Yangiça dunyoqaraşga eskiça tarğibotmi?
Bugungi kunda qayerga qaramaylik, qaysi sohaga eʼtibor qaratmaylik hamma joyda yangilaniş, özgariş. Şiddat bilan ilgarilayotgan jarayonda Yangi Özbekistonni barpo etiş iştiyoqi yoşlarni ham öziga rom eta boşladi.
Aholining turmuş tarzini yaxşilaş maqsadida tadbirkorlik va kiçik biznesga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar natijasida yangi iş örinlari taşkil etilayapti. Bu oilalarning moddiy farovonligini oşirişda, yaşaş şaroitini yaxşilaşda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim bosqiç vazifasini ötayotir.
Ammo bir narsa meni köp öylantiradi: “Guruç kurmaksiz bölmaydi”, deganlaridek, yangilaniş jarayonlari keçayotgan bir paytda, telekanallarimizda yoşlarning ongiga salbiy taʼsir qiladigan körsatuv va seriallar nihoyatda köpayib ketdi. Biz kimmiz? Kimlarning avlodlarimiz? Buni unutib qöyganga öxşaymiz! Qaysidir öqimaganning tavsiyasi bilan seriallarda er-xotinning bir-biriga xiyonatlari, farzandlarning ota-onaga hurmatsizliklari, haddan ortiq yengillik va milliyligimizga mutlaqo töğri kelmaydigan yarim yalonğoç sahnalar, ayniqsa, xotin talaşgan erkaklaru, er talaşgan xotinlarni tarğib qiladigan turli seriallarni özbek eliga taqdim qiliş orli xalqimizga munosib işmi?!
Oriyatini yöqotganlargina bunday filmlarni yoqlaşi mumkin. Lekin yana bir muammo: aytaylik, öşa yoqlaydiganlarning ham qizlari, kelinlari bordir. Şu seriallarni körib, ularning tarbiyasi, axloqi buzilmaydimi?..
Endi “Istanbullik kelin”dan qutildik desak, ortidan “Qora niyat”, “Zuleyha”, “Guneş qizlari” kabi seriallar qönğizning bolasiday qorayib çiqib kelaveradi… “Sanʼatlar içida eng muhimi kino” ekanligini unutmaylik, çunki kino eng taʼsirçan tarğibot turi, uning qora kuyasi bitta-ikkita odamga emas, balki butun jamiyatga yuqişi mumkin. Bizning maʼnaviyatimizni himoya qiladigan mutasaddilarimiz qayoqqa qaraşayapti ekan? Pulni deb imondan keçiş kerakmi, axir pulga hamma narsani sotib oliş mumkindir, ammo imonni sotib olib bölmaydi-ku!
Bunday illatli seriallar va boşqa “ommaviy madaniyat” tarğibotlarining oldini oliş uçun öquvçi-yoşlar orasida kitobxonlik va gazetxonlikni keng tarğib qiliş juda örinli bölardi. Prezidentimiz aytganidek, bunda rahbarlarimiz, öqituvçi va murabbiylar, qolaversa, ota-onalar örnak bölişlari kerak. Unutmasligimiz kerakki kitobga, matbuotga bölgan munosabat xalqning madaniyatini körsatib beradigan omillardan biridir.
Turli yiğiliş va suhbatlarda matbuotni rivojlantiriş, bu yölda taşkilotlar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş haqida köp gapirilayapti. Ammo bularning bari quruq gapligiça qolib ketayotgani, afsuski, haqiqat.
Keling, biz ham Yangi Özbekistonni qurişda kuzatuvçi bölib emas, barçamiz birdek öz milliy maʼnaviyatimiz, madaniyatimiz bilan yangiça dunyoqaraşni kasb etaylik!
Kamoliddin Rözimatov,
ÖzJOKU talabasi.
