Ğalaba va iftixor

Sirojiddin Sayyid,

Özbekiston xalq şoiri

Professional boks böyiça jahon çempioni

Murodjon Ahmadaliyevga

Şavkatli zotlardan şiddatlar olgan,

Şiddatli zotlardan ibratlar olgan –

 

Osmondan tuşmagay obrö, şuhrat–şon –

Olloh murodingni bermiş, Murodjon!

 

Otang Qahhor, bobong Ahmadalidir,

Zahmating şu elning zahmatlaridir.

 

Osonmi dunyoda farzand östirmoq,

El–yurtga munosib dilband östirmoq?

 

Bir öğil ulğayib to öğlon bölgay,

Ota-ona bağri qança qon bölgay.

 

Parij, Rumolardan yiroq-yiroqda,

Ilmu maʼrifatga makon tuproqda,

 

Kamtarin el aro sen kamol topding,

Baxtu toleingni bezavol topding.

 

Senda jam şiddatning qança-qançasi,

Hazrati Boburning yölbars panjasi.

 

Qoningda jöş urgan bedor, isyonkor,

Maşrab bobolarning jazavasi bor.

 

Şavkatli zotlardan şiddatlar olgan,

Şiddatli zotlardan ibratlar olgan,

 

Ummon ortidagi har bir zarbingdir,

Sening Vatan uçun harbu zarbingdir.

 

Kördi Mayamining mahliqolari,

Kördi Ovrupo ham Amriqolari –

 

Qança zöravonlar bor bu dunyoda,

Ğirromlar dastidan xor bu dunyoda –

 

Bir özbek ğolibu muzaffar kelmiş,

Ikki yelkasida qöş kamar kelmiş.

 

Ha, mardlik oldida nomardlik abgor,

Senda mard millatning matonati bor.

 

Yetti yot ellardan yurtga qaytayin,

Men ham dunyolarga qarab aytayin:

 

Ketdi köksimdagi köhna nolam-ay,

Faxru iftixorim, jonim bolam-ay!

 

Otang Qahhor, bobong Ahmadalidir,

Senga yoğilgan el rahmatlaridir.

 

Osmondan tuşmagay hargiz şuhrat-şon,

Joningni jabborga berib, Murodjon,

 

Oqlading xalqingning halol nonini,

Özbekiston nomin, özbek nomini.

 

Seni keldi degan xuşxabaringday,

Amu, Sirdaryoni – qöş kamaringday,

 

Şu muzaffar elning beliga boylab,

Bor ğurur-orimni dilimga joylab,

 

Yangi davru zamon sahnidan turib,

Men ham aytgim kelar zavqlarga tölib:

 

Şavkatli zotlardan şiddatlar olgan,

Şiddatli zotlardan ibratlar olgan,

 

Ketdi köksimdagi qança nolam-ay,

Faxru iftixorim, jonim bolam-ay!

2020. 01. 02.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan