Navoiy asarini Dyuma öqiganmi?

Hazrat Alişer Navoiy dahosining uluğligi şundoqki, ul zoti şarifning benazir şeʼriyatida odamlar uçun ibratli hikmat bor, istalgan jumboqqa yeçim, eng muşkul savolga javob topiş mumkin.

Oqşom çoği neça oylik izlaniş nihoyasiga yetib, Aleksandr Dyuma qalamiga mansub “Kavaler de Mezon Ruj” romanining tarjimasini tugatdim. Lekin XX-bobning avvalidagi köngilni töldirmaydigan bir nuqta va iştiboh öşandoğiça qoldi. Modomiki, mutarjimning işi mukammal çiqmagan ekan, kitobxon ham qoniqmaydi-da…

Ittifoqo, ertasi kuni Namangan davlat universiteti talabalari bilan uçraşuv böldi, Hazrat Navoiydan ğazallar öqildi, Hazrat ğazallarining kuyga solingan qöşiqlari kuylandi. Ammo bölğusi filolog­lardan söralganida bitta savolga ijobiy javob bölmadi:

— “Layli va Majnun”ni kim tölaligiça öqigan?

Birgina yigit, u ham dos­tonni emas, 1976 yili çop etilgan nas­riy bayonini öqigan ekan. Özim ham yomon zil ketdim, negaki, asarni yaqin orada qölga olganim esimda yöq. Hay, uyga qaytiboq, Hazratga yukindim: “Layli va Majnun” oçildimi, undan boş kötariş muşkul, Navoiy mis­ralaridagi sohir (balki ğayb) ohanrabo ixtiyorni olib qöyadi. Mana, XXV-bob boş­landi:

Kun garm bölub halok jonğa,

Layli kibi öt solub jahonğa.

Har yelki esib haroratomez,

Majnun damidek jarohatangez.

Tinmay yugurub quyun tagidin,

Qum uzra ayoği kuymagidin,

Itlar tili yerğa tegurub boş,

Ğurra asad içra aylabon foş…

Kamina hayratdan lol qolibman, holatimni heç muşohada etolmasdim. Axir, keltirilgan parçaning sönggi ikki satri oylar davomida topilmagan izohning özginasi edi. Yöq, Dyumaning yozgani Navoiydan tarjima deyilsa ham mubolağamas. Çunki, öşa maşhur fransuz adibi qöliga qalam olganda, “Xamsa”ning bitilganiga uç yarim asr bölayozgandi.

Rusça “Kavaler de Mezon Ruj”ning XX-bobida şunday yoziladi: “Uje naçinalo oщuщatsya priblijeniye ujasnoy sobaki, çto drevniye predstavlyali tomimoy neutolimoy jajdoy, kotoraya, po verovaniyu parijskix plebeyev, gladko vыlizыvayet mostovыe”. Uzundan uzoq jumlaning tarjimasi bitgan esa-da, “ujasnaya sobaka”ning özbekçasini uddalaş muşkul keçib, sahifa söngidan şunday izoh örin olgandi:

Tarjima: “Halitdanoq yovuz “it kunlari”ning jaziramasi yaqinlaşayotgani sezilib, of­tob yondira boşlagandi. Bu şunday mavsumki, köhna tasavvurga köra, hamişa yutoqqan, taşnaligi heç-heç qonmaydigan yoki parijlik ahli avomning aqidasida esa yerda sudralgan tili bilan arava yölining töşama toş­larini yaraqlatib yalab ketuvçi çanqoq it”.

Izoh: “It kunlari” — bu mavsum şarqona taqvimdagi asadga töğri keladi. Maʼlumki, bu oy boşlangaç, itlarning tili osilib ketadi va taşnaligi heç qonmaydi. Alişer Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida bu haqda şunday bayt bor:

Itlar tili yerğa tegurub boş,

Ğurra asad içra aylabon foş.

Ğurra (arabça) – oyning boş­lanişini yoki bir kunlik oy maʼnosini anglatadi va binobarin, A.Dyuma demoqçiki, “it mavsumi” — “ğurra asad” bois çanqoq it­larning osilgan tili yergaça tuşgan.

* * *

Amir Alişer siymosidagi uluğ sanʼatkor Olim Xöjayev hamon köz oldimizda va sözlari şuurumizda jaranglab turibdi:

— Asrlar oşa öz şeʼrlarim bilan “labbay” deya javob berurmen!

Ammo tarixan bu gapni Navoiy emas, barhayot asarning mualliflari (Uyğun va Izzat Sulton) aytgan esalar-da, Hazratning ğazalida esa şunday bir misra bor:

Navoiy ham yotar to subhi mahşar tarki xob aylab.

Mahşar tongiga qadar uyquni tark aylab, bedor yotgan buyuk Navoiy, tabiiyki, abadiyat qadar barhayotdir. El-ulus va inçunin, qalam ahli ham ul zoti bobarakotning uyğoq ruhidan bahravor bölmoqdamizki, fayzlar oftobidan topilgan bittagina uçqunni yuqorida aytdik.

Rustamjon UMMATOV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan