Armiyaning nimasi yaxşi?

Uyda televizor körib turuvdik, Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan efirga uzatilayotgan körsatuvlarni körib, ukam savolga tutib qoldi:

— Aka, armiyaga nega borgansiz?

— Boşqa erkaklar qatori yurtimizni qöriqlab, öz burçimni ötaş uçun-da, ukajonim.

— Mana, xizmatdan kelib, jurnalistikaning ham harbiy yönalişida öqiyapsiz. Sizga harbiylikning nimasi yoqadi özi? Şaxdam qadam bilan yurişlarimi yoki qölga qurol olib özlarini qahramondek tutişlarimi?..

Ukamning bu savollari meni öyga toldirdi. Ukam aytganidek, rostdan ham xizmatga borgan ilk vaqtimda   safda şaxdam qadam bilan yuriş va özimga qurol biriktirilişiga juda havasmand edim. Qasamyod qildik. Har birimizga qurol biriktirildi. Harbiy poligonga köp marotaba öq otiş maşğulotlariga ham bordik…

Ukamga yotiği bilan tuşuntira boşladim.

— Özimizga biriktirilgan qurol bilan har kuni postga çiqardik. Safni-ku aytmay qöya qolay. Ertalabki körik, naryadlar almaşuvi, post­larga tarqatuv, ovqatlanişga boriş, keçki sayr xullas armiyada hamma narsa saf bilan. Bundan taşqari, armiyaga hamda harbiylarga bölgan hurmatimni oşirgan boşqa bir jihat bor.

Xizmatning boşida böladigan saf tayyorgarligi, qöl jangi maşğulotlari, jangovar tayyorgarlik jarayonida talab darajasida uddalay olmagan ayrim quroldoşlarimizni deb bir narsani qayta takrorlayverib, xunob bölib ketardik. Ayniqsa, tezkor çaqiruv signallari böyiça şuğullanayotganimizda ularning das­tidan butun bölinma baloga qolardi. Askarlar yotoqxonasida tartibsizlik bölsa ham vzvoddagi barça birdek jazolanar edi.

Albatta, bu heç birimizga yoqmasdi. Nima uçun biz boşqalarning xato va kamçiliklari uçun javob berişimiz kerak, deb öz yoğimizda qovurilardik. Komandirlarimiz esa armiyada men degan tuşunça yöq, hamma narsa azaldan jamoaviy bölib kelgan, bundan keyin ham şunday böladi, deb uqtirişardi. Kunlarning birida harbiy qismimiz komandiri podpolkovnik Isroil Yunusov biz bilan suhbati davomida aynan şu töğrisida gapirdi:

— Askarlar, biz sizlarni nima uçun jamoa bölib qurol tutişga örgatyapmiz? Bir askarning xatosi uçun nega hammani jazolayapmiz? Çunki armiya zanjir, uning har halqasi bir askardir. Jangda bir joyda uziliş bölib, bir askarimizni boy bersak, juda katta yöqotişga uçragan bölamiz. Duşman bitta nuqtadan yorib kirsa, qolgan nuqtalarimiz ham xavf ostida qoladi. Şu sababli, heç birimizda heç qanday kamçilik bölmasligi kerak. Ana şunda biz mus­tahkam kuçga aylanamiz. Birlaşsak yana ham kuçli bölamiz!

Podpolkovnik Yunusovning sözlari bizga juda katta dars böldi. Hamma bir-biriga qanday maşğulot bölişidan qatʼi nazar yaqindan yordam berar, döstlarimizdan birining soğligi yomonlaşsa yoki tuğilgan kuni bölsa, talaşib örniga naryadga tuşadigan böldik. Yotoqxonadagi biror tartibsizlikni körib, “aybdor safdan çiqsin”, deyilganida esa barça askarlar baravariga oldinga çiqardi.

Ana şunday damlarda özimizda qandaydir yengillik, qalbda esa iliqlik his qilardik. Yordamga muhtoj safdoşimizga kömak­laşiş askariy burçimizga aylandi. Agar kimdir yordam berişdan boş tortganini yoki bila turib bilmaslikka olganidan xabar topsak, qattiq izza qilardik. Bunday odam xuddi xiyonat qilgan kimsadek afsus çekib, keçirim sörardi. Yuriş-turişimizni körgan fuqarolar tugul boş­­qa bölinmalar ham bizga havas bilan qarardi. “Mana, harbiy birodarlik, barakalla”, deb maqtaşardi.

Mana, armiyaning nimasi yoqadi menga! Qani endi jamiyatimizning boşqa jabhalarida ham şunday tartib örnatilsa. Hamma odam bir-biriga uzviy boğliq ekanligini teran his qilib, özaro yordamlaşiş faqat harbiy burç emas, insoniylik burçi ekanligini anglasa. Ukam bu gaplarimni tinglab jim bölib qoldi. Va: “Aka, men ham harbiy sohada öqisammikan-a”, dedi.

Kamoliddin RÖZIMATOV,

ÖzJOKU harbiy jurnalistika yönalişi talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan