Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Navröz umumxalq bayramiga bağişlangan tantanali marosimdagi tabrik sözi
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoşlar!
Qadrli döstlar!
Siz, azizlarni, sizlar orqali köp millatli xalqimizni şarqona yangi yil – Navröz bayrami bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, hurmatli aka-uka, munis opa-singillarimizga, navqiron yoşlarimiz, suyukli farzandlarimizga, xorijdagi vatandoşlarimizga – butun el-yurtimizga özimning yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hammamiz orziqib va soğinib kutadigan yangilaniş va yaşariş ayyomi – Navrözi olam barçamizga muborak bölsin!
Buyuk Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navröz bölsin!
Hurmatli yurtdoşlar!
Ötgan yili pandemiya tufayli Navröz bayramini har doimgidek katta tantana qilib, keng nişonlay olmagan edik. Öşanda, bu taşvişli kunlar albatta ortda qoladi, hali köp töy-tomoşa va sayillarni xalqimiz bilan birgalikda ötkazamiz, deb ezgu niyat qilgan edik.
Bugun ana şu orzu va intilişlarimiz röyobga çiqmoqda. Gözal va jonajon yurtimizda yana şodiyonalar, yana quvonçli kunlar boşlanmoqda.
Albatta, barçamiz yaxşi tuşunamizki, butun dunyoda koronavirus balosi hali töla bartaraf etilgani yöq. Afsuski, u biz bilan birga, yonimizda yaşamoqda.
Xalqimiz soğliğini asraş yölida qanday saʼy-harakatlar va katta amaliy işlar qilganimiz barçangizga yaxşi maʼlum. Endi şunça mehnatimiz, körgan çora-tadbirlarimiz bekorga ketmasligi uçun pandemiyaga qarşi kuraşni bir lahza ham töxtatmasligimiz lozim. Özimiz va yaqinlarimizni himoya qilişimiz, beparvolik va beğamlikka berilmasligimiz şart. Doimo huşyor va masʼuliyatli bölib yaşaşimiz, töplagan tajribamizga tayanib, albatta, ehtiyotkorlik bilan tizimli iş olib borişimiz zarur.
Şundagina mehnatkaş xalqimiz bilan ezgu maqsadlarimiz va katta rejalarimizni yangi kuç, yangi ğayrat bilan davom ettira olamiz.
Bugun sizlarning nurli çehrangizni körib, xalqimiz ham xuddi gözal bahor faslidek kuç va qudratga tölib borayotganiga yana bir bor amin böldim.
Köklam nafasi yurtimiz uzra kezayotgan mana şunday tarovatli kunlarga soğ-omon yetkazgani uçun Yaratganga çeksiz şukronalar aytiş biz uçun ham qarz, ham farzdir.
Aziz vatandoşlar!
Pandemiya boşlangan birinçi kunlarda men xalqimizga murojaat qilib, bu sinovdan yanada kuçli va qudratli bölib çiqamiz, deb işonç bildirgan edim.
Çindan ham, bizning kuçimiz – birlik va ahillikda; bizning qudratimiz – mehr-oqibat, özaro kömak va saxovatda; bizning yutuğimiz ertangi kunga bölgan yuksak işonçimizda.
Bu adolatli haqiqatni boşimizdan keçirgan sinovli kunlar yana bir bor isbotladi.
Mana şu maşaqqatli davr bizning bir-birimizga naqadar boğliq va kerak ekanimizni yaqqol körsatdi. Şuningdek, bir-birimizni asrab-avaylab, qadrlab yaşaşimiz hayotiy zarurat ekanini töla namoyon etdi. Biz faqat birgalikda, hamjihatlikda buyuk işlarga qodir ekanimizni pandemiya sinovlari yana bir karra tasdiqlab berdi, desam, sizlar ham bu fikrga qöşilasizlar.
Albatta, koronavirus tufayli dunyoda köp narsa özgarmoqda. Lekin xalqimizning ona tabiatga, muqaddas zaminga muhabbati, azaliy qadriyatlarga ehtirom va sadoqati aslo özgargani yöq. Aksinça, bunday olijanob xislatlarimiz yanada ziyoda bölmoqda, sayqal topmoqda.
Şu bois ham azaldan bahoriy uyğoniş va nafosat timsoli bölgan Navrözi olam biz uçun tobora ardoqli bölib bormoqda.
Bu yilgi Navrözning yana bir muhim jihati şundaki, u jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutluğ 30 yillik bayrami tadbirlari ötadigan yilga töğri kelmoqda.
Navröz – çinakam xalq bayrami, milliy özligimiz közgusi, maʼnaviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir.
Ming yillar oldin ota-bobolarimiz bu uluğ ayyomni qanday pok niyat va yoruğ umidlar bilan kutib olgan bölsalar, bugun ham xalqimiz mana şunday baland kayfiyat bilan Navrözga peşvoz çiqmoqda.
Yam-yaşil dalalar va gullagan boğlarda, maydon va xiyobonlarda, qişloq va ovullarda, mahalla va köçalarda Navrözning dilbar taronalari – Yangi kun navolari yangramoqda. Qir-adirlarda mard öğlonlarimiz köpkari çopib, kuraş tuşmoqda. Keksayu yoş yurtdoşlarimiz sumalak töla qozonlar atrofida öyin-kulgular qilib, bahor neʼmatlari va bayram quvonçini özaro baham körmoqdalar.
Şunday şukuhli va betakror damlarda barçamiz tinç va osoyişta hayot hamda xotirjamlik qadrini yanada teranroq his etmoqdamiz.
Bugungi murodbaxş va fayzli kunlarda mirişkor dehqon va fermerlarimiz ulkan niyat va rejalar bilan qadrdon dalasi sari yöl olmoqda.
Fursatdan foydalanib, azmu şijoatli bobodehqonlarimizni yangi mehnat mavsumi bilan samimiy qutlaymiz. Uşbu qutluğ bayram kunlarida joriy yilda ham dalalarda hosillarimiz möl va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda bölsin, deb barçamiz duolar qilamiz.
Hurmatli bayram iştirokçilari!
Navrözning ölmas ruhi va boqiy falsafasi biz bugun bunyod etayotgan yangi Özbekiston ğoyasi bilan ğoyat uyğun va hamohangdir.
Butun olam, yeru kök uyğonayotgan bu ajib faslda yurtimizdagi yangi Uyğoniş davri – Uçinçi Renessans orzusi qalblarimizga beqiyos kuç va işonç olib kirmoqda.
Xalqimizning fidokorona mehnati, qatʼiy siyosiy irodamiz bilan biz keng kölamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz. Qançalik qiyin bölmasin, el-yurtimiz manfaatini, jondan aziz farzandlarimiz kelajagini taʼminlaşga xizmat qiladigan, tanlagan töğri yölimizdan heç qaçon ortga qaytmaymiz.
Ayni şu maqsadda mamlakatimizda önlab zamonaviy korxonalar, sanoat hududlari va klasterlar, “IT-park” va texnoparklar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, şinam uy-joylar, körkam boğça va maktablar, oliy öquv yurtlari, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etilmoqda. Şahar va qişloqlarimiz qiyofasi tobora çiroy oçib, jonajon diyorimiz yanada obod va gözal bölib bormoqda.
Zero, Navrözi olamning mazmun-mohiyatida insonni uluğlaş, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qöyiş kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.
Yurtimizda aholining barça qatlamlari, birinçi navbatda, xotin-qizlar va yoşlarning muammolarini hal etiş, ularni bilim va kasb-hunarga örgatiş, iş örinlari, daromad manbai, turar joylar bilan taʼminlaşga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy yordam va kömakka muhtoj, köngli yarim insonlarga çinakam eʼtibor va ğamxörlik körsatiş doimiy faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.
Bu boradagi işlarimiz “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da mazmun va sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Mana şunday amaliy harakatlarimiz kelgusida yanada kengayib, “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” degan olijanob maqsadimizga albatta yetamiz.
Hurmatli döstlar!
Navröz – inson va tabiatni asrab-avaylaşga, tinçlik, döstu birodarlik va hamkorlik kabi umumbaşariy qadriyatlarni eʼzozlaşga çorlaydigan uluğ bayramdir.
Uşbu qutluğ ayyomda turli nizo va adovatlar, gina-arazlar unutiladi, xalqlar örtasidagi özaro hurmat va ahillik tamoyillari yanada kuçayadi.
Ana şunday beqiyos fazilatlari tufayli Navröz nafaqat mamlakatimiz, balki butun Şarq olamida zamonlar oşa bezavol yaşab kelmoqda. Şuning uçun ham Navröz yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillarini bir oiladek birlaştiradigan gözal bayramga aylandi.
Sizlarga maʼlumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 21 mart – Xalqaro Navröz kuni deb eʼlon qilinib, u YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan. Uşbu sananing jahon miqyosida keng nişonlanişi uning xalqaro nufuzi va ahamiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Mana şu nurafşon ayyomda uzoq-yaqin barça davlatlarning xalqlariga, xorijiy döst va hamkorlarimizga ezgu tabrik va salomlarimizni yöllab, ularga tinçlik va ravnaq tilaymiz.
Qadrli otaxon va onaxonlar!
Muhtarama opa-singillar!
Hurmatli aka-ukalar!
Aziz farzandlarim – navqiron yoşlarimiz!
Qadimiy va gözal bayramimiz – Navrözi olam bilan barçangizni yana bir bor çin dildan tabriklayman.
Şarqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, jonajon Özbekistonimizga tinçlik-xotirjamlik, soğliq-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin!
Ilohim, jamiki uluğvor maqsadlarimiz, yaxşi niyat va ulkan rejalarimiz röyobga çiqsin!
Vatanimiz yanada obod, xalqimiz hayoti hamişa farovon bölsin!
Azizlarim, Navrözi olam barçamizga, butun xalqimizga qutluğ va muborak bölsin!
