OAV vakillari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida

Navoiy viloyatidagi iqtisodiyotni erkinlaştiriş hududida “Navoiy” erkin iqtisodiy zona (EIZ) da quriliş materiallari işlab çiqariş, sanoat korxonalar faoliyati va uşbu yönalişdagi investitsiya loyihalari” mavzusida press-tur, yaʼni ijodiy sayohat taşkil etildi.

Press-tur doirasida jurnalistlar korxonadagi işlab çiqariş jarayonlari, eksport yönalişidagi işlar bilan yaqindan tanişdilar.

Taʼkidlaş joizki, ötgan yilda Navoiy viloyati böyiça jami 2 655,2 milliard sömlik quriliş materiallari işlab çiqarilgan, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 110,7 foizni taşkil etgan.

Şuningdek, quriliş materiallari işlab çiqariş korxonalari tomonidan 43,8 million AQŞ dollarilik mahsulotlar eksport qilingan bölib, reja 122 foizga bajarilgan.

Aytiş joizki, viloyatdagi 33 ta quriliş materiallari sanoati korxonalari öz mahsulotlarini eksport qilgan bölsa, bu asosan, “Qizilqumsement” AJ, “Green Line Profil” QK MÇJ, “National plast” MÇJ, “Triumf Gornyak” MÇJ kabi yirik korxonalar hissasiga töğri keladi.

Korxonalar sement, alyumin va PVX profillar, oxak, sunʼiy toş, gips, quruq quriliş aralaşmasi, bentonit, marmar plitalar, şeben, keramik plitalar va granit singari mahsulotlarni eksport qilişgan.

Press-tur doirasida mutasaddi rahbarlar 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 5 114,7 milliard sömlik 78 ta loyiha amalga oşirilişi hamda ikki ming yetti yuzga yaqin yangi iş örinlari yaratilişini aytib ötişdi.

Şunday qilib, OAV vakillari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 10 ga yaqin korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

Otabek ASLONOV,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy

uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan