Kambağallar yöq emas, lekin…

— Ey, jöra, bu gapni qaydan eşitding? Kim aytdi senga bizning qişloqni qaqrab yotgan çöl deb? Töğri, vaqtida çöl bölgan, bugun guliston-ku! Axir yoşim oltmişga yaqinlaşgan bölsayam, işlab çarçamayman! Yur bu yoqqa, ana qara, qöradagi qöylarning hammasi meniki! Bu tovuqlar ham. Qöy-qözilarimni kör! Bodom, olma, şaftoli, uzumning hosili zör böldi bu yil. Bu nimaning hisobiga? Albatta, peşona ter bilan yaratilgan. Mehnat qilgan odam heç qaçon kam bölmaydi. Buni öng va söl quloğing bilan eşitib ol!

Mardonboy otaning bu gapini eşitib, dösti közini olib qoçdi. Keyin asta dedi:

— Döstim, siz xafa bölmang.

— Nima? Hali şunaqami? Bir köray öşa raisni, nega meni röyxatga kiritadi? Şunça mehnat qilib, endi kambağal bölib qoldimmi? Mendayam or bor, nomus bor!

Mardonboy ota ayoli olib kelgan çoyni obdan qaytarib, döstiga bir piyola uzatdi. Özi ham issiq kök çoyni höplar ekan, dedi:

— Kambağallar yöq emas, bor. Lekin şu özini beçora körsatayotgan tört muçasi soğ odamlar ham yöq emas-da. Ularga iş yoqmaydi. Salqin çoyxona, oğizga yoqadigan taom va bir-ikkita ulfatlar bölsa bas! Na oilani, na rözğorni öylaydi. Xotin beçora bolalarni qanday boqaman deb birovlarning uyida işlaydi. Er esa uyga kelib xotinga öşqiradi. Işlagani iş yöq, deydi. Kattagina tomorqa esa ajriq bosib yotadi.

— Endi, jöra, seniyam tuşunaman, işlamasang tura olmaysan, ketmoning quyoşda yaltiraydi, — dedi Sanaqul ota. — Topganing halol. Bilaman, sen qança işlasang, şunça tetiklaşib boraverasan. Eşitgandirsan, kambağallikni qisqartiriş umumxalq harakatiga aylanibdi. Albatta, bunda biz keksalar ham iştirok etamiz-da. Masalan, seni olaylik, şunça kuç-ğayratni qaydan olyapsan, seni mehnat qilişga nima undab turadi? Şularni kambağal oilalarga gapirib berişing kerak-da.

— Ha, eşitdim, döstim, — Mardonboy ota tengdoşining fikrlarini maʼqulladi. — kambağallikni pul tarqatiş bilan tugatib bölmaydi, deyildi yiğilişda. Yana bir gap. Kambağal oilalarning 35 foizi qölida hunari yöq, işga layoqatsiz ekan. Ularni baʼzi korxonalar şuning uçun işga olmaydi-da. Yana bir raqamni eşitib, hayratlandim. Kambağal oilalarning 83 foizida kattagina tomorqasi bor ekan. Töğri, ularda suv va elektr muammosi yöq emas. Qalovini topsa qor yonadi, işlaş kerak-da. Ammo şu yiğilişda Prezidentimizning bir gapi juda yoqdi menga. “Odamlarga qança yordam bermaylik, mahallalar şaroitini yaxşilamasak, kambağallik qisqarmaydi”, dedi. Kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş uçun kattagina mablağ ajratiladigan böldi. Suv nasoslari, quyoş batareyalari, elektr, yöl, internet uçun işlatiladi bu mablağ.

— Şunça pul mahallalarga! — ajablandi Sanaqul ota. — Bu zör-ku! Endi qişloqlarga fayz kirar ekan-da. Tomorqalar ham yaşnaydi. Bozor tökin böladi, bozor. Şunisi muhim-da, jöra.

— Şu gapingga bir narsa yodimga tuşib ketdi, — döstining gapini böldi Mardonboy ota. — Tunov kuni şaharga tuşuvdim. Nabiram 12-qavatda yaşaydi. Çiqdim. Lekin u qayoqqadir ketgan ekan deng. Şunda qöşnisi meni uyiga taklif qildi. “Dam olib turing, yölda toliqqansiz”, dedi. Yaxşi odam ekan. Uyiga kirdim-u, oğzim lang oçilib qoldi. Bilasanmi, göyo uyga emas, boqqa kirganday böldim. Xonalarning hamma tomonida gul ösib yotibdi. Baʼzilari şiftga yetgan. Buyam mayli, balkonda limon pişib turibdi. Balkonning bor böyi tuvakda limonlar bilan töldirilgan. “Döxtir limonzorda nafas oling degan edi, limonzorni şu yerga olib keldim”, deydi uy egasi. Mana buni innovatsiya desa böladi. Yana-çi, ular boş piyoz bor-ku, uni artganda tomir tomonini taşlab yuborişmas ekan. Yaşikka solingan tuproqqa piyozning tomir tomonini ekib, suv quyişar ekan. Piyoz ösib yotibdi. Kökat özlaridan çiqyapti. Mana yana bir innovatsiya!

— Endi sen hamma köp qavatli uyda yaşovçilar balkonda limon yetiştirsin demoqçimisan?

— Yöq, bu xayolimga ham kelgani yöq. Aytmoqçimanki, hamma narsani eplasa bölar ekan. Baʼzilar tomorqasi, imkoniyati böla turib, qilolmagan işni bir odam balkonda amalga oşirayotganiga qoyil qolganimdan aytdim-da senga. Eplasang jangalda şörva, degani şu-da, jöra!

— Ey, darvoqe, yiğilişda hokim, hokim örinbosarlari xalq içiga kirmayotgani tanqid qilindi. Qanday kelsin, ularning vaqti yöq-da. Masalan, bizning mahallaga hokim biror marta bölsin, kelgani yöq. Holing qanday deb mendan söramasin, boşqalardan sörasin. Beva-beçoralardan sörasin! Kambağal odamlarga yordam bersin!

— Aytmoqçi, sen ham bu yilgi hosilning yarmini odamlarga tarqatibsan, deb eşitdim, yaxşilikning eng yaxşisi saxovat-da, töğrimi?

— Endi, bilasan, şu el bizga qadrdon. Topganimizni şu odamlar bilan baham köramiz-da. Odamlarga yaxşilik qilsang, qaytadi. Pul bölib emas, duo bölib. “Oltin olma, duo ol, duo oltin emasmi?” degan naql bekorga aytilmagan, jörajon.

— Xöp, omon böl, yaxşilik qilişdan çarçama, döstim, men boray, kelin sigir soğadigan vaqt böldi, nevaralarga qaray, bedanaga xörak beriş kerak, qöşni kampirning sal mazasi yöq, unga ovqat çiqaray, kiçkina nevara maktabdan keladi, darslariga qaraşay, parnikdan gul uzay, bugun ayolimning tuğilgan kuni…

Faxriddin BOZOROV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan