Özbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga

Qadrli vatandoşlar!

Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari!

Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan çin qalbimdan tabrik­lab, barçangizga özimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildiraman.

Mamlakatimizda ilk bor nişonlanayotgan uşbu bayram yaşariş va yangilaniş, mehr-oqibat ayyomi – Navröz tantanalari davom etayotgan mana şunday şukuhli kunda ötkazilayotganida öziga xos ramziy maʼno bor.

Mahalla – asrlar oşa milliy urf-odat va anʼanalarimizni beza­vol saqlab, xalqimiz uçun ezgulik va tarbiya beşigi, yaxşi qöşniçilik va hamjihatlik maskani bölib kelmoqda.

Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan-kam uçraydigan, insonni jamiyat bilan uyğun bölib yaşaşga örgatib, bağrikenglik ruhida tar­biyalaydigan, xalq bilan davlat örtasidagi işonçli köprik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tuşunamiz.

Ayni paytda, yurtimizda yaşayotgan har bir inson, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, öz hayotini, quvonçu taşvişlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi.

Şu bois, biz keyingi tört yilda mahalla institutiga milliy davlatçiligimizning asosiy quyi böğini sifatida qarab, uning jamiyat boşqaruvidagi örni va rolini oşirişga qaratilgan keng kölamli va puxta öylangan islohotlarni amalga oşirayotganimizdan barçangiz yaxşi xabardorsiz.

Bu davrda soha rivojiga doir 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, har bir hududda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etilganini alohida qayd etiş lozim.

Yurtimizda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, muhtaram nuroniylarimizning ijtimoiy faolligini oşiriş, fuqarolar yiğinlarining jamiyatdagi mavqei va taʼsirini kuçaytirişga kömaklaşiş maqsadida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi.

Fuqarolar yiğinlari raislarining huquq-tartibot, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy hamda obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosarlari lavozimi joriy qilindi. Soha xodimlarining mehnatini rağbatlantiriş maqsadida ularning oylik maoşlari 3 baravarga oşirildi, mahalliy özini özi boşqariş idoralari faollari hamda keng jamoatçilik vakillari uçun “Mahalla iftixori” kökrak nişoni taʼsis etildi.

Fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida 1 ming 163 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 3 ming 612 tasi rekonstruksiya qilindi va taʼmirlandi. 110 ta tuman va şaharda “Mahalla markazi” maj­mualari barpo etildi, 4 ming 319 ta mahalla binolarida kutubxonalar taşkil qilindi.

Soha xodimlarining jamiyatimizda maʼnaviy muhit barqarorligini, millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, yoşlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, aholini ijtimoiy himoya qiliş borasidagi fidokorona xizmatlarini el-yurtimiz yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.

Ayniqsa, mahalla faollarining pandemiya davrida körsatgan çinakam jonbozliklari, xususan, sinovli kunlarda odamlar holidan xabar oliş, kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, muhtojlarga mehr-muruvvat körsatiş, aholi bandligini taʼminlaş singari ğoyat muhim va dolzarb masalalarda davlatimizga mus­tahkam tayanç bölib maydonga çiqqanini minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz.

Jumladan, bu davrda mahalla faollari tomonidan 700 mingga yaqin fuqaroning bandligini taʼminlaş, 60 mingdan ziyod yurtdoşlarimizni tadbirkorlik va hunarmandçilikka jalb etiş, imkoniyati çeklangan 754 mingdan ziyod oilalarning tomorqalaridan samarali foydalanişga amaliy yordam körsatilganini alohida eʼtirof etiş zarur.

Mahallalarda haşar yöli bilan 164 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarning xonadonlari taʼmirlanib, 1000 ga yaqin kambağal oilalarga uy-joylar qurib berilgani, 10 ming kilometrga yaqin içki yöllar va 644 ta köprik taʼmirlangani, 339 ta köprik yangidan qurilgani, qariyb 2 ming kilometr uzunlikda içimlik suvi tortilgani va 1 ming 300 ga yaqin nasoslar örnatilganida sizlarning katta hissangiz bor.

Jamiyatda soğlom maʼnaviy muhit asoslarini mustahkamlaş maqsadida ötgan yili mahalla faollari kömagida ajraliş yoqasiga kelib qolgan 21 mingga yaqin oila yaraştirilgani, 16 mingdan ziyod oilaning notinçligiga barham berilgani, 5 mingga yaqin mahallada jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmagani, namunali mahallalar soni 1 ming 704 taga yetgani albatta tahsinga loyiqdir.

Aziz döstlar!

Bugungi keskin va şiddatli globallaşuv davrida yurtimizda özaro ahillik va totuvlik, mehr-oqibat va bağrikenglik tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaşda mahallalarning örni va nufuzi tobora ortib bormoqda.

Ayni paytda uşbu tizimning nufuzi va faoliyati samarasini kuçaytiriş, uni fuqarolar öz fikri va dardini, taklif-tavsiyalarini erkin aytadigan, muammosiga yeçim topadigan çinakam xalqçil idoraga aylantiriş har qaçongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Xalqimizda: “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan gap bejiz aytilmagan. Farzandlarimizning maʼnaviy barkamol insonlar bölib voya­­ga yetişi, yoş oilalarning mustahkam oyoqqa turib olişida uşbu tuzilmaning rolini yanada oşiriş,

“Har bir nuroniy – beş nafar yoşga murabbiy” tamoyili asosida boşlangan ezgu işlarimizni izçil davom ettiriş bugungi kun talabidir.

Mahalla raisi faol islohotçi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam bölişi, öz bilim va malakasini doimiy oşirib boriş haqida öylaşi, “Obod mahalla”, “Obod köça”,

“Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etiş, turli ijtimoiy muammolarni hal qiliş, işsizlik va kambağallikni qisqartiriş, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantiriş çoralarini körişi darkor.

Xalqimizni hayotdan rozi qilişdek uluğvor maqsadga erişiş yölida biz islohotlarni “mahallabay” asosda amalga oşiriş, barça qiş­loq va mahallalarimizni jadal rivojlantirişga birinçi darajali eʼtibor qaratmoqdamiz.

Ayni vaqtda aholining ehtiyojmand qatlami bilan manzilli iş olib boriş, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yurtdoşlarimiz muammolarini “xonadonbay” hal etişda, heç şubhasiz, mahalla organlari muhim örin tutadi.

“Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oşirişda biz avvalo mahalla tizimiga, mahalla faollari va fidoyilarining ulkan salohiyatiga tayanamiz.

Biz mahalla institutini har tomonlama rivojlantiriş, uning moddiy-texnik bazasini mus­tahkamlaş, soha xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga bundan buyon ham bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Şu borada bir fikrni taʼkidlab aytmoqçiman:

Mahalla obod bölsa – yurt obod böladi. Mahallada özgariş bölsa – butun jamiyat özgaradi.

Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

Muhtaram faxriylarimiz!

Xalq işonçini oqlaş, unga munosib böliş – dunyodagi eng uluğ baxtdir. Şunday baxt, şunday şaraf hammangizga nasib etsin!

Sizlarni bugungi qutluğ bayram bilan yana bir bor muborakbod etar ekanman, barçangizga mustahkam soğliq, xonadonlaringizga fayzu baraka, masʼuliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan