Yomğir haydagandi boğdan hammani…

Muallif haqida:

Abduvohid Hayit — 1967 yilda Yakkaboğ tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Filologiya fanlari nomzodi.

Şoirning “Jon quşi” nomli şeʼriy kitobi çop etilgan.

 

Bolalik

Qişloq tepasida Oy, ğujğon öynar yulduzlar,

Oy yoğdusi keçaga yoğilar favvoradek.

Yulduzlarday porlaydi hayratga töla közlar,

Öşa tun oğuşida meni kutar bolalik.

 

Uçqur orzular hali armonga aylanmagan,

Yaxşi kimsalar hali yomonga aylanmagan,

Tuyğular hali oppoq – gumonga aylanmagan,

Möʼjaz öşa hovlida meni kutar bolalik.

 

Qaydadir qolib ketgan – men uni qidiraman,

Bekinmaçoq öynagan yerlardan qidiraman,

Qöy haydagan adirlar, qirlardan qidiraman,

Bekingan joyida jim meni kutar bolalik.

 

Yuragim gupillaydi teraklar şiviridan,

Dimoğim qiqirlaydi tandirning hovuridan,

Bolalik yodi kelar onamning şuuridan,

Onamning soğinçida meni kutar bolalik.

 

Eh, bolajon, olislab, sendan yiroq ketdim men,

Ming şaklga kirdim men va seni unutdim men,

Qançalik ulğaysam-da, şuni anglab yetdim men,

Otamning qabri uzra meni kutar bolalik.

 

Xotira bor ortimda, hali ortga qaytiş bor,

Unutilgan damlarni hali qayta aytiş bor,

Har gullaşning sölişi, har işda bir taftiş bor,

Yölimning adoğida meni kutar bolalik.

                               * * *

Yomğir haydagandi boğdan hammani,

Soflikdan entikib ketgan edi boğ –

Boğni quçib olgan biyday keçani

Buğmoq çun yoğdular taşlardi sirtmoq.

 

Şovqinlar uyquga ketgan edi jim,

Nigohlar uzra tun tortgandi parda.

Oh, bunça muattar yomğirdan keyin –

Nasimlar kezinar edi şaharda.

 

Nimadir kerakday sodir bölişi

Köngil nimanidir qömsardi muştoq.

Şu oydin tun aro oyday tölişib –

Yurak yorilişga şay edi mutloq.

 

Alqissa, barisi jamuljam edi,

Osmon yirtiğidan boqardi hilol.

Faqat köngil uçun nedir kam edi,

Faqat yetişmasdi birgina visol.

 

Ertaga

Ertaga ğam boşqa bölar,

Şodligimiz boşqa bölar.

Hukmu hakam boşqa bölar,

Tadbirimiz boşqa bölar.

Ertaga kun bizga kular,

Balki köngil dardga tölar,

Har ne kelar – Tangri bilar,

Ertaga kun boşqa bölar.

Balki quvonç beşta bölar,

Balki alam önta bölar,

Balki ğanim yuzta bölar,

Ertaga döst özga bölar.

Yaxşi-yomon keçdi keça,

Yondiyu bir öçdi keça,

Yöqlik sari köçdi keça,

Ertaga keç boşqa bölar.

Neki bugun ulgi bölar –

Erta kelib kulgi bölar,

Özga udum, belgi bölar,

Ertaga el boşqa bölar.

Ertaga kun kalta bölar,

Qilgali qöl kalta bölar,

Yurgali yöl kalta bölar,

Aytgali til kalta bölar.

Ertaga kun boşqa bölar.

 

Men kulsam

Men kulsam,

Tabassum sindirar çehramni,

Jimgina kuzata boşlar devorlar,

Rahmdil diydalar hayratlanişar,

Tuşunişar meni telbalar.

Koinot yöqotar muvozanatin,

Birdan million yillik umr tuganar

(Qalbmi –

Öz inidan maʼyus telmurar)

Va yana,

Va yana har gal men kulsam,

Köksimda nimadir ketar uzilib.

               * * *

Faqat seviş mumkin sizni!

Seviş mumkinmi sizni?!

Kim bor dilingizda sizning?!

Örtarmi… dilingizni?

 

Ahli işq böylab yölingizni,

Oy tilab orazi gulingizni,

Vah, bormi silagan sizning –

Soçingiz-sumbulingizni?!

 

O, köngil netsin endi özni,

Aşk netib tark etsin bu közni,

Qaydandir kelgan bir daydi yel –

Öynasa kokilingizni?!

 

Valloh, yaratgan bu qizni,

Lol etay deb sunʼiga bizni,

Har çoğ oşiq etay deb mingni,

Har dam bexuş etay deb yuzni.

Bas, bu Allohning izmi –

Faqat seviş mumkin sizni!

               * * *

Ötdi daryo yillar,

Umr tomar çak-çak.

Dillarimiz böm-böş,

Yelkada yuk lak-lak.

Davr yukin tutgan

Qöllarimiz toldi,

Davr ötib ketdi,

Yuklarimiz qoldi.

               * * *

Seni köp tuşundim,

haddan ortiq tuşundim.

Nega nafrat bilan qaraysan menga.

               * * *

Yarim tun alahsib uyğonib ketdim

Olis bir yulduzning çinqiriğidan.

               * * *

Keçagina, öğlim, biz hayot edik –

Şeʼriyatni sevgan dinozavrlar.

 

50 yoşda

Ilgari köp narsa yöğidi,

Kelajak boridi.

Endi köp narsa bor…

 

Abduvohid Hayit

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan