Boğlar şarbatga tölaversin
Yoşligimda (1960–1970 yillar) Marğilon şahri istirohat boği yonboşidan boşlanib Eşonguzar qişloğiga olib boradigan uç çaqirimça yölni bosib döppifuruş ayolnikiga borişni yaxşi körardim. Sababi – öşa köçadagi bir hovlida baland, qari nok daraxti bor edi. Ayniqsa, uning şoxlarida mevasi pişib turganini köriş… Töğrisi, öşanda bir dona butun nok mevasini tişlab-tişlab yeyişni… faqat men emas, köpçilik tengdoşlarim orzu qilardik. Çunki aqlimni taniganimdan uyimizga faqat nozik mehmonlar kelganda dasturxonga qöyiş uçun yoki kimdir kasal bölib qolganda unga tansiq taom sifatida sanoqligina nok olib kelinardi. Ayni nok pişiğida uning bir donasini bir neça kişi bölişib yerdik.
Paxta yakkahokimligi ildiz ota boşlagan öşa yillarda, garçi biz şaharda yaşasak ham, hovlimizda uzum toklaridan boşqa meva daraxti yöq hisobida edi. Sal böyi çözilib şoxlagan olma, örik daraxtlarini kattalar kesib taşlaşardi, aytişlariça, agar ular közga körinib qolsa, soliq idorasi xodimlari kelib, bu daraxtlargayam soliq solişarkan. Bizning oilada oltita farzand, devor-darmiyon bölgan amakimning yettita öğil-qizlari bor edi. Hammamiz bobomizdan qolgan tomorqaning içkarisi – köçadan çetroqda bölgan bir tup qandak örik dovuççalaganidan boşlab tagidan ketmasdik, mevasi pişar-pişmas deyarli yeb tugatardik. Yana bir marvarid tutimiz bor edi, uning mevasidan özimiz, qöni-qöşni bir-ikki marta bahramand bölib, endi şiğil pişa boşlaganda qandaydir boşliq yetagida kelgan uç-tört kişi uning şoxlarini kesib-kallaklab maşinaga ortib ketişardi. Bu hol heç kimga yoqmayotgani körinib turar, qança odamning rizqi şu şoxlar bilan kesilib ketayotganini şivirlab gapirişar, lekin davlatga pilla yetkazib berilişi siyosiy masala deb izohlanar, şuning uçun pilla qurtiga ozuqa bölgan tut şoxlarining mevalari ayni oqara boşlagan pallasida kesib ketişlariga heç kim qarşi söz aytolmasdi ham.
Bolalik, yoşlikda inson tanasi höl mevaga boşqaça öç, talabgor böladi. Köp yillar davomida kitoblardagi suratlar orqaligina köriş mumkin bölgan mevazor boğlar, şoxlardagi larzon yoz neʼmatlari xayolimda ertakka öxşardi. 1983 yilning ayni bahorida yozilgan quyidagi satrlar öşa yillar manzaralaridan xotira:
Yangi kun – yangi baxt, yangi orzular,
Boşingiz but bölsin, qavmingiz unsin
Bobomdan qolgan, ey marvarid tutlar.
Dorilar mavsumiy kuç bergan yerim,
Doridan hosilin puç bergan yerim –
Qop-qora, qup-quruq etakka öxşar.
Bu yilgi bahorda ertakka öxşar
Olmayu anjirli, tokli hovlilar,
Qaydadir bor bölsa, nokli hovlilar…
Bundan öttiz beş yil avvalgi bir voqea ham sira yodimdan çiqmaydi: qöşni kelin aprel oyi oxirlarida nok mevasiga boşqoronği bölib qoldi. Kelin-kuyovning ota-onasi viloyatda yaşaşardi. Kelin yuragini menga oçardi: “Xöjayinimga aytdim, bugun bozorni yaxşilab aylanib, nok topib olib keladilar…” Köp qavatli uyning bitta yölagida yaşaymiz, har kuni köz-közga tuşadi. Ayol ertasiga yana dil yoradi: “Keça katta bozorda ham nok uçratmaptilar. Erim, yaqinda nok pişadi-ku, ötgan yilgisi qoldimi, deyaptilar…” — bu gapni aytayotgan bölajak onaginaning közlaridagi mislsiz taşnalikni körsangiz. Bunaqa paytda ayol ahvolini ayoldan ortiq heç kim anglamaydi, his etmaydi. Kelin sahroda suv izlagan yölovçi kabi entikib, soğinib sözlardi: “Tuşlarimda ham nok köraman. Suvlarda çiroyli mevasi oqib keladi, olmoqçi bölaman, ammo qölim yetmay yonginamdan ötib ketadi. Uyğonib ketaman, köksimning mana bu yeri jizillab kuyayotgandek, nok yesam, öşa joy taskin topadigandek…” Şu gapning ertasiga ertalab men bir yaşar qizimni aravaçaga solib Eski şahar bozoriga bordim. Rastalarni şoşilmay aylandim, haqiqatan ham nok degan meva körinmaydi. Bir payt… bozorning çekkasidagi peştaxtaga keksa odam kiçkina toğoraçada qoğozlarga öralgan nok qöyib ötirganiga közim tuşib qoldi. Çöntagimdagi hamma pulni çiqarib, şunga yaraşa nok berişini söradim va ikki dona meva bilan uyga çopdim. Bu ajoyib neʼmatni körgan kelin közlariga işonmasdi, nazarimda, butun vujudi minnatdorlikka aylangandi. Yombi, yöq undan ham qimmatu noyob narsa topib olgan kabi mevani bağriga bosib uyiga uçib kirib ketdi va… heç qança vaqt ötmay eşigimiz taqilladi. Oçsam, qöşni kelin: “Opa, bittasi yetarli ekan, yedim, hamma çanqoğim, mana bu yerimning jizillaşi bosildi. Bunisini özingiz…” Kulib qölini qaytardim.
Neça yildirki, yurtimiz bozorlariga yölim tuşsa, ayniqsa, yildan-yilga qişdayam xuddi yoz pallasidagidek tar mevalarga tölib toşgan peştaxtalar, ulardagi xilma-xil nav mevalar, aynan noklarga közim tuşganda, beixtiyor, yuqorida aytilgan gaplar, xotiralar dilimdan ötadi. Yillar ötgani sayin menga pişiqçilik paytida mevali daraxtlarni körmoq, ulardan öz qöling bilan uzib yemoq ham boşqaça bir baxtdek tuyuladi. Biror joyda pişib turgan mevadan terib kimdir bermoqçi bölsa, “Töxtang, men özim daraxtdan uzib olay Allohning möʼjiza neʼmatini, buning zavqi boşqaça”, deyman. Balki, bu bolalik, yoşlik yillarimda qalbimga örnaşib qolgan orzuli havasning ijobatidan şukronadir.
Ötgan yili, mana, bu yil bahorda ham muhtaram Yurtboşimizning taşabbus, ğamxörliklari bilan viloyatlardagi yuzlab yoşlarga, oilalarga imkoniyat va ehtiyojlarga qarab yerlar ajratib berilayotgani, heç qança vaqt ötmay bu joylar ekinzoru mevazorlar, çorva maydonlariga aylanayotgani; muhimi, öz yeriga ega bölganidan köksi toğdek yuksalib, ğayratga tölib-toşib yurtni obod, boy, dasturxonlarni tökin etiş toleidan quvonib, faxrlanib mehnat qilayotganlarni körganda, dilga duolar töladi: “Xalqimizning ozod, obod yurtda bağributun kunlari barqaror bölsin! Farzandlarimiz jismonan, maʼnan kamolatli, orzularining yöllari oydin, yaqin, xayru barokatli bölsin. Vatan mevazoru boğlar qöynida yaşnab, boğlar şarbatga, qalblar şukronaga tölaversin”.
Muhtarama ULUĞOVA,
Özbekiston Respublikasida
xizmat körsatgan madaniyat xodimi
