Ikkinçi Jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida Prezident farmoni
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I
IKKINÇI JAHON URUŞI QATNAŞÇILARINI
RAĞBATLANTIRIŞ TÖĞRISIDA
Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlaş kuni ötkazilişi, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlar xotirasini abadiylaştiriş, bugun ham saflarimizda turib Vatanimizning obrö-eʼtiborini yuksaltirişga, yoşlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga hissa qöşayotgan faxriylarni eʼzozlaş hamda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 76 yilligi nişonlanişi munosabati bilan uruş qatnaşçilari va nogironlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida:
- Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga
12 000 000 (ön ikki million) söm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
- Mazkur Farmonni bajariş bilan boğliq bölgan sarf-xarajatlar Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablağlari hisobidan amalga oşirilsin.
- Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofotining tantanali topşirilişini taʼminlasin.
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va şon-şarafi himoyaçilariga bağişlangan maxsus uçraşuvlar va madaniy-maʼrifiy keçalarni ötkazsin.
- Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV
Toşkent şahri,
2021 yil 20 aprel
