Yer yuzining sayqali

Samarqandda bölib ötgan “Mamlakatdagi islohotlarni yoritişda janrlar va jurnalist mahoratining ahamiyati” mavzusidagi mintaqaviy seminar taassurotlari

 

— Samarqandda eng köp obidalarni kim qurdirganini bilasizmi? — deb söraydi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov jurnalistlardan va savoliga özi javob beradi. —  Ana şaharga boqing, qaysi binolarni köryapsiz? Köhna obidalar va kökka böy çözgan zamonaviy inşootlarni, töğrimi? Ularni kimlar bunyod etgan: Sohibqiron Amir Temur va Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev!

Darhaqiqat, tepalikdan kaftdek namoyon bölib turgan  şaharga boqib hokim haqiqatni sözlayotganiga işonç hosil qilasiz. Sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgan obidalar — Bibixonim masjidi, Göri Amir maqbarasi va Qorasuv massivi, Samarqand sayyohlik markazi kabi maskanlarda bunyod etilgan zamonaviy osmonöpar binolar birinçi navbatda közga taşlanadi.

Yer yuzining sayqali nomini olgan Samarqand bugungi kunda köplab respublikamiz va xalqaro miqyosidagi anjumanlarga mezbonlik qilib kelayotgani tarixiy binolarga, zamonaviy majmualarga boyligi, turistik salohiyati, şu bilan birga, xalqimizga xos mehmondöstligidan ham dalolat beradi. Bu gal Samarqand “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” ezgu ğoyasini özida mujassam etgan “Mamlakatdagi islohotlarni yoritişda janrlar va jurnalist mahoratining ahamiyati” mavzusidagi mintaqaviy seminar iştirokçilarini öz bağriga çorladi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining şu yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yöllagan tabrigida jurnalistlarning malakasini oşiriş, ularning ijodiy salohiyatini yuksaltiriş, tajriba almaşişini yölga qöyiş maqsadida hududlarda mintaqaviy seminarlar, davra suhbatlari, uçraşuvlar taşkil etiş böyiça Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi oldiga bir qator vazifalar qöyilgandi. Şundan kelib çiqib, Uyuşmaning joriy yil ikkinçi yarmiga möljallangan iş rejasida bir neça hududlarda mintaqaviy seminarlar taşkil etiş közda tutilgan. Ahamiyatli jihati şundaki, bunday mintaqaviy seminar iştirokçilari nafaqat nazariy bilimlarini oşiriş, bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga qöyilgan talablar va tamoyillardan voqif böliş, balki özaro tajriba almaşib, öşa viloyatdagi naşrlarning holati, jurnalistlarga yaratilgan şart-şaroitlar, hududda amalga oşirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik işlari bilan ham yaqindan tanişiş imkoniga ega bölişmoqda. Muxtasar aytganda, mintaqaviy seminarlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining ezgu maqsad  yölida jipslaşişiga xizmat qilyapti.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Samarqand viloyat hokimligi, uyuşmaning Samarqand viloyat bölimi hamkorligida  Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyati jurnalistlari uçun taşkil etilgan seminar mavzusidan ayonki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida amalga oşirilayotgan islohotlarning maʼno-mazmunini, samarasini keng yoritiş ommaviy axborot vositalari xodimlaridan yuksak mahorat talab qiladi. Bu jarayonda nafaqat mahorat, tanlangan janrlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar qatnaşçilari özaro tajriba almaşib, bugungi axborot asrida ommaviy axborot vositalari oldida turgan vazifalar yuzasidan fikrlaşdi, islohotlarni yoritişda jurnalistika, reporterlik sanʼati, tahlil, badiiy-publitsistik mahoratni qöllay olişning ahamiyati haqida söz yuritdi.

— Bugun özbek jurnalistikasida tub özgarişlar, sezilarli siljişlar, söz erkinligining amaldagi isboti böy körsatayotgani heç birimizga sir emas, — dedi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov. — Sohaga eʼtibor jonlandi, şu bilan birga yeçimini kutayotgan muammolarimiz talaygina. Jurnalistlarning haq-huquqlarini himoya qiliş, xizmat vazifasini emin-erkin ado etişi uçun tizimli işlarni kuçaytiriş zarur. Uyuşma aʼzolarining bilim va malakasini oşiriş maqsadida xorijiy davlatlarga sayohatlar, tajriba almaşiş uçun ijodiy safarlar uyuştiriş rejalaştirilmoqda. Bugun bosma ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş har qaçongidan dolzarb bölib turganini yaxşi bilamiz.

Darvoqe, mintaqaviy seminarni Oliy Majlis Senati aʼzosi, Özbekis­ton Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Samarqand viloyati bölimi rahbari Farmon Toşev olib borgani bejiz bölmadi. Negaki, res­publikamiz jurnalistlari orasida Samarqand viloyati haqida söz yuritilganida, birinçi navbatda, şu taniqli ijodkor köz oldimizda gavdalanadi. Milliy jurnalistikamiz rivojiga katta hissa qöşgan, köp yillardan buyon samarali ijod qilib kelayotgan va öziga xos “ustoz-şogird” maktabini yaratgan Farmon Toşevdan örnak olsak arziydi. Çunki u mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida izçil, xalqona tilda yoritib borayotgani eʼtirofga molikdir.

Maʼlumotlarga köra, bugungi kunda Samarqand viloyatida 39 ta bosma naşrlar çop etilmoqda. Şundan 34 tasi gazeta va 5 tasi jurnal. Ularning bir martalik adadi 80 ming nusxadan ziyod. Viloyatdagi OAV xodimlarining 10 nafardan köproği mahalliy Kengaşlar deputati sifatida jamoatçilik işlarida ham iştirok etmoqda. Samarqandlik jurnalistlarning 8 nafari “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bölgan. Şuningdek, samarqandlik ijodkorlar “Oltin qalam” Milliy  mukofotining turli nominatsiyalarini 12 marta qölga kiritişgan.

Ayni paytda viloyatdagi 39 ta bosma ommaviy axborot vositasi tahririyatlarining 16 tasi öz binosiga ega, 8 tasi muassis binosida, 15 ta gazeta va jurnal tahririyatlari esa ijarada faoliyat yuritadi.

Samarqand viloyatida 50 nafardan ortiq faol bloger, messenjer kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yurituvçi fuqarolar bilan yaqin munosabat örnatilgan. Uşbu blogerlar va faol fuqarolar tomonidan yuritilayotgan Telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy auditoriya 1 milliondan ziyod foydalanuvçini taşkil etadi.

Seminar doirasida samarqandlik bir guruh faol jurnalistlar  Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilinib, ularga aʼzolik guvohnomasi va kökrak nişonlari topşirildi.

Şuningdek, Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta bosma naşrga “Yurida-Orfo” dasturi sertifikatlari Uyuşma tomonidan beğaraz yordam sifatida taqdim etildi. Bu dastur kirill yoki lotin alifbosidagi matnlarning orfografik bexato yozilişini taʼminlaşga möljallangan.

Özaro tajriba almaşiş maqsadida seminar qatnaşçilari “Zarafşon”, “Samarkandskiy vestnik” va “Ovozi Samarqand” gazetalari tahririyatlari faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Ular viloyat matbuot muzeyidagi eksponatlarni közdan keçiriş jarayonida Samarqand milliy matbuotimizning beşigi bölganiga yana bir bor işonç hosil qilişdi.

Şundan söng tadbir iştirokçilari “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati “Matbuot uyi”  hovlisiga köçatlar ötqazişdi.

Viloyatda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari haqida batafsil maʼlumot beriş uçun Qorasuv massivi, Samarqand sayyohlik markazi, Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyi va boşqa mas­kanlarga uyuştirilgan  press-tur barçaga manzur böldi.

Şu örinda jurnalistlar Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyiga borişi ham bejiz emas. Yaxşi bilamizki, buyuk maʼrifatparvar bobomiz milliy matbuotning paydo bölişi va özbek jurnalistikasining rivojiga katta hissa qöşgan zotdir. Behbudiy özbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Uning “Taraqqiy”, “Xurşid”, “Osiyo”, “Hurriyat”, “Turon”, “Sadoi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyna” kabi gazeta va jurnallarda çop etilgan maqolalari öşa davrda taraqqiyparvar kişilar, ayniqsa, yoşlarning diqqat-eʼtiborini qozongan. Uy-muzeyidagi eksponatlar ham Mahmudxöja Behbudiyning milliy matbuotimiz tarixida muhim örin egallaşidan bizni voqif etadi.

Press-tur doirasida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov mintaqaviy seminar iştirokçilari bilan uçraşib, viloyatdagi quriliş-bunyodkorlik işlari, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga doir loyihalar töğrisida maʼlumot berdi. Bu uçraşuv mintaqaviy seminar qatnaşçilariga yanada kötarinki ruh bağiş­ladi.

Muxtasar aytganda, Samarqandda ötkazilgan mintaqaviy seminar taassurotlarga boy böldi. Bunday tadbirlar jurnalistlar va sohaga qiziquvçi ijodkorlarning mahoratini oşiriş,  özaro tajriba almaşinuvini yölga qöyiş va ommaviy axborot vositalari ravnaqini taʼminlaşga xizmat qilişi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Suyundik MAMIROV,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi

yetakçi mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan