Yurtimizga köz tegmasin

Yoşim 82 dan oşdi. Yaratganga hamdu-sano, şukronalar aytaman. Tengqurlarim qatorida Yangi Özbekistonda keksalik gaştini surayotganimdan mamnunman.

Albatta bu yoşga yetgunga qadar köpgina voqealarni körganman, turmuşning aççiq-çuçugini tatiganman. Qişloqda tuğilib ösganim sababli umrimning asosiy qismi qişloq xöjaligi yumuşlari bilan keçgan.

Bolaligim Ikkinçi jahon uruşi va uruşdan keyingi qiyinçiliklar davriga töğri kelgan. Hozirgiday yegulik-içimlikni saralab emas, boriga şukr qilib yaşaganmiz. Otamiz uruşdan yarador bölib kelgan. Bizlarni sabr-qanoatga örgatgan. Rözğor uçun tovuq parvariş qildik, keyin eçki oldik, qöy qildik, ularni sotib buzoq oldik, buzoq sigir böldi. Bularning hammasi sabr-qanoat tufayli paydo böldi va turmuşimizga qut-baraka berdi, deb köp takrorlar edi.

1945-50 yillarda qişloqlarda hamma odamlar tomorqasiga oq jöxori ekib, olingan hosildan yil davomida un qilib zoğora non bilan hayot keçirar edi. Buğdoy un 1950 yildan keyin paydo böldi, u tansiq taom sifatida mehmonlarga, betob insonlarga tayyorlanar edi. Haftaning faqat yakşanbasida otamiz Yakanşik ota bozoriga borib, qand-qurs va boş­­qa yegulik olib kelar edi. Demoqçimanki, hozirgiday dökonlar yöq edi, qişloqda bittagina dökon bölib unda ham oziq-ovqat mahsulotlari juda kam edi.

1991 yil SSSR degan mustabid tuzum inqirozga yuz tutib, tugatildi. Va Özbekistonimiz mustaqil deb eʼlon qilindi. Bu jarayonda XII çaqiriq Özbekiston Oliy Kengaşining deputati   — xalq vakili sifatida Mustaqillik uçun ovoz berganimdan hamişa faxrlanaman va ğururlanaman.

1991-95 yillarda Özbekiston Res­publikasining Boş Qomusi— Konstitutsiyasini, bayroğini, madhiyasini, qariyb 200 ta qonunlar qabul qilinişida ovoz berganim hayotimdagi tarixiy voqealardan hisoblanadi.

Jonajon Özbekistonimiz Mus­taqillikka erişgandan keyin, ayniqsa, keyingi 6 yilda har tomonlama rivoj­landi, obod böldi. Mamlakatimiz agrar mamlakatdan sanoati rivoj­langan mamlakatga aylandi. Gazni qayta işlaş zavodi — “Uzbekiston GTL” jahondagi uçinçi zavod ekanligi hammamizni ğururlantiradi. Boşqa sohalarda ham yetakçi örinlarda ekanligimiz maqtovga sazovordir.

Odamlarning turmuş şaroiti sezilarli darajada yaxşilandi. Ayniqsa, qiş­loqlarda elektr ener­giyasi, gaz taʼminotining uzluksizligini taʼriflaşga söz ojiz.

Men keksa avlod vakili sifatida qari oqsoqollar bilan köproq muloqotda bölganim sababli, körsatilayotgan ğamxörlik va eʼtirof uçun Prezidentimiz şaʼniga minnatdorlik sözlarini köp eşitaman. Tinib-tinçimas Şavkat Mirziyoyevning Özbekis­tonga birinçi rahbar bölgani bu Allohning Özbekiston xalqiga körsatgan inoyatiga şukronalar bildirişadi va u kişining haqiga duo qilişadi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz katta kölamda, keng qamrovli işlarni amalga oşirmoqda. Qaysi sohada sal oqsoqlik paydo bölsa, darhol çora-tadbirlarni belgilab qaror qabul qilişlari, sim orqali barça mutasaddilarni yiğib majlis ötka­zişlari, topşiriq berib qöyiş emas, kamçiliklarni bartaraf etişga sarflanadigan xarajatlar uçun ortiği bilan mablağ ajratişlari tahsinga sazovordir.

Respublikamizdagi ijobiy özgariş­larning barçasi yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosatining sermahsul mevasi deb bilamiz. U kişining taşab­buslari bilan 2017-2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasi, 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi örtaga taşlandi. Ular aniq maqsadli rejalar asosida işlab çiqilgan bölib, Prezidentimizning ğoyalari, xalqni yanada farovon qiliş yölidagi uluğ saʼy-harakatlardir. Har bir bandi, satri — asosli. Bu albatta biz keksalarni ham quvontiradi.

Mamlakatimizdagi şaxdam qadamlar bilan rivojlaniş ayrim ğalamis, hasadgöy kimsalarni “şayton”lik xislatlarini namoyiş qilmasdan qöymaydi. Xalqimizda azaldan “Mevali daraxtga toş otişadi” degan maqol bor. Bu purmaʼno maqolning mağzini, maʼnosini ayrim nodonlarga, ğör yoşlarimizga anglab yetişlari uçun tuşuntirişimiz darkor böladi.

Mustaqillikka erişgandan boş­lab, 31 yil davomida tizimlar bir munça özgardi. Bu albatta, Konstitutsiyamizga ham özgartirişlar kiritişni taqozo etmoqda. Biz keksalar Yangi Özbekistonning Konstitutsiyaviy qonunini — xalqçil qonunini qabul qilinişini maʼqullaymiz.

Biz tinçlik tarafdorimiz. Men sözimning boşida bekorga Ikkinçi jahon uruşini, uning oqibatlarini eslamadim. Buvim rahmatlining 2 nafar ukalari uruşdan qaytmagan, jangda halok bölgan. Bir umr uruşni qoralab keçalari yum-yum yiğlab faşistlarni qarğab ötdi. Uruşning nomi öçsin. Özbekis­ton xalq artisti Ğulomjon Yoqubovning “Heç qaçon insonni inson urmasin” deb nomlangan aşulasi hamma millat uçun ibratlidir.

Özbekistonimizga köz tegmasin. Bozoru-dökonlarimiz meva-çevaga, oziq-ovqatlarga töla, tökin-soçinlik. Vahimaga heç qanday örin yöq. Sababi bizga Alloh bergan tinib-tinçimas, hamişa xalq ğamini öylab işlayotgan sergak, huşyor, uyğoq rahbarimiz — Prezidentimiz omon bölsin deb duo qilamiz.

Abduşukur MUHAMMADQULOV,

I-darajali mehnat faxriysi.

Samarqand viloyati

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan