Kitob öqiş… soğliqqa ham foydali ekan!

Mutolaa va tibbiyot. Aslida ikki xil, ayni paytda bir-biriga yaqin tuşunçalar. Badiiy asar öqigan insonning dunyoqaraşi, xarakteri bölak, ruhiyati soğlom bölişi haqida köp eşitamiz. Buni qarangki, uşbu gapni mutaxassislar ham tasdiqlar ekan. Ahlitib vakillarining fikriça, mutolaa ruhiyatni ham tarbiyalovçi, ham turli xastaliklardan himoya qiluvi darmondori sanaladi.

 

— Nima uçun ötmişda aksariyat odamlar uzoq va soğlom umr keçirgan. Buning sabablaridan biri tinimsiz mutolaa bölgan, – dey­di psixolog Sevara Karimjonova. — Kitob öqişni nafaqat ruhşunoslar, balki nevropatologlar ham tavsiya etadi. Sababi hamma kasalliklarning asosiy ildizi ruhiy zöriqişdan hosil böladi. Qolaversa, kitob öqiş alsgeymerdek jiddiy kasallikning oldini olişga yordam beradi.

Modomiki, bu jarayon salomatlikka koni foyda ekan, odam neça yoşdan boşlab kitob öqişi kerak degan savolga hammadan turliça javob çiqişi tabiiy. Kimdir harf tanigandan deb javob bersa, kimdir odamning öziga boğliq deydi. Aslida esa mutolaa ona qornidanoq bolaga singdirilişi kerak.

— Biz bolalarda köp uçrovçi autizm kasalligini maʼlum qadar yengişda ertaklar mutolaasini amaliyotda qöllaymiz, — deydi Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti, Oligofreno pedagogika taʼlim yönalişi talabasi Şahnoza Samatova. — Bunday bolalarga ertak eng taʼsirli usul. Masalni öqib bergaç, turli şakl yoki rasmlardan voqealar rivoji ketma-ketlikda joylaştirilişini söraymiz. Natijada bolada aqliy rivojlaniş asta-sekin özgaradi, xotira kuçayadi, fikrini ifodalaşga intiladi – nutq şakllanadi. Aslida har qanday bola boğçadan maktab davriga ötayotgan paytda kitob, mutolaa, kutubxona tuşunçalaridan boxabar bölişi, kitobning taʼsirini sezib maktabga qadam qöyişi kerak. Bu ham bola uçun, ham taʼlim beruvçi, ham ota-ona uçun foydali.

Biz tafakkuri soğlom odamni ziyoli deb ataymiz. Zotan qölida diplomi bor har qanday odam ham ziyoli sanalavermaydi. Çin mutolaani sevgan, u bilan hamnafas yaşagan odam haqiqiy ziyolidir aslida. Şunday emasmi?

— Köpçilik odamlar bozordagi sotuvçilar kitob öqimaydi deb öylaşadi. Men ham savdogarman, yoşim 66 da. Ammo doim kitob va gazeta öqib yuraman, — deydi parkentlik Marğuba Eşmatova. — Nafaqa pullarimizni olib kelişganida har xil gazeta ham olib keladi poçtaçilar. Şu sabab gazetalarni qoldirmay öqiyman. Savdo paytida ham xaridorlar kelmagan paytlari biror nima öqib ötiraman. Kitob öqisam boşim dam olganday böladi. Şundan xulosa qilganmanki, savdogarlar toliqqanda boş oğriq dori içişi kerak emas, yaxşi bir kitob öqişi kifoya ekan.

Xalqimizda quş uyasida körganini qiladi, degan naql bor. Bugun bolalarning, yoşlarning kitob öqimay qöyişi kattalarning ham bunga befarqligi ham sabab ekani haqida bot-bot gapiramiz. Aslida oiladagi soğlom muhit tayançlaridan biri mutolaa emasmi?

— Tanlagan soham iqtisod bölişiga qaramay, badiiy kitoblar ham öqib yuraman. Köçaga çiqsam yonimda albatta bir kitob böladi. Bunga sababçi bölgan inson momom böladi, desam işonasizmi? Momom 82 yoşida vafot etgan. Ammo gazeta öqimagan biror kunlarini sira körmaganman. Har kuni ertalab qorindan avval maʼnaviy töyinay, deb gazeta öqirdilar va bizga öqigan yangiliklarini gapirib berardilar. Baʼzi vaqtlari çanqovuz çalib berar, öqigan, eşitgan asarlaridagi ibratli voqealardan sözlab berardilar. Balki şuning uçun ham xotiralari mustahkam, özlari ham bardam yurganlar deb öylayman. Ularning taʼsiri sababmi, biz nabiralar ham keyinçalik ilmga, mutolaaga jiddiy qiziqiş bildirganmiz, –deydi Ötkir Alimov Hindistondagi Xalqaro Osmaniya universiteti talabasi.

Kitob bizni nafaqat ulğaytiradi, balki ruhan, maʼnan, jismonan kuçimizni çarxlaydi ham. Hatto jahonning ayrim mamlakatlaridagi qamoqxonalarda maxbuslarga qança badiiy kitob öqisa, şunça jazo muddati qisqartirilişi belgilangan ekan. Bundan maʼno şundayki, tafakkuri soğlom odamdan yomonlik çiqmaydi. Demak jamiyat soğlom bölişi uçun, avvalo, ongni çiniqtiriş kerak ekan. Xöş, siz qançalik soğlomsiz?

Yulduz ÖRMONOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan