Matbuotda oçiqlik va söz erkinligi
Farğonada bölib ötgan “Çimyon–2021” mediaforumi mazmunli va hayajonli lahzalarga boy keçdi
Joriy yilning 21-28 fevral kunlari gözal Farğonaning “Çimyon” sihatgohida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, uyuşmaning Farğona viloyati bölimi va Farğona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Özbekiston ommaviy axborot vositalarida oçiqlik, söz erkinligi va jamiyat” mavzusidagi anʼanaviy “Çimyon – 2021” mediaforumi bölib ötdi. Unda respublikamizning barça viloyatlari OAVdan kelgan 80 ga yaqin jurnalistlar, asosan, bosma naşrlarning boş muharrirlari va ustoz ijodkorlar iştirok etişdi.
Forumning asosiy tadbirlari 22 fevral kuni Marğilon va Farğona şahridagi bir qator işlab çiqariş korxonalari, ijtimoiy-madaniy markazlarning faoliyati bilan tanişişdan boşlandi. Dastlab, mehmonlar Marğilon şahridagi Raqamli texnologiyalar markazida bölişdi. Uşbu zamonaviy arxitektura talablari asosida bunyod etilgan körkam inşootda elektron axborot-resurs markazi, 60 örinli anjumanlar zali, muzokaralar xonasi, videostudiya joy olgan bölib, yoşlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini örgatiş, axborot texnologiyalarida startap loyihalarni qöllab-quvvatlaşning zamonaviy hamda samarali mexanizmlari örgatilar ekan.
Maʼlumki, milliy matolarimiz öz jozibasi va körki bilan nainki yurtimiz, balki xorij yurtlarda ham maşhur. Ayniqsa, marğilonlik usta-hunarmandlar tomonidan töqiladigan ipak matolar maftunkor naqşlari bilan alohida ajralib turadi. Qöl mehnatini qadrlovçi kişilarning işlarini köriş istagidagi jurnalistlarning keyingi manzili Marğilon şahridagi “Hunarmandlar markazi” böldi. Bu yerda ipakning gözal matolarga aylanişi, milliy libos va buyumlar, nodir gilamlarning töqilişi jarayonini yaqindan kuzatiş mumkin böldi.
Siz toşdan qoğoz işlab çiqarilişiga işonasizmi? Işonavering. Farğona şahridagi “Fergana stone paper” korxonasi. Farğonalik, asli kasbi şifokor-jarroh Abdurahmon Niyozov 20 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanadi. Eʼtiborlisi, u yangiliklar yaratişdan çarçamaydi. Uning toşdan qoğoz işlab çiqariş loyihasi nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida ham yagonadir. Umuman olganda, Özbekiston toşdan qoğoz işlab çiqariş böyiça Xitoy, Tayvan, Eron va Yaponiyadan keyingi beşinçi davlatlar safiga qöşildi. Korxonada 60 kişi iş bilan taʼminlangan.
Şuningdek, OAV vakillari viloyat matbuot uyi hamda “Farğona haqiqati – Ferganskaya Pravda” gazetalari tahririyatlarida ham bölişdi. U yerda tahririyat hodimlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, jurnalistlar örtasidagi ijodiy muhit va matbuot anjumanlari ötkaziş uçun möljallangan xonalar media forum iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Medialagerdagi beş kunlik maşğulotlarning kun tartibi şunday rang-barang tuzildiki, unda jurnalistlar ertalabki nonuştadan söng to tuşlik mahaligaça sanatoriyning muolaja bölimidan soğliklarini tiklaş uçun özlariga kerakli muolajalarni qabul qilişdi, sport maşğulotlari, suziş havzalari, fitobar, yaqin hududdagi mahalliy aholi tomonidan lagerga olib kelingan quruq, xöl mevalar, turli xildagi giyohlardan xarid qilişib vaqtlarini mazmunli ötkazişdi.
Tuşlikdan söng esa poytaxtdan kelgan ustoz-jurnalistlarning seminar-treninglarida iştirok etib, maʼlum mavzudagi maʼruzalarida qatnaşdilar, özlarini qiziqtirgan kasbiy, ijodiy savollariga javob olişdi. Şuningdek, turli viloyatlar tahririyatlari tomonidan ötkaziladigan gazeta, sayt taqdimotlarni kuzatiş, özaro fikrlar almaşiş hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlardan bahramand bölişdi.
Medialagerning tantanali oçiliş marosimi 23 fevral kuni tuşdan söng boşlandi. Anjumanda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari Xolmurod Salimov, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, siyosatşunoslik fanlari doktori Şerzodxon Qudratxöja, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Farğona viloyat bölimi raisi Muhammadjon Obidov boş-qoş böldi.
Xolmurod SALIMOV, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari:
— Maʼlumki, ommaviy axborot vositalarida iş boşlagan, ularda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar kasb malakasini oşirib boriş doimiy dolzarb masala hisoblanadi. Yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari – gazeta va jurnallar, teleradiokanallar, OAV sifatida davlat röyxatidan ötgan veb-saytlar, qolaversa, korxona va taşkilotlarning axborot xizmatlari xodimlari, yaʼni jurnalistlar kasb malakasini oşirib borişga eʼtibor yanada kuçaytirilişi zarur.
Şerzodxon QUDRATXÖJA, ÖzJOKU rektori, siyosatşunoslik fanlari doktori:
—Yangi avlod vakillari ham gazetani bajonidil öqiydi, öqimaydi desak xato böladi. Ammo ular endi gazetani qoğozda emas, köproq gadjetlarda öqiydi. Xuddi badiiy kitoblarni elektron şaklda öqiganidek, gazetani ham şunday öqiydi. Qaçonki, gazetada uni qiziqtira oladigan material bölsa. Ming afsuski, bugungi kun öquvçisi hatto anʼanaviy televideniyeni ham körmay qöydi. Köradi faqat internetda öziga qulay payt, muhit hamda makonda. Gazetada mehnat qiluvçilar “bizga gazeta kerak”, deyişyapti. Albatta, kerak. Bunga heç kim qarşilik qilmaydi, gazeta kerakligini inkor ham etmaymiz. Faqat biz majburiy obunaga qarşimiz. Endi vijdonan javob bering-çi, majburiy obuna qilingan naşr öqiladimi? Yana takrorlab aytamanki, gazeta yaşaydi, qaçonki uning öz öquvçisi bölsa.
Olimjon ÖSAROV, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” jurnali boş muharriri:
— Zamonaviy jurnalistikaning umumiy tabiati sezilarli darajada özgardi: bu jamiyatning şaffoflaşayotgani, auditoriyaning faollaşayotgani, şaxslar faoliyati va axborot tezligining ösganligi bilan bevosita boğliq. Maʼlumki, auditoriya axborotni tez va sof holatda qabul qilişni istaydi, OAVning davlat va jamiyat örtasida betaraf bölişi tarafdori. Bu holatlar auditoriyaning layoqati, xatti-harakatlari, feʼl-atvori va xulqini şakllantiradi. Qolaversa, ommaviy axborot vositalari, xususan, jurnalistlar jamiyat va kişilar taqdiri oldida javobgarlikni his qilmoği lozim. Tabiiyki, bu jurnalist zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Norqobil JALIL, “XXI asr” gazetasi boş muharriri:
— “Çimyon-2021” anʼanaviy mediaforumi öziga xos ijodiy munozara maydoniga aylandi, desam, mubolağa bölmaydi. Tasavvur qiliş qiyin, bugungi murakkab şaroitda yuzga yaqin qalamkaşni bir davraga töplab, eng global mavzularni, ayniqsa, xolis sözi va ötkir qalami bilan jamiyat, xalqni uyğotmoqqa qodir soha — jurnalistika vakillari iştirokida muhokama qilinişi xayrli işlardan biri.
Şaxsan men moderatorlik qilgan mavzu — gazetaçilik bilan boğliq bahs-munozaralar ayni şu davrning eng oğriqli muammolaridir. Istaysizmi, yöqmi, hozir bosma naşrlar muşkul ahvolda turibdi: yaʼni avvalo, iqtisodiy ahvol haminqadar, bir yoqda izdan çiqiş darajasiga yetib kelgan poçta, matbuot tarqatiş tizimi OAVni obrösizlantirişga “hissa” qöşganiyam bor gap. Demak, mamlakatdagi barça böğin naşrlari — u respublika yoki viloyat va tuman miqyosida böladimi, baribir muassislar qovoğiga möltirab qarab ötirgani taşvişli. Yana bir masala, dasti uzunroq taʼsisçilar bir amallab öz naşrini qöllayapti, otasiga rahmat şundaylarning. Lekin hatto şunday naşri borliginiyam unutvorgan davlat va nodavlat taşkilot idoralari-çi? Mana, muammo ildizi qayerda?
Bir söz bilan aytadigan bölsam, bu nufuzli anjuman hammamiz uçun foydali va samarali keçdi. Fikr, tajriba almaşildi.
Husan ERMATOV, “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari boş muharriri:
— Gazetaçilik juda maşaqqatli kasb. Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, talaba amaliyotçiga birgina gazeta korrekturasining özi universitetning bir kursi bera olmagan taʼlimni bera oladi. Töğrisi, men Şerzodxon Qudratxöjaning gazeta haqidagi fikrini yölda kelayotganda öqib qoldim va juda xafa böldim. Şerzodxon bu fikrni “Press klub” rahbari sifatida bildirgan bölişi mumkin. Lekin uning rektor sifatida bunday fikr bildirişga maʼnaviy haqqi yöq. Töğrisi, buni uning öziga ham aytdim. Maʼlumki, mamlakatimizdagi 5 ta oliygohda jurnalistika fakultetlari bor. Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti aynan jurnalistika sohasida birinçi raqamli taʼlim muassasasi. Bunda rektor har bir fakultetni tarozining teng pallasiga qöyişi muhim. Töğri, Şerzodxon zamonaviy jurnalistikaga çuqurroq kirib boriş töğrisida öylayapti. Biroq heç ikkilanişsiz aytiş mumkinki, gazetaçilik jurnalistikaning yuragi. Zero, gazeta “qozonida pişgan” kadrgina jurnalistikaning boşqa yönalişlarini ham qiyinçiliksiz torta oladi. Bugun qaysidir ijtimoiy tarmoqda yoxud televideniyeda faoliyat yuritayotgan yoş jurnalistga diktant yozdirib köring… Afsus, haqiqat şuki, jurnalistikada aksariyat holatlarda yaxşi maqola yozolmaydigan, kerak bölsa, yaxşi körsatuv qila olmaydigan mutaxassislar tahsil olmoqda.
Abdusaid KÖÇIMOV, Özbekiston Milliy axborot agentligi — ÖzA boş direktori:
— Matbuot bugun öz imkoniyatlaridan samarali foydalanmasa, özini körsatmasa jamiyatdagi örnini yöqotadi. Bu işni kim bajaradi – jurnalistlar. Buning uçun hamkasblarimiz jiddiy, jamoatçilik fikrini şakllantiradigan mavzularni yoritişi, tanqidiy-tahliliy materiallarni köproq yozişi kerak. Jurnalist mahorati va jasoratini uyğunlaştirib mehnat qilsa, yozsa, albatta zimmasidagi vazifasini bajariş bilan birga matbuot rivojiga hissa qöşadi.
Xurşid DÖSTMUHAMMAD, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati:
— Qöl telefoni bugun, göyoki xalqimiz dunyoqaraşini sinovdan ötkazyapti. Katta-yu kiçik şu matohga boğlanib qolgan. Bu sinovdan qanday ötiş har birimizga boğliq. Köproq öqişimiz, yozişimiz kerak. Hozir köp aytilayotgan “gazeta yöqolib ketadi” degan gap bölmagan gap. Bundan taşvişlanmang. Yozmay qöyişdan, yozolmaslikdan taşvişlaning. Tahliliy-tanqidiy yozişimiz, odamlarni ham şunday fikrlaşga örgatişimiz zarur.
Abdurasul JUMAQULOV, “Hurriyat” gazetasi boş muharriri:
— “Majburiy obuna” bahonasida millionlab farzandlarimiz — yoş nihollarimiz hatto bolalar naşrlari bölgan “Ğunça”, “Tong yulduzi”, “Gulxan” kabi naşrlarni körmasdan maktabni bitirib ketişmoqda. Yaxşi eslaymiz, bir paytlar har bir boşlanğiç sinfda neçta bola bölsa, şunça “Ğunça” yoki şunça “Tong yulduzi” kelar edi. Narxi ham arzimagan pul bölardi. Kattaroq sinfga köçganimizda har bir sinfdoşimiz “Gulxan”ni olar, qiziqib öqir edi.
Bu naşrlar tom maʼnoda hayotimiz şamçiroği bölgan. Kitobga, adabiyotga mehr şundan boşlanar edi-da. Bugun-çi, hayotimizda turli bahonayu betayin vajlar tufayli, bu jihatlarga eʼtibor maʼlum darajada yöqolib qoldi. Yöqsa, 10 mingdan ortiq maktablari bor, millionlab bolalar öqiydigan yurtda öquvçilarning jurnallari, gazetalari respublika böyiça bir ming, yo ikki ming nusxada çop etilarmidi?!
Bu degani hatto 6-7 ta maktabga bu naşrlar aqalli bir nusxadan ham bormayotir, deganidir. Agarda har bir maktab öquvçisi aytaylik, “Gulxan”ni olsa, bugungi kunda u yuz ming töğriroği, million nusxada çop qilinmasmidi?! Uning obuna bahosi ham köpi bilan 3-4 ming söm bölardi, şunda. Öylaymizki, bundan aksariyat ota-onalar ham xursand bölişar edi. Eng muhimi, jamiyatning ertasi uçun bu masalada önglaniş bölişi şart.
Muhammadjon OBIDOV, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Farğona viloyati bölimi raisi:
— Çimyon anʼanaviy mediaforumi bu yil töqqizinçi marotaba ötkazildi. Bu yilgi forumning boş mavzusi esa bosma naşrlar va elektron OAV bir-biriga raqobatçimi yoki bir-birini töldiruvçi vositalarmi degan muammoli savollarni bir hafta davom etgan forumimizda muhokama qildik, bildirilgan takliflar ustida işlandi, kelgusidagi işlarimiz xususida kelişib olindi. Şuningdek, forumda mamlakatimizning bir qator yetakçi naşrlari boş muharrirlari hamda xalqaro axborot agentliklari, saytlaridan vakillar jalb etilib onlayn tarzda forum iştirokçilari bilan muloqot olib borişdi. Hududlardan kelgan jurnalistlar esa özlarini qiziqtirgan barça savollariga ulardan javob olişib, takliflarini ham aytib ötişdi.
Navbahor IMOMOVA, “Amerika ovozi” axborot agentligi (AQŞ) muxbiri:
—Jurnalist uçun heç qaçon yaxşi va köngildagidek hukumat bölmaydi, hukumat esa jurnalistga doim ham barça maʼlumotlarni oçiq-oydin aytişni, bildirişni istamaydi. Har ikki tomonda ham qarama-qarşi tomondan köngil tölmasligi yoki unga tölaqonli işonç bölmasligi bor gap. OAV xalq muammosini eşitib, uni omma eʼtiboriga havola qilgani yaxşi, albatta.
Ammo fuqaroni esa OAVga muammoni hal qiluvçi emas, muammo haqida jamoatçilikka xabar beruvçi vakil sifatida qaraşga örgatiş şart. Afsuski, bugungi kunda Özbekistonda OAVga murojaat qiluvçi fuqarolardan nega jurnalist meni eşitib, muammolarimni olib çiqmayapti, nega mening işimni hal qilmayapti, jurnalistlarga Prezidentning özi işonç bildirgan-ku, degan mazmundagi şikoyatlarni eşitib qolamiz. Yaqinda menga Namangandagi bir maktab direktori telefon qilib, maktabdagi muammoni olib çiqişimni söradi.
Men esa maişiy muammolarni olib çiqmasligimni bildirdim va mahalliy OAVlarga murojaat qilişni taklif qildim. Direktor esa respublikadagi OAVlar heç narsani hal etmasligini, hatto respublikadagi eng katta internet naşri uning muammosini uç-tört marotaba olib çiqqanini, biroq masala haligaça hal etilmaganini aytdi. Şunda men OAV muammoni hal etuvçi emas, muammodan jamoatçilikni xabardor qiluvçi ekanligini taʼkidladim. Lekin murojaatçi buni tuşunişni ham istamadi.
AQŞda OAVlar odamlarni qiynayotgan kiçik, maişiy muammolarni umuman yozmaydi. Bunga ehtiyoj ham yöq, aslida.
Ismat Xuşev, “Dunyo özbeklari” internet sayti (Kanada) rahbari:
— Bu kabi rasmiy tadbirlarda “Ozodlik”, “Bi-bi-si” kabi axborot agentliklari vakillarining ham iştirok etişi Özbekiston yangilanayotganidan, demokratik tamoyillar hayotga keng tatbiq etilayotganidan dalolat, qani endi imkonim bölsa edi, men ham oralaringda bölib qolib sizlarning maşğulotlaringda qatnaşsam. Forum işiga omad tilagan holda, barçaga çuqur salomimni yöllayman.
…Ha, deyarli bir hafta davom etgan Forum öz işini yakunlar ekan, uning barça iştirokçilarida katta hayajon, turli hududlardan kelgan jurnalistlar bir-birlari bilan yaqin qadrdonlar, aka-uka, opa-singildek bölişga ulgurişgan edilar. Anjuman yopiliş onlarida kimlarningdir közlarida yoşlar, yana kimdir esa viloyatlar örtasida bunday forumlarning sonini köpaytiriş borasida fikr bildirişdi. Şundan ham, forum ularning ijodiy qobiliyati, kasbiy mahoratini rivojlantiriş, OAV örtasida doimiy hamfikrlik bilan işlaşga undadi. Xayr Çimyon, rahmat senga Farğona. Biz seni soğinib qolamiz!
Islom Asilbekov
