Şved akademiyasining tonggi qönğiroği
Hammasi 2020 yilgi Nobel mukofoti sohibasi Luiza Glyuk haqida
Xalqaro Nobel mukofoti xususidagi bahsu munozaralar heç qaçon töxtagan emas. Xususan, özbek adabiyotçilari va ijodkorlari örtasida ham bu bahs zimdan davom etmoqda. “Qaçon özbek yozuvçilari orasidan Nobel mukofoti sohiblari yetişib çiqadi?” qabilidagi savollar bir neça yillardan buyon qalam ahlini bezovta qilib keladi. Bezovta qilyapti, xolos. Yaʼni, bu borada biror-bir amaliy iş qilinayotgani haqida heç bir tuşunçaga ega emasmiz. Orzu yoki havasning özi bilan esa iş bitmaydi.
Hatto ayrimlar Nobel ola olmayotganining boş sababini “Amerika yoki Xitoyda tuğilmaganidan”, deb bilişi xususida goho kulguli, çuçmal fikrlarni ijtimoiy tarmoqlarda bitişgani közga taşlanib qoladi. Biroq bunga bizning milliy tabaqalaşuvimiz, millatimiz “gunohkor” böla olmaydi. Ijodkor uçun muhimi — yoziş. Vaqtning yengilmas bir hukmi borki, uning özi yozganlarimizdan saragini sarakka, puçagini puçakka ajratadi. Adabiyot ham, ijod ham taʼma emas, tantana qalblardagi tantana ekanligini qayta-qayta yuraklarga quyadi.
Bugun amerikalik yozuvçi-şoirlar mukofot borasida, dunyoga dong taratişda juda ilğor. Uilyam Folkner, Ernest Xeminguey, Jon Steynbek, Toni Morrison kabi adabiyot yulduzlaridan söng bu yil yana bir amerikalik şoira — Luiza Glyuk adabiyot böyiça Nobel mukofoti sohibi böldi.
Biz uşbu maqolamizda dastlab, Nobel mukofoti tarixiga qisqaça eʼtibor qaratişni lozim topdik. Alfred Nobel 1833 yil 21 oktyabr kuni Şvetsiya — Norvegiya ittifoqi Stokgolmda muhandislar oilasida tuğilgan. U kimyogar, muhandis va ixtiroçi bölgan. 1894 yilda Nobel eng yirik Bofors metallurgiya konsernini sotib oldi. Hayoti davomida Nobel ğaroyib boylik töplagan. Daromadining katta qismini u 355 ixtirosi evaziga işlab topgan.
1888 yilda Alfred Nobelning ukasi Lyudvig vafot etadi va gazeta muxbirlari uning ukasi emas, balki Alfred Nobelning vafoti haqida eʼlon beradilar. Bu esa Alfredga qattiq taʼsir qiladi. Şundan söng u “Men ölsam, odamlar meni qanday eslaydilar?”, deya taşvişga tuşadi va öz hayotiy pozitsiyasini özgartirişga qaror qiladi. 1896 yil 10 dekabrda Alfred Nobel Italiyaning San-Remo şahridagi villasida miyaga qon quyilişi tufayli vafot etadi.
1897 yil yanvarda Alfred Nobel tomonidan 1895 yil 27 noyabrda tuzilgan vasiyatnoma eʼlon qilinadi. Bu vasiyat dastlab, uning qavmu qarindoşlari tomonidan şubha bilan qabul qilindi. Nobelning köplab qarindoşlari özlarini merosdan mahrum deb hisobladilar va vasiyatning haqiqiy emas, deb topilişini talab qilib çiqişadi. Faqat 1897 yil 26 aprelda bu vasiyat kuçga kiradi va taşkiliy işlar boşlab yuboriladi. Nobelning körsatmasiga binoan, 1897 yil aprel oyida vasiyat kuçga kirgandan köp ötmay hayʼat aʼzolari tayinlanadi va bu işlari uçun Norvegiya Nobel qömitasi Tinçlik mukofotiga sazovor böldi.
1900 yildan boşlab Nobel fondi taşkil etiladi. Ayni paytda Nobel mukofotining miqdori 1,5 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Va bu summa öşa paytda nihoyatda katta mablağ bölib, uning bugungi qiymati milliard AQŞ dollardan oşadi (bu baʼzi manbalarda 1,1 million AQŞ dollari deb körsatilmoqda). Nobelning birinçi banketi 1901 yil 10 dekabrda bölib ötadi. Unga 1300-1400 nafar odam taklif qilinadi.
Nobel mukofoti har yili 10 dekabr kuni Norvegiyaning Oslo şahrida öz egalariga topşiriladi. Uning nima uçun Norvegiyada topşirilişiga Alfred Nobelning özi ham heç qanday izoh bermagan. Oltin medal va Alfred Nobelning portretidan iborat mukofot Stokgolm filarmoniyasida qirol Karl XVI Gyustav qölidan egalariga topşiriladi.
1905 yilda avstriyalik baronessa Berta fon Suttner Avstriya va Germaniyadagi tinçlik harakatiga qöşgan hissasi uçun Nobel mukofotini olgan birinçi ayol böldi. Bundan taşqari, Berta Nobel bilan yaxşi taniş edi; ular Alfred hayotining oxirigaça samimiy yozişmalar olib borişgan. Maʼlumki, aynan u ixtiroçiga uşbu nominatsiyada Nobel mukofotini berişga ilhom bergan edi.
Nomzodlarni kim va qanday tanlaydi? Nobel mukofotiga daʼvogarlar bir neçta ilmiy muassasalar tomonidan tanlanadi va körib çiqiladi. Aynan, Şvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi fizika va kimyo böyiça Nobel mukofotlarini beriş huquqiga ega va iqtisodiyot böyiça Alfred Nobel yodgorlik mukofoti ham şu yerda tanlanadi. Fanlar akademiyasi 1739 yilda fanni rivojlantiriş va kaşfiyotlarning amaliy qöllanilişini rağbatlantiriş uçun möljallangan mustaqil taşkilot sifatida taşkil etilgan. Hozirgi vaqtda uşbu akademiyaning 450 nafar şved va 175 nafar çet ellik aʼzolari bor. Şvetsiyadagi eng dongdor tibbiyot muassasasi bölgan Karolina instituti tibbiyot va fiziologiya sohasida, Norvegiya Nobel qömitasi esa Tinçlik yönalişidagi sovrindorlarni aniqlab beradi.
Adabiyot yönalişida Nobel mukofoti 1901 yildan buyon topşirib kelinadi. Şu paytga qadar mukofot 112 marta topşirilgan. Maʼlumki, 5 oktyabrdan boşlab Şvetsiyada Nobel haftaligi boşlangan edi. Bu esa 2020 yil uçun eng munosib sovrindorni aniqlab berdi.
2020 yilda Şved akademiyasi Adabiyot yönalişida amerikalik şoira Luiza Glyuk mukofotga loyiq, deb topilganligini eʼlon qildi. U “asketizm(tarkidunyoçilik) jozibasi bilan individual mavjudlikni universallaştira olgani uçun” mukofotga loyiq, deb topildi. Luiza Glyuk Nobel mukofoti olgan amerikalik ijodkorlarning ön uçinçisi sifatida tarixga muhrlandi.
Luiza Glyuk 1943 yilda Avstriya — Vengriyalik yahudiylar oilasida dunyoga kelgan. Uilyams kollejida, Ayova va Boston universitetlarida öqituvçilik qilgan. Uning 12 ta şeʼriy töplami va bir neça tomlik esselar kitoblari çop etilgan.
“U zamonaviy Amerika adabiyotining eng közga köringan lirik şoirlardan biri, — dedi Nobel qömitasi raisi Anders Uilsson Şvetsiya akademiyasida bölib ötgan matbuot anjumanida. —Uning şeʼriyati yumor va zukkolikka boy”. Uilsson uning şeʼrlaridagi yuqori haroratni alohida baholaydi. Ayniqsa, şoiraning 2014 yilda çop etilgan “Muqarrar va xayrli tun” kitobi menga juda yoqadi”, deya eʼtirof etdi.
Şved akademiyasi kotibi Mats Malm Luiza Glyukka ertalabki soat 7.00da qönğiroq qilib, Nobel mukofoti bilan taqdirlanganini aytganida u hayratda va baxtiyor edi.
Şoiraning 1968 yilda ilk “Tönğiç” deb atalgan şeʼriy kitobi çop etilgan, şundan söng “Muqarrar va xayrli tun”, “Yovvoyi gulsafsar” kabi kitoblari jahon böylab öz öquvçilarini saralagan. “Yovvoyi gulsafsar” kitobi Amerikaning eng uluğ – Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan.
Luiza Glyuk Nobel mukofoti olgan ön oltinçi ayol şoiradir. Yaqin yillar içida Janubiy Afrikadan Nadin Gordimer, amerikalik Toni Morrison, polşalik Olga Tokarçuk, beloruslik Svetlana Aleksiyeviçlar uşbu mukofotga loyiq deb topilgan edi. Quyida sizga Nobel mukofoti sohibasi Luiza Glyukning adabiyot haqidagi baʼzi mulohazalarini tuhfa etmoqdamiz:
Bolalikdagi mutolaa haqida
“Men yolğiz farzand edim. Dunyo bilan özaro munosabatim ğayritabiiy tarzda keçardi. Öqiyotganimda eng baxtli insonga aylanardim. Şeʼr mutolaa qilar ekanman, sahifadagi ovozga evrilib ketardim. Uilyam Bleyk, T.S.Eliot, Uilyam Batler Yeyts mening hamrohlarim edi. Ularning nafaqat öqituvçiligini, balki ular bilan uzoq muddatli muloqot qilişim kerakligini his qildim. Dastlabki şeʼrlarim ularga javob berişga uriniş edi”.
Men nega şeʼr yozaman?
“Men maʼno kaşf etiş uçun yozaman. Tajriba doimo nimanidir anglatişini istardim. Muhimi, mening kimligim emas, şunçaki heç narsa bekorga sarflanmasligi kerak. Yoziş vaziyatdan qasos olişning bir turidir. Omadsizlik, yöqotiş, oğriq: agar siz ulardan möʼjiza yarata olsangiz, demak, bu voqealar sizni mağlub etmabdi”.
Ovoz çiqarib öqiş haqida
“Men közlarim bilan eşitaman. Baland ovozda öqişni yoqtirmayman – juda kamdan-kam hollar bundan mustasno. Ovoz çiqarib öqiganda şeʼrlar sodda, izçil şaklga aylanadi: girdob bir tomonlama harakatli köçaga aylanadi”.
Şoirlik maqomi haqida
“Şeʼr yoziş şoirlikni anglatmaydi. Şoirlik – kamdan-kam hodisadir. Albatta, men yaşirinça, ulardan biri bölsam kerak deb öylayman. Men buni intiliş mumkin bölgan buyuk çöqqi, deb öylaşni istar edim. Öylaymanki, men buning uddasidan çiqa olyapman”.
Şuhrat haqida
“Bir paytlar aktrisa bölişni xohlaganman. Keyin bildimki, men çeksiz olqişlarga burkanişni orzu qilgan ekanman”.
SR. Endi esa siz — “Hurriyat” muhiblari uçun Luiza Glyukning quyidagi ikkita şeʼri ilk bora ona tilimizga ögirilib, taqdim etilmoqda.
Yovvoyi gulsafsar
Mening iztirobim söngida
Eşik bor edi.
Meni tingla: ölim qanday atalişini
Eslayapman men.
Serşovqin balandlik
Silkinadi qarağay novdasi.
Oldinda – böşliq. Quruqşagan yerning ustida
Xira tortar yaltiroq gardiş.
Özimni qoramtir tuproqqa
Kömilgan holatda his qilib
Tirik qoliş juda dahşatli.
Biroq hammasi ötdi: qörquv na darkor,
Qalb bilan qolişga kuçim yetmaydi,
Gapirmoq, tösatdan tugatmoq, mustahkam zaminni
Salgina egib. Va men kim böldim,
Gajak çakalakzorni quşlar çöqiydi.
Buni eslolmaysan
Çiqib ketayotib boşqa dunyodan
Men senga yana gapirişim mumkinligin aytaman
Unutişdan qaytiş qaytadi
Öz ovozimni topiş uçun:
Ulkan favvora otilib çiqdi.
Hayotim köksida töq-kök gunoh bor,
Ummonga havo rang böyoq tuşadi.
Bahorgi qor
Tungi osmonga qara:
ikkita mavjudlik, ikki xil kuç bor.
Men yoningdagi derazada
seni kuzatyapman.
Keça boğdagi namiqqan zamin ustiga oy kötarildi.
Bugun yer oy kabi porlayapti
yoruğlik qobiği ostidagi ölik borliq kabi.
Közni yumiş mumkin.
Oldin yangrab ötgan faryodingni, faryodingni eşitdim
va talab ularda xulosalangan.
Nima qidirganingni körsatdim senga:
imonmas, hokimiyat oldida balki tiz çökiş
zöravonlikka suyanguvçi kuç.
Gözal Begim
