“Men uyga qaytdim, öğlim!”
Yangi yil ostonasida turibmanu ortda qolgan yillar köz oldimda aylanadi.Ozodlikdan ayro ötgan olti yilni uyimiz töridagi mening joyim va bolalarimning bağri böşab qolganini his qilib ötkazdim. Öğlim Abdulaziz har yangi yilda qorbobodan sovğa emas, mening kelişimni söraganini eşitib, özimni qayerga qöyişni bilmay qolardim, — deydi Jamoliddin Saidahmedov.
Mahkumlikdagi odam uçun oila bağrida bölişdan ortiq baxt, ozodlikdan şirin söz yöq dunyoda.
Davlatimiz rahbarining Boş Qomusimiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi Farmoniga asosan, Farğona viloyatidan 5 nafar yurtdoşimiz muddatidan oldin ozodlikka çiqdi, şuningdek, şu viloyatlik yana 4 nafar mahkumlarning jazo muddatlari qisqartirildi.
Qöştepa tumani, “Sohibkor” mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Jamoliddin Saidahmedov ham afv etilganlar qatorida oilasi bağriga qaytdi. U taqiqlangan oqim ğoyalarini tarğib qilgani uçun 2015 yili 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bugun uning orzulari uşaldi.
U yana oilasi bağrida. Axir, uy atrofida çopib yurgan nabiralari haqida tört devor orasida yaşagan paytlarda eşitgan edi. Şundan buyon köngildagi orziqiş, unga tinçlik bermasdi…
— Jazoni ötaş davomida insonning baxti oilasi bağrida xotirjam yaşaş ekanligini çuqurroq tuşunib yetdim. Tunu kun xayolim oilamda böldi. Bolalar qanday öqiyapti, ularning qorni töq, usti butmi, kasal bölib qolmadimikin, deb öylayverib halovatim bölmasdi. Ozodlikdan mahrum böliş bu — çegarasiz soğinç degani ekan. U senga dunyoning rangi, ovqatning taʼmi, uyquning halovatini unuttiradi. Har safar uydan xat kelganida farzandlarimning omonligini öqib, özimni ovutardim.
Bu simtörli devorlar menga sabr sözining maʼnosini anglatdi. Vijdonimning çorlovini tingladim. Qizimning ismini aytib uyğongan adoqsiz keçalarda şukr qilişni örgandim. Koloniya rahbari çaqirib, afv etilganimni aytganida, işonasizmi, yuragim özimniki bölmay qoldi. Ha, meni keçirişdi, menga işonç, imkon berişdi. Har doim oilam bağriga qaytsam, qolgan umrimni boy berilgan imkoniyatlar örnini töldirişga sarflayman, deb niyat qilganman. Jamiyatning tölaqonli aʼzosiga aylanişni öz oldimga maqsad qilib qöyganman va berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanib, bildirilgan işonçni özimning halol mehnatim bilan oqlayman, — deydi Jamoliddin aka quvonçdan namlangan közlarini yaşirib.
Sinovlar insonga bardoş va qanoatdan saboq berişi rost. Malikaxon ötgan yillarda farzandlariga suyançiq, umr yöldoşiga madadkor böldi. Rözğorning kamini ignalab töldirdi. U tikkan köylaklarning donği Qöştepaga yoyilgan.
— Bolalarimning: “Dadam qaçon keladi?” — degan savolaridan qoçib yaşadim, — deydi Malika opa römolining uçi bilan köz yoşlarini artib. — Keçalari darvozani qulfladimmi, deb xavotir içida qayta-qayta taşqariga möralardim. Şukrki, bu afv oilamizning qörğoni, quyoşini bağrimizga qaytardi.
Jamoliddin akaning qölida guldek hunari bor. U tiklagan uylarning sohiblari ustaning haqiga hamişa duodalar. Qişloqqa qaytiboq, ikki öğlini yoniga olgan usta eşik, rom yasaş işlarini boşlab yubordi. Jamolliddin aka kelasi yildan imtiyozli kredit olib, mebel işlab çiqariş sexi oçiş va beş nafar mahalla yoşlarini iş bilan taʼminlaşni maqsad qilgan.
Xato qilgan har bir mahkum borki, ular ham mana şu elning bolasi. Adaşganni afv etişning hikmati esa hayotda bilib-bilmay qoqilgan insonga töğri yölni topib olişi uçun ulkan imkoniyatdir. Qolaversa, uning zamirida xalqimizga xos mehr-muruvvat, bağrikenglik kabi uluğ fazilatlar mujassam.
Quvonarlisi, Abdulazizning endi Qorbobodan söraydigan sovğasi boşqa. U köngliga tukkan beğubor tilaklarini yangi yil kuni hammamizga maʼlum qilmoqçi…
Dilşoda Ergaşeva.
