Lölilarning barçasi tilançi emas, ammo…

Kunlar isib, kursdoşlarimiz bilan darsdan böş paytlari xiyobonlarda sayr qilib yuradigan kunlar kela boş­ladi. Bu gal guruhdoş döstlar bilan gözal poytaxtimizning Amir Temur xiyoboniga borişni rejalaştirdik. U yerda rassomlar yoymasini tomoşa qiliş, tengqurlar bilan muzqaymoq yeb çaqçaqlaşişga nima yetsin…

Universitetimizdan sayilgohga qarab piyoda yöl oldik. Hammamiz xursand edik. Bir-birimizga iliq gapirib, ruhiyatimizda yengillik his qilardik. Oloy bozori oldiga yetganimizda esa, quvnoq kayfiyatimizni qora bulut bosgandek, oğirlaşib qoldik. Qöliga: “Ota-onam yöq. Yolğiz akam nogiron. Akamga dori olişim kerak, yordam bering”, deb yozilgan, ğijim va kir qoğozlarni uşlab olgan löli bolalar yölimizni tösdi.

Guruhdoşlar bir-biriga qarab qolişdi. Oramizda qizlar ham bor, nima qilişni bilmasdik. Boğça yoşidagi bu murğak bolalarga hoynahoy: “ota-onam yöq. Yolğiz akam nogiron…”, deb yozib bergan onasimi yo opasimi bölsa kerak, çunki kattalari yöl çetidagi bekatda qöllarini qöltiqqa tiqqança saqiç çaynab ötirişardi. Bolalar esa yölida uçragan odamdan sadaqa sörayapti.

Ular kusdoş qizlarimizning yelkasini silab tilanaverdi. Pulim yöq, desa ham heç ortidan qolmadi. Kutilmaganda bittasi bir kursdoşimizning qölidagi yeb ketayotgan muzqaymoğini kir qöllari bilan şarta çangalladi. Kursdoşimiz odamlardan uyaldi şekilli, qolganini unga berib yubordi. Körib toza xunobim oşdi…

Yölda ketarkanman Farğonada bölgan bir voqea yodimga tuşdi. Yozyovon tumanidagi “Markaziy Farğona” gazetasi tahririyati qoşidagi ijodkorlar klubiga borardim. Bir safar töplanganimizda bir ijodkor qiz, lölilardan gap oçgandi: “Lölilar tilançilikdan boşqa iş qilarmikin-a. Ular ham öqisa, yaxşi işlarda işlasa bölmasmikin-a?”. Uning gaplariga boşini eggança indamay tinglab ötirgan bir çiroylikkina qiz mayin ovozda javob qaytargandi: “Toğalarim harbiy, xolam öqituvçi, biz ham lölimiz”. Barçamiz did bilan kiyingan, kamtar va kamsuqum bu qizning javobidan qotib qolgandik. Çunki hammamiz lölilarni faqat tilançilik qiladi, eski-tuski yiğib yuradi, deb öylardik-da.

Hammasi bir böldi-yu, lölilar haqida maʼlumot yiğa boşladim.

“Qadimda köçmançi hayot keçirgan bu qavm vakillari qanday geografik, ijtimoiy, madaniy muhitga tuşsalar, şunga mos kasb-korni egallab ketaverganlar. Masalan, Markaziy Osiyo lölilari XIX asr oxirlariga qadar dallollik, zuluk sotiş, yoğoçlardan turli uy-rözğor buyumlarini tayyorlaş, panşaxa, ketmon, ğildirak töğini, ğildirak gupçagini çarxlaş, döppi, belboğ tikiş, qalaydan halqa yasaş kabi maşğulotlarga uquvlari baland bölgan. Şu bilan bir qatorda, zargarlik, paranji uçun otning qilidan çaçvon tayyorlaş ham etnik guruh vakillari faoliyatining bir qismini taşkil etgan.

Lölilarning musiqa, raqs, hayvonlarni örgatuvçilikka rağbatlari kuçli bölib, bozorlar, sayillar, jamoat joylarida turli xalq tomoşalarini körsatib, şuhrat qozonganlar. Ayollarining köpçiligi esa, xalq tabobati va tilançilik bilan şuğullaniş orqali oila iqtisodiga sezilarli hissa qöşganlar. Bundan taşqari, löli etnik guruhlaridan biri mazanglar ötroq hayot keçirib, boşqa uruğlaridan farqli ravişda, asosan, dehqonçilik qilib, ayollari turli pardoz buyumlari savdosi bilan maşğul bölişgan” (maʼlumotlar Hordiq.uz saytidan olingan). Bu maʼlumotlar bilan tanişib hamda yuqoridagi qizning gapini eşitib ularning qadimdan faqatgina tilançilik qilgan, degan fikrimdan batamom qaytdim.

Internet maʼlumotlariga köra, bugun Özbekis­tonda istiqomat qilayotgan lölilarning turmuş tarzi ötmiş­dagidan ança farq qilib, ijtimoiy va madaniy rivojlaniş közga taşlanadi. Davlatimiz tomonidan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilgan şaroitlardan lölilar ham foydalanişga harakat qilayapti. Şu kunlarda lölilarning orasidan tadbirkorlik yoki kiçik biznes bilan şuğullanuvçi qatlam şakl­langan. Taʼlim jarayonlariga ham keng kölamda qamrab oliş çeklanmagan.

Demak, ularning ham boqimanda va dangasalarigina tilançi bölib qolyapti, desak töğri böladi. Biz esa özimizning “saxovatimiz” bilan ularning mana şu “kasb”ini davom ettirişlariga sababçi bölyap­miz. Özimça fikr qilaman, balki heç kim sadaqa bermasa yurişlari besamar bölayotgan bolalar ham bir kuni maktabga borişni istab qolarmidi…

Balki OAV larda öz işini yölga qöygan, havas qilsa arzigudek şaroitda yaşayotgan lölilarni ularga ibrat qilib körsatiş bilan töğri yölga boş­laş mumkin bölar. Axir, yuqorida aytganimizdek, ziyoli, işbilarmon, tadbirkor lölilar ham oramizda bor.

Kamoliddin RÖZIMATOV,

ÖzJOKU talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan