Koronavirus yuqtirgan dunyodagi ilk odam

XXI asr pandemiyasiga sabab bölgan ilk odamning bu baloni qanday yuqtirgani haligaça nomaʼlumligiça qolmoqda. Yana şu ham nomaʼlumki, u birinçi bemormi yoki “nolinçilar” (undan ham oldin yuqtirganlar) ham bormidi? U kim özi?

Maʼlumotlarga qaraganda, koronavirusga çalingan dunyo­dagi birinçi inson — Xitoyning “Xuanan” bozorida krevetka sotuvçi ayol bölgan.

Ayol krevetka — dengiz mahsulotlari sotsa, demak infeksiya odamlarga dengiz mahsulotlaridan yuqqani ham taxmin qilinmoqda. Olimlar örtasida haligaça virus körşapalakdan tarqadimi yoki dengiz mahsulotlaridan degan bahs-munozaralar davom etyapti.

Xitoydagi gazetalardan birining yozişiça, Vey Guysyan ismli sotuvçi ayol virusning eng birinçi taşuvçisi sanaladi. U isitmasi kötarilgaç, 11 dekabrda şifokorga murojaat etadi (öşa payt 57 yoşda edi):

— Tadbirkorman. Biznesim tufayli uyda yotişga vaqtim yöq. Odatda mazam bölmay qolsa, yo özimda bezovtalik sezganimda, uyi­miz yonidagi şifoxonaga borardim, — deydi Vey.

Ayol öşa kuni ham klinikaga borib, antibiotik va dori-darmon, ukol(kapelnitsa) oladi. Şifokorlar Veyga dastlab bronxit taşxisini qöyişadi. Birmunça vaqtdan keyin özini yaxşi his qila boşlaydi, biroq… Keyinçalik ahvoli oğirlaşib, heç qanday muolaja va ukol-dorining ham foydasi bölmaydi.

Ayol boşqa şifoxonaga borişga majbur böladi. Baxtga qarşi, u yerda ham natija bölmaydi. Oxiri uyida davolanişga urinib köradi — naf yöq. Bir neça kundan söng, Vey huşidan ketadi va u 2019 yilning 16 dekabrida Xuaçjun fan va texnologiya universiteti qoşidagi “Sexe” şifoxonasiga yotqiziladi.

Şifokorlar çuqur tahlil va tekşiruvlar ötkazişadi, eng sönggi davolaş muolajalari — tomoqdan surtma, endoskopiyani qöllaşadi. Ammo heç qanday aniq taşxis qöya olişmasa deng!

Bir neça hafta ötib, şifokorlar ayol bilan bir hududdagi boşqa odamlarda ham şunday alomatlar borligini payqaşadi va ularga yangi turdagi koronavirus taşxisi qöyiladi.

U 2020 yil yanvar oyi boşida şifoxonadan soğayib çiqadi. Yanvarning örtalarida uning qizi va oila aʼzolarida ham covid-19 aniqlanadi.

— Men koronavirusni özim işlaydigan bozorda yuqtirib olgan bölişim mumkin. Şundoqqina yonimda esa yovvoyi hayvonlar göştini sotadiganlar rastasi köp edi, — deydi u.

Vey Guysyan davolaniş uçun juda katta mablağ sarflaydi. Boşida puliga, qilgan xarajatlariga rosa açinadi, hozir esa bu olamda undan baxt­­li odam bölmasa kerak. Çunki nihoyatda köpçilik bu kasallik oldida hali-hamon ojiz qolmoqda…

Şu örinda yurtimizda ham şu yilning 15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan ayol aniqlangan edi. 11 mart kuni “Parij—Toşkent” reysi orqali uçib kelgan oliy toifali şifokor, xususiy klinikalardan birining rahbari Nigora Murotova bilan keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda suhbat uyuştirilgandi.   Bugun köpçiligimiz uşbu virus bilan oğrib ötgan bölsak-da uning vahimasi, dahşatli oqibatlari haliyam köpçilikni psixologik çohlarga qulatişda davom etmoqda.

Maftuna KARIMOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan