Vatanga muhabbat ona tili bilan
21 oktyabr — Özbek tili bayrami kuniga 7 kun qoldi
Esimda, 2019 yil 21 oktyabr. Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining öttiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimda qatnaşiş uçun poytaxtimizdagi “Tashkent Sity” xalqaro işbilarmonlik markazining qurib bitkazilgan ilk obʼyektlaridan biri – Xalqaro Kongress markazida ötiribmiz. Saroy mahobatli, haşamdor va gözalligi bilan kişini öziga tortadi. U şuningdek, zamonaviy va haşamdor bezatilgani bilan ham qatnaşçilar eʼtirofiga sazovor böldi. Eng muhimi, davlat tili deya hujjatlarga muhrlangan ona tilimizga yangiça eʼtibor, mavqeini yana bir poğona oşirişga bağişlangan mazkur tantana heç qaçon yodimizdan çiqmasa ham kerak…
Saroyga senatorlar, deputatlar, hukumat aʼzolari, fan, madaniyat, sport va sanʼat namoyandalari, tilşunos olimlar, yoşlar, mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar elçixonalari hamda xalqaro taşkilotlar vakillari hamda OAV xodimlari taşrif buyurgan. Bayram qatnaşçilari qalbida çeksiz şodu xurramlik, kötarinki ruh hukm surmoqda.
“Qarşi oling, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev!”, deb eʼlon qilganidan keyin hamma barobar örnidan turdi va ança vaqt davomli qarsaklar yangrab turdi. Prezidentimiz şahdam qadamlar bilan minbarga yaqin keldi va marosimga bağişlangan nutqini boşladi.
Davlatimiz rahbari Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etdi. Söng millatimizning ramzi va ğururi bölgan Ona tilimiz va uning mohiyati haqida dona-dona qilib sözladi. Nutq sodda, lekin jöşqin tarzda bayon etildi.
Ora-orada marosim qatnaşçilarining olqişlari yangrab turganini hisobga olmaganda, hamma nutqni jon quloği bilan tingladi.
Şu kuni marosim qatnaşçilari özbek tilining davlat tili sifatida eʼzozlanişiga huquqiy poydevor bölib xizmat qilayotgan qonun qabul qilingan kun tantanali tarzda nişonlanayotganidan çeksiz faxr-iftixor tuyganlarini ularning közlaridagi quvonç, yuzlaridagi tabussumdan bilib oliş mumkin edi.
Maʼlumki, til — qomus, madhiya, bayroq kabi millatning özligi, mavqei, obrö-eʼtiborini belgilaydigan muhim vositalardan biridir. Şuningdek, til milliy özligimiz va mustaqil davlatçiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boyligimiz hisoblanadi.
Prezidentimizning ana şu tantanali marosimdagi tarixiy nutqida taʼkidlanganidek: “Kimda-kim özbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuçini, çeksiz imkoniyatlarini his qilmoqçi bölsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, ölmas maqomlarimizni eşitsin, baxşi va hofizlarimizning sehrli qöşiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bölgan özbek tilining tarixi xalqimizning köp asrlik keçmişi, uning orzu intilişlari, dardu armonlari, zafarlari va ğalabalari bilan çambarças boğliqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarmiz aynan ona tilimiz orqali jahonga öz sözini aytib kelganlar. Şu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kaşfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar”.
Şuningdek, kundalik hayotimizda har kuni qöllanadigan, ehtiyojimizga aylangan ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi taʼsiri va mavqeini yanada oşiriş böyiça muhim va dolzarb vazifalar Prezidentimizning 2019 yilning 21 oktyabrida imzolagan “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida aniq-tiniq belgilab berilgan.
Bundan taşqari, Farmonda davlat tilini rivojlantiriş borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş, davlat tilini rivojlantiriş böyiça dasturlar va “Yöl xaritalari”ni işlab çiqiş, ularning amalga oşirilişini nazorat qiliş, “Özbek tili bayrami kuni”ni nişonlaş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş, ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni isteʼmolga kiritiş, zamonaviy atamalarning özbekona muqobillarini yaratiş va bir xilda qöllanişini taʼminlaş, geografik va boşqa toponomik obʼyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilişi borasidagi faoliyatni monitoring qiliş va muvofiqlaştiriş, davlat tilini rivojlantirişga oid ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş kabi vazifalar aytib ötilgan.
Bugun guvohi bölib turganimizdek, mamlakatimizda Prezidentimiz Farmonida közda tutilgan vazifalarni amalga tatbiq qiliş borasida sezilarli işlar olib borilayapti. Dastlabki muhim qadamlardan biri, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etildi. Bu taşkilotning aniq maqsadga yönaltirilgan tarzda iş olib borayotganini eʼtirof etiş lozim. Yangi departament tomonidan joylarda özbek tiliga qanday eʼtibor berilayotgani haqidagi örganişlar natijasi hali bu borada köplab amaliy işlar olib borişimiz kerakligini körsatib berdi.
Departamentning taklifi bilan har bir taşkilot rahbarining davlat tilida iş yuritiş böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilgani, tan olib aytiş lozim, nihoyatda maqbul iş böldi. Taʼbir joiz bölsa, bu juda zarur va muhim vazifa oldinroq joriy etilganda, tilimizni rivojlantiriş borasida yanada köproq foydali işlar amalga oşirilgan bölar edi. Yaʼni, davlat idoralaridan kelayotgan baʼzi hujjatlarning davlat tilida tayyorlanmayotganligi, mazmunsizligi, bu ham yetmagandek, matndagi ğij-ğij imloviy va uslubiy xatolar könglingizni xijil qilardi. Bu haqda murojaat qiladigan idora yoki mahkamaning özi yöqligi bois, dardingiz içingizda edi.
Oçiğini aytiş kerak, tilimizga eʼtiborsizlik, har bir jabhada, aytaylik, maktab öquvçilari darsliklarining imloviy xatolar bilan bosilib çiqayotgani, köçalardagi reklama, eʼlonlardagi imloviy va qöpol xatolar, teleradioeşittirişlardagi şevalardagi xatoliklardan dilimiz oğrigan, ammo dardimizni kimga aytib, yuragimizni kimga böşatişni bilmaganmiz. Hayriyatki, endi bu boradagi ohimizni ham eşitadigan masʼullar bor.
Mana, “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi Qonun imzolanganiga ham bir yil bölayapti. Bu ham bevosita şaxsan davlatimiz rahbarining özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşirişga katta eʼtibor berayotganidan dalolat.
Endilikda, Ona tilimizning mavqeini tiklaş uçun nazarimizda, işni oiladan, boğçadan boşlaş kerak. Taʼlimning barça bosqiçlarida özbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida örgatiş, boğça, maktablarda özbek tili fanini yanada çuqurroq öqitiş, ona tilimizning örni, ahamiyatini yoşlar ongiga atrofliça singdiriş borasida yangiça yondaşuvlardan foydalaniş kerakligi şiddatli keçayotgan davr, bugungi kun mezonlari talabi.
Avvalo, har bir taşkilot rahbari va jamoa xalqimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bölgan ona tilimizni asraş va iş yuritişda qöllaşga jiddiy eʼtibor berişi zarur.
Maʼlumotlarga qaraganda, dunyo böyiça 50 milliondan ziyod kişilar özbek tilida sözlaşadi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat. Tilimizni yanada keng miqyosda tarğib qiliş uçun global tarmoq – Internetning eng ommalaşgan saytlarida Özbekiston, özbeklar haqidagi rang-barang materiallarni joylaştirib boriş maqsadga muvofiq böladi. Ayniqsa, özbek tili va adabiyotining asosçisi Alişer Navoiydan tortib, mumtoz adabiyotimiz vakillaridan Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Maşrab, Muhammad Rizo Ogahiy, Muqimiy, Furqat, yigirmançi asrning zabardast şoir, yozuvçilari Çölpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya, Şuhrat, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Tölepbergen Qaipbergenov, Xudoyberdi Töxtaboyev, Şukur Xolmirzayev, Ötkir Hoşimov, Ölmas Umarbekov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Toğay Murod, Muhammad Yusuf, Xayriddin Sultonov, Sirojiddin Sayyid asarlaridan namunalar berib borilsa, ulardan dunyoning turli mintaqalarida yaşayotgan özbeklar bahramand böladi va aytiş joizki, tilimiz va millatimizning obrö eʼtibori, mavqei yanada oşadi.
Özbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qöllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Yangi, jonli bir misol, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 75-sessiyasida ona tilimizda sözlagan nutqi tarixiy voqea böldi. Joriy yilning 23 sentyabrida videokonferensiya şaklida ötgan BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasida tarixda birinçi bor özbek tili yangradi!
Çunki şu paytgaça ötgan BMT sessiyalarida faqat rus tilida nutq qiroat qilinar edi. Aytiş kerakki, uşbu nutq dunyoning turli davlatlarida yaşayotgan özbeklargagina emas, balki turkiy xalqlarga ham alohida iftixor, ğurur baxş etdi. Yana bir jihat, dunyoning nufuzli naşrlari şarhida “Özbekiston Prezidenti Ş.Mirziyoyev BMTning yuksak minbaridan Navoiy tilida dunyo hamjamiyatini hamkorlik va birdamlikka daʼvat qildi”, deya eʼtirof etildi.
Dunyo miqyosida özbek tili bilan boğliq jöşqin jarayonlar keçayotganini kuzatgan holda aytiş lozimki, Ona tilimizning nufuzi, obrösi, mavqeini oşirişda bir muşt, bir kuç bölib harakat qilişimiz, amaliy işga kirişişimiz kerak.
Yusuf Hamdamov,
filologiya fanlari nomzodi
