Köngil boğining boğboni
Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligi
Bir neça kundirki mamlakatimizning barça göşalarida, taʼlim maskanlarida, jamoalarda uluğ bobomiz, daho şoir, davlat va jamoat arbobi Hazrat Navoiy tavallud sanasi keng nişonlanmoqda. Joylarda turli madaniy tadbirlar, davra suhbatlari, şeʼriyat keçalari davom etmoqda. Xususan, keça poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ham köngillar boğining boğboni, özbek şeʼriyatining sultoni Alişer Navoiyning 580 yilligiga bağişlangan katta tadbir bölib ötdi.
Elimizning zukko olimlari, millat takomillaşuvida jonfido ziyolilar, taniqli şoir va yozuvçilar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, adabiyotşunos olimlar hamda yoşlar jam bölgan tantana xiyobonga özgaça şukuh bağişladi.
Uluğ şoirning turkiy xalqlarning şaʼn-şavkati uçun yaratgan turkiy nazmdagi asarlari dunyo tamaddunida buyuk intiliş deya eʼtirof etiladi. Çunki, arab tili ilm tili, fors tili nazm tili, turk tili jangovar til deguvçilarga Alişer Navoiy gözal va betakror turkiy nazm gulşani bilan undan-da nafosatli asarlar yaratiş mumkin ekanligini isbot etgan betimsol şoirdir.
Adiblar xiyoboniga — Hazrat Navoiy haykali qoşida yiğilganlar qalbidagi hayajon zamirida bobomiz yaratgan maʼnaviy ummonga intiliş, közlardagi tafakkur uçquni benazir zotga beqiyos hurmat, sidqidildan munosib avlod böliş iştiyoqi, öyi desak xato bölmaydi.
Tadbirda söz olgan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid mamlakatimizda Alişer Navoiy merosini örganiş yanada kengroq quloç yoyganini taʼkidlar ekan, Prezidentimizning uluğ dahoga yuksak ehtiromi bois 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Alişer Navoiy ordenini taʼsis etiş hamda joriy yilning 4 fevralida buyuk mutafakkir hayoti va ijodini mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda keng örganiş, tarğib qiliş maqsadida “Alişer Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzolaganini alohida mamnuniyat ila eʼtirof etdi.
Ölmas şeʼriyatimiz bayramida söz olgan yurtimiz ziyolilari, taniqli ijodkorlar bilan bir qatorda Afğoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Ahmad Holid Elmiy Alişer Navoiy özining buyuk asarlarida tarannum etilgan ezgu ğoyalar bilan nainki özbek xalqi, balki butun dunyo xalqlariga taalluqli bölgan benazir şoir, uluğ mutafakkir ekanini taʼkidlagan bölsa, Eron, Ozarbayjon, Bolgariya kabi yurtlardan taniqli navoiyşunos olimlar, ijodkorlar masofaviy tarzda Navoiyning ölmas dahosi xususida öz fikrlari bilan örtoqlaşdilar.
Öz muxbirimiz.
