Tinimsiz ğildirak
Respublikada 35-40 ming çoğli muallimlar öquvçilarga tarix fanidan saboq berar ekan. Albatta, ularning hammasini bir masala atrofida boşini qovuştiriş qiyindir, biroq hammasi ğildirakning kaşf etiliş tarixi va uning inson hayotidagi örnini yaxşi biladilar. Ibtidoiy odam ğöla aylanib ketişini közi bilan körgan va unga taassib qilib, keyinçalik ğildirakka asos bölgan qurilmani yaratgandir. Ğildirakning esa texnika, umuman, mexanikada öynagan rolini taʼriflaş qiyin. Uning kaşf qilinişi bu sohada çinakam inqilob yasagan. U juda köplab mexanizmlarning asosini yoki eng muhim qismini taşkil qiladi.
Yana şunday fikrlar, gaplar borki, ular ham ğildirak kabi muttasil aylanib turadi, turaveradi. Uzoqqa bormay, tarix saboqlarini esga olaylik. Avreliy Avgustin (356-430 yy.) “Biror xalqni uyğotmoqçi bölsangiz, unga tarixini örgating” degan ekan. Maşhur ilohiyotşunos, faylasuf, xristian çerkoviga asos bölgan Gippon ibodatxonasining yepiskopi bölgan zot behudaga bu xulosaga kelmagan bölsa kerak. U haqiqatni bilişning yagona yöli tarixni bilişdir, deb taʼkidlagan. Faylasuf inson har qanday masalada haqiqatni (yaʼni, gap nimadaligini) bilişga intiladi, haqiqat esa tarixdadir, deb bilgan. Tarixni bilgan odam Haqqa yaqinlaşadi — Avreliy Onhazrat (Blajenniy)ning eng katta xulosasi şunday.
Demak, tarixni örganişni taqiqlaş haqiqatni bilişni, örganişni taqiqlaş bilan barobar ekan. Haqiqatni bilmaslik — gumrohlik, yaʼni öraga qamalişdek gap. Gumroh odamga esa heç narsaning qiziği yöq, ayniqsa, u öradan çiqişga butunlay umidini uzgan holda bölsa. Çor bosqinçilari Çernyayev, Skobelev, Kaufman va boşqalarning Oq podşoga yozgan hisobotlarida “Biz özimizdan ança yuksak salohiyatga ega bölgan xalq bilan yuzma-yuz böldik. Bularni yengiş qiyin. Faqat tili va tarixidan begona qilibgina maqsadga erişiş mumkin” qabilida arz-hol qilişlari ham bejiz emas ekan. Bu xulosalar tarixda juda köp xalqlarni bosib olgan mustamlakaçilar siyosati misolida isbotlangan, uni taʼkidlaşdan maqsad baʼzi loqaydlaşgan zehnlarga masalaning neçoğlik muhimligini yana bir marta taʼkidlab qöyişdir.
Şunday qilib, ğildirak aylanadi va yangilikka yöl oçiladi. Yangilik şuki, mazkur öquv yilidan boşlab, oliy öquv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlarida faqat 1991 yildan keyingi tarix öqitiladigan böldi. Oldin esa bir yil davomida (ikki semestr) tarix fani öqitilgan. Törtinçi bosqiçda tarix va boşqa ijtimoiy fanlardan umumlaştirilib, davlat imtihoni topşirilgan. Yangi tartib joriy qilingaç, bu yoği nima bölişini hozirça heç kim ayta olmaydi.
Umumiy örta taʼlimga, umuman, maktabga eʼtibor kuçaygandan-kuçaygan şaroitda bu masalaga munosabat qandayligi bilan qiziqdik. Maktab dasturiga ham bu öquv yilidan muhim yangilik sifatida “Tarbiya” darslari kiritildi. Bu fan oldin amalda bölgan “Odobnoma”, “Vatan tuyğusi”, “Milliy ğoya”, “Maʼnaviyat asoslari” darslari örniga joriy qilindi. Maʼlumki, mamlakatimizda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-qarori bilan tasdiqlangan) qabul qilingan va uning maqsadi — “yoş avlodda mustaqil hayot uçun zarur ijtimoiy könikma va fazilatlarni yoşiga mos, bosqiçma-bosqiç şakllantiriş asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkaziş”dan iborat. Şubhasiz, uning talablari ösib kelayotgan kelajagimiz egalarini har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalaşda, “ijtimoiy könikma va fazilatlarni… şakllantiriş”da boy tarixiy merosimizdan samarali foydalanişni közda tutadi.
Endi, yaʼni bu yil joriy qilingan Tarbiya darslarida bu hol aks etgan, undan kutilayotgan natijalar ulkan, albatta, yangilik boyitilib boriladi, şu bilan birga hali bu borada bahs va izlanişlar davom etadi. Umuman, tarix fanining öqitilişi bilan qiziqqanimizda esa oldindan tasavvur qilib bölmaydigan manzaralarga duç keldik. Albatta, bolalar qiyqiriği muttasil yangrab turadigan, yuzlab katta-kiçik odam kirib çiqadigan dargohni yonlab ötib ketiş boşqa, uning ostonasidan içkariga qadam qöyib, haqiqiy ahvol bilan tanişiş boşqa ekan.
Xullas, tarix fanining öqitilişi masalasida turli doiralarga murojaat qilib va maktablar faoliyati bilan tanişib, kutilmagan manzaralarga duç kelindi. Tafsilotlarga ötişdan oldin bir holni qayd etişni xohlardim. Turli naşrlarda maktab-maorif haqida maqolalarni öqib qolamiz, muallimlar, mutasaddilar öz işlaridan axborot beradilar. Ammo ularda bugungi maktabning ob-havosini his etmaysiz, hozir bu dargohlarda ketayotgan qizğin jarayonning harorati yöq. Ular yo maktab dargohiga kirmasdan, taşrif buyurilmay, telefon yoxud hisobotlardan olib tayyorlangan yoki şunçaki yöliga yozilgan böladi, çamasi. Bu borada hamkasblarimizga, şu mavzuda qalam tebratayotganlarga jiddiy eʼtiroz bildirişga haqlimiz. Oçiği — maktabdagi iqlimni sof, toza, musaffo qilmay turib, bu joyda oşkoralik, öz-özini tanqid muhitini yaratmay turib, biror özgarişni amalga oşiriş mumkin emas. Sohadagi ahvol esa maʼlum — qariyb çorak asrdan beri bu sohada “islohot”lar davom etadi: goh darslik özgaradi, goh dastur özgaradi, hatto yuqori sinflar qisqartirib taşlandi ham. Oliy maʼlumotli pedagog, ön yil maktablarda dars bergan ustoz sifatida aytamanki, bu sohaning oltin qoidalaridan biri — taʼlim-tarbiya barqarorlikni, konservatorlikni yoqtiradi. Darslikning özi emas, hatto uning muqovasi rangi özgartirilsa ham salbiy effekt beradi: uni qabul qiliş uçun quvvat sarflanadi, vaqt yöqotiladi. Yirik ruhşunoslar, pedagoglar şunday xulosalarga kelişgan. Bugungi maktabdagi ahvol-çi?!
Telefon orqali sözlaşib yoki taşrif buyurib, bir umumiy holga guvoh böldikki, bu manzara bir qaraşda taajjubli tuyuladi. Sen birovga qölingni uzatsang-da, u tomon “Yöq, men ..” deb tursa, ğalati bölarkan: kimga murojaat qilinsa yoki biror savolga javob oliş kerak bölsa, maorifçilar iloji boriça tutqiç bermaslikka yoki “qölga ilinadigan” biror gap aytmaslikka harakat qilişadi. Ilojsiz qölga tuşib qolganlar esa qörquv va sarosima içida umumiy gaplardan nari ötişmaydi. Hatto “Tarix faniga ön yil, beş yil, ikki yil oldin qança soat ajratilgandi?” singari jön savollarga yigirma yil ilmiy bölim mudiri bölib işlagan “hurmatli pedagoglar” ham aniq javob bera olmaydi yoki haqiqiy ahvolni yaşiradi. Göyo şundan manfaatdordek, çalkaştirişadi, yolğon axborot berişadi. Yana bir hol – juda ötinib, öz ism-şariflarini atamaslikni söraşadi (ularni ranjitmaslik uçun öşanday qilayapmiz). Umuman, butun xalq eʼtiboridagi bu soha yopiq maydonga aylanganga öxşaydi (“öraga siçqon tuşdi, guldur-gup”) va şu orqali ular öz masʼuliyatlarini böyinlaridan soqit qilişmoqçi va şu yöl bilan javobgarlikdan qutulib qolmoqçi bölişadi göyo.
Bunday holat bor gap. Uni qarorlar, tadbirlar, döq-pöpisa bilan önglab bölmaydi. Yagona yöli – “hurmatli pedagog”lar qalbidagi öçib qolgan çiroqni yoqib yuboriş, yaʼni pedagoglarning öziga pedagoglarça munosabat bildiriş. Har bir ustoz masʼuliyatni özi his qilmas ekan, qalbidagi mudrab qolgan tuyğular – vatanparvarlik, insonparvarlik, kelajak oldidagi masʼuliyat, odamiylik singari burçdorlik hissi, eng asosiysi — gözallikni qadrlaş malakasi uyğonmas ekan, uning maoşini oşirgan yoki mukofotlagan bilan heç narsa özgarmay qolaveradi (bir hol közga taşlanayapti: past ovozda aytilayotgan takliflarda ham darsliklar sifati yoki dars soatlarining kamayib ketişi emas, faqat maoşni oşiriş yoki imtiyozlarni köpaytiriş haqida gap bölmoqda. Holbuki, qadimgi zamonlarda ustozning ramzi – şam bölgan, u yonadi va davralarni yoruğ qiladi. Ziyo ulaşiş fidoyilikni talab qiladi, imtiyozni emas!) Şunga öxşaş noxuş holatlardan qutulişning yöli — ustozlarda özi tanlagan kasbning olijanobligiga işonçni mustahkamlaş, mehrni qaytariş, jamiyatda hurmatini joyiga qöyişdir. Eng asosiysi — “tadbirboz”lik va turli qayta tayyorlaşlarga çek qöyib, ularning öziga özi bilan “gaplaşib olişi”ga imkon yaratiş. Ustozlar keraksiz tadbirlardan, seminarlar-u, qöşimça topşiriqlardan juda çarçagan.
Bu masalaning maʼnaviy tomoni. Xususiy jihatlarga qaytadigan bölsak, fanlar, jumladan, tarixdan beriladigan saboqlarning qançalik samara berişi, şubhasiz, muallimning tayyorgarligiga boğliq. Darsliklar va dasturlarning muttasil özgarib turişi öqituvçilarda maʼlum qiyinçiliklar tuğdirgani bor gap. Şunday şaroit ularning öz ustlarida işlaşlari, davr talabi bilan hamqadam bölişlarida muammolarni yuzaga keltirdi. Deylik, maktab va matbuot masalasi qançalik jiddiy tus olganiga hamma guvoh. Bu holga davlatimiz rahbari aniq taşxis qöydi: “Afsuski, biz keyingi yillarda “majburiy obuna” bahonasida ixtiyoriy obunani ham yöq qildik… Şunday ayançli holga keldikki, hatto ayrim rahbarlar gazeta öqimasligi bilan maqtanadigan bölib qoldi”.
Bir gal taşrif buyurgan maktablarning birida öqituvçiga özim bilan olib borgan gezetani tuhfa qildim.
— Maʼnaviyat xonasiga qöying, özingiz öqing, hamkasblaringiz ham öqiydi, — dedim.
— Ikkalasi ham bir xil-ku, — dedi ajablanib ustoz, katta-katta qilib yozilgan “HURRIYAT” sözini körsatib. Bu umrida gazeta körmagan odamning gapi edi.
— Gazetaning nomi bu, içi har safar yangi böladi, — dedim Suqrot şogirdlariga gap öqtirgandek hijjalab. Qölidagi varoqni uşlab angrayib turgan, qariyb yigirma yillik “pedstaj”ga ega şu ustozning biron marta gazeta oçib öqiganiga işonib bölmaydi.
Baribir, ustozlarning mulohazalarini tinglaş maroqli. Ular aytadiki, öquvçilarda tarix fanini öqiş-örganişga qiziqiş susayib ketgan. Bu holning sabablari köp. Jumladan, oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarida çeklovlar böldi. Bundan taşqari darslar zerikarli, qöşimça materiallar yöq hisobi. Masalan, Janna d`Ark haqida gapiriş lozim bölsa, suratlar, kartalar, hatto videomateriallar oşib-toşib yotibdi. Dukçi eşon haqida gap ketganda esa çoponiga öranib olgan ojiz çolning suratidan boşqa namoyiş qilinadigan narsa yöq. “Mana, ingliz tili qanday qiziqarli ötiladi. Bunaqa bölgaç, bola zerikmaydi-da”. Demak, rassomlar, kinoçilar ham maktabdan ança qarzdor ekan. Fanning özida hali yagona töxtamga kelinmagan örinlar ham köp, hatto tarixiy şaxslarning ismlarini yozişda bir xillikka erişilmagan. Köp voqealarga hali yetarliça ilmiy, siyosiy baho berilmagan örinlar bor. Yoki sinflar böyiça davrlar taqsimotida ham tenglik yöq. Yettinçi sinfda ming yildan ziyod davr tarixi örganilsa, baʼzi sinflarda 70-80 yillik tarixni örganiş közda tutilgan. Umuman, darsliklarning tuzilişida şöro davridagi qoliplar saqlanib qolgan (“Ikki haftada darslik yozgan paytlar böldi”, deydi suhbatdoşlardan biri). Endi tariximizda yorqin iz qoldirgan davrlar batafsil va har tomonlama örganilişi lozim emasmi?
Eʼtibor berayapsizmi, ğildirak joyida aylanib yotgandek taassurot uyğotmoqda. Demak, predmetning özini örganiş va örgatişda muammolar bartaraf etilmagan. Matbuotda tarix fanini xronologik tartibda emas, mavzular böyiça (şaharlar, hunarmandçilik, buyuk şaxslar, din, madaniyat tarixi singari) örganiş yuzasidan fikr bildirilgandi (“Hurriyat” g., 2020 yil, 15 yanvar, “Maʼrifat” g., 2020 yil, 4 mart), unga heç qanday munosabat bildirilmadi. Mayli, öquv dasturini özgartiriş, darsliklarni yangilaş qiyindir, ammo şu mavzularda qöşimça adabiyot sifatida kitoblar, risolalar yaratiş mumkin-ku. Bu boradagi izlanişlar közga çalinmaydi. Xuddi şunday yumuşlarga boş-qoş bölişi kerak bölgan Respublika Taʼlim markazining faoliyati esa hozirgaça tuşunarsiz bölib kelmoqda. Markaz muallifning “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” kitoblarini “Örta maktab öquvçilari uçun foydalanişga tavsiya qilinmasin” deb xulosa bergan (2018 yil, 26 sentyabrdagi qarori). Körayapmizki, ğildirak teskari aylangan. Uzoq tortişuvlar, matbuot çiqişlaridan keyin yana özini inkor qilib, “qöşimça adabiyot sifatida foydalaniş maqsadga muvofiq, deb topilsin” tarzida xulosa berdi (2018 yil, 29 noyabr).
Xullas, tarix fanini öqitiş, umuman, maktab hayoti singari, ana şunday muammolar girdobida yaşamoqda. Vaqt esa kutib turmaydi. Zamonning özi jiddiy taşvişlarni köndalang qöymoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat keskin tus olib borayotganini hammamiz körib turibmiz. Bu şiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etiş orqali munosib javob bera olamiz”. Albatta, yangiliklarni amaliyotga kiritiş kadrlar salohiyatiga boğliq. Uluğvor vazifalarni esa qalbida millat ğururi va iftixori jöş urgan avlodgina uddalay oladi. Zero, ötmiş saboği, ajdodlar jasorati eng yorqin ibratdir. Kimki öz jonajon tarixini jondan sevsa, uning barça sirlarini puxta örgansa, özida olamşumul yumuşlarga kuç topa oladi. Aksinça, qadimgi yunon faylasufi Sitseron taʼbiri bilan aytganda, “Tarixni bilmaslik bir umr gödak bölib qolişdir”. Ğildirakning mudom oldinga aylanişi şaksiz hayotiy zarurat hisoblanadi.
Hakim Sattoriy,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining masʼul xodimi, yozuvçi.
