Xotira va Qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida Prezident qarori

Özbekiston Respublikasi Prezidentining

Q A R O R I

XOTIRA VA QADRLAŞ KUNIGA TAYYORGARLIK KÖRIŞ VA

UNI ÖTKAZIŞ ÇORA-TADBIRLARI TÖĞRISIDA

Ikkinçi jahon uruşi millionlab begunoh odamlarning bevaqt ölimiga, mislsiz yöqotişlar va talafotlarga sababçi bölgan dunyodagi eng dahşatli, qonli qirğinlardan biri sifatida insoniyat tarixida muhrlanib qoldi.

Köpmillatli Özbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik körsatib, faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga ulkan hissa qöşdi. Xususan, 2 millionga yaqin yurtdoşimiz janglarda iştirok etib, ularning 500 mingdan ortiği qahramonlarça halok böldi. Şu bilan birga, uruş davrida respublikamiz front uçun zarur bölgan oziq-ovqat, kiyim-keçak, qurol-aslaha va boşqa vositalarni yetkazib beradigan muhim taʼminot markazlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yurtdoşlarimiz janglar davom etayotgan hududlardan Özbekistonga köçirilgan 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yoş gödaklarni bağriga olib, oğir damlarda ularga beqiyos ğamxörlik körsatdi.

Xalqimizning tarix sahifalariga öçmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak maʼnaviyati barçamizning qalblarimizga çeksiz ğurur-iftixor bağişlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalaşda ilhomlantirib kelmoqda.

Şuning uçun bosqinçi va yovuz kuçlarga qarşi maşaqqatli kuraşlarda bukilmas iroda va mardlik namoyon etib, bugungi tinç va osoyişta kunlarimiz uçun jonini fido qilgan jasur yurtdoşlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlaş va faxriylarimizning hurmatini joyiga qöyiş yurtimizda ezgu anʼanaga aylangan.

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlaş kunini keng nişonlaş, Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga munosib hissa qöşgan, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xotirasini abadiylaştiriş, oramizdagi barça faxriylarga hurmat-ehtirom körsatiş maqsadida:

  1. Quyidagilar:

9 may – Xotira va Qadrlaş kuni, umumxalq bayramiga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş dasturi (keyingi örinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

9 may – Xotira va Qadrlaş kuni, umumxalq bayramiga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş böyiça işçi guruh (keyingi örinlarda – Işçi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Işçi guruh (A.Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Xotira bor ekan – millat barhayot”, “Eʼtibor va ğamxörlik – insoniy burç” şiorlari ostida yuqori saviyada ötkazilişini taʼminlasin;

yolğiz va kam taʼminlangan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining turar joyi va uy xöjaliklarini taʼmirlaş, obodonlaştiriş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirsin;

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga, front orti mehnat faxriylariga, mus­taqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiş maqsadida tegişli vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar hamda harbiy qismlar rahbarlari tomonidan uşbu toifadagi şaxslarni qutlaş uçun ularning yaşaş joyiga taşriflarini taşkil etsin;

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat körsatiş, ularni parvariş qiliş maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (şartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravişda patronaj xizmatini yölga qöysin;

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilişini taʼminlasin.

  1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

viloyatlar, şaharlar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça kompleks tadbirlarni işlab çiqsin va amalga oşirsin;

Toşkent şahrida “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasida, viloyatlarda “Vatanparvarlar” boğlari va boşqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyişi, Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasini, jumladan, uruş yillarining qöşiq va kuylari hamda tegişli şaroitlar yaratiş bilan boğliq tadbirlarni taşkil etsin;

köçalar va maydonlar bayramga bağişlangan plakatlar va stendlar bilan bezatilişini taʼminlasin.

  1. Belgilansinki, bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toşkent şahrida bölib ötadigan asosiy marosimlarga temir yöl yoki avtomobil transportida kelib-ketişi, mehmonxonalarda joylaşişi, ovqatlanişi, madaniy hordiq çiqarişi bilan boğliq xarajatlar, şuningdek, zarur hollarda, tegişli kiyim-keçaklar bilan taʼminlanişi:

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – tegişli mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toşkent şahrida – Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Toşkent şahar mahalliy byudjeti mablağlari hisobidan teng uluşlarda qop­lanadi.

  1. Mudofaa vazirligi Toşkent şahrida 2021 yil 9 may soat 21.00 da Xotira va Qadrlaş kuniga bağişlangan bayram salyutini taşkil qilsin.
  2. Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar ötkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlasin.
  3. Xotira va Qadrlaş kuni bayramini nişonlaş bilan boğliq barça ommaviy tadbirlar Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş çora-tadbirlari dasturini tayyorlaş böyiça res­publika maxsus komissiyasining tavsiyalari asosida amalga oşirilsin.
  4. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq jarayonlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

                                  Özbekiston Respublikasi Prezidenti             Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2021 yil 20 aprel

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan