Matbuotdan allergiyangiz bormi?
Surxondaryoda gazeta va jurnallarning sotilişiga hamda obunaga zimdan tösqinlik qilayotgan ayrim mahalliy amaldorlarning xurmaça qiliqlari xususida
Insonning maʼnaviyati, madaniyati, ziyolilik darajasi, avvalo, uning bajarayotgan vazifasi, egallab turgan lavozimi, dabdabali uyi, minib yurgan maşinasi, pörim kiyinişi, mansabi va moddiy boyligi bilan belgilanmaydi. Agar şunday bölganda edi, barça katta-kiçik “amaldor”lar va “boylar” ham dunyodagi eng madaniyatli, eng maʼnaviyatli şaxslar deb fuqarolik jamiyati tomonidan eʼtirof etilgan bölardi. Bu asrlar sinovidan ötgan aksioma.
Bu gaplarni bejiz aytayotganimiz yöq. Bir umr gazetada işlaganligim tufayli bundan beş-olti yil ilgari Surxondaryo viloyat “Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasi faoliyati qanday bölganligini yaxşi bilaman. Bir kun borsam korxona hovlisida yuk maşinasidan yigitlar gazeta, jurnal, kitob tuşirayotgan ekan. Kitoblarni körib hayron qoldim.
— Şunça kitobni qanday sotasizlar? — söradim korxona hisobçisi Ilhom degan yigitdan.
— Bor-yöği uç mingta kitob. Joylarda bölib ötgan uçraşuvlarda öquvçilarning talab va ehtiyojini örganib, şu qarorga kelganmiz. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Şukur Xolmirzayev, Ötkir Hoşimov kabi maşhur yozuvçilarimizning asarlari. Dökonlarimizga tarqatib bersak, uzoği bilan bir oyda sotilib ketadi.
Özim ham beş dona kitobni sotib olib sumkamga joylagaç, Ilhom kulib yubordi: “Mana kördingizmi, yukni tuşurib ulgurmasimizdan savdo boşlanib ketdi”.
Bugungi kunda viloyat “Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasida ahvol mutlaqo boşqaça. Termiz şahri va tumanlar markazlarida keng kölamda quriliş işlari boşlanganligi tufayli bundan 4-5 yil oldin mahalliy hokimlar matbuot dökonlarini “vaqtinça”, deb oldirişgandi. Lekin hanuzgaça “vaqtinça”, deb oldirilgan matbuot dökonlarini qayta örnatişga mutasaddi amaldorlar ruxsat berişmayotgan ekan. Viloyat “Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasi direktori Tohir Jörayevning hasratidan “dud” çiqadi.
— Yangi taşkil etilgan dehqon va buyum bozorlari, boş bekatlar, oliy öquv yurtlari rahbarlariga murojaat etganimizda ular jon-jon, deb rozi bölişdi. Lekin mahalliy hokimlar joylarga matbuot dökonlarini örnatişga va faoliyatini boşlaşiga şunça yillardan buyon turli bahonalar bilan ruxsat berişmayapti. Bilasizmi, “vaqtinça” voqeasidan oldin viloyat böyiça aholiga 105 ta matbuot dökoni xizmat körsatar edi. Oyiga 120 ming, yiliga 1 million 440 mingdan ortiq gazeta va jurnal sotilardi. Bu vohadagi öqimişli aholining salkam 30 foizini taşkil qiladi. Hozirgi kunda bor-yöği oyiga 10 ming nusxa gazeta va jurnal sotiladi. Bu avvalgidan ön ikki baravar kam degani. Prezidentimiz Uçinçi Renessans — Uyğoniş davrini biz boşlab beramiz, deyapti. Mahalliy amaldorlar esa milliy matbuotga, maʼrifatga, madaniyat va maʼnaviyatga bölgan munosabatini dahşatdan boşqa narsa, deb baholab bölmaydi. Axir, uyğoniş uçun maʼrifat, maʼnaviyat kerak! — deydi Tohir Jörayev.
Darhaqiqat, bunga vaziyatni örganiş jarayonida özimiz ham töliq amin böldik. Surxon vohasidagi tuman va şaharlarda öttizdan ortiq bozor, yigirmaga yaqin katta-kiçik şohbekat, oltita oliygoh, qançadan-qança yirik işlab çiqariş korxonalari, texnikumlar, maktablar mavjud. Töğri, har kim ham u yoki bu vaqtli matbuot naşriga öz vaqtida obuna bölolmasligi mumkin. Lekin özini qiziqtirgan naşrni matbuot dökonidan sotib olişni istaydi.
Biz muammo nimada ekanligini biliş uçun Termiz şahar hokimligiga bir neça marta bordik. Mazkur sohaga mutasaddi bölgan şahar hokimi örinbosariga köplab qönğiroqlar (bir gal göşakni kötarib, Namanganda xizmat safaridaman degani rost) qildik. Javob yöq! Temir panjara ortida turgan şaxs esa: “Aka, sizni kiritsam, meni işdan haydab yuboradi. Qönğiroq qilaylik-çi, nima deydilar”dan nariga ötmaydi. Keçirasiz, “yöq ekanlar”, deydi. Hatto, özini telefonda “kotibasiman”, deb taniştirgan xonimga şahar hokimi örinbosari janob Ş.Rahmonqulovga muddaomizni yetkazing, deb telefon raqamimizni ham aytdik. Bu qanday sirli mahkama böldiki, uning xodimlari bilan uçraşib, gaplaşib bölmasa?! “Bu kimsaga davlatimiz rahbari gazeta-jurnal öqinglar” deyapti deyişni ham özimizga ep körmadik. Çunki odamning özida bölmagaç, sadqai suxan, degan ekan bir biz kabi dili vayron odam.
Dalil va raqamlar injiq böladi. Endi hujjatlar sözlasin!
“Termiz şahar “Farovon” massivida joylaşgan “Yaşil dunyo” bozori hududidan ikkita yangi tipdagi, zamonaviy matbuot dökonlarini örnatiş uçun joy ajratiş çoralari körib çiqilayotganligini maʼlum qilamiz.
Viloyat hokimining örinbosari R. Pardayev. Imzo. 2019 yil 20 dekabr.”
“…Köp qavatli uylar va “Yaşil dunyo” foydalanişga topşirilgandan söng, ikkita matbuot dökonlari joylaştiriş masalasi qayta körib çiqiladi va amaliy yordam körsatiladi.
Termiz şahar hokimining örinbosari Ş. Rahmonqulov. Imzo. 2019 yil 26 mart.”
“Murojaatda kötarilgan masala yuzasidan, şaharning A. Navoiy köçasi yoqasida yangidan qurilayotgan bozor, Taraqqiyot köçasi yoqasida joylaşgan Zobitlar uyi yonidan va M-41 avtomagistral köçasi yoqasida joylaşgan Avtoşohbekatlar hududlari işlab çiqilgan boş rejaga asosan qurilgan bölib, ularning hududida zamonaviy körinişda “Matbuot tarqatuvçi” savdo şaxobçasi joylaştiriş mumkinligini maʼlum qiladi. Şahar hududida joylaştirilgan sobiq matbuot şaxobçalari bugungi kundagi zamon talablariga javob bermasligini bildiradi.
Termiz şahar hokimining örinbosari Ş. Rahmonqulov. Imzo. 2019 yil 6 avgust.”
“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq bozorlarning hududida biron-bir obʼyekt quriş va foydalaniş uçun yer maydonlari ajratib berişda, şuningdek, bozorga tegişli köçmas mulk obʼyektlarini jismoniy va yuridik şaxslarga mulk qilib, topşirilişiga yöl qöymasligi qayd etib ötilganligini inobatga olib, mazkur hududdan yer maydoni ajratişning imkoni yöqligini maʼlum qilamiz.
Termiz şahar hokimining örinbosari Ş.Rahmonqulov. Imzo. 2019 yil 27 noyabr.”
“Mazkur xatingizda keltirilgan masala yuzasidan Sizga, şaharning Farovon massivida joylaşgan “Yaşil dunyo” bozori hududidan 2 ta zamonaviy tipdagi matbuot tarqatuvçi dökonlarni örnatiş uçun bozor maʼmuriyati bilan özaro kelişgan holda örnatiş maqsadga muvofiqligi maʼlum qilinadi.
Termiz şahar hokimining örinbosari B.Gulyamov. Imzo. 2020 yil 11 dekabr.”
Men nima deyman, qöbizim nima deydi! Bizdagi barça qonunlar, qarorlar mamlakat, millat huquq va manfaatlarini himoya qiladi-ku! Viloyat “Matbuot tarqatuvçi” idorasi murojaatlariga yuqoridagi kabi bir-birini rad etuvçi, savodsizlarça yozilgan rasmiy javob xatlarini bejiz aynan keltirmadik. Nima emiş, bozorlar va boş bekatlar xususiy emiş. Ular rozi bölib turganda mahalliy hokimiyat nega matbuot dökonlarini örnatişga tiş- tirnoği bilan qarşilik körsatayapti? Buning zamirida nima bor ekan?
Yuqorida aytilgan joylarda kimlar va nimalar uçun joy ajratilmagan deysiz! Nahotki, maʼrifat, matbuot, maʼnaviyat uçun joy topilmasa?! Yangi Özbekistonni şunday amaldorlar, şunday hokimlik vakillari bilan qurib böladimi?! Avvalo, bundaylarning maʼnaviyatini, madaniyatini, maʼrifatini, dunyoqaraşini “yangilaydigan” mard qani?
Şu örinda, milliy matbuotga mahalliy amaldorlarning munosabati borasida ayrim dalillarni qistirib ötsak. Bir paytlar katta amaldor bölgan, hozirgi vaqtda viloyatdagi bir boşqarmalarning birida boşliq bölib işlayotgan “akaxon”ning huzuriga bordik. Maqsadimizni bilgaç, “Hozir özini bilgan gazit öqimaydi. Juda töğri qiladi. Hammaning qölida ayponi bor. Çunki gazitdan köra ön karra köproq va tezroq dunyo voqealaridan xabardor böladi. Xafa bölmanglar, men xodimlarimga obuna bölinglar, deb aytmaganman va aytmayman”, dedi. Bir zamonlar viloyatni boşqargan odam şunday degaç, boşqasidan nimani ham kutiş mumkin…
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev katta-kiçik rahbarlarning OAVlari bilan yaqin hamkorlik qilişi zarurligini uqtirmoqda. Ammo ming afsuski, hatto şahar hokimini qöyaturaylik, ularning örinbosarlari ham respublika matbuot vakilini bir tiyinga olmasa!
Ikkinçi manzara. Bir tanişim bor. Otasi maşhur jurnalist bölganligi uçun matbuotning qattiq nonini yeb ulğaygan, öqigan. U kişi ham hozir katta amaldor. Uç-törtta naşrning vakillarini qabul qildi. Beçora muxbirlar şunga ham xursand. Birin-birin tanişgaç, “Men sizning gazetangizga obuna bölmayman. Mayli şunday deb yozing. Menga tuhmat qilgansizlar, tanqid qilgansizlar. Mening jamoam bu gazetani öqimaydi”, dedi.
Hamkasbim ğazabdan titrab ketdi. Xöş, boşliqni gazetada tanqid qilişgan bölsa, öquvçi-talabalar, öqituvçilarda nima gunoh! Aytganini qildi, öşa yili, öşa gazetaga şunday katta jamoadan birorta kişi ham obuna bölmadi. Sababi aniq: uning aytganini qilmagan xodimning şöriga şörva tökiladi. Amalni, mansabni öz maqsadi, şaxsiy manfaati yöliga solib olgan kişilar haqida bunday misollarni köplab keltirişim mumkin.
Bizning eng oğriqli nuqtamiz ham madaniyatimiz va maʼnaviyatimizda. Prezidentimiz barça tarmoq va sohalar faoliyatini demokratik tamoyillar asosida qonun bilan kafolatlab qöygan. Janob mahalliy amaldorlar bilib qöyingkim, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 4 iyuldagi “Vaqtli matbuotni tarqatiş korxonalarini boşqariş tuzilmasini takomillaştiriş töğrisida”gi qarorining 10-bandida “Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari aloqa bölimlari, vaqtli matbuot sotiladigan savdo tarmoqlarini odamlar gavjum joylarda, jamoat joylarida, yangi obʼyektlar barpo etiladigan hududlarda qurişni nazarda tutsinlar”, deyilgan.
Yana şuni unutmasalarki, özbek milliy matbuoti, adabiyoti, sanʼati bir-ikkita amaldorga emas, asrlar çiğiriğidan ötgan zakovatli millatga, boqiy mamlakatga, qudratli davlatga xizmat qiladi. Uning milliy manfaatlarini oqilona himoya etadi. Oçiğini aytganda, Surxondaryodagi köpgina mahalliy amaldorlarning milliy matbuotimizdan allergiyasi bölsa, bunga biz yoki boşqa fuqarolar yo matbuot dökonlari aybdor emas!
Safar OMON,
“Hurriyat” muxbiri
