Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Şanxay Hamkorlik Taşkiloti sammitidagi nutqi

Hurmatli Vladimir Vladimiroviç!

Hurmatli davlat rahbarlari!

Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitining barça iştirokçilarini çin qalbimdan qutlayman.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimiroviç Putinga uşbu uçraşuvimizni taşkil etgani uçun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Rossiyaning ŞHTdagi raisligi pandemiya tufayli yuzaga kelgan barça qiyinçiliklarga qaramasdan ğoyat samarali bölganini alohida taʼkidlamoqçiman.

Bugun körib çiqiş uçun tayyorlangan hujjatlar, şubhasiz, Taşkilotimizning roli va xalqaro nufuzini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Hurmatli Sadir Nurxojoyeviç Japarovni sammitimizda körib turganimdan mamnunman.

Özbekiston qardoş Qirğizistonning eng yaqin qöşnisi va strategik şerigi sifatida mamlakat xalqining tinç taraqqiyot va farovonlik sari intilişini har tomonlama qöllab-quvvatlaydi.

Biz, şuningdek, Toğli Qoraboğ mojarosi hududidagi öt oçiş va barça harbiy harakatlarni butunlay töxtatiş töğrisida Rossiya Federatsiyasining faol kömagida erişilgan kelişuvlarni olqişlaymiz. Uşbu hududda tinç hayot va barqarorlik tez fursatda tiklanişiga umid bildiramiz.

Hurmatli hamkasblar!

Bugungi kunda ŞHT öz taraqqiyotining prinsipial jihatdan yangi bosqiçida turibdi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarning keskin qisqarişi, işlab çiqariş hajmlarining kamayişi, işsizlikning ortişiga olib kelgan pandemiya rivojlanişimiz surʼatlariga ğoyat salbiy taʼsir körsatmoqda.

Şu bilan bir qatorda, dunyoning ayrim mintaqalarida harbiy-siyosiy vaziyat keskinlaşyapti, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar kuçaymoqda.

Uşbu global xatar va tahdidlarni yaxşi qöşniçilik, teng huquqlilik, özaro işonç va manfaatlarni hisobga oliş borasida şakllangan anʼanalarimizni asraş va boyitiş yöli bilangina yengib ötiş mumkin.

Bugungi kunda umumiy boyligimiz bölgan qadriyatlar – birgalikda taraqqiyot sari intiliş, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat, köp tomonlama hamkorlikning noyob tajribasini özida mujassam etgan “Şanxay ruhi”ni mustahkamlaş har qaçongidan ham muhimdir.

Har birimiz kuçli bölgan taqdirdagina, ŞHT ham kuçli böladi.

Buning uçun bir-birimizni qöllab-quvvatlaşimiz, kun tartibimizdagi asosiy masalalarga birgalikda murosa izlaşimiz, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

Bugun aynan şunday yondaşuv Yevroosiyo makonida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlaşning boş şartiga aylanmoqda.

Bu mamlakatlarimiz xalqlarining manfaatlari va orzu-intilişlariga mosdir.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

ŞHTning dolzarb vazifalari yuzasidan nuqtai nazarimizga qisqaça töxtalib ötişga ijozat bergaysiz.

Birinçidan. Iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari alohida eʼtiborni talab qilmoqda.

Bizning asosiy maqsadimiz – savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini jonlantirişdan iborat.

Işonamanki, bunga erişişning eng samarali usuli özaro savdodagi tösiqlarni bartaraf etiş, bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, ularni uyğunlaştiriş va raqamlaştiriş, mamlakatlarimiz örtasidagi elektron tijoratni rivojlantiriş, özaro investitsiyalarni rağbatlantirişni nazarda tutadigan inqirozga qarşi qöşma dasturlarni amalga oşirişdan iboratdir.

Pandemiya şaroitida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarimizni rivojlantirişga yangi, şu jumladan, “nostandart” yondaşuvlarni birgalikda işlab çiqişni taklif etaman.

Uşbu dasturlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oşiriş böyiça ŞHT rejasining asosi bölişi lozim.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturini amalga oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş muhim hayotiy ahamiyatga ega.

Şuningdek, mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari örtasida Sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş dasturini qabul qiliş tarafdorimiz.

Ikkinçidan. Pandemiya raqamlaştiriş jarayonini tezlaştirdi. Axborot texnologiyalari iqtisodiy ösiş “drayveri”ga aylanib bormoqda.

Özaro kelişilgan öquv dasturlari asosida aholini öqitiş, soha mutaxassislarini tayyorlaşga qaratilgan ŞHTning raqamli savodxonlikni rivojlantiriş dasturini işlab çiqişni taklif etaman.

Uşbu sammitning Raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikka doir bayonoti bugun öz vaqtida qabul qilinmoqda, deb hisoblaymiz.

Uçinçidan. Bugungi şaroitda birgalikdagi saʼy-harakatlarni aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartirişga yönaltiriş muhimdir.

Bu boradagi hamkorligimizni muvofiqlaştiriş maqsadida kambağallikka qarşi kuraşiş uçun masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining yiğilişlarini ötkaziş mexanizmini yaratiş zarur, deb hisoblayman.

ŞHTga aʼzo davlatlarning mazkur yönalişdagi hamkorligi dasturini işlab çiqiş, şuningdek, uni amalga oşiriş böyiça kelişilgan çoralarni işlab çiqiş uçun Özbekistonda xalqaro forum ötkazişni taklif etaman.

Uşbu taşabbusni röyobga çiqarişda Xitoy Xalq Respublikasining muvaffaqiyatli tajribasi foydali bölişiga işonaman.

Törtinçidan. Mamlakatlarimizda aholi soğliğiga xavf tuğdirayotgan yangi xatar va tahdidlarga birgalikda qarşi kuraşiş kölamini kengaytiriş juda muhim ahamiyatga ega.

Bugun insoniyat ilgari maʼlum bölmagan infeksiyalar bilan duç kelmoqda. Ularga qarşi kuraşiş kundalik turmuşimizning bir qismiga aylanmoqda.

Şu munosabat bilan bugungi sammitda Epidemiya tahdidlariga qarşi kuraş böyiça qöşma çora-tadbirlarning kompleks rejasi qabul qilinişini olqişlaymiz.

Uning amalga oşirilişini taʼminlaş, xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalişi töğrisidagi axborot bilan samarali almaşinuvni yölga qöyiş muhimdir.

Mamlakatlarimizning sohaga ixtisoslaşgan şifoxonalari örtasida natijador hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Epidemiyaga olib keluvçi kasalliklarga qarşi kuraş böyiça tibbiyot muassasalari tarmoğini yaratişni taklif etamiz.

Uşbu tarmoq doirasida yuqumli kasalliklarni diagnostika, profilaktika qiliş va davolaş böyiça tajriba almaşiş, vraçlar qöşma guruhlari faoliyatini taşkil etiş va ularni tayyorlaşga qaratilgan özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş mumkin.

Fursatdan foydalanib, barça şeriklarimizga, avvalo, Rossiya va Xitoyga koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşda körsatilgan katta yordam va kömak uçun minnatdorlik bildiraman.

Pandemiya şaroitida soğliqni saqlaşga yangi masofaviy texnologiyalarni joriy etiş zarurati ham ortib bormoqda.

Şu munosabat bilan Telemeditsina sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini işlab çiqişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Konsepsiyada vraçlarni keng turdagi kasalliklarni davolaşda telemeditsina uslublarini egallaş uçun öqitiş hamda mazkur sohadagi ilğor tajriba almaşişni nazarda tutiş muhim.

Beşinçidan. Bugungi şaroitda terrorizm, ekstremizm va narkobiznes tahdidlari nafaqat susaymayapti, balki kuçayib, yangi şakllar kasb etmoqda.

Yoşlarni yollaş va radikallaştiriş, terrorçilarni moliyalaştirişda axborot texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlarning roli ortib bormoqda.

Şu nuqtai nazardan, ŞHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini Taşkilotimiz makonida xavfsizlikni taʼminlaş böyiça prinsipial jihatdan yangi vazifalarni hal qilişga moslaştiriş zarurati ortib bormoqda.

Şu munosabat bilan, vakolatli idoralarning amaliy muloqotlarini bir neça barobar köpaytiriş, hamkorlikning yangi mexanizmlarini işlab çiqiş zarur, deb hisoblaymiz.

Joriy vaziyatni muntazam muhokama qiliş, şu jumladan, axborot makonidagi xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş borasidagi qöşma çora-tadbirlarni kelişgan holda amalga oşiriş muhim.

ŞHT mintaqasida tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşga qöşadigan umumiy hissamiz pirovard natijada şunga boğliq.

Yuqorida aytib ötilgan, barça yönalişlarda kuzatuvçi mamlakatlar, muloqot böyiça şeriklar va xalqaro taşkilotlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni faollaştirişni taklif etamiz.

Muhtaram davlat rahbarlari!

Bugun Afğonistonda uzoq kutilgan tinçlikka erişiş böyiça tarixiy imkoniyatni qöldan boy bermaslik har qaçongidan ham muhimdir.

Uşbu mamlakatdagi xavfsizlik va tinçlik masalasiga butun ŞHT mintaqasining barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlaşning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralişi lozim.

Xalqaro hamjamiyat, jumladan, ŞHT davlatlarining saʼy-harakatlari tufayli Afğonistonda nizoni tinç yöl bilan bartaraf etişda umidbaxş istiqbollar körinmoqda.

Tinçlikka erişiş, Afğoniston xalqiga iqtisodiy yordam körsatiş yölidagi ijobiy intilişlarni qöllab-quvvatlaş uçun saʼy-harakatlarni birlaştiriş muhim ahamiyatga ega.

Işonçim komil, Afğonistonning mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etilişi ham uşbu mamlakatning tinç va barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Şu munosabat bilan, “ŞHT – Afğoniston” muloqot guruhi doirasida Afğonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar rejasini tez fursatda işlab çiqiş va qabul qiliş tarafdorimiz.

Afğonistonga uning Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlab turuvçi köprik sifatidagi tarixiy rolini qaytarişga xizmat qiladigan transport yölaklarini barpo etiş taşabbuslari ŞHTning barça mamlakatlari uçun yangi istiqbollar oçadi.

Şu va boşqa masalalarni 2021 yil aprel oyida Toşkentda ötkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida muhokama qilişni taklif etamiz.

Şu bilan bir qatorda, kelgusi yili, Taşkilotimizning 20 yilligi arafasida, “ŞHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli” xalqaro konferensiyasini ötkaziş taklifini ilgari surmoqçiman.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Tojikiston Prezidenti Emomali Şaripoviç Rahmonni ŞHTdagi raislikni qabul qilgani bilan tabriklaşga hamda uşbu şarafli va masʼuliyatli vazifani bajarişda katta muvaffaqiyatlar tilaşga ijozat bergaysiz.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan