«Albatta, ona yurtimizga qaytaman…»

Rivojlangan mamlakatlarning yetakçi universitetlari va nufuzli taşkilotlarida öqib, işlab yurgan yoşlarimiz juda köp. Ular öz bilim va salohiyatlari bilan Vatanimiz obrösini, uluğ nomini dunyoaro yanada tanitişni maqsad qilişgan desak xato bölmaydi.

Yoşligidan öz ezgu orzulari sari intilib kelgan Jörabek Hasanov ana şunday iqtidorli yurtdoşlarimizdan biri. U hozirgi kunda Yaponiyadagi Nippon Electric Company korporatsiyasi xodimi va Yaponiyadagi “Özbekiston yoşlari Assotsiatsiyasi”ning raisi vazifasida işlab kelmoqda.

— Öylab qarasam, mendagi qatʼiyat va har qanday vaziyatda tuşkunlikka tuşmaslik odati bolaligimdan şakllangan ekan, — deydi J.Hasanov. — Bunda beş yoşimdan boşlab şuğullangan “Taekvon-do” sport turi katta rol öynagan. Sport kişini ruhan kuçli qilib tarbiyalaydi. Raqib bilan maydonga tuşganda, öz kuçingizga işongandek, hayotda ham faqat özingizga işonişga, yutqazgan taqdirda esa kamçiliklaringizni tan olib, öz ustingizda işlaşga undaydi.

Yaponiya davlatiga qiziqişim maktab davrida boşlangan. Geografiya fani öqituvçimiz Yaponiya davlati haqida gapirib berib, u iqtisodiyoti rivojlanişi böyiça dunyoda 2-örinda turişini aytib ötgandi. Men qanday qilib tabiiy re­surs­lari kam bölgan davlat bu darajada rivojlangan bölişi mumkinligiga qiziqib qoldim.

Yaponiyaga safarim

Maktabni tugatib, Samarqand turizm kollejining Yapon tili tarjimonlik bölimiga öqişga kirdim. U yerda nafaqat yapon tili, balki yapon xalqining urf-odatlarini, tarixini örgana boşladim. Har doim özimga savol berardim: “Nima uçun Yaponiya dunyo­dagi eng rivojlangan davlat va kuçli iqtisodiyotga ega”, deb. Şu qiziqişim tufayli Yaponiyada öqiş şarafiga muşarraf böldim.

Yaponiyaning eng kuçli universitetlaridan biri Aoyama Gakuin universitetining Xalq­aro siyosat va iqtisodiyot fakultetini tugatdim. Kompaniya boşqaruvini va iş yuritişni örganiş maqsadida, 2016 yil Yaponiyadagi “NEC (Nippon Electric Company) Corporation”ga işga kirdim. Hozirda şu yerda Örta Osiyo va Yaqin Şarq mamlakatlariga masʼul xodim sifatida iş yuritib kelmoqdaman.

Çet elda bölganda inson öz vatani haqida köproq öylaydi va uning ravnaqiga öz hissasini qöşiş istagi paydo böladi. Mana şunday tuyğular meni heç tinç qöymas edi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev boşlagan islohotlarga befarq turmay, öz hissamni qöşişga harakat qildim. Yaponiyadagi vatandoşlarimiz bilan birgalikda “Yaponiyadagi Özbekiston yoşlari asso­siatsiyasi”ga asos soldim. Maqsadimiz vatandoşlarimizning (Yaponiyada 4000 nafarga yaqin özbeklar yaşaydi) haq-huquqlarini himoya qiliş va ularning yanada yuqori marralarga erişişlariga kömaklaşiş edi.

Yapon xalqi maqsadiga öz kuçi bilan erişişga harakat qiladi. Eng yaxşi jihatlaridan biri esa halollikdir. Bu yerda har bir tizimda tartib bölib, hamma öz işiga masʼuliyat bilan yondaşadi. Siyosatçilari xalq­ning muammolarini örganib, ularga tizimli yeçim topişga harakat qilişadi. Iş köpligidan fuqarolar davlatga tegişli işlarni hatto tuşlik vaqtida ham qilişadi.

Xorijdagi vatandoşni vataniga nima qaytara oladi?

“Biz haqiqatan bilimli, tajribali, vatanparvar yoşlarimizni qaytarişni xohlaymizmi yoki barça harakatlar xöjakörsingami?” — degan savolga jiddiyroq qaraşimiz kerak. Agar biz ularni haqiqatan ham qaytarişni xohlasak, Özbekistonda tizimdagi muammolarni örganib, ularni bartaraf qilişimiz kerak. Faqatgina şaffoflik va ertangi kunga işonç, vatandoşlarimizni ona yurtiga qaytişga undaşi mumkin. Hozirgi kunda qançadan-qança yurtdoşlarimiz xorijdagi ilğor kompaniya va taşkilotlarda fao­liyat olib borişyapti. Ular orasida vatanga qaytib, ort­tirgan tajribalari bilan vatan rivojiga hissa qöşişni xohlaydiganlar juda köp. Şu qatorda men ham. Köpçilik “Oyligini çet eldaqa qilib bersa keladi”, deb notöğri fikrlaşadi. Aslida hamma narsani pul bilan ölçab bölmaydi. Çet elda yaxşi iş joyi bölgan mutaxassis, öz işini taşlab ketişi uçun, boradigan yerida oilasini boqişiga va ertangi kuniga umid bölişi kerak.

Masalan, Yaponiyada xalqaro kompaniyada faoliyat yuritayotgan işçi-xodim 3 yil asosiy işini örganişi, 3-5 yillar oraliğida çet elda malaka oşirib, 6 yil boşqa bölimlarda tajribasini oşirişi, 10 yildan keyin bölimga boşliq bölişi (career plan) aniq. Özbekistonda davlat işiga kirişning aniq tartibi mavjud emas. Masalan, vazirlikka yoki hukumat idoralariga işga kiriş uçun aniq meʼzonlar, qonun-qoidalar yöq. Olaylik, oddiy yoş fuqaro kelajakda vazirlikda işlaşni orzu qiladi. U qayerda öqişi va qanday bosqiçlardan ötişi kerak degan maʼlumotlar oçiq emas. Bu borada Yaponiyada har bir davlat taşkilotiga (hukumatga) işga kiriş uçun belgilagan imtihonlar mavjud. Bu Komuin Shiken (davlat işçisi imtihoni) deb ataladi. Testga Yaponiya fuqarosi bölgan har bir kişi qatnaşişi mumkin.

Imtihon topşirişi uçun fuqaroning yoşi, jinsi, irqi, dini, maʼlumotining (oliygohni tugatganmi, yöqmi) aloqasi yöq. Test nazariy, inşo yoziş, yakka va guruh şaklida suhbat, özi tanlagan yönalişdagi maxsus imtihon (masalan, soliq qömitasiga kirişni xohlagan soliqqa oid fanlardan, adliya vazirligiga kirişni istagan huquqşunoslikdan) va çet tillardan ham imtihon topşirişadi. Test bir yilda 4-5 marta bölib, bunda har bir fuqaro şaroitidan kelib çiqib imtihon topşirişi mumkin. Bizning hukumatga ham ana şunday ravşan va aniq tizim kerak. Bilimi bor yoşlarimizni davlat taşkilotlariga işga kirişlariga şaroit yaratiş lozim. Asosiysi fuqarolar örtasida sof raqobatni şakl­lantiriş joiz. Sof raqobatgina haqiqiy rivojlaniş asosi böladi va har bir kişining bilim olişiga va kelajakka işonçi paydo bölişiga xizmat qiladi.

Kelajakdagi rejalarim

Yaponiyada taʼlim olib, bilimlarimni orttirib Özbekistonga qaytaman deb maqsad qilganman. Kim xohlamaydi deysiz, har tong vatanning issiq nafasiga töyinib, ota-onasidan duolar olib işga yöl olişni. Köp vatandoşlarimizni bilaman farzandlarini ota-bobosining yurtida ulğayişini istaydi. Albatta, Vatanimga qaytiş va orttirgan tajribamni yurtim rivojiga hissa qöşiş yölida sarf­laş mening eng katta orzularimdandir. Xalqaro siyosatda, iqtisodiyotda va 5 yilga yaqin xalqaro biznesda orttirgan tajribam hozirgi Özbekistonimizga qöl keladi deb umid qilaman. Yuqorida aytib ötganimdek, tizimdagi şaffoflik insonda ertangi kuniga işonç tuğdira olsa, çet ellarda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz, albatta Vatanimizga qaytadi va bor bilim tajribasi bilan öz yurtimiz uçun xizmat qiladi. Hozirgi kunda ona diyorimizda bu yönalişda ijobiy özgarişlar yuz bermoqda. Işonamanki, tizimlar yölga tuşadi va menga öxşagan vatandoşlar bemalol ona vatanga qaytib işlaydigan şaroitlar yaratiladi.

“Hurriyat” muxbiri

Nargiza BOBOMURODOVA yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan