Buyuk adibning yana bir siri
“Har qanday yangilik – unutilgan eskilikdir” degan gap aslida haqiqat. Masalan, keyingi paytda “selfi” degan söz isteʼmolga kirib keldi va yoşlarimiz uning tub maʼnosini bilib-bilmay öz-özini turfa yösinda suratga olib, milliy mentalitetimizga yot ajabtovur qiliqlar qilib qöyişmoqda va natijada haqli ravişda ota-onalar, pedagoglar, millat oydinlari, umuman olganda, yoşu keksa ilğor ziyolilar tomonidan qattiq tanqidga uçrayotgani ham bejiz emas.
Gapning indallosini aytganda, jahon adabiyoti namoyandasi, buyuk şaxs va adib Lev Tolstoy ham öz davrida selfi olgan ekan. Lekin uning bu urinişi zinhor-bazinhor baçkana emas, balki mohir qalamkaşning musavvirona iqtidorini namoyon qilgan. Bunga körib turganingiz – uşbu tarixiy suratning özi guvohlik beradi: “1862 g. (y.)”, “Samʼ sebya snyalʼ” (öşa paytdagi rus imlosi qoidasiga köra, ayiriş belgilari töğri qöyilgan. Mazmuni: “Özimni özim suratga oldim”), “Gr. L.N.Tolstoy”, yaʼni “grajdanin (fuqaro) L.N.Tolstoy”, “Fotografiya Yasnoy Polyanы” (“Yasnaya Polyanadan fotosurat”) kabi sana va sözlar uşbu tarixiy fotosurat girdiga öşanda 34 yoşda bölgan navqiron yozuvçining öz qöli bilan yozilgan.
Maʼlumki, Yasnaya Polyana – Rossiyaning Tula viloyatidagi Şekin tumanida joylaşgan gözal maskan, maşhur qörğon. Bu joyning nom qozonişiga sabab şuki, bu yerda 1828 yil 28 avgustda Lev Nikolayeviç Tolstoy tuğildi, yaşadi va ijod qilib, dunyoga tanildi va kindik qoni tomgan göşani ham dunyoga tanitdi. Bu yerdagi uluğ adibning qabri va davlat qaramoğidagi qörğonça muzeydan odamlar oyoği uzilmaydi: dunyoning turli burçaklaridan ziyorat qilişga kelgan minglab adabiyot ixlosmandlari Lev Tolstoy hayoti va ijodi bilan boğliq tarixiy osori atiqalar bilan yaqindan tanişadilar va … albatta selfiga ham tuşadilar.
Endi özingiz xolisona baholang va ayting, XIX asr örtalaridagi bu maʼnaviy hodisa, yaʼni özini özi tarixga muhrlagan buyuk adib Lev Tolstoyning uşbu tarixiy surati bilan bugungi yoşlar “kaşf qilgan” selfi örtasida qançalik tadrijiy tafovut bor?
Şunday öy-xayollar oğuşida Lev Tolstoyning özidan javob izlayman. Ne ajabki, buyuk adib bisotida har qanday mulohazaga aniq-tiniq munosabat bildirilişiga örganib qolganmiz. Bu gal ham şunday böldi. Bu savolimga şunday tolstoyona javobni topdik: “Bizda minglab yillar davomida milliard-milliard odamlar orasidan yetişib çiqqan buyuk donişmandlar tafakkurining şunday asl mevalari mavjudki, bu buyuk insonlarning aql durdonalari vaqt sinoviga çidaş berib, ğalvirdan ötib kelmoqda. Örtamiyona narsalarning bari itqitib taşlanib, faqat öziga xos, teran, zarur narsalargina qolgan…”.
Bunga nima qöşimça qiliş mumkin? Bizningça heç nima! Demak, bu donişmandona fikrga qöşiliş joiz. Şunday emasmi?!
Darhaqiqat, “örtamiyona”, ayniqsa, baçkana narsalar itqitib taşlanişi kerak.
Safar OLLOYOR,
Respublika Maʼnaviyat va
maʼrifat markazi
masʼul xodimi
