Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida MDH sammiti bölib ötdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining videoanjuman şaklidagi majlisi bölib ötdi.
Sammit işida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi Sergey Lebedev va Hamdöstlik Parlamentlararo assambleyasi kengaşi raisi Valentina Matviyenko iştirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi köp qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yönalişlari körib çiqildi, şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş böyiça birgalikdagi rejalar belgilab olindi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida Özbekiston Respublikasi bu yil Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga raislik qilişdek şarafli va masʼuliyatli vazifani ilk bor öz zimmasiga olganini taʼkidladi.
MDHning ulkan salohiyatidan foydalaniş, saʼy-harakatlarni birlaştiriş, özaro işonç va hamkorlikni yanada mustahkamlaş koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib çiqqan inqirozdan tez fursatlarda çiqişning maqbul yöllarini topiş uçun xizmat qilişiga işonç bildirildi.
– Özbekiston umumiy muammolarni hal qiliş uçun yangi, nostandart va özaro manfaatli yondaşuvlarni birgalikda işlab çiqiş va amalga oşirişga tayyor, – dedi Prezidentimiz.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimiz MDH doirasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqiçiga izçil ötiş, şeriklik mexanizmlari va qabul qilingan hujjatlar ijrosi samaradorligini oşiriş tarafdoridir.
Şavkat Mirziyoyev taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga doir qator takliflarni ilgari surdi.
Xususan, bugungi şaroitda mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari, savdo va kooperatsiya aloqalarini jadal surʼatlarda qayta tiklaş ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi. Mavjud muammolarga qaramay, Özbekistonning MDHga aʼzo boşqa mamlakatlar bilan tovar ayirboşlaşi barqaror ösib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim şeriklar bilan savdo joriy yilda 20 foizdan ziyodga köpaydi.
Hamdöstlik doirasida “yaşil” va soddalaştirilgan yölaklar amaliyotini keng joriy etiş, elektron savdoni rivojlantiriş böyiça yagona platformani işga tuşiriş va “yöl xaritasi”ni qabul qiliş muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari sanoat kooperatsiyasi böyiça kompleks dastur işlab çiqiş zarurligini qayd etdi.
Bunda agrosanoat, maşinasozlik, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boşqa ustuvor tarmoqlarda qöşma klasterlar taşkil etiş nazarda tutiladi. Uşbu dastur hamda innovatsion loyihalar va ilğor texnologiyalar taqdimotini kelgusi yil Toşkent şahrida ötadigan MDH mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi forumi doirasida ötkaziş taklif etildi.
Transport yölaklari raqobatbardoşligini oşiriş, texnik reglament va standartlarni uyğunlaştiriş, özaro kelişilgan tarif siyosatini amalga oşiriş va preferensiyalarni taqdim etiş transport sohasidagi muhim vazifalar sifatida belgilandi.
Özbekiston barça sanitariya talablariga rioya etgan holda özaro aviaqatnovlarni imkon qadar tez fursatda qayta yölga qöyiş tarafdoridir. Bu işbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almaşinuvlarini tiklaşga xizmat qiladi, deya taʼkidladi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
MDH mamlakatlarining Hamdöstlik davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qiliş masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston rahbari mehnat migrantlari hujjatlarini özaro tan olişning yagona mexanizmini yaratiş va bu sohada alohida dastur qabul qiliş vaqti kelganini qayd etdi.
Bugungi kunda sanitariya-epidemiologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni monitoring qiliş va ularga barvaqt javob qaytarişning samarali tizimini şakllantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Şu munosabat bilan MDH doirasidagi tegişli kelişuvni tayyorlaş işlari tezlaştiriladi.
Kasalliklarni profilaktika qiliş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni taşkil etgan holda “MDH salomatlik marafoni”ni ötkaziş taklif etildi.
MDH ijodiy va fan ziyolilarining navbatdagi forumi doirasida Özbekistonda “Hamdöstlik mamlakatlari madaniy merosi” konferensiyasini ötkaziş ğoyasi ilgari surildi. Bu anʼanaviy yaqin bölgan gumanitar aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
MDH makonidagi xavfsizlikka tahdid solayotgan xatarlar töğrisida söz yuritilar ekan, Afğonistonda yölga qöyilayotgan tinçlik jarayonini har tomonlama qöllab-quvvatlaş muhim ekani qayd etildi.
— Uşbu mamlakatning tinçligi butun Hamdöstlik makonida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşning muhim omilidir. Bu, şuningdek, davlatlarimizning Janubiy Osiyo bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar degani, — deya taʼkidladi Prezidentimiz.
Mafkuraviy va axborot sohalarida xavfsizlikni taʼminlaş masalalari ham yangi, noodatiy yondaşuvlarni taqozo etayotgani qayd etildi. Uşbu mavzudagi avval qoldirilgan Xalqaro ekspertlar forumi kelgusi yilda Toşkent şahrida ötkaziladi.
Bundan taşqari, huquqiy axborot bilan almaşiş uçun MDH Yagona elektron platformasini yaratiş va Radikallaşuvdan qaytariş sohasidagi hamkorlik dasturini işlab çiqiş taklif etildi.
Taşkilot makonida döstlik va yaqin hamkorlikni mustahkamlaşda parlamentlarning örni ortib borayotgani taʼkidlandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston kelgusi yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining yiğilişlaridan birini poytaxtimizda ötkazişga tayyorligini bildirdi.
Söng MDHga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari sözga çiqib, amalga oşirilgan keng kölamli işlar uçun Özbekiston Respublikasiga çuqur minnatdorlik bildirdilar, bu mamlakatimizning Hamdöstlikka samarali raisligini taʼminlabgina qolmay, taşkilot doirasidagi köp qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirganini taʼkidladilar.
Davlat rahbarlarining nuqtlarida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, gumanitar sohalarda aloqalarni çuqurlaştiriş, MDHda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan muhim taşabbuslar ilgari surildi.
Sammit yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, pandemiya oqibatlari bilan boğliq barça qiyinçiliklarga qaramay, birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali Hamdöstlik yangi voqelikka samarali moslaşişga qodirligini namoyiş etdi.
Majlisda MDHni yanada rivojlantiriş konsepsiyasi hamda uni amalga oşiriş böyiça asosiy tadbirlar rejasi, BMT taşkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida qöşma bayonotlar qabul qilindi.
Şuningdek, kelgusi yilda taşkilotga Belarus Respublikasi raislik qilişi va navbatdagi sammitni Minsk şahrida ötkaziş töğrisidagi qarorlar hamda köp tomonlama hamkorlikning turli yönalişlariga doir qator muhim hujjatlar imzolandi.
ÖzA
