Marvarid yulduzlar şuʼlasi

Har bir otayotgan tong şuʼlasining bir-birini takrorlamaydigan sir-sinoati bor. Endigina köz oçayotgan buloğu, yuvoş tortib, tiniqlaşgan kuz soylariga öyçan termulib turgan köhna Dunyogaça.

Mening tonglarim ham şunday…

Men bugun tongdan ota-onam, ustozlarim qabrini ziyorat qildim. Dilimni yordim, duolar qildim. Kuz çeçaklarini po­yiga qöydim. Va öyladim – Alloh bizga nasib etgan hayot ajdodlar, avlodlar silsilasida şu taxlit davom etaverar ekan.

Alloh menga Özbekistonimiz kabi betakror yurtga farzand böliş baxtini ato etdi. Qalbimga Çotqol toğlarining ğururini, buloqlarining şaffofligini berdi. Donişmand xalqimizning asrlar oşa köz qoraçiğidek asrab kelayotgan milliy qadriyatlarini tomirimda oqayotgan qonlarimga singdirdi. Va ONA oldida farzandlik burçi, qarzi qanday bölişi, uni uzmoq masʼuliyati haqida saboq berdi.

Bolaligimda buvajonim, otajonimning tuproq isi, onajonimning non isi kelib turadigan qöllarini közimga surişni yaxşi körardim. Bu qöllar menga juda qudratli, sehrli bölib körinardi. Bu qöllar qup-quruq yerlarda boğlar yaratardi, bu qöllar öçoqdan   issiq non uzib, bizga rizq ulaşardi. Endi bilsam bu qöllar mehnatkaş, tabarruk xalqimiz qöllari — har doim Allohdan yurtga tinçlik sörab duo uçun oçiladigan qöllar ekan.

Bugun köz öngimdan   olmosdek xotiralar yarqirab ötayotir. Parkentning tuproq köçalarini çangitib yurgan bolalik. Öyinlar… Tunlari tölin oy şuʼlasida horğingina somon yançayotgan ot, uning orqasidan uyqusirab, biroq yoqimli çarçoqdan rohatlanib ketayotgan qizaloq. Maktabning ilk ostonasi… Ilk ustozlar. Ilk kutubxona va birinçi sinfda öqib, sehrga çömganim “Yetti oqquş” ertagi… Söngra Dorulfunun öziga çorladi, quçoq oçdi. Ön sakkiz yoşdagi tengqurlarimning közlaridan olov saçrab turgan ohanrabosi… Va hammamizga mehr va muruvvat bilan oğalik qilgan Ahmadjon aka Meliboyev…

Bolaligimdan uluğ şoira Zulfiyaxonimni bir marta bölsa ham körişni orzu qilardim. Kaftdakkina kitobçasini yostiğim tagiga qöyib yotardim. Men intilgan çöqqilarning jozibasi şunday edi. Ustozning oldilariga sevimli şoi­­ramiz — Oydin opa Hojiyeva yetaklab olib borganlarida, hayajondan yuragim dukuri samoga eşitilayotgandek edi. Şeʼriyat… Ustozlarim Zulfiyaxonim, Muzayyana Alaviya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojiyeva duolari. Halima Xudoyberdiyeva çaşmalari… Özbekis­ton qahramoni, donişmand Ibrohim Ğafurov akademiyasi… umrim kitobidagi gözal varaqlar…

Bu yil men uçun oğir sinov yili böliş bilan birga quvonç yili, diydor yili böldi. Bemor bölgan paytlarimda musofirlik olamida dunyo­­ga boqib, begona şaharda, begona yurtda, bir ğarib quşçaga öxşab qoldim men, deb şeʼrlar bitdim. Vatan diydoriga yetmoq saodatini sörab Yaratganga iltijolar qildim.

Şukur. Avvalo Alloh, aziz insonlar kömagida röparangizda yana sizlar bilan röbarö bölib turibman. Yetmiş yoşga tölişim munosabati bilan atrofimda birlaşib, subhidam quvonçini menga hadya etgan, uni taşkil qilgan Toşkent viloyati hokimligi, uning ziyobaxş qalbli rahbari Zoir Mirzayev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Mahmud Toir va anjumanda iştirok etib, menga gözal tilaklar bildirgan barça azizlarga oilamiz nomidan öz minnatdorligimni bildiraman.

Özbekiston Qahramoni Munojotxon Yöl­çiyevaning samimiyati, kamtarligi, dilbarligi hammani hayratga soldi. Anjumanda iştirok etgan boşqa sanʼatkorlarimizning ham ajoyib qöşiqlari dillarni-dillarga boğladi. Va hamma bu diydorlaşuv saodatini barça ayollarimizga bölgan eʼtirof, mehr sifatida qabul qildi.

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan zalvorli işlar kölami biz ijodkorlardan öz hisobini söraydigan vaqt keldi. Yangilanayotgan, uyğonayotgan Özbekiston ruhiyati ijod kengliklarida barçamiz uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçib beradi.

Bu yölda xalqimiz duolari hammamizga hamroh bölsin!

Gözal Özbekistonimizning tonglari sirga, sinoatga, şukuhga tölib otaversin.

…Qadr tuni edi. Öşal tun olam,

Tangri sinovidan çöçib ötardi.

Yetmiş ming farişta zamin ustidan,

Nur daryosi yangliğ köçib ötardi.

Orzular ijobat bölar öşal tun,

Alloh ham ne sörsang beradi, zotan.

Öşal qadr tuni simob yurak-la,

Men senga omonlik tiladim, Vatan!

Vatan! Boş qöyuvçi uluğ mehrobim,

Yotganda töşagim, suyansam toğim.

Şu jannat göşani, yöğu borimni,

Özing panohingda asra, Xudoyim.

Men özga boylikning emasman quli,

Dunyo ganjinasi uyğotmas havas.

Tangrim, şu tuproqning quş qumursqasin,

Kiyiklarin burni qonamasa bas.

Oy kumuşin yoğdir. Quyoş nurin sep,

Bu yurt qullik nima – mangu bilmasin.

Hatto bir çekkada sudralib yurgan,

Iloniga mayli, tikon kirmasin.

Oh, desam oğzimda lopillaydi jon,

Zulm zardobidan zard edi dilim.

Hisobsiz saharlar sen tupurding qon,

Körgan-keçirganing şu bölsin, elim!

Bu dunyo sahnida omonatdir jon,

Bir yutum havodir umr degani.

Vatan – bu sohildir, har bitta yurak,

Şu yerda töxtatib ötar kemani.

Sen menga gul kabi farzandlar berding,

Yöqdan bor aylovçi Özingsan, zotan.

Yolğiz bir ötinçim, nurli közlarim,

Iloyo zavoling körmasin, Vatan.

Qadr tuni, tingla munojotlarim,

Men ham bir onaman, balki ojiz jon.

Ammo yuragimda Vatanim butun,

Zotan, yuragimda butundir iymon.

Bir işq bor gulxandek borim yondirgan,

Alangalarida Qaqnus bolalar.

Vatan umrin sörab qonimda porlar,

Hurlik zaminida ungan lolalar.

Özbekning köngliday köngil qayda bor?

Dalasiday sodda, tuziday sodda.

Özbek bahoriday bahor qayda bor?

Yalpiziday sodda. Öziday sodda,

Özbek bahoriday bahor qayda bor?

Pöpanaklarga-da jon ato etgan,

Özbek ayoliday ayol qayda bor?

Közga tik boqolmay burilib ketgan,

U heç qaçon “sevdim” deb aytolmaydi,

Asli bu söz tanda jon erur, zotan.

Tars yorilgan qölin qadoqlarida,

Ayol muhabbatin öqiydi Vatan!

Qadr tuni, sendan sörovlarim möl,

Qoraytmasang hamki soç tolasini.

Bağringdan abadul abad uzmagin,

Özbek isli, erka, şöx bolasini.

U ona zaminday mehnatkaş, halol,

Bahori, yoz, kuzi, sokin qişidir.

U – Vatan timsoli, butun dunyoga

Mağrur boqib turgan Humo quşidir.

…Toğlar notinç, kezib yurar qaşqirlar,

Börilar qonsirab, tişin qayraydi.

Morboz nay çaladi, afsunlariga,

Eşilib-eşilib ilon öynaydi.

…Köp ğalat bu dunyo. Boşdan-oyoq sir,

Qöynimizda ilon köp ekan, zotan.

Nayga eşiluvçi bundoq morlardan,

Alloh özi seni asrasin, Vatan!

Kim bilsin, hozirça morlar öyini,

Sofdil yuraklarni öyga töldirar.

Balki, tez orada öyinçi morlar,

Makkor sohibini çaqib öldirar.

Könglimni çaqadi, qiynaydi bu dam,

Boşimda guvillab turfa xayollar.

Morlar oğusini bizga keltirma,

Ey, oqköngil, sodda, ipak şamollar.

Olis asrlarning titroq böğzidan,

Dunyoni titratib, bir nola keldi.

Asriy armonlarga toptirib yakun,

Mustaqillik degan bir bola keldi.

U hali juda yoş, butun vujudi,

Allohdan quyilgan nurdan bunyoddir.

U asli ibtido – “Haq möʼjizasi”,

Mangu hur va ozod odamizoddir.

Qadr tuni, tingla munojotlarim,

Erk, axir, tomirda lopillagan qon.

Şu gödak umrida millat orzusi,

Şu gödak umrida bor Özbekiston.

Uni asra özing yomon közlardan,

Ğanimning çohlari özini yutsin.

Özbekiston, sening jilovlaringda

Xizr bobom mangu jilovdor ötsin!

 

                                                    Şarifa SALIMOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan