Odamlar qalbidagi orzu-umidlar
Yangilanayotgan Özbekiston! Qalblarni uyğoqlikka çorlovçi jarangdor bu sözlar mohiyatida mamlakatimizning har bir hududini — çekka va olis qişloqlarini ham qamrab olgan islohotlar jarayoni, keng bunyodkorlik işlari, odamlar turmuş tarzining ijobiy tomonga özgarib borayotgani mujassam.
Bunday jarayonlarga jurnalist — ijodkor közi bilan sinçkov nazar solinganda esa odamlar qalbidagi orzu-umidlar röyobi ham oydinlikka qalqib çiqadi. Bu albatta, jurnalistni islohotlar jarayonini röy-rost, böy-basti bilan boriça yoritişga undaydi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi taşabbusi bilan “Jurnalist va hayot” loyihasi doirasida hududlarda amalga oşirilayotgan press-tur tadbirlari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu galgi press-tur mamlakatimiz madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etildi. “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Hurriyat”, “Özbekiston ovozi”, “XXI asr”, “Adolat”, “Jamiyat”, “Xabar.uz”, “Özbekiston-24”, “Sevimli”, “Mening yurtim” kabi markaziy OAV, şuningdek, mahalliy gazeta va televideniye vakillari şu yilning 10-11 dekabr kunlari Navoiy va Ğozğon şaharlarida bölib, bu hududlarda amalga oşirilayotgan yangi loyihalar bilan tanişiş imkoniga ega böldi.
Dastlab iştirokçilar Navoiy şahridagi “Baht-Textile” masʼuliyati çeklangan jamiyat faoliyati bilan tanişişdi. Mazkur korxona 2006 yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda viloyatdagi paxtaçilik böyiça yirik klaster subʼyekti sanaladi. 1300 nafardan ziyod işçi-xodim mehnat qilayotgan korxonada Şveysariyaning ilğor yetakçi yengil sanoat dastgohlari işlab çiqaruvçi “RIETER” kompaniyasining ip yigiruv dastgohlari örnatilgan. 2019 yilda jamiyatning işlab çiqariş quvvati yiliga 27000 tonna kalava-ip tayyorlaşga yetkazildi. Korxona Navoiy viloyatida yetiştirilayotgan paxta tolasining 70 foizini qayta işlab, yarim tayyor hamda tayyor mahsulotlarni bozorga olib çiqmoqda.
Press-tur iştirokçilari işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişar ekan, korxona işçi-xodimlari bilan muloqot jarayonida ular uçun yaratilgan qulayliklarni közdan keçirişdi. Maʼlumki, Navoiy viloyati faqatgina sanoatlaşgan hudud bölib qolmay, balki keyingi yillarda ijtimoiy soha, xususan, taʼlim tizimida ham qator ijobiy natijalar qölga kiritilayapti.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “REYTING-2019” natijalari böyiça Davlat test markazi tahlillariga köra, öquvçilarning oliy taʼlimga kiriş körsatkiçlari böyiça viloyat respublikada 2-örin, Navoiy şahri esa 1-örinni egalladi.
OAV vakillari Navoiy şahridagi Navoiy-Qoraköl ixtisoslaştirilgan maktab faoliyati bilan ham tanişişdi. Matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslaştirilgan 360 örinli mazkur maktab internati joriy öquv yilidan iş boşladi. Maktab-internatiga öquvçilarni saralab oliş jarayonlari 5 bosqiçda amalga oşirildi. Şuningdek, maktab-internatni mukammal taʼmirlaşga 2,8 milliard mablağ sarflangan bölsa, 1,7 milliard söm mablağ evaziga zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan töliq jihozlandi.
— Navoiy viloyati sanoat sohasi bilan birga respublikada taʼlim borasida ham yetakçi örinni egallab kelayotgani bizni quvontirdi, — deydi tadbir iştirokçisi, taniqli şoira Zulfiya Möminova. — Bu albatta, Alişer Navoiy bobomiz nomi bilan ataluvçi hududda uluğ nomga munosib avlodlar tarbiyalanayotganidan darak beradi.
Press-tur iştirokçilari Navoiy şahrida qad rostlab, mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida foydalanişga topşirilgan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan megaköprikni ham borib körişdi. Yer usti köprigida piyodalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar tadbir iştirokçilarining eʼtiborini tortdi.
Şu kunning özida Navoiy şahridagi tört yulduzli, yaqinda foydalanişga topşirilgan “Tinçlik plaza” mehmonxonasida media-tur doirasida “Zamonaviy professional jurnalistikani rivojlantiriş: muammo va yeçimlar” mavzuida davra suhbati ötkazildi. Tadbirda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari Xolmurod Salimov bugungi kunda professional jurnalistikani rivojlantiriş yanada muhim, dolzarb ahamiyat kasb etayotganini, bu boradagi muammolar va ularning yeçimlari borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Davra suhbatida taʼkidlanganidek, yoş, yetuk jurnalistlarni tayyorlaş, ularning bilim va mahoratini oşiriş uçun hali keng kölamli işlarni amalga oşiriş lozim. “Ustoz-şogird” anʼanasini rivojlantiriş, soha uçun kadrlar yetkazib beruvçi oliy öquv yurtlarida taʼlim olayotgan yigit-qizlarni amaliyotga köproq jalb etiş, qiziqişini oşiriş, ularni munosib rağbatlantirib boriş professional jurnalistlarni voyaga yetkazişda alohida ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbati davomida bir qator amaliy takliflar ham bildirildi. Masalan, bosma matbuotni amalda qöllab-quvvatlaş, matbuot kotiblari faoliyatini jonlantiriş, professional jurnalistikani qöllab-quvvatlaşda özaro hamkorlikni kuçaytiriş masalalari aytib ötildi.
Konferensiya doirasida bir guruh navoiylik faol jurnalistlarga Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining faxriy yorliq va esdalik sovğalari topşirildi.
Şundan söng, Uyuşmaning Navoiy viloyati bölimi tomonidan naşrga tayyorlanib, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bağişlanib çop etilgan “Bunyodkorlik simfoniyasi” kitobining taqdimoti ham ötkazildi. Mazkur kitobda Navoiy viloyatida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari xususida söz yuritiladi.
Mediaturning ikkinçi kuni Yangi Özbekistonning yangi şahri — Ğozğonda va Nurota tumanida davom etdi. Ğozğon şahri Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifi bilan rasman 2019 yilning 3 may kuni taşkil topgan. Maydoni 59,4 ming gektarni, aholisi esa 8,4 ming kişidan iborat. Uşbu hudud Markaziy Osiyodagi pardozbop toşlar, xususan, granit va marmar yirik zaxiralariga ega eng boy hudud sanaladi.
Ğozğon şahrida amalga oşirilayotgan loyihalar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Navoiy viloyatining Ğozğon şahrini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida amalga oşirilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan qisqa davrda jami 218 milliard 299 million sömlik işlar amalga oşirilişi közda tutilgan.
Press-tur iştirokçilari hududdagi eng yirik korxona — “Marmarobod” klaster korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanişib, işlab çiqarilayotgan mahsulotlar sifatini va jarayonlarini közdan keçirişdi. Hozirgi kunda “Marmarobod” klaster korxonasiga tegişli 2 ta karyerda yangi uskunalarda granit toşlarni zamonaviy usullarda qaziş işlari olib borilmoqda. Bugungi kunda korxonada 400 nafar mahalliy yoşlar uç smenada iş olib bormoqda.
Şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari Nurota tumanida amalga oşirilayotgan loyihalar, xususan, “Çaşma” meʼmoriy majmuasida olib borilayotgan beqiyos bunyodkorlik jarayonlarini közdan keçirdi. Mazkur hududda davlatimiz Rahbari taşabbuslari bilan amalga oşirilayotgan keng kölamli obodonçilik işlari iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir davomida iştirokçilar Navbahor tumanidagi “Navbahor kasaba çevarlari” MÇJ faoliyati bilan ham taniştirildi. Navbahor tumanining “Qalqonota” mahallasida taşkil etilgan mazkur zamonaviy tikuvçilik fabrikasida 100 nafardan ziyod xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Joylardagi islohotlarning samarasini mana şu korxonada faoliyat olib borayotgan işçi-xodimlarning dilidagi mamnunlikdan ham bilsa böladi.
— Men şu tumanning “Toşrabot” mahallasida yaşayman, — deydi tikuvçi Madina Abduqahhorova. — Joriy yilning noyabr oyidan iş boşladim. Unga qadar 3 oy öquv kurslarida malaka oşirdik. Bu davrda bizlar uçun stipendiya ham tölandi. Fabrikadagi şart-şaroitlar bizni behad quvontiradi.
— Oddiy odamlarning dilidagi xursandçilik joylarda hayot sifati özgarayotganidan dalolat beradi, — deydi siyosiy şarhlovçi Şarofiddin Tölaganov. — Biz, Navoiy viloyatida ana şunday özgarişlar bir neça barobar yuqori saviyada amalga oşirilayotganligini körib, guvohi böldik. Nafaqat yangi-yangi korxonalar va boşqa obʼyektlar misolida, balki odamlarning kayfiyatidan ham buni his qildik.
Press-tur yakunida jurnalistlar hamda viloyat hokimi Q.Tursunov örtasida samimiy suhbat bölib ötdi. Unda viloyat hokimi yana bir bor viloyatda amalga oşirilgan işlar xususida qisqaça töxtalib, poytaxtdan kelgan mehmonlarning taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
Anjuman iştirokçilari viloyatdagi özgarişlarni alohida tölqinlanib taʼkidlaşar ekan, viloyatda iqtisodiyot bilan birga maʼnaviy-maʼrifiy soha hamohang yuksalib borayotganligiga urğu berib ötişdi.
Şuning bilan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida viloyatda ötkazilgan press-tur öz nihoyasiga yetdi.
Eng eʼtiborlisi, Navoiy viloyatida taşkil etilgan ikki kunlik mazkur tadbir jurnalistlar uçun viloyatning bugungi hayotida yuz berayotgan özgarişlar bilan yaqindan tanişiş imkoniyatini yaratdi.
Otabek ASLONOV,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi
Navoiy viloyati bölimi raisi
