Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston yoşlari forumida sözlagan nutqi

Hurmatli forum iştirokçilari!

Qadrli yoşlar!

Sizlar bilan bugun mamlakatimizda birinçi bor ötkazilayotgan Özbekiston yoşlari forumida uçraşib turganimdan ğoyat xursandman.

Uşbu muhtaşam zalda töplangan, şuningdek, şahar va tumanlardagi studiyalarda ötirgan faol va taşabbuskor öğil-qizlarimizni, butun mamlakatimiz yoşlarini bugungi anjuman bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Men har gal yoşlarimiz bilan uçraşganimda, sizlarning ğayrat-şijoatingizdan kuç-quvvat olaman, könglim toğday kötariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qiliş orzusi bilan yonib yaşayotganingizni yaxşi bilaman. Sizlarni Özbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman.

Biz yurtimizda qanday islohotlarga qöl urmaylik, avvalo, siz kabi yoşlarga, sizlarning kuç-ğayratingiz va azmu şijoatingizga suyanamiz.

Barçangiz yaxşi bilasiz, biz bugun öz oldimizga ulkan marralarni qöyganmiz. Ona Vatanimizda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişga kirişdik.

Biz oila, maktabgaça taʼlim, maktab va oliy taʼlimni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bölğusi Renessansning eng muhim böğinlari deb hisoblaymiz. Şu sababli, uşbu sohalarda tub islohotlarni izçil amalga oşirmoqdamiz.

Işonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratişda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoşlarimiz faol iştirok etib, munosib hissa qöşadilar.

Barçangizga ayonki, bugun dunyo şiddat bilan özgarmoqda. Har kuni, yangi-yangi muammo va vazifalar paydo bölmoqda. Ayniqsa, yakunlanib borayotgan yilimiz insoniyat uçun juda oğir va sinovli böldi. Koronavirus pandemiyasidan millionlab odamlar aziyat çekdi.

Şunday murakkab davrda mard va fidoyi yoşlarimizning oldingi saflarda turganiga hammamiz guvoh böldik.

El boşiga iş tuşganda, yoşlarimiz, kerak bölsa, aziz jonlarini garovga qöyib, xalqimiz dardiga darmon böldilar. Sizlarning tengdoşlaringiz uyma-uy yurib, karantin davrida qiynalgan oilalarga amaliy yordam berdilar. Ayniqsa, “Saxovat va kömak” umumxalq harakatida minglab öğil-qizlarimiz köngilli sifatida faoliyat olib borganini bugun alohida taʼkidlab ötmoqçiman.

Yuragida ezgulik va mehr-oqibat tuyğulari jöş urgan ana şunday yoşlarimizga, ularga taʼlim-tarbiya bergan ota-onalari va ustoz-murabbiylariga bugun yana bir bor samimiy minnatdorçilik bildiraman.

Aziz farzandlarim!

Xabaringiz bor, yaqinda yoşlar bilan işlaş böyiça Toşkent şahri namunasi yaratildi. Uşbu tajriba doirasida poytaxtimizda ötkazilgan “Yoşlar oyligi”da öğil-qizlarimizning muammolari, taklif va istaklari “mahallabay” örganildi. Ularning yeçimlari böyiça manzilli dasturlar işlab çiqildi.

Bu ezgu taşabbus mamlakatimiz böylab keng qanot yozdi. Şuningdek, barça şahar va tumanlarda Yoşlar festivallari bölib ötdi. Köpçiligingiz uşbu tadbirlar doirasida qator vazirlar, hokimlar, bankirlar va boşqa mutasaddilar bilan oçiq muloqot qildingiz.

Men ham mazkur jarayonlarni televideniye orqali har kuni kuzatib bordim. Yoşlarimizning dolzarb masalalarni dadil kötarib çiqişi, taşabbuslari va şijoati menga juda maʼqul böldi. Dunyoqaraşi keng, jonkuyar, ilğor fikrli farzandlarimiz köpligini körib, töğrisi, nihoyatda quvondim.

Endi biz Toşkent şahri tajribasini butun mamlakat böylab keng joriy qilamiz. Bu borada Toşkent, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlarida allaqaçon amaliy işlar boşlab yuborilgan.

Yoşlarga doir siyosatimizni samarali amalga oşiriş, ularning ijtimoiy muammolarini tizimli örganiş va muvofiqlaştiriş vazifasi mutasaddi taşkilotlarga yuklatildi.

Bundan buyon viloyat, tuman va şahar hokimlari, vazirlar va boşqa masʼul rahbarlar joylarda yoşlar bilan uçraşuvlarni doimiy ravişda taşkil etib boradilar. Hokimlar va sektor rahbarlari yoşlar muammolarini hal etişga qaratilgan amaliy “yöl xaritalari”ni işlab çiqib, ijrosini taʼminlaydilar. Şu masala böyiça har 6 oyda mahalliy kengaşlarga hisobot beradilar va kelgusi yarim yillik uçun aniq rejalarni belgilab oladilar.

Savdo-sanoat palatasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “Yoşlar: 1+1” dasturi doirasida palataning hududiy öquv markazlarida uyuşmagan va işsiz yoşlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitişni taşkil etadi.

Kuni keça Savdo-sanoat palatasi yiğilişida “Har bir tadbirkor – yoşlarga madadkor” tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan işsiz yoşlarni biriktiriş yuzasidan xayrli taşabbus eʼlon qilindi. Bu taşabbus köplab tadbirkorlarimiz tomonidan qizğin qöllab-quvvatlandi.

Kelgusi yilda kamida 500 ming yoşga iş joyi yaratişi mumkin bölgan uşbu harakatni biz ham albatta maʼqullaymiz.

“Hunarli kişi xor bölmas”, deydi xalqimiz. Ammo keyingi paytlarda farzandlarimizning usta hunarmandlar qölida kasb-hunar örganişiga yetarli eʼtibor bermay qöydik. Vaholanki, ustoz körgan öğil-qizlarimiz domlasiga munosib bölişga intiladi, hayotda ularning kömagi bilan öz örnini topadi. Şu bois, hududlarda “ustoz-şogird” anʼanasini yanada kuçaytirsak, öylaymanki, nur ustiga aʼlo nur böladi.

Bu ezgu işga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan moddiy rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi. Bu muhim vazifalarni joylarda amalga oşiriş uçun Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari şaxsan masʼul böladilar.

Barçangizga yaxşi maʼlumki, ayni paytda yurtimizda erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarini tezkor rivojlantiriş böyiça yetarli tajriba töplandi. Endi, orttirgan tajribamiz asosida respublikamizning barça şahar va tumanlarida “Yoşlar kiçik sanoat zonalari” taşkil etiladi. Uşbu sanoat zonalarida yoşlar loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş uçun zarur böladigan barça infratuzilma obʼyektlari joylaştiriladi.

Tijorat banklarining hududlarda faoliyat boşlagan “Loyihalar fabrika”lari yoşlarimizning ilğor ğoyalari asosida loyihaviy taklif va biznes rejalarini tayyorlab beradi.

Yoşlar loyihalarini moliyalaştiriş uçun Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi qoşida alohida jamğarma taşkil etilib, uşbu jamğarmaga 100 million dollar mablağ ajratiladi. Uşbu jamğarma yoşlarning loyihalariga qulay şartlarda va past foizlarda kredit beradi.

Bundan taşqari, kiçik sanoat zonalarida işlab çiqariş binolari qurilib, yoşlarga imtiyozli şartlarda ijara va lizing asosida beriladi.

Joylarda “Yoşlar kiçik sanoat zonalari”ni taşkil etiş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari bir hafta muddatda taklif kiritadilar. Yoşlar loyihalarini qöllab-quvvatlaşda soliq va boşqa imtiyozlarni beriş yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Hurmatli yiğiliş qatnaşçilari!

Örni kelganda taʼkidlaş kerakki, yoşlarimiz muammolarini tizimli hal etiş borasida köplab kamçiliklar haligaça saqlanib qolmoqda.

Albatta, bugun öz tengdoşlariga ibrat bölayotgan, jamiyatdagi özgarişlarda faol iştirok etib kelayotgan ğayratli yoşlar juda köp. Lekin, hayotda öz örnini topişga qiynalayotgan, yöldan adaşgan, kömakka muhtoj yoşlar ham, afsuski, yöq emas.

Şuning uçun, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Yoşlar işlari agentligi bilan birga, yoşlar, ayniqsa, ularning uyuşmagan qatlami bilan masʼullar örtasida töğridan-töğri muloqot örnatişga xizmat qiluvçi “Yoşlar murojaati” elektron platformasini yaratişi kerak böladi.

Yaqinda ötkazilgan ijtimoiy sörovlar aksariyat yoşlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetişmasligini körsatdi. Demak, ularga tadbirkorlik asoslarini örgatişga qaratilgan işlarimizni yanada kuçaytirişimiz lozim.

Şuni inobatga olib, “Mikrokreditbank” kasb-hunar va tadbirkorlikka öqib, sertifikat olgan yoşlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratiş çoralarini körsin. Bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga beriladi. Bank tomonidan uşbu maqsadlar uçun kelgusi yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratiladi.

Şuningdek, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi orqali har bir viloyatga yoşlarning tadbirkorlik loyihalari uçun 100 milliard sömdan kredit mablağlari yönaltiriladi.

Uşbu dasturlar orqali yoşlarning biznes loyihalari samarali amalga oşirilişiga joylarda hokimlar va sektor rahbarlari şaxsan masʼul böladilar.

Bugun öğil-qizlarimizni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri – öqişni tamomlagan yoşlar bandligini taʼminlaşdir. Köplab maktab va kollej bitiruvçilari, baʼzan oliy maʼlumotli yigit-qizlar ham iş topişda qiyinçilikka uçramoqdalar.

Maʼlumki, bu yildan Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida 7-11 sinf öquvçilariga maktabda taʼlim beriş bilan birga, ularni kasbga örgatiş tizimi joriy etildi.

Öquvçi 11-sinfga ötdimi, u tuman yoki şahar hokimligining bevosita nazoratida bölişi lozim. Agar bola oliy öquv yurtiga kira olmasa, mahalliy rahbarlar uni albatta iş bilan taʼminlaşi şart. Buning uçun iş beruvçilar yoş mutaxassisni öz jamoasiga qabul qilişdan manfaatdor bölişi kerak.

Şu sababli, Vazirlar Mahkamasiga iş beruvçilarga yoş kadrlarni işlatgan davri uçun tegişli imtiyozlar taqdim etiş masalasini körib çiqiş vazifasi topşiriladi.

Qadrli yoşlar!

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qöllab-quvvatlaş, yoş oilalarni uy-joy bilan taʼminlaş ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Ötgan uç yilda respublikamizda 5 mingdan ortiq yoş oilalar uçun arzon uy-joylar qurildi va ularga 200 milliard söm miqdoridagi boşlanğiç badal pullari tölab berildi. Mana şunday ezgu işlarimizning mantiqiy davomi sifatida, 2021-2023 yillarda Yoşlar uylarini quriş dasturi amalga oşiriladi.

Hurmatli öğil qizlarim!

Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni doimo asrab-avaylab keladi. Oila qançalik mustahkam bölsa, jamiyat ham şunçalik barqaror böladi.

Bir narsani unutmasligimiz lozim: xonadonlarimizdagi tinçlik-totuvlik, avvalo, oiladagi soğlom muhit, mustaqil hayot ostonasida turgan qizlarimizni oilaviy turmuşga tayyorlaş bilan bevosita boğliq.

Afsuski, bu muhim masalaga loqaydlik va eʼtiborsizligimiz natijasida joriy yilning ötgan 11 oyida yoş oilalar örtasida 25 ming ajrimlar qayd etilgan. Bu salbiy holat barçamizni jiddiy bezovta qilişi va qattiq taşvişga solişi kerak.

Axir, özingiz öylang, 25 ming ajrim – agar har bir oilaning kamida uç nafar aʼzosi bölsa, bu – 100 ming odam hayotining barbod bölgani emasmi?! Buning oqibatida qançadan qança begunoh bolalar tirik yetim bölib qoladi. Qança insonning taqdiri izdan çiqib, sarson-sargardon böladi.

Nega mana şu oilalarni saqlab qoliş uçun mahallada harakat qilmadik, yoşlarga töğri yölni körsatmadik?

Men, bugungi imkoniyatdan foydalanib, keng jamoatçilikka, avvalambor, köpni körgan möʼtabar nuroniylarimizga, oqila va mehribon onalarimizga murojaat etmoqçiman. Bu oğriqli masalada bizga yordam beringlar, deb iltimos qilaman.

Oilaviy nizolarning oldini oliş, ajrimlarni kamaytiriş borasida siz, aziz yoşlarimiz ham taşabbus va faollik körsatsangiz, men barçangizdan çeksiz minnatdor bölar edim.

Hurmatli anjuman iştirokçilari!

Bugungi forum sizlarning kelgusidagi maqsad va rejalaringizni belgilab oliş uçun qulay bölgan katta imkoniyatdir.

Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning: “Söz – gul, iş – meva”, degan hikmatli sözlari bor. Öylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qançalik pişiq-puxta bölsa, işingiz ham şunçalik yaxşi samara beradi.

Sizlar köp kitob öqigan, bilimli avlod vakillari sifatida yurtimiz ötmişda jahon sivilizatsiyasi beşiklaridan biri bölganini yaxşi bilasiz.

Siz – Xorazmiylar, Farğoniylar, Beruniy va Ibn Sinolar, Uluğbek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar va Termiziylar avlodisiz.

Ana şunday buyuk vatandoşlarimiz yaratgan bebaho bilim va kaşfiyotlar bugun ham insoniyatga beqiyos xizmat qilmoqda.

Bu örinda, qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm – “algoritm”ni eslaşning özi kifoya. Bu uluğ zotning ulkan xizmatlarini butun başariyat hanuzgaça minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamşumul kaşfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratişda ham mustahkam asos bölmoqda.

Kuni keça Ispaniyaning Madrid şahridagi Komplutense universitetida alloma bobomizning haykali örnatildi. 500 yillik tarixga ega bu nufuzli universitet mamlakatda birinçi örinda turadigan oliygoh hisoblanadi. Maşhur ajdodimiz xotirasiga körsatilgan bunday ulkan ehtiromni biz ayni vaqtda xalqimizga, uning qadimiy tarixi va boy ilmiy merosiga körsatilgan yuksak hurmat ramzi sifatida qabul qilamiz.

Fursatdan foydalanib, Ispaniya hukumatiga, universitet rahbariyati va ilmiy jamoasiga butun el-yurtimiz va yoşlarimiz nomidan samimiy taşakkur bildiraman.

Atoqli şoir Abdulla Oripov yozganiday, Beruniy bobomizning “aql maşʼali” butun başariyatni haligaça hayratga solib kelayotganini siz, aziz yoşlar yaxşi bilasizlar, albatta.

Eng muhimi, bu uluğ allomalarimiz özlarining olamşumul kaşfiyot va ixtirolarini sizning yoşingizda – ayni kuçga tölgan navqiron çoğlarida amalga oşirganlar. Siz ham buyuk ajdodlardan ibrat olib, hayotda möʼjizalar yaratişga astoydil intilişingiz kerak.

Öz tajribamdan kelib çiqib, sizlarga aytadigan maslahatim şu: Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor ötmasin! Yoşlik – umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim – ötda yonmaydigan, suvda çökmaydigan, heç kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!

Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz körgan tösiq va qiyinçiliklarni körmay, ozod Vatanda erkin nafas olib voyaga yetayapsizlar.

Yuksak maqsadlar yölida siz – yoşlar hal qiluvçi kuç bölişingiz kerak.

Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana şunday ulkan masʼuliyatni, tom maʼnodagi tarixiy vazifani şaraf bilan ado etişingizga qatʼiy işonaman.

Sizlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallaşingiz uçun barça kuç va imkoniyatlarni işga solayapmiz.

Men hududlarga borganimda, sizlarning tengdoşlaringiz bilan uçraşib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolarni örganişga alohida vaqt ajrataman.

Dunyoda globallaşuv va raqobat tobora kuçayib borayotgan bugungi vaziyatda barça sohalarda yuksak bilimli kadrlarni tayyorlamasak, taraqqiyotdan ortda qolib ketişimiz mumkin.

Şu maqsadda, taʼlim tizimida tub islohotlarni amalga oşirayapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablarini, matematika, ximiya, biologiya fanlari böyiça maxsus maktablarni taşkil etayapmiz. Yoşlarimizga “IT” texnologiyalarni çuqur örgatadigan taʼlim maskanlarining soni kun sayin köpayib bormoqda.

Biz bu işlarimizning ilk mevalarini köra boşladik. Sönggi uç yilda mamlakatimiz yoşlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda beş yarim ming sovrinli örinlarni qölga kiritdilar.

Toşkent şahridagi Prezident maktabi öquvçisi Firdavs Abduqayumov IELTS dasturi böyiça yuqori ball töplab, AQŞning Jon Keroll universitetida tahsil oliş uçun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylandi.

Firdavs öğlimni, uning ota-onasi va ustozlarini çin dildan tabriklab, ularga sihat-salomatlik tilayman.

Firdavsning izdoşi sifatida, Toşkent şahridagi Prezident maktabidan Temur Sulaymonov grant asosida, Namangandagi maktabdan Mironşoh Inomjonov va Azimjon Alijonov hamda boşqa köplab öquvçilar nufuzli xorijiy ilm dargohlariga öqişga kirganlar va ularning soni kun sayin oşib bormoqda. Biz bunday iqtidorli yoşlarga öz vaqtida har tomonlama eʼtibor qaratib, qöllab-quvvatlasak, öylaymanki, ular katta-katta zafarlarni qölga kiritadilar.

Şu sababli, yoşlarimizning nufuzli xorijiy oliygohlarda tahsil olişi uçun har tomonlama kömaklaşişga alohida eʼtibor qaratamiz. Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari böyiça eng yuqori ball töplagan iqtidorli yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari töliq qoplab beriladi.

Hurmatli tadbir iştirokçilari!

Bugun umumxalq harakatiga aylangan beş muhim taşabbusni amalga oşirişda yoşlarimiz faol iştirok etayotgani bizni çeksiz quvontiradi.

Albatta, bu yönalişda maʼlum natijalarga erişgan bölsak ham, hali qiladigan işlarimiz judayam köp. Joylardagi madaniyat markazlari, sport zallarini taʼmirlaş va jihozlaş, yangilarini quriş haqida bugun jiddiy boş qotirişimiz kerak.

Şu munosabat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşiga, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga bir oy muddatda beş muhim taşabbusni amalga oşiriş böyiça qaror qabul qiliş topşiriladi.

Uşbu qarorlarda joylardagi 459 ta madaniyat markazida zamonaviy şaroitlar taşkil etiş, ularni taʼmirlaş va jihozlaş közda tutilişi lozim.

Bu muammoni albatta hal qilamiz. Lekin, meni masalaning boşqa jihati köproq öylantiradi. Madaniyat va sanʼat yönalişida öqişni tamomlagan yoşlarimizning köpçiligi poytaxtda qolişni afzal körayapti. Bu ahvolda katta xarajatlar evaziga joylarda barpo etilayotgan madaniyat va maʼrifat markazlarida ertaga kim işlaydi? Qişloqlardagi yoş iqtidor egalarini kim izlab topadi, ularni kim tarbiyalaydi?

Şu munosabat bilan viloyat hokimlari har qaysi tuman va şahardan 5 nafargaça yoşlarni madaniyat va sanʼat oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan öqitadi. Kelgusida ularni öz hududida uy-joy va mutaxassisligi böyiça iş bilan taʼminlaş çoralarini köradi.

Vazirlar Mahkamasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, hudud rahbarlari bilan birgalikda uşbu masala böyiça ikki oy muddatda alohida dastur işlab çiqadi.

Yana bir muammo – joylarda isteʼdodli bolalarning aksariyati öz qobiliyatini röyobga çiqariş uçun tegişli şaroitga ega emas. Talantli yoşlarni aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaş böyiça joylardagi işlar talab darajasida emas.

Misol uçun, qaysi hududdan qança Zulfiyaçi qizlar çiqdi? Neçtasi “Nihol” mukofoti sovrindori böldi? Qaysi yoş şoir yoki yozuvçining kitobi naşr etildi? Qaysi yoş talant respublika yoki xalqaro tanlovlarda, sport musobaqalari va fan olimpiadalarida ğolib böldi?

Agar masalaga çuqurroq qaraydigan bölsak, ertaga mana şunday yoşlar tuman yoki şaharning “oltin fondi”ga aylanadi va ular şu hududning obrösini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Şuning uçun har qaysi tuman va şahar hokimiga 10-15 nafar mana şunday isteʼdodli yoşlarni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalaş va muntazam rağbatlantiriş tizimini yölga qöyiş vazifasi topşiriladi.

Yana bir muhim masala!

Xabaringiz bor, yaqinda yangi bir tajribani joriy qildik. Unga köra, ayni kunlarda hokimlar yil yakuni böyiça öz hududlarida amalga oşirilgan işlar, mavjud kamçilik va muammolar hamda kelgusi rejalari haqida mahalliy kengaşlar oldida hisobot berayaptilar.

Afsuski, yoşlar tarbiyasi, ularning muammolari va yeçimlari hali uşbu hisobotlarda öz aksini topmayapti. Viloyatlar, tuman va şahar rahbarlari kelgusi yildagi iş rejalarida bu muhim masalaga ustuvor darajada ahamiyat qaratişlari zarur.

Keyingi yilda ham joylarda izlanuvçan yigit-qizlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Yoşlar texnoparklari” qurilişini davom ettiramiz.

Joriy yilda yoşlar örtasida eng yaxşi ilmiy işlanmalar uçun umumiy qiymati 30 milliard sömdan ortiq bölgan “Yoş olimlar” innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 2021 yildan boşlab maktab öquvçilari va oliy öquv yurtlari talabalari örtasida “Bölajak olim” tanlovini taşkil qilsin. Bu orqali yoşlarning eng yaxşi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard söm mablağ yönaltirilsin.

Bu işlarni davom ettirgan holda, kelgusi yilda 100 dan ziyod şahar va tumanlarimizda “IT”ni çuqur örgatadigan zamonaviy öquv markazlarini taşkil qilamiz.

Şu maqsadda, yangi yildan Toşkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barça hududlarda mazkur yönalişda texnikumlar öz faoliyatini boşlaydi.

Şuningdek, keyingi yildan yoşlarimizga xalqaro “IT” sertifikatlarini oliş xarajatlarining 50 foizgaça bölgan qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yaqin ikki yilda “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoşlar kompyuter dasturlaş asoslariga bepul öqitiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda uşbu loyiha doirasida sohaga qiziqadigan yoşlarni aniqlaş, öqitiş va iş bilan taʼminlaşga qaratilgan dastur işlab çiqsin.

Bundan taşqari, örta maktablarda hamda oliy taʼlim muassasalarida yoşlarning iqtidor va talantlarini töla röyobga çiqariş uçun tizimli işlarni yölga qöyiş lozim. Bunda yoşlar yetakçilari birinçi navbatda özlari taşabbuskor bölişlari kerak.

Yoşlarimizning liderlik qobiliyatini kuçaytiriş, ularning faolligini oşiriş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ilğor iş tajribalarini ommalaştiriş uçun “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoşlar yetakçisi”, “Yil sardori” kabi körik-tanlovlarni ötkaziş, öylaymanki, maqsadga muvofiq böladi. Şu bilan bir qatorda, oliy öquv yurtlari örtasida Talabalar festivali, Intellektual öyinlar haftaligi, “Yil talabasi” singari körik-tanlov va musobaqalarni ötkaziş ularning intellektual salohiyatini va taşkilotçilik qobiliyatini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.

Şu munosabat bilan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Rektorlar Oliy Kengaşi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi birgalikda 2021 yildan eʼtiboran uşbu tanlovlarni taşkil etiş va yuqori saviyada ötkaziş, ğoliblarni munosib rağbatlantiriş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.

Aziz yoşlar!

Sizlarga yana bir muhim yangilikni aytib ötmoqçiman. Keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir öquv yili uçun möljallangan bölsa, uşbu grant talaba öqişni bitirguniga qadar, yaʼni, tört yil davomida tölab boriladi.

Şuningdek, kelgusi öquv yilidan boşlab, respublikamizdagi xorijiy oliy öquv yurtlarining bakalavriat bosqiçi talabalari uçun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi. Çunki, bunday taʼlim maskanlarida taʼlim olayotgan yoşlar ham özimizning farzandlarimiz. Ular ham ertaga yurtimiz taraqqiyoti uçun xizmat qiladi. Şunday ekan, ularga bugun ğamxörlik qilib, isteʼdodini rağbatlantirsak, öylaymanki, bu ham adolatdan böladi.

Ilm yölini tanlagan iqtidorli yoşlarimizni qöllab-quvvatlaş maqsadida, keyingi yildan boşlab magistratura va doktorantura bosqiçlari uçun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oşiramiz.

Işonçim komil albatta, bunday imkoniyat va imtiyozlarga, avvalo, yangi Renessans poydevorining çinakam bunyodkorlari sazovor böladi.

Yana bir dolzarb masala. Yurtimizda bir neça farzandi oliygohlarda tahsil olayotgan ota-onalarning aksariyati, oçiğini aytganda, öqiş xarajatlarini qoplaşda qiynaladilar. Şuning uçun ikki va undan ortiq farzandi oliy öquv yurtida şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti beriş tartibi işlab çiqiladi. Bunda kreditni öqiş davri tugab, yoşlarimiz işga joylaşgandan söng qaytariş nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi tijorat banklariga uşbu arzon kreditlar uçun maqsadli resurslar ajratilişini taʼminlasin.

Hurmatli kelajagimiz vorislari!

Xabaringiz bor, kelgusi yili buyuk bobomiz Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligini sizlar bilan keng nişonlaymiz.

Yoşlarimizga hazrat Navoiy ijodini çuqur örgatişni tizimli yölga qöyiş muhim ahamiyatga ega. Alişer Navoiy asarlarining bugungi yoşlar tuşunadigan ixçam namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar işlab çiqiş kerak. Bu masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rahbarlari masʼul etib belgilanadi.

Ayni vaqtda, kelgusi yili biz atoqli şoir va adiblarimiz Abdulla Oripov, Ötkir Hoşimov, buyuk sanʼatkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini ham keng nişonlaymiz.

Bu borada belgilangan tadbirlarni xalqimiz, avvalambor, yoşlarimizning xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, çinakam adabiyot va sanʼat bayramlari sifatida ötkazişimiz kerak. Şu maqsadda, “Abdulla Oripov izdoşlari”, “Ötkir Hoşimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomçilari” körik-tanlovlarining tuman, şahar, viloyat va respublika bosqiçlarini taşkil etib, ğoliblarni munosib taqdirlaş zarur.

Madaniyat vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi, Badiiy akademiya, mahalliy hokimliklar mazkur tadbirlarni yuqori darajada ötkaziş çoralarini körişi lozim.

Hurmatli döstlar!

Jahon tarixi şundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizatsiya, yangi Uyğoniş davri kitob va kutubxonalardan boşlanadi. Biz ham yangi Renessansning ilk qadami sifatida Toşkent şahrida zamonaviy, muhtaşam kutubxona barpo etsak, nima deysizlar?

Bu maʼrifat saroyi ilm-fanning sönggi yutuqlari asosida jihozlanadi. Bu dargohda yurtimiz va jahondagi eng nodir, noyob va bebaho asarlar jamlanadi. U buyuk ajdodlarimizning boy merosi va nomlarini butun dunyoga tarannum etadigan, barça yurtdoşlarimiz, birinçi navbatda, siz, qadrli farzandlarimiz uçun çinakam ziyo maskaniga, ğurur va iftixorimiz ramziga aylanadi, deb işonaman.

Aziz yoşlar!

Mana, yaqinda mamlakatimizning sport hayotida quvonçli yangilik böldi. Osiyo Olimpiya Kengaşining qaroriga köra, 2025 yilda Yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlariga Toşkent şahri mezbonlik qilişi belgilandi.

Bu musobaqada Osiyo qitʼasidagi 45 ta davlat yoşlari 20 ga yaqin sport turi böyiça özaro bellaşadilar. Bunday nufuzli xalqaro sport öyinlarining Özbekistonda birinçi marotaba ötkazilişi barçamizga faxr-iftixor bağişlaydi, albatta. Şu bilan birga, u bizga ğoyat katta masʼuliyat ham yuklaydi. Mana, sizlar kabi navqiron va azamat yoşlarning öz kuç va mahoratini körsatib, Vatanimiz bayroğini yuksaklarga kötarişlari uçun yana bir zör imkoniyat!

Şu munosabat bilan uşbu sport bayramini yuqori saviyada ötkaziş va unga iqtidorli yoşlarimizni tayyorlaşga hozirdanoq kirişişimiz lozim. Şu maqsadda, Osiyo öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça tuman, şahar, viloyat va respublika çempionatlari, “Hokim kubogi” musobaqalarini taşkil etiş kerak.

Vazirlar Mahkamasi uşbu masala böyiça tegişli qaror loyihasini ikki oy muddatda tayyorlab kiritsin.

Yurtimizda yoş avlodning jismoniy va maʼnaviy yetuk bölib ulğayişi, jumladan, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş, ommaviy sportga keng jalb etiş maqsadida “Soğlom turmuş tarzi” elektron platformasi işlab çiqilmoqda. Hududlarda piyoda va velosipedda yurişga möljallangan “Salomatlik yölaklari” barpo etilmoqda.

Keyingi yillarda mahallalarda taşkil etilgan sport maydonçalari yoşlarning sevimli maskaniga aylandi. Bu işlarni yanada rivojlantiramiz. Ayni paytda, maktab sport zallaridan darsdan taşqari vaqtlarda ham unumli foydalaniş çoralari köriladi.

Bundan taşqari, 2021 yildan boşlab yoşlar örtasida har yili “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini ötkaziş tizimi yölga qöyiladi. Uşbu sinov talablarini bajarganlarga sport razryadlari beriladi, muddatli harbiy xizmatga boriş va “Temurbeklar maktabi”ga kirişda imtiyozlar joriy etiladi.

Eng muhimi, mana şunday sinovlarda toblanib, irodasi çiniqqan farzandlarimiz jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol insonlar bölib voyaga yetadi.

Bir paytlar “Vatanparvar” taşkiloti yoşlarga nafaqat harbiy sohada, balki katta hayotda ham zarur böladigan musobaqa va sport öyinlarini taşkil etardi, ularni texnik kasblarga örgatardi. Şu sababli, yigit-qizlarimiz örtasida unga qiziqiş yuqori edi. Afsuski, keyingi paytlarda uning faoliyati susayib ketdi. Taşkilotning avvalgi nufuzini tiklaşimiz zarur.

Şahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlariga, har bir hudud va soha kesimida “Vatanparvar” taşkiloti bazasida yoşlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bölgan kasblarga öqitiş vazifasi topşiriladi.

Aziz farzandlarim!

Yoşlar tarbiyasi haqida gap ketganda, yana bir muhim masalaga eʼtibor qaratişingizni istardim. Men bu örinda yoşlar maʼnaviyati bilan boğliq ayrim muammolarni nazarda tutyapman.

Özingiz guvohsiz, jahonning köplab mintaqalarida hamon keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Turli nizo va ziddiyatlar avj olmoqda.

Hozir butun dunyoda terrorizm, ekstremizm va boşqa tahdidlar Internet makoniga kirib, moslaşib olgan. Şuning uçun ularga qarşi kuraşiş oson keçmayapti.

Afsuski, baʼzi yoşlarimizda Internetdan töğri foydalaniş könikma va madaniyati yetarli emas. Ayrim yigit-qizlar Internetni axborot, bilim va maʼrifat manbai deb emas, balki şunçaki köngiloçar vosita deb bilişadi.

Mana şunday mafkuraviy kuraş şaroitida yoşlarimiz sezgir va ogoh bölişi, har bir masalada avvalo Vatan manfaatini öylab iş tutişi zarur.

Ilm-maʼrifat va kasb-hunarga intiliş, oilani muqaddas biliş, maʼnaviy poklik, kattalarga hurmat, kiçiklarga şafqat, ezgu qadriyatlarga sadoqat kabi fazilatlar azaldan xalqimiz va millatimizning qonida bölib kelgan. Biz mana şunday bebaho merosimizni nafaqat asraşimiz, balki uni yanada boyitişimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazişimiz kerak.

Şu örinda, men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatçiligimizni bu masalaga befarq bölmasdan, yoşlar tarbiyasiga qaratilgan işlarimizni yanada kuçaytirişga daʼvat etaman.

Qançalik qiyin bölmasin, biz yoşlar tarbiyasi böyiça özimizga xos va taʼsirçan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topişimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzğunçi va zararli ğoyalar, jinoyatçilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qaşşoqlik, isteʼmolçilik kayfiyatidan asraşimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etişda barçamiz, avvalo, siz, aziz yoşlar faol bölişingiz kerak.

Xalqimizning maʼnaviy qudrati va boqiy qadriyatlarini asrab-avaylaş va butun dunyoga tarannum etişga sizlar albatta qodirsiz.

Qadrli yoş döstlarim!

Mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini tölaqonli röyobga çiqariş uçun bundan keyin ham barça resurs va imkoniyatlarni keng safarbar qilamiz. Biz uçun bu borada mayda masalaning özi yöq. Sizlarning kelajagingiz bilan boğliq har qanday vazifa – birlamçi ahamiyatga ega.

Yoşlar bilan işlaş Prezidentdan tortib vazirgaça, hokimdan tortib mahalla raisigaça – hammamizning eng asosiy işimizga aylanişi zarur.

Bundan buyon barça darajadagi rahbarlar faoliyatiga yoşlar bilan işlaş, ularning muammolarini bartaraf etiş yuzasidan amalga oşirgan işlariga qarab baho beriladi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor takrorlayman. Yoşlar tarbiyasi bilan, ularning muammolarini yeçiş bilan bugun şuğullanmasak, ertaga keç böladi. Bu, avvalo, yoş avlodimizga nisbatan xiyonat böladi.

Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi: “Bugun men yoşlar uçun nima iş qildim? Ertaga yoşlar manfaati uçun yana nimalar qilişim kerak?” degan savollarga javob beradigan, şunday eʼtiqod bilan yaşaydigan vaqt keldi. Yoş avlodimiz hayotini yaxşilaş, ularning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş haqida boş qotirmaydigan, bu masalaga beparvo bölgan rahbarlarning biz bilan yelkadoş va safdoş bölişga haqqi yöq.

Aziz farzandlarim!

Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk işlar kutayotganini heç qaçon yodingizdan çiqarmang!

Yurtning yuksak işonçi va umidini töla oqlaş, unga munosib böliş – dunyodagi eng uluğ baxtdir.

Şunday şaraf, barçangizga nasib etsin!

Fursatdan foydalanib, Yangi yilda sizlarga sihat-salomatlik, ulkan yutuq va zafarlar tilayman.

Hamişa soğ-omon böling, aziz bolalarim!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan