Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida

Özbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Özbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtiborini tubdan oşiriş, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş, mamlakatimizda davlat tilini tölaqonli joriy etişni taʼminlaş, Özbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlaş va rivojlantiriş, davlat tili sifatida özbek tilini örganiş uçun şart-şaroitlar yaratiş, özbek tili va til siyosatini rivojlantirişning strategik maqsadlari, ustuvor yönaliş va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqiçlarini belgilaş maqsadida, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq:

  1. Quyidagilar:

a) 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi (keyingi örinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barça sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan töliq va töğri foydalanişga erişiş;

taʼlim taşkilotlarida davlat tilini öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oşiriş;

davlat tilining sofligini saqlaş, uni boyitib boriş va aholining nutq madaniyatini oşiriş;

davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalaşuvini taʼminlaş;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi örni va nufuzini oşiriş, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;

mamlakatimizda istiqomat qiladigan barça millat va elatlar tillarini rivojlantiriş maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini örganiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;

b) 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oşiriş dasturi (keyingi örinlarda – Dastur) 2-ilovaga muvofiq;

v) 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştirişning asosiy yönalişlari (keyingi örinlarda – Asosiy yönalişlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilansinki, Asosiy yönalişlar quyidagilarni nazarda tutadi:

a) taʼlim taşkilotlarida davlat tilini öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oşiriş sohasida:

2025 yilga qadar davlat maktabgaça taʼlim tizimida amaldagi maktabgaça taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytiriş yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga özbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030 yilgaça esa 80 foizga yetkaziş;

2030 yilga qadar umumtaʼlim maktablarida öquv yillari uçun tayanç öquv rejalarida özbek tili fanini öqitiş kölamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgaça oşiriş;

oliy taʼlim muassasalarida özbek tili kafedralari sonini 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgaça esa 140 taga yetkaziş;

b) davlat tilining sofligini saqlaş, uni boyitib boriş va aholining nutq madaniyatini oşiriş sohasida:

lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida “Özbekiston milliy qomusi” jildlarini naşr etişni bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriş;

2020 yilda özbek tilining luğat boyligini oşiruvçi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli luğatlar yaratiş;

teleradiokanallar suxandon-boşlovçilarining özbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oşiruvçi qayta tayyorlov kurslarida öqitiş tizimini joriy etiş va qamrovni 2030 yilgaça 100 foizga yetkaziş;

v) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalaşuvini taʼminlaş sohasida:

2025 yilga qadar davlat tilida sohaviy iş yuritiş hujjatlarining yagona elektron namunalarini işlab çiqiş va ulardan foydalaniş uçun 14 ta onlayn dastur işlab çiqiş, 2030 yilgaça esa uşbu körsatkiçni 25 taga yetkaziş;

dasturiy mahsulotlarning özbekça ilovalari va elektron luğat dasturlarini yaratiş;

xorijliklar uçun özbek tilini örgatuvçi dasturlar yaratiş;

g) davlat tilining xalqaro miqyosdagi örni va nufuzini oşiriş, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş sohasida:

2030 yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida özbek tilini örgatuvçi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagaça köpaytiriş;

2025 yilga qadar “Özbek tilining döstlari” klublari sonini 30 taga, 2030 yilgaça esa 40 taga yetkaziş;

xorijiy oliy taʼlim muassasalarida özbek tili kurslarini zarur ilmiy, öquv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlaş, özbek tilini örgatişga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oşiriş.

  1. Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) uç oy muddatda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötişni taʼminlaş maqsadida işçi guruhini taşkil qilsin va aniq çora-tadbirlar hamda ularni moliyalaştiriş manbalari va hajmlarini nazarda tutuvçi “Yöl xaritasi”ni işlab çiqib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
  2. Belgilab qöyilsinki:

2021 yil 1 apreldan boşlab özbek tili va adabiyoti böyiça bilimni baholaşning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy iş yuritiş darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan şaxslar uçun davlat tilini biliş böyiça daraja sertifikatlari joriy etiladi;

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazida özbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida iş yuritiş böyiça qisqa muddatli (1-2 oygaça) öquv kurslari muntazam ravişda taşkil etiladi.

Davlat test markazi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda mazkur bandning ikkinçi xatboşisida nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda özbek tilidagi mavjud luğatlar asosida uzluksiz taʼlimning barça turlari uçun quyidagi öquv luğatlarini yaratiş çoralarini körsin, şu jumladan:

köp jildli “Özbek tilining izohli luğati”ning töldirilgan yangi naşri (kirill va lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida);

“Özbek tilining imlo luğati”;

“Özbek tili sinonimlari luğati”;

“Özbek tili sinonimlarining katta izohli luğati”;

“Özbek tili frazeologizmlarining katta izohli luğati”;

“Özbek tili omonimlari luğati”.

Mazkur bandda körsatilgan çora-tadbirlarni moliyalaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari yönaltirilsin.

  1. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi:

oliy taʼlim muassasalarining filologiya taʼlim yönalişlarida “Kompyuter lingvistikasi”, “Amaliy filologiya” yönalişlarini taşkil qilsin;

Taşqi işlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida özbek tili markazlari faoliyatini yölga qöysin;

özbek tiliga oid barça ilmiy, nazariy va amaliy maʼlumotlarni özida jamlagan elektron körinişdagi özbek tili milliy korpusini yaratiş çoralarini körsin;

Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1 dekabrga qadar Dasturda va Asosiy yönalişlarda belgilangan topşiriqlar yuzasidan amalga oşirilgan işlarni puxta tahlil qiliş asosida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin.

  1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi:

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan birgalikda özbek tilidan jahonning yetakçi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan özbek tiliga tarjima qiluvçi kompyuter dasturini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan yaratiş çoralarini körsin;

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tizimdagi axborot-tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-gumanitar telekanallarini xorijiy davlatlarda teleradiokompaniyaning OTT platformasini (Internet tarmoği orqali teledasturlarni namoyiş etiş tizimi) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan işga tuşiriş va boşqa zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalangan holda namoyiş etilişini taʼminlasin.

  1. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Taşqi işlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasining “O‘zbekiston” telekanalida yurtimiz hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini tarğib qiluvçi, mamlakatimizga oid axborot-tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar bilim doirasini kengaytirişga xizmat qiluvçi va intellektual hamda boşqa maʼlumotlarni xorijiy tillarda (Özbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar tilida) yoritadigan “Do‘stlik” axborot-maʼrifiy dasturlar tahririyatini taşkil etiş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.

Belgilab qöyilsinki, “Do‘stlik” axborot-maʼrifiy dasturlar tahririyati Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ajratilayotgan byudjet mablağlari va quyi taşkilotlarning mavjud ştat birliklari doirasida taşkil etiladi.

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor taşkilotlarni jalb qilgan holda 2021 yil 1 yanvardan boşlab markaziy telekanallarda “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida sözlaşamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat közgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoşlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum körsatuv va eşittirişlarni taşkil qilib, muntazam ravişda efirga uzatib borilişini taʼminlasin.

  1. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni moliyalaştiriş manbalari etib Davlat byudjeti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi, oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan taşqari mablağlari, jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya taşkilotlari, xorijiy davlatlar va boşqa donorlar kreditlari (qarzlari) va grantlari, şuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar belgilansin.
  2. Quyidagilarga:

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamentiga – Konsepsiya va Dasturni amalga oşiriş hamda Asosiy yönalişlarga erişiş borasida davlat organlari va taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda monitoring qiliş;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari, vazirlik, idora va boşqa taşkilotlar rahbarlariga – Konsepsiya, Dastur va Asosiy yönalişlarda nazarda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida, sifatli va töliq bajarilişi yuzasidan şaxsiy javobgarlik yuklansin.

  1. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti 

Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2020 yil 20 oktyabr

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan