Maktabi gazetalar bilan taʼminlangan yurt yoki kunçiqar mamlakatning öziga xos taʼlim tizimi haqida

Yaponiya noodatiy urf-odatlari, jozibador tabiati hamda öziga xos taʼlim tizimi bilan dunyo davlatlaridan  ajralib turadi.

Yaponiyada boşlanğiç maktabda bolalar 6 yil (6 yoşdan 12 yoşgaça) öqişadi. Örta maktabda esa öqiş 3 yil (12 yoşdan 15 yoşgaça), bundan taşqari, yuqori maktabda ham 3 yilgaça (15 yoşdan 18 yoşgaça) taʼlim olişadi. Noanʼanaviy urf-odatlar deganimizda, aynan, yapon maktablaridagi taʼlim tizimini ham nazarda tutgandik.

Eng asosiysi, boşlanğiç va örta maktablarning öz nizomlari, öz rahbariyati tomonidan çiqariladigan buyruqlari bor. Ular bir-biridan farq qiladi. Yaponiyada maktablar majburiy va bepul. Ammo örta yoki yuqori maktab öquvçisi universitetga kirib öqimoqçi bölsa, örta maktabni tugatişi şart emas. Lekin, statistik maʼlumotlarga qaraganda, yapon öquvçilarining 94 foizi avvalo örta maktab­larni tamomlaydi.

Yana bir jihati, Yaponiya maktablarida öquv yili sentyabrda emas, apreldan boşlanadi. Öquvçilar uç bosqiç: birinçisi — aprel-iyul, ikkinçisi — sentyabr-dekabr, uçinçisi — yanvar-mart oylarida taʼlim olişadi. Yozgi taʼtil esa atigi bir yarim oy davom etib, yoz oylariga töğri keladi.

Bizda maktab öquvçilari bir xil, yaʼni boşlanğiçdan bitirguniça yagona tartibda öqitilsa, ularda hamma narsa butunlay boşqaça, yaʼni boşlanğiç, örta va yuqori maktablarda har yili darslar yangilangan şakl­da taşkil etiladi.

Har yili öquvçi yangi teng­qurlardan iborat guruhlarda öqiydi. Öquvçilar yangi teng­doş­larini özlari tanlaşi ham mumkin. Faqat özlarining xohiş-istaklarini maxsus varaqalarga yozib, topşirişsa bölgani. Varaqaga esa öz ismi-şariflarini hamda bitta sinfda öqişni istagan ikki hamroh — öquvçilarni yozişlari kerak.

Bunday ğalati “aralaştiriş” kelajakda mustahkam jamiyatni şakllantiriş uçun kerak. Eng muhimi, öquvçi faqatgina özi tanigan, bilgan  öquvçilarga eʼtibor qaratmasdan, muloqotda bölmasdan, yangi guruhlarda boşqa tengdoş­lari bilan ham til topa olişi zarur.

Maktabda darslar tugagaç öquvçilar odatda uyiga şoşilmaydilar, özi röyxatdan ötgan klublarga boradi. Har bir öquvçi kamida bitta klubga qatnaşişi (özlari tanlagan) lozim. Klublar barça yönaliş­larda, yaʼni sport, sanʼat, fan, til, musiqa yönalişida mavjud.

Yaponiyada deyarli barça bosqiç maktablarining öz formasi bor. Bundan taşqari, har bir maktabda, har bir öquvçiga alohida maktab formasi joriy qilingan. Maktabning qiş va yoz fasllariga xos formalarini kiyiş majburiy hisoblanadi. Bundan taşqari, maktablar nizomida golf, maktab sumkalari (köpinça sumkalar forma bilan birga işlab çiqariladi), sport kiyimlari va hatto qiz bolalar uçun soç turmagi bilan boğliq qoidalargaça mavjud.

Qiziği, maktabga borgaç barça öquvçilar poyabzalini boşqasiga almaştirib olişadi. Yaʼni, şippak yoki balet poyabzaliga. Almaştiriş mumkin bölgan oyoq kiyimiga juda qattiq talab qöyiladi. Ayniqsa, tagligi polda qora iz qoldirmasligi kerak.

Kunçiqar yurtdagi har bir öquvçiga 4 ta raqam beriladi. Dastlabki ikkita raqam maktab raqami, qolgan ikkita raqam sinfidan berilgan şaxsiy raqam. Uşbu raqamlar kutubxonadagi kartalarda, velosipeddagi stikerlarda işlatiladi. Aytgança, köpgina yapon öquvçilari maktab­ga velosipedda qatnaydi.

Ularda ham haftalik dars jadvallari mavjud. Odatda, öquvçilar yangi jadvalni faqat juma kuni bilişadi. Şuning uçun, oldindan taxmin qiliş qiyin, masalan, har duşanba kuni qaysi dars birinçi bölişini bilişmaydi.

Yaponiya maktablarida farroşlar yöq. Öquvçilarning özlari sinf xonalarini tozalaşadi. Ular dars tugagaç polni supurib, yuvib, derazalarni artişadi, hatto iprindilarni ham özlari çiqindi xonaga olib borib taşlaşadi.

Şuningdek, maktabda har bir öquvçining öz iş stoli bor. Boş­qaça aytganda, har bir öquvçi işlaş jarayonida alohida joyda ötiradi.

Öquvçilar uy vazifasini bajarganlik, darsga tayyorlik darajasi böyiça baholanmaydi. Ammo öquvçi fan böyiça biror yangilik qilgan bölsa, öqituvçi uyga berilgan topşiriqni qizil doira bilan aylantirib qöyadi. Bu ustozdan qarzim qolmadi, degani.

Ammo barça davlatlarda bölgani kabi, yapon maktablarida ham yaxşi bahodan qoçib bölmaydi. Sinovlar barça fanlar böyiça ötkaziladi va bu testlar bir balli ölçov böyi­ça baholanadi.

Yapon maktablarida öquvçi jazolanmaydi. Bolada biror muammo paydo bölsa, psixolog va sinf rahbari tomonidan örganilib, tuşuntiriş işlari olib boriladi. Öquvçilar umuman dars qoldirmaydi. Mabodo kasal bölib, maktabga kelolmasa, öqituvçi uning uyiga borib topşiriqlar beradi va öquvçi ota-onasi yordamida mavzuni mustaqil özlaştiradi.

Taʼlimda bola tarbiyasi juda muhim vazifa, deb qaraladi. Şu bois mamlakatda tarbiyaga boğçadanoq katta eʼtibor qaratiladi. Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, kattaga hurmat, tozalik, ozodalik, öz-öziga xizmat, birovdan yordam kutmaslik, öziga işonç kabilar uqtirib boriladi. Bolaning erkinligi yapon pedagog­lari uçun juda muhim sanalib, öquvçining darsda öziga qulay tarzda ötirişiga imkon beriladi.

Yaponlar ayniqsa, kitobxonlikka katta eʼtibor qaratişadi. Boş­lanğiç sinf öquvçisi haftada bolalar adabiyotidan 2 ta kitobça öqişi lozim. Kutubxona qoğozini öquvçi özi töldiradi. Vaqti-vaqti bilan kutubxonaçi muhr bosib tasdiqlab qöyadi. Yana muhim jihati, Yaponiyada boş­lanğiç sinf­lar uçun ayrim darslar kutubxonada ötiladi. Maktab kutubxonasi kitoblar, mamlakatdagi eng muhim gazeta va jurnallar bilan davlat byudjeti hisobidan taʼminlanadi. Maktab öqituvçilari va öquvçilari esa ulardan beminnat foydalanişadi.

Maktablarda ham tarbiya olti yönalişda beriladi, yaʼni masʼuliyat, hurmat, mehribonlik, haqgöylik-adolat, töğrisözlik, fuqarolik.

Har bir öquvçi 1-sinfdan boş­lab biror çolğu asbobi çalişni örgana boşlaydi. Maktablar musiqa asboblari bilan taʼminlangan. Eng asosiysi, ular bitirgunga qadar kamida bir yoki ikkita çolğu asbobini çalişni örganişi şart. Bolalar nota bilan bemalol işlay oladi. Sport va musiqaga qiziqiş yuqori bölgani sababli, tögaraklar muntazam yuritiladi.

Yaponiyadagi maktabda öquvçilar bilan uyali telefon orqali ulana olmaysiz. Agar öqituvçi öquvçida maktabda, dars jarayonida uyali telefonni körsa yoki ogohlantiriş signalini eşitsa, olib qöyadi. Öquvçi uni faqat ota-onasi yordamidagina qaytarib olişi mumkin böladi.

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan