Yaqinroq borsang, yaxşiroq körinadi…
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi, partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi aʼzolari hamda partiyaning “Deputat ayollar klubi” taşabbusi bilan Buxoro viloyatida “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoşlarning muammolarini örganiş, ularni imkon qadar joyida hal etiş maqsadida yaqinda Buxoro viloyatida “Sayyor qabul” taşkil qilingan edi.
Işçi guruh aʼzolari, tuman ijro hokimiyatlari, prokuraturasi, içki işlar, bandlikka kömaklaşiş bölimlari kabi bir qator taşkilot va muassasalarning vakillari iştirokida ötkazilgan “Sayyor qabul”da “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, yoşlar tomonidan 2 yoşgaça bölgan bola nafaqasi, oromgohlarga yöllanma oliş, bandlik, tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun imtiyozli kredit oliş, uy-joy taʼmiri, oilaviy munosabatlarni qayta tiklaş, şuningdek, subsidiya orqali uy-joy oliş kabi bir qança masalalarda oğzaki va yozma tarzda kelib tuşgan 300 ga yaqin murojaatlar örganildi, ayrimlari ijobiy hal etildi, qolganlari masʼullar tomonidan nazoratga olindi.
Töğri, bugun barça muammolarga birdaniga yeçim topiş, ularni hal etişning iloji bölmas. Ammo şunday masalalar borki, arzimagan vaqt evaziga bitadigan işlar ham baʼzi bir mahalliy mutasaddilarning beparvoligi sabab muallaq holda qolayotgani odamlarni qiynayotgani ayon bölmoqda. Quyida taniqli şoira, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Farida Bötayevaning ayni şu safar davomidagi keçinmalari, taassurotlari örin olgan…
Şukronalik
Men poyezdda Toşkentdan Buxoroga qarab yöl olar ekanman, fikrim kahkaşonida “Buxoroi Şarif” degan tovuş qayta-qayta jaranglayverdi. Nega bu maqom dunyoning faqat ayrim şaharlarigagina nasib qilganligi haqida öyladim. Nega, ajdodlarimiz bu qadar “şarif” söziga izzat körsatganlar?!… Şarif sözi arab tilidan olingan bölib olijanob, aslzoda maʼnolarini anglatadi. Muhammad (s.a.v) avlodlarining nomiga qöşiladigan hurmat sözi. Örta asrlardan boşlab 7 şahar; Makka, Madina, Quddus, Bağdod, Damaşq, Mozori Şarif va Buxoroi Şariflari diniy markaz sifatida şuhrat qozongani uçun, ularga “Şarif” sözi qöşib aytiladigan bölgan. Bunday martabaning boisi nima ekan? Töğriroği kim yoki kimlar ekan? Dunyoni zir titratgan ilm ulamolari Yetti Pirlar, Bahouddin Naqşbandmi yo? Arablarga-da Payğambarini tanitgan, u Zoti Oliyning har sözlarini joni evaziga, nafasi evaziga yiğib, jamlab islom olamiga nur taratgan zot Imom Buxoriydir, balki?..
Bu yurt öz Pirlarini bilarmikinlar, tanirmikinlar? Tomirlarida oqayotgan qonning, bosayotgan tuproqning qançalar muqaddas ekanligini anglarmikinlar? Balki, bilganlarida bugun yomğirday yoğilayotgan muammolar, nizolar, norizoliklar, sabrsizliklar, xasad va insofsizliklar röy bermasmidi?..
Özbekiston Milliy Tiklaniş DPdan Oliy Majlis Qonunçilik Palatasiga saylangan deputat va markaziy qömita ayollari Buxoroi Şarifdagi muammolarni örganişga kirişar ekanmiz, arizaçilar oldida köndalang bölib turgan masalalar ajdodlari qoldirib ketgan buyuk yeçimlar oldida nihoyatda mayda va heç gap emasligi ularni biroz sabr, şukur, ğayrat, eʼtibor, intizom, odob va mehr bilan bitadigan yumuş ekanligini tuşuntirişga harakat qilamiz…
Xatolar jabri
— Men uysizman, erim taşlab ketgan, çunki, uning öz oilasi va 5 nafar farzandi bor, — deb, söz boşlaydi Dilbar, ikki yoşlar çamasidagi uxlab qolgan öğlini köksiga bosib.
— Ota-onangiz, qarindoş-uruğingiz yöqmi?, — deb söraymiz.
— Bor, ammo ular mendan voz keçişgan. Ota-onam uyga kiritmaydilar. Çunki, men xato qildim, adaşdim…
Bu ayolni tinglar ekanmiz, heç qayerda öqimaganligi, biror-bir hunari ham yöq ekanligi, endi esa noçor ahvolda, boşi berk köçaga kirib qolganligini körib açinasan. Kollejda öqib yurgan paytidagi aqlsizligi, özidan ança katta kişi bilan notöğri yölga kirgani, erta tuğuruq, erta qiyinçiliklar, erta muammolar girdobi…
Bugun esa uysiz, boquvçisiz, mehrsiz, yolğizlik azobiga mahkumaligi nafaqat uning muammosi emas, balki jamiyat oldiga qöyilgan oğriqli muammodir.
Nega endi, sening xatoing uçun atrofingdagilar, mahalla, hokimiyat, davlat tovon tölaşi kerak ?! Deputatlar, vazirliklar, turli mutasaddi taşkilotlar sening ğamingni yeyişi kerak?! Şu haqda öylaydigan, vijdoni qiynaladigan yoşlar, ayollar, kamayib borayotganligi taşvişga soladi.
Bugungi kundagi şunga öxşaş masalalarning mohiyatiga yeçim topmas ekanmiz, ular urçib ketaveradi. Yeçimning esa javobi — bilim va faqat bilimdir!
Najot kerak
— Siz bilan alohida gaplaşsam maylimi? – deb, jovdirab turgan bir yoş yigitni iltimosiga köra boşqa xonaga kirdik. Uning öpkasi tölib, gapirişga qiynalar, közlaridan oqayotgan yoşlarni artib ulgurmas edi. Menga najot kerak, iltimos, meni eşitinglar! – deydi u, çuqur- çuqur nafas olar ekan.
Yonimdagi senator Huseynova Abira Amanovna ikkimiz uni tinçlantirişga harakat qildik.
— Nima böldi? Bir boşidan gapir, bolam, – deymiz.
— Men Mehribonlik uyida tarbiya topganman, u yerdan çiqayotganimda 3 kişiga 1xonadan 3 xonali uy berildi. Özingiz bilasiz, u uy 5 yilga beriladi. Muddat tugab, u yerdan çiqib ketdim. Ustaçilik qilaman. Bir farzandi bor ayolga uylandim. Yana bir bola kördik. Ayolim tuğuruqdan keyin sil kasalligiga duçor bölib qoldi. Davolatdim, topgan pulimni heç narsaga yetkaza olmayapman. Ikki farzand, ijarada turamiz, ayolim esa doimo kasalxonada. Hozir 27 kg. bölib qolgan, qoq suyak! — deb, höngrab yubordi.
— Öpkasini operatsiya qilsa bölar ekan. Bir marotaba qildirdik. Yana bir operatsiya turibdi. Bunga esa heç qayerdan mablağ topolmayapman…
Biz darhol öşa yerning özida Soğliqni saqlaş vazirligiga qönğiroq qildik. Ayoli davolanayotgan şifoxona va boş şifokor bilan boğlandik. Yordam berişadigan bölişdi. Biz esa öz nazoratimizga oldik.
Mehribonlik uyida tarbiyalanuvçilarning keyingi hayoti, ularning öqişi, kasb-hunarga ega bölişi ham bugungi kundagi eng dolzarb masala ekanligi namoyon böldi.
Farida Bötayeva,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi
deputati.
