Maqtovni yoqtirmaydigan otaxon

yoxud taniqli yozuvçining çop etilmagan maqolasi

 

Bilasiz, gazetamiz jurnalistlarning erkin minbari. Şu bois sohada uzoq yillar xizmat qilgan, yoş ijodkorlarga öz faoliyati bilan ibrat böla oladigan OAV fahriylari, ularning bosib ötgan hayot yöli haqida ham juda köplab materiallar çop etiladi.

Bunday maqolalar biz kabi jurnalistika sohasiga endigina qadam qöyayotgan yoşlarga mahorat maktabi vazifasini ötab, ularning tajribasi bilan tanişib, sohani yaxşiroq örganişimizga xizmat qilsa, u maqolalarda yodga olingan jurnalist ustozlar uçun katta eʼtibor, şogirdlari, hamkasb döstlarining yuksak eʼtirofidek taʼsir qiladi.

Bunday materiallar berilgan gazeta çop etilgan kunning ertasigayoq bu kabi odamlar tahririyatimizga qönğiroq qilib, “Men haqimda maqola beribsizlar. Körib juda xursand böldim. Rosti sira ham kutmagandim. Öqib, öşa bir paytlar javlon urib işlagan vaqtlarimga qaytgandek böldim. Katta rahmat” deyişsa, muştariylarimiz “Şu kişi haqida maqola berib zör iş qilibsizlar. Haqiqatan ham bu odam juda munosib” deb öz fikrlarini bildirişadi.

Bu sözlar esa bizga yanada ilhom berib, kimlarnidir xursand qilganimizdan özimiz ham xursand bölaveramiz.

Ammo men bir safar umuman boşqaça holatga duç keldim va ança vaqtgaça buni xayolimdan çiqarolmay yurdim. Bir nimalarni qoralaşga ilhomlanganim ham rost. Keling, yaxşisi, bu voqea qanday bölgani haqida sizlar bilan örtoqlaşsam.

 Odatdagidek gazetaning navbatdagi soni tayyorlanayotgan kunlarning birida tahririyatimizga bir otaxon kelib qoldi. Egnida töqsoninçi yillar ziyolilariga xos kastyum-şim va böyinboğ. Qölida ham öşa davrda urf bölgan “diplomat”.

“Bu kişi ham men tanimaydigan katta jurnalistlardan biri bölsa kerak” degan xayolga bordim.

Salom-alik va ötirgandan söng qilinadigan özbekona duo-yi, fotihadan keyin otaxon ism-şarifimni, bu yerda kim bölib işlaşimni söradilar. Men esa oğzimni töldirib “şu gazetaning muxbiri bölaman, gapiring otaxon, bizga nima xizmat” deyişimni bilaman qöllarini yana duoga oçib, “Ilohim Oltin qalam, Yilning eng faol jurnalisti, xizmat körsatgan jurnalist… erişiş mumkin bölgan barça unvonu-maqomlarga erişgin. Yozganlaring elning könglidan joy olib, hamişa sevimli ijodkorlar qatorida yurgin” deb uzondan-uzoq duo qilib oldilar-da maqsadga köçdilar:

“Men ham jurnalistikada yigirma yildan oşiqroq işladim. Manavi joyda muxbir, manavi joyda maxsus muxbir yana manavi-manavi joylarda mana bu lavozimlarda işlaganman. Bormagan davlatim, yozmagan maqolam qolmagan hisob. Matbuotda çiqqan materiallarimni yiğib, öntadan oşiq publitsistik asar, öndan oşiq safarnoma kitob hamda men haqimda boş­­qa jurnalistlar yozgan maqolalarni yiğib, yana bir neçta kitoblar çiqarganman. Öh-hö, men haqimda kimlar maqola yozmadi, kimlar oçerklar yozmadi deysiz! Ayniqsa, falon fanlar nomzodi, falon mukofotlar sovrindori Falonçi Pismadonçiyev falon sarlavhali maqolasida manavi gaplarni juda topib yozgan-da, eşit: “Uning uçun heç bir matbuot anjumani, brifinglarga alohida taklifnoma kerak emas edi. Har doim katta-kiçik jurnalistlar yiğiladigan turli davralarda hoziru nozir bölardi. Şunçalik fidoyi jurnalist bölganki, qaysidir vazirlik, taşkilot yoki muassasa tomonidan qaysidir viloyatga OAV xodimlari uçun uçraşuv taşkil etilsa, birinçilardan bölib kelib olardi. Bor fikru xayoli, taşvişi mana şunday işlardan iborat bölgan. Uni kuzatib “Nahot şaxsiy taşvişlari, oilaviy işlaridan ortib, tadbirlarda şunçalik faollik körsata olsa-ya?” deb xayron bölardik”. Eh… bu gaplarni öqib, yana öşa vaqtlardagidek işlagim kelib ketadi, işonaver.

Otaxonning hafsala bilan gapirayotgan har bir gapiga tasdiq maʼnosida boşimni likillataverib, “Qaçon maqsadga köçar ekanlar?” deb qança kutmay, menga xuddi tugayotgandek tuyulayotgan gaplarining davomi çiqaverardi. Hurmatsizlik bölmasin, deb gapini bölişdan özimni tiyib, tişimni-tişimga qöyib, indamay tinglayotgan bölsam-da, zerikkanimdan “tezroq maqsadga ötaqoling, otaxon, men sizni gap boşlaganingizdan buyon ana maqsadga ötyapti, mana ötyapti deyaverib, qança noumid böldim” degilarim kelardi. Özimni uyoq-buyoqqa taşlab, atrofga qança alanglamay, jörtaga tomoq qirib, zerikkanimni sezdirişga urinmay, suhbatdoşim qarşimda ötirgança, yelkamga bir qöl taşlab, yana diqqatimni öziga qaratib, gapirişda davom etardi.

“Aytganimdek, men haqimda yozilgan maqolalar, oçerklarni ham töplab bir neça kitob qilganman. Balki sen ham uşbu suhbatimizdan keyin men hakimda oçerk yozib yuborsang ajabmas (qah-qah otib kuladi.). Mayli, seni ham köp vaqtingni olmay muddaoimni ayta qolay. Uşbu mazmunli suhbatimizni nasib qilsa boşqa safar yana davom ettirarmiz.

Uff… hayriyatey devordim oçiği şu payt içimda.

“Şu desang, hamma birdek tanib, hurmat qiladigan bir taniqli yozuvçi, jurnalist ham men haqimda maqola yoziş istagida ekanligini aytgan edi. Aslida kitob yozsa ham bölardi-yu… ha, mayli. Ammo negadir şu maqolani ham hali-hamon yozganlari yöq. Men esa ança vaqtdan buyon “bu maqolani qaçon yozar ekanlar?” deb kutib yurardim. Avvaliga hadeb yozavermayotganliklari uçun biroz hafa bölgandek ham böldim. Keyin esa özimga kela boşladim. Ha, endi u kişini ham tuşuniş kerak-da. Davlat işlaridan ortmayotgan bölişlari mumkin-ku axir. Özini ham boş­­qa işlari bordir. Balki mendek inson töğrisida şoşma-şoşarlik bilan yoziş mumkin emasligini tuşunib, hayotim va ijodimni mukammalroq örganayotgan, muallifligimdagi asarlarni qayta-qayta öqib çiqayotgandir, degan xulosaga keldim. Töğri-da, nima deding? Axir sen ham…

Otaxonning bemalolxöja bölib gapiraverişiga sabrim çidamay, oxiri gapirib yubordim. “Bölib-bölib nima böldi? Yozib berdimi? Gazetamizning navbatdagi sonida şu maqolani çop etişimizni sörab kelganmidingiz otaxon?” dedim-u, öz boşimga yana bir dunyo gap tilab oldim.

“Şoşmasang hammasini asta-sekin aytyapman-da hali yoşsan, şoşmaginda ukam. Bunça şoşqaloq bölmasangiz siz yoşlar-a! Kattalarni ozgina sabr bilan tinglaşni, eşitişni bilmaysizlar. Natijada şunaqa beodob bölib ketasizlar. Işlaşni boşlaganingizga 1-2 yil bölmay, darrov otga minib olasizlar. Xuddi bu gazeta şaxsiy mulkingdek “gazetamiz” deyişingni qarang. Qança böldi özi işlaşni boşlaganingga? Qayerni tugatgansan özi?” deb otaxon jahli çiqib endi meni koyib ketdi. Rosti oğzimni oçganimga ham puşaymon böldim.

“Xöp böladi otaxon, beodobligim uçun keçiring, uzr sörayman, tavba qildim. Men şunçaki sizning işingizni tezroq bitirişni öylagan edim, xolos” deb özimni oqlaşga qança urinmay otaxonning ğazabi battar alanga olardi.

“Sen öylama, sen uçun öylaydiganlar bor, xöp-mi?! Undan köra sen işingni, öz vazifangni bajar. Jurnalistlarning asosiy vazifasi odamlarni eşitiş. Demak, seniki ham! Tuşundingmi?” deb bir qölini paxsa qilgança stulga yarim ötirgan holda şunaqangi gapirar ediki, xuddi keçirib bölmas katta jinoyat qilib qöygandek ötirgan stulimning suyançiğiga qapişib, uning ortiga tuşib ketgudek ötirardim.

Bu orada nima janjal bölyapti ekan deb eşikni oçgan hamkasbim, bu otaxonning “darrov eşikni yop” degan maʼnoda közini löq qilib, qayrilib qaraganidan qörqib, zumda ortiga qaytib ketdi. Men esa yoşlarga xos bölgan “priyom” har bir gap­­ga tezda-tezda “xöp böladi”, “xöp böladi” deb otaxonni hovuridan tuşurişga erişdim.

Suhbatdoşim “Nima deyayotgandim özi?” deb bir öylab oldi-da oxir-oqibat maqsadga köçdi: “Ha, öşa taniqli yozuvçining men haqimda maqola yozmayotgani haqida edi. Rostdan ham heç vaqti bölmayapti şekilli-da. Şuning uçun men vaziyatni töğri tuşunib u kişining nomlaridan maqolani özim yozib, olib kelyapman. Aslini olganda maqtovga juda yöq odamman. Kimdir men haqimda nimadir iliq gap aytsa, darrov yuzim qizaradi. Özimni önğaysizlangandek his qilaveraman. Şu sabab maqolaga ortiqça maqtovlar qöşmadim. Maqola tayyor bölgaç, tahririyatga olib kelişdan avval ozgina xijolat ham böldim. Oxiri bu iş har tomonlama yaxşi bölganiga amin böldim. Töğri-da, agar atoqli adibimizning özlari yozganida, bilmadim, meni nimalar deb ortiqça maqtab, kökka çiqarib yuborardilar. Yaxşiyam, buni özim yozganim. Ança kamtarin, sunʼiy böyoqlarsiz çiqdi. Ha aytgança, gazeta dizaynini hisobga oladigan bölsak, bu maqolaga ikki-uçta suratlar ham kerak böladi. Şuning uçun mana beş-olti suratimni ham olib kelgandim. Bilmadimku-ya lekin sizlarning gazetangizga manavi, manavi va yana manavi suratlar töğri kelsa kerak. Qaragin, qanaqa çiroyli çiqqan-a?”

Nima qilarimni bilmay, bir otaxonga, bir qölimga tutqazilgan suratlarga qarab, angrayib turganimni körgan otaxon yana sözlaşda davom etdi: “Sal qolsa yodimdan kötarilay debdi. Ismingni kim deb aytganding?”

Yana qovun tuşurib qöyişdan qörqib til uçida, zörğa ismimni aytdim.

“Ha, yaşa, körinişingdan unça yomon yigitga öxşamaysan aslida. Şu desang yaqinda men yana bir yangi kitob yozgandim. Unda özimning boşimdan ötgan yaxşi-yomon kunlar, topganlarim va yöqotganlarim, hozirgi yutuqlarimga erişiş yölidagi mehnat-maşaqqatlarim, tortgan azoblarim haqida hikoya qilingan. Şu kitobim köpçilikka yoqibdi, şekilli hamma şu haqida taqriz yozyapti. Sen ham harqalay, şu gazetada işlab qalami ança ötkirlaşib qolgan yoş jurnalistlardan bölsang kerak. Aytmoqçi bölganim, özing şu kitobim haqida bir yozib körmaysanmi? Qalam haqi mendan. Agar zör yozsang 500-600 ming söm qilib beraman. Yana bir foydali tomoni men mana şu kitobimga yozilgan taqrizlarni ham töplab, kitob qilmoqçiman-da. Ana şu kitobga sen yozadigan taqriz ham kirib qolsa, özingga ham yaxşi, nima deding? Kitobni öqib çiqişga vaqt sarflaşing ham şart emas. Unda nima yozilganini hozir özim senga batafsil aytib beraman. Menga qolsa bir nusxa olib kelib berardimu, özimda ham tugab qolibdi-da. Mayli, bu ham kitobimning köpçilikka yoqqanining bir isboti bölsa kerak”.

Bu gaplardan keyin men ayyorlik bilan otaxonga “paxta” qöyiş yöliga ötdim:

“Suhbatingiz uçun katta rahmat, otaxon. Har bir gapingizdan özim uçun katta maʼno, yozişim uçun juda köp mavzular oldim. Albatta, nimadir yozişim aniq. Faqat mening yozganlarim sizga maʼqul bölarmikan? Siz kutgandek yoziş qölimdan kelarmikan?” deb xayrlaşiş uçun qöl tutdim. Ammo u qölimga qaramay yana gapirişda davom etgani bois çözilgan qölimni köksimga qöyib, yana tinglovçiga aylanişga majbur böldim.

“Bunaçalik sodda bölmagin-da, ukam. Bunaqada köp narsadan ortda qolib ketasan-ku. Sen avval yozişga bir urin, astoydil harakat qilib, yaxşilab yozib tugatgin. Yozgan taqrizing kitobga kirib, odamlarga biroz tanilgin. Keyinçalik sen ham mana şunaqa taqrizlaringni yiğib, balki biror kitob çiqararsan. Mayli, yana özing bilasan. Faqat men bergan maşhur yozuvçining maqolasi qolib ketmasin. Albatta, gazetaga beringlar!”

Indamadim, otaxon xonadan çiqib ketayotganda örnimdan turdimu, xayol bilan uzoq vaqt eşikka tikilib qolaveribman. Keyin, otaxon qaçon çiqib ketganiga ham aqlim şoşib qoldi. Stolimga gurs etib özimni taşlab, oğir xörsinib oldim-u, özimga-özim beixtiyor “Ey Xudo özing sabr bergin!” deb yubordim.

Işqilib, öşa otaxon “men bilan suhbat-maqolang gazetada çiqdimi?” deb yana kelib qolmasin-da. Kelib qolgan taqdirda ham ilohim men biror tadbirga ketib qolgan bölay-da.

Kamoliddin RÖZIMATOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan