Betimsol baxt kölami

Onajon – Vatan, hur Özbekiston, keyingi davrda yillarga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”, ortidan esa “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” nomlari berilib, şu asno yukdor Davlat dasturlari qabul qilindi. Beş yilning rivoju fayzu barokotini reja qilgan Harakatlar strategiyasi harakatga tuşib, ularning berayotgan neʼmatlari har qadamda namoyon bölayotir. Şu asno navqiron viloyatimizda ham bu fayzli evrilişlar izçilligini har kentu tumanda kuzatiş mumkin.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani misolida söz yuritadigan bölsak, bu hudud — azal-azaldan piri komil dehqonlar, tadbirkorlar, hunarmandlar, işbilarmonlar, mirişkorlar yurti. Uşbu hudud ahlining yuqoridagiday fazilatlarini Istiqlol davri çandon yuzaga çiqardi. Aslini olganda, keyingi 4-5 yil içida bu yuksaliş keskin burilişlar tarzida namoyon bölmoqda. Qator-qator supermarketlar, töyxonalar, servis va xizmat körsatiş majmualari, savdo nuqtalari, butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan bozorlari, işlab çiqarişning ming bir turini taşkil etib, şunga muvofiq çet el investitsiyasini olib kirib, yurtning fayzu barakasini ziyoda etayotgan işbilarmonlari bilan eʼtirof qilişga arziydigan göşaga aylanayapti. Un zavodi deysizmi, yoğ zavodini xohlaysizmi, çinni yoki adras işlab çiqaruvçi tadbirkoru hunarmandlar qiziqtiradimi, barini bizning hududdan topiş mumkin.

“Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari doirasida bugun har göşa, har qaysi hududda juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşmoqda. Birgina Karmana tumanida, xususan, Şibzon, Olçin, Urganji qişloqlarida ibratli işlar amalga oşirildi. 8,3 kilometr­dagi elektr tarmoği yangilandi (viloyat miqyosida bu raqam 474 kilometr), 14,5 kilometr yölga asfalt yotqizildi (viloyat miqyosida 779 kilometr), 22 kilometrga toza içimlik suvi (viloyat miqyosida 267 kilometr), 7,5 kilometrga tabiiy gaz ulandi. 3ta MTM, 2 ta maktab, QVP va MFY binolari kapital taʼmirlandi.

Ne baxtki, ayni şu tuman markazini “Obod markaz” dasturi doirasida obodonlaştiriş işlari ham bugun davom etyapti. “Yangi Karmana” loyihasi böyiça Alişer Navoiy,  Mirsaid Bahrom nomli hamda “Dehqon” kabi mahallalarida quriliş, taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari izçil davom etmoqda. Jarayon butun markazni qamrab olişi közda tutilgan. Şu asno hududda 8 ta köp qavatli turar-joy binosi, qator savdo va köngiloçar maskanlar majmuasi, birinçi qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş şahobçalari bölgan 10 ta 7 qavatli turar-joy binosi, 1 ta mehmonxona qurilişi amalga oşiriladi. 2023 yilgaça 57 kilometrli kanalizatsiya tarmoği ötkazilişi ham rejalaştirilgan bölib, bu ham das­tur doirasidagi işlardandir.

Xullas, bugun bağringda yaşovçi har qaysi Hazrati Insonning senga va viloyatimizdagi har bir göşaga qaraganda, tilu dilida şunday jumlalar jaranglab sado beradi:

Onajon-Vatan, hur Özbekiston, mahobatli toğlaring, şaffof-zilol buloqlaring, jazirama çöl-sahrolaring, hamma-hammasi bilan barçamizga suyuksan! Har giyoh-yaproğing, har zarra tuproğing ardoği yuragimizda, ruhimiz-jonimizda yana. Bağringda otgan tong, ötgan kun baxtning iforini taratadi.

Yaqindagina ozod-hurligingning 28 yilligi nişonlangan uluğ töy kunlarida bağringdagi ne-ne körkam bunyodkorliklarning guvohi böldik. Aytaylik, Navbahor tumanida muhtaram Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5  muhim taşabbus doirasida qiymati 5 milliard sömlik “Taşabbuslar xiyoboni”, Navoiy şahrida ham 6 milliard sömlik “Yoşlar xiyoboni”, “Maʼrifat boği”, “Taşabbuslar sayilgohi” bunyod böldiki, ular viloyatimiz yoşlariga çinakamiga bayram tuhfasi böldi. Viloyat miqyosida “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari doirasida esa 25 ta qişloqda 352,2 milliard sömlik bunyodkorlik işlari davom etayapti. Uning bir qirrasi sifatida barça hududlarda 1032 ta, xususiy tadbirkorlar tomonidan esa 1123 xonadonli köpqavatli uy-joylar qurilayotgani ham fikrimizning yorqin isbotidir. Navoiy va Zarafşon şaharlarining 5 ta mahallasida 45 milliard sömlikdan ziyod quriliş va obodonçilik işlari olib borilmoqda. Xatirçi tumanining Tamabahrin, Boğişamol, Langar mahalla fuqarolar yiğinlarida esa yigirmalab arzon va bejirim turar-joy binolari, barobariga 50-60 örinli MTMlar qad rostlab, maktabu qişloq oilaviy poliklinikalari gözal bir tarzda taʼmirdan çiqarildi.

Xullas, bu harakatlarning barçasi yurtimiz çiroyiga çiroy, aholining fayzu barokotiga yanada ziyoda fayzu futuh qöşayapti. Xalqimizga berilgan ana şu neʼmatlarning, aniqroği, Baxtning kölami betimsoldir.

Salima Umarova,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan