, faqat viza uçun 25 dollar köp tölaysiz”, dedi jilmayib. Menga oq yöl tilaşni, safar davomida nimalarga alohida eʼtibor qaratişim lozimligini aytişni unutmadi.
Maʼlumki, har xil holatga tuşganingizda rahbaringiz, döstingizning sizga bölgan munosabatidan uning qanday inson ekanini yanayam yaxşiroq bilasiz, siz uçun oçilmagan qirralari oçilar ekan. Sir emas, şu yilning avgust oyida koronavirusga çalinib, bir hafta Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi şifoxonasida davolandim. Şifoxonada paytim Saʼdulla aka har kuni ertalab va keçqurun qönğiroq qilib ahvolimni söraganlarida, tibbiy tekşiruvlarim natijalarini olib taniş şifokorlari, hatto şifokor qiziga körsatib davolaniş böyiça öz maslahatlarini berganlari… Rosti, ustozning körsatgan bu kabi oqibat va odamgarçiligidan hayron qolganman. Özim uçun tegişli xulosalar çiqarganman.
Öylab qarasam, özidan köra xodimlari manfaatini, sohamiz, davlatimiz ravnaqini köproq öylaydigan Saʼdulla akadan faqat bir marta qattiq gap eşitgan ekanman. Qisqasi, ötgan yilning mart oyida Saʼdulla Hakimov qariyb ön kun xizmat safari bilan Koreyada bölişiga töğri kelgan edi. Şu payt “Nuroniy” jamğarmasidan “Mehnat faxriysi” unvoniga jurnalistlar orasidan nomzod sörab qoldi. Nomzodlar röyxatini işlab-işlamagan telegram orqali zörğa aka bilan kelişdim. Şu röyxat va tegişli hujjatlarni jamğarmaga jönatgan ham edik, tezlik bilan yana bir kişining nomzodini berişni söraşdi. Koreya safarida bölib turgan rahbarimiz bilan yana boğlanişning iloji bölmagaç, öylab-öylab, heç kimdan söramasdan S.Hakimov hujjatlarini ularga taqdim qildim.
Saʼdulla aka Koreyadan kelişi bilan bundan xabar topdi. Bu işim uçun meni rosa koyidilar: “Mendan köra bu unvonga munosiblar köp, nega siz mening nomzodimni berdingiz” deb. Köp ötmay tegişli hujjatga muvofiq “Mehnat faxriysi”ga aylandilar.
Ha, Saʼdulla aka ana şunday kamtar, olijanob, xodimlari uçun mehribon, otadek uluğ inson edi, desam adaşmagan bölaman. Şu bilan birga talabçan ham edi. Bergan topşiriqlari natijasini söraş yodidan çiqmasdi. U kişi bilan boğliq köplab voqea-hodisalar xotiramda bir umrga muhrlanib qoldi. Ustoz bemor bölib qolganlarida avvaliga telefonlaşib turdik. Ovozlari buğilib qolganlaridan söng esa telegram orqali yozişdik. Ustozning menga yozgan oxirgi gapi “Rahmat, Xolmurod!” deb tugagan. Bu sözlar menga ustozni roziligiga erişganimni anglatadi göyo, taskin beradi. Ruhlaringiz doimo şod, oxiratingiz obod bölsin, Ustoz.
Xolmurod SALIMOV,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyuşmasi raisi örinbosari
