Özlik ustuni yoki tarix fani öqitilmasa, nima böladi?
“Özingni angla”.
Apollon ibodatxonasi peştoqidagi yozuv
Tarix xazinasi — umuminsoniyat mulki. Bir eʼtiborli misol. Yaqin tarixda Yaponiya kadr tayyorlaş böyiça AQŞ namunasini qabul qilgan ekan. Xaritaga qarasak, Yaponiya qayerdayu, Amerika qayerda? Soat belboği böyiça 18 soat farqlanadi. Ehtimol, Amerikadan Yaponiyaga yölni birinçilardan bölib yozuvçi Jek London oçgandir. U “Dengiz börisi” romanida Amerika qirğoqlaridan Yapon dengiziga qimmatbaho möynali dengiz muşugini ovlaş uçun yölga çiqqan kemaçilar sarguzaştlarini juda taʼsirli tasvirlagan.
Perl-Xarbor voqeasini köpçilik bilsa kerak. Tarixni larzaga solgan Xirosima-Nagasaki fojiasi izohlarsiz ham maʼlum. Xullas, ikki mamlakatga umumiy bölgan jihatlardan ayrimlari şular. Garçi taqdir ularni qarama-qarşi qutblarda yaratgan bölsa-da, ammo tamaddun qoidasi çegara bilmaydi. Bu hamkorlik qanday natija berganini aniq dalillaş qiyindiru, ammo Yaponiyaning, atom borbardirovkasidan keyingi Yaponiyaning bugungi darajasi hammaga maʼlum.
Tarixda bunday misollar köp: vobastalik – umumiy boğliqlik juda köp örinlarda asqotgan (“Yer şari dumaloq” degan gap ham bejizga aytilmagan çiqadi!). Gap taraqqiyotning sirt böylab (gorizontal) tarqalişi haqida ketayotgan ekan, bu holning tik (vertikal) yoyilişi qoidasini ham esda tutiş lozim. Negaki, köndalangiga kelgan axborotni saqlab, uşlab qoliş uçun tik ustunlar joiz, öşa özgarişlar epkini adl turgan tösinlarga urilib, muqimlaşadi, töxtaydi, qönim topadi. Yaʼni, şu usul bilan öziga xos tör hosil böladi va bu hol makonni hosil qiladi. Endi bu joyda keçayotgan jarayonlar xoslik, yakkalik kasb etadi. Xuddi şu holatni şartli ravişda “Özlik” deb ataş mumkin. Özlikda jamlangan axborotlar tomir yoyib, yaşaşga kirişadi va boşqa heç kimga öxşamaydigan öziga xos köriniş kasb etadi. Buni umumiyroq qilib, “milliylik” deb ataş mumkin. Özlik – dunyo tajribasini töplaydigan tör (idiş), uning içidagi massani esa milliylik deb qabul qiliş ham mumkin. Albatta, biz nutqimizda bu sözlarni bot-bot takrorlaymiz, ularning maʼno ifodalaş çegarasi bundan-da keng. Şundanmi, aksariyat ular ifodalaydigan tub mağizni anglayvermaymiz yoki pisand etmaymiz.
Quyidagi mulohazalar aynan şu tuşunçalar bilan boğliqligi uçun özimça bir nusxa yasadim va maʼlum haqiqatlarni bir qur eslatdim.
Sirtdan qaraganda va mulohazalarni taroziga solib körilsa, özlik va milliylik maʼlum xalqning mavjudlik tirgaklari, közga taşlanadigan qiyofasi. Ixtiyordan taşqari holat şundan iboratki, agar bir xalq jahon hamjamiyatida öz örnini tayin etar ekan, u dunyo tamadduni erişgan yutuqlardan boxabar bölişi va mazkur boylikni özida singdiriş qobiliyat kasb etişi lozim, yaʼni poygaga qöşilgandan keyin ham özingning oting bölişi, ham otni boşqara olişing lozim. Agar otga ega bölgan çavandoz uni yetarli mahorat bilan boşqara olmasa, poygada heç narsaga erişolmaydi. Bu bor gap. Şuningdek, oti oriq va zaif bölsa ham xuddi şunday manzara yuzaga keladi: ojiz çavandoz doimo çang yutib, tödaning ortida yurişga majbur, uning bor-yöqligi ham bilinmaydi, pisand qilmaydilar, u bilan hisoblaşmaydilar. Bu mulohazalar tarix haqiqatidan köra jön maişiy masalaga öxşab tuyuladi, biroq botinga nazar solinsa, gapning bölari şu: davra doim zörlarniki bölib kelgan va şunday bölib qoladi.
Endi mulohazalarimizni olğa siljitib, keyingi qadamni qöyadigan bölsak, bugungi izdihomda – poygada qanday holatlar kuzatilmoqda? XXI asr buhron va suronlarga boy böladigan körinadi. Zero, koronavirus degan söz heç kimning luğatida yöq edi, közga körinmas bu “mikrob” çinakam baloga aylandi, odamzot olamini ança dovdiratdi. Demak, zamondoşlarimiz tomning tepasiga çiqib oldim, deya qança ayyuhannos solmasinlar, dunyo asrorlari sirligiça qolaveradi. Inçunun, kutilmagan anamal holatlar röy beraveradi. Şunday şaroitda faqat sinalgan, çiyralgan haqiqatlargina xalqlarni, millatlarni balolardan asrab qolişga qodir böladi. Oddiy haqiqat: tojdorvirusning avj olib ketmaganiga (iloyo, şunday bölsin) turmuş tarzimizdagi azaliy qadriyat – rözğorda va şaxsiy hayotda tozalikka, poklikka qatʼiy amal qilişga erişganimiz sabablardan biri böldi, deb öylayman. Negaki, tozalik, ozodalik bor joyda mikroblarning köpayişi uçun muhit bölmaydi – masalaning eng oddiy şarhi şu!
Holbuki, turmuş tarzimizda, axloqimizda bunday çöng qadriyatlar köp. Demak, xulosa oddiy – agar özligimizni töla anglasak va milliy qadriyatlarimizga amal qilsak, har qanday baloni ham daf etadigan salohiyatga ega millatmiz. Faqat mana şu haqiqatni tuşunib yetsak va töla anglasak, marra bizniki! Oşiğiç takrorlaşga töğri keladi: ertangi kunning kaliti – özlik va milliylikda!
Endi eng jön savol qalqib çiqadi: bu ikki sehrli kuçni, bebaho boylikni qanday topiş yoki özlaştiriş mumkin? Ularning manbasi, yaşaş joyi yoki qöllaş mexanizmi bormi? Bunday savollar köp bölişi mumkin, javob esa bitta – bu xazinalar oltin sandiqda saqlanyapti! Uni oddiygina qilib “ğaladon” ham deb ataşadi, yaʼni “Tarix ğaladoni”. Körinib qoladiki, barça savollarning javobi yaşiringan sehrli sandiq mavjud, bu Tarix, yaʼni ötmiş merosi. Tarixni “ötmiş merosi” deb ataş juda jön taʼrif bölardi. (Tipratikan ham taşqi tomondan juda jön tuyuladi, faqat uni ağdarib körilsa, jonivor ekanligi, oyoqlari borligi bilinadi; çuqurroq ketilaversa, uning ham öz dunyosi mavjud, nasl qoldiradi, hatto seviş tuyğusidan ham begona emasdir). Şunday qilib, neça ming yillar tajribasi töplangan tarix butun boyligi, xazinasi bilan bizning ixtiyorimizda hoziru nozir turibdi.
Mavzuning yana ham xususiy tomonlariga urğu beradigan bölsak, köp takrorlangan çöng haqiqatni yana bir marta eslab ötişga töğri keladi: biz juda boy tarixga ega bölgan xalqlardanmiz. Bu gapni şu zaminda umrguzaronlik qilayotgan özbek ham, turkmanu tojik ham, uyğur ham… ildizi çuqur ketgan har qanday millat vakili aytişi mumkin. Negaki, bugungi Özbekiston tarixini azaldan turli millat va xalqlardan taşkil topgan jamoa yaratgan. Ular har jihatdan kirişib, bir-biriga singib ketgan, hatto milliy belgilari ham aralaşib, umumlaşib qolgan (şundanmi, hazilomuz iboralar yuradi: “özbekning qozoği”, “özbekning koreysi” singari). Bugun Özbekistonda yaşaydigan aholini “özbeklar” deb ataş urf bölgan. Ularning safida ota-onasi boşqa millat vakillari, biroq özlari özbek bölib ketganlar köp va bu hol heç kimda moneʼlik tuğdirmaydi. Tarix evrilişlari bir makonda yaşayotgan, kelib çiqişi, madaniyati, urf-odatlari umumiy (bular “millat” tuşunçasining asosiy belgilari) bölgan odamlar jamoasini bir taqdir bilan siyladiki, endi bu haqiqatlar “Özbekiston” degan umumiy nomda mujassamlaşgan. Demak, şu makonda umrguzaronlik qilgan ota-bobolar yaratgan xazinalar hammamizning mulkimiz. Faqat gap endi ana şu boylikdan unumli, maqsadli, samarali foydalanişda. Bu hol xatolarning oldini oladi, barça sohani baravar rivojlantirişni taʼminlaydi.
Zamonaviy tarix fani juda ham boyib, tarkibidan bir neça yangi tarmoqlar paydo bölgani ham bor gap. Bu hol tarixiy dalillarni yana ham aniqlaştirişda, umumiylik, xususiylik, yakkalik tamoyili asosida ötmiş voqeligini amaliy faoliyatda qöllaş mexanizmini oydinlaştirişda, çökib yotgan milliy biqiqlik kayfiyatining tomiriga suv bermay, aksinça, boşqa xalqlarga nisbatan tajovuzkorlik hislarini jilovlaşda, bunday hollarning oğir salbiy oqibatlaridan ogohlantirişda, salmoqli va teran boylik xazinasidan faqat progres (ilgarilanma harakat) uçun foydalanişga yönaltirişda qöl keladi.
Endi tarixni örganişning ahamiyatini aniqroq tasavvur etiş uçun bu fan sohalarining tabiatini, yaʼni öqigan odamga nima maʼni berişini bir qur eslab ötaylik. Umuman, voqelik – vaqt – inson munosabatlarini tahlil qiliş juda çuqur yondaşuvlarni talab qiladi. Jumladan, tarix falsafasi (falsafa tarixi emas!) tarixiy jarayonlarning mohiyatini umumiy tarzda tadqiq etuvçi ilmiy tizimdir. Tarix falsafasining vatani Şarq, deb eʼtirof etiladi. Dunyoning paydo bölişi haqidagi ilk tasavvurlar kosmogoniya, kosmologiya, teogiya tarzida kunçiqar yurtlarda paydo bölgan, yaʼni bizning ajdodlarimiz birinçi marta dunyoning yaralişi yuzasidan fikr yuritganlar (yer yuzi tekislik şaklida, uni hökiz şoxida tutib turadi; yoki yer olti kunda yaralgan, singari tasavvurlar bilan). Keyinçalik bu fanning metafizika, gnosologiya, logika (mantiq), psixologiya (ruhşunoslik), etika, estetika singari tarmoqlari ham paydo bölganki, ularning hammasi tarixiy jarayon mohiyatini (“aslida qanday edi, nega bunday böldi?” singari) anglaşga yordam beradi.
Tarixiy madaniyat esa vaqtning inson hayotidagi mohiyatini tuşuntirib beradigan madaniyat unsuridir. Vaqt közga körinmaydi, harakatdan töxtamaydi, inson – mavjud, vaqt “işlab çiqargan mahsulot” – voqelik inson faoliyatida moddiylaşadi: şaharlar paydo böladi, uruşlar röy beradi, dengizlar quriydi, odam kosmosga uçadi va hokazo. Ana şu jarayonlarning “qipiği”ni örganiş ham katta kaşfiyotlarga yöl oçadi va kelajakni taʼminlaşning xatosiz keçişiga kömaklaşadi. Masalan, bizga yaqinroq mavzuni olib qaraydigan bölsak, “Temuriylar saltanati – voqelik, xöş, bu voqelikning insoniyatga tuhfa etgan merosini örganiş uçun qaysi ölçovlar bilan yondaşiş adolatli va jonli hayotda qanday meʼyorlar talabi bilan foydalaniladi?” singari savollarga ayni şu fan tarmoği mezonni belgilab beradi.
Tarixnavislikning özi bir dunyo. Tarixni yoziş masʼuliyati bir şahar bunyod etiş yoki ulkan kaşfiyot yaratişdan kam bölmagan. Uning mezoni – haqqoniylik, unga qöl urgan şaxs Haqqa yetgan bölmoği şart va haqiqatga amal qilişning kafolati sifatida tarixnavis sözining avvalida Xudo va payğambarlar nomi bilan qasam içgan, çunki u biror unsurni eʼtibordan qoçirişi mumkin bölmaganidek, biror dalilni notöğri şarhlaşi ham mumkin bölmagan. Bu xatolar, avvalo, Yaratgan qarşisida, qolaversa, kelajak oldida gunoh hisoblangan.
Xullas, Tarix haqida gap juda köp, bu uzun dalildan qisqa xulosa şuki, maʼrifatli dunyoda tarixsiz yaşab bölmaydi. Qolaversa, tarixni örganiş insonning kamolotida boşqa heç bir narsa bilan almaştirib bölmaydigan asos – ustun vazifasini bajaradi. Ğururning, oriyatning, iftixorning yoki boşqa köplab axloqiy kategoriyalarning taʼrifi aniq emasdir, biroq tarix bilan taniş bölgan kişi şu fazilatlarni beixtiyor öziga singdiradi. Olaylik, Sohibqiron Amir Temurning taxtda masrur ötirib, Yevropaning eng şavkatli davlati hukmdori haqida: “Mening öğlimning ahvoli yaxşimi?” degan savolini elçilar qatori eşitsa, jismida qanday hislar jöşadi? Yoki daryo böyida dunyoni zir titratgan fotihning oğzi lang oçilib, “Otaning öğli şunday bölsa!” degan eʼtirofidan keyin Sulton Jaloliddin har bir qalbga kirib bormaydimi, iftixor uyğotmaydimi?! “Avval Vatan, keyin jon!” deya hayqirgan alloma Najmiddin Kubroning daʼvati ming yillar oşa nasllarni jasoratga çorlaydi… Tariximizda bunday misollar köp, juda köp. Ularning mohiyatini, mağzini singdirmay, ğoya, milliy ğoya sifatida tafakkurni töyintirmay, inson şaxs – aniq ijtimoiy muhitning faol aʼzosi bölişi mumkinmi? Yöq, albatta!
Şaxs – ijtimoiy munosabatlarni öz-özida namoyon etgan faol, yakka iştirokçi – unga berilgan taʼriflarning bir qismi şunday. Demak, inson atrof-tevarakda keçayotgan voqelikning bevosita qatnaşçisi ekan, unda oqni-oq, qorani-qoraga ajratidigan malaka bölişi şart. Busiz şaxs yo töla şakllanmagan böladi, yo umuman mavjud bölmaydi. Hamma bir xil kiyingan, hamma bir xil öylaydigan olomonni köz oldimizga keltiraylik. Ularga borliq bir xil tavsiya etiladi: quyoş çiqadi-botadi, uyqudan turiladi-işlanadi-ovqat-uyqu. Bölgani şu. Ötmişidan, tarixidan mahrum qilingan tödani boşqa qanday tasvirlaş, taʼriflaş mumkin? Albatta, bu izdihomni boşqariş oson, çunki ularda borliq bir xilda namoyon bölmoqda. Qolaversa, bunday töda qandaydir ijtimoiy buyurtmaning mahsuli bölişi mumkin.
Afsuski, odamzot bunday körgilikka giriftor qilinmagan, hamma xalqlar, millatlar tomir otgan zaminida tup yozib, gullab, meva tugib, nasl qoldirib yaşab kelgan. Dunyo şu bilan rang-barang va jozibali, şu bilan gaştli, sururli. Minglab fikrlar tuğilgan va ularning eng sarasi ğoya sifatida eʼtirof etilgan. “Ğoya — narsalarning abadiy ongdan inson aqli bilan anglanadigan mohiyati” (Platon). “Hali tajribada körilmagan aql” (Kant). Tafakkur qobiliyatiga ega bölgan inson yorqin ğoyalar bilan yaşagan, ilğor ğoyalar kişilikni olğa boşlagan, avvalo, ruhan, söng jismonan parvozlarga çorlagan. Xuddi şunday, keyingi öttiz yilda ham tariximiz, boy qadriyatlarimizga asoslangan yorqin ğoyalar örtaga taşlandi. Ular taraqqiyotga qaysidir darajada hissa qöşdi. Bugun amalda bölgan Renessans ğoyasi ham tasodifan paydo bölmaganini har bir maʼrifatli vatandoşimiz eʼtirof etadi. Qonuniyligining bir asosi – yurtimizda bunday hollar röy bergan, bunga tarix guvoh! …Şunday deymiz-u, lop etib, tilga bir savol keladi: bugun tarixni örganiş qay ahvolda? Albatta, bu savolga turli toifa va darajadagi kişilarning öz javobi bor. Umumiy manzara esa quyidagiça ekan: şu öquv yilidan boşlab tarix yönalişidan boşqa oliy öquv yurtlarida tarix fanining faqat mustaqillik davri öqitiladigan bölibdi. Yaʼni, 1991 yildan keyingi tarix örganiladi, boşqasi esa – yöq!
Bu yangilik bilan qiziqib, turli kişilarga murojaat qilişga töğri keldi. Ular taʼkidlaydiki, 10-15 yillardan beri oliy öquv yurtlarining dars jadvali tasdiqlanayotganda ijtimoiy fanlar tizimini qisqartiriş yuzasidan mojaro bölarkan. Faqat alohida kişilarning saʼy-harakati bilan dars soatlari saqlab qolinarkan. Bu yönalişdagi fanlarni qisqartiriş yoki olib taşlanişi tarafdorlari yuklamalar köpayib ketganini va örta maktabda olingan bilimlar kifoya qilişini dastak qilişarkan. Holbuki, tarix fani örta maktablarda ham quvğinga uçragan, bu yil teng yarmiga qisqartirib taşlangan emiş.
Masalaga çuqurroq razm taşlaylik. Davlat tizimida oliy taʼlimdan maqsad – mutaxassis tayyorlaş ekani rost va töğri. Ammo mutaxassisning şaxsiyati (maʼnaviyati, eʼtiqodi, maslagi, dunyoqaraşi) ham muhim emasmi? Axir biz globallaşuv zamoniga tuşib qoldik, özligimizni saqlaylik va şu yöl bilan özimizni saqlab qolaylik, deb har kuni bong uramiz, xöş, bu maqsadga qanday erişamiz? Tarixidan mosuvo, boşqalardan farq qilmaydigan özbek mutaxassisi bir mamlakatning bek insonimi yoki umuminsoniyatning farzandimi? Agar birinçisi bölsa, uning timsolida millat yaşaydi, vatan yaşaydi – abadiy yaşaydi. Agar ikkinçisi bölsa, jami saʼy-harakatlarning nima keragi bor, hozir urf bölayotgan tubanliklarga qöşilib, kuzatuvçi bölib turaveriş lozim. Ammo bu juda alamli xulosa va heç qaçon bunday bölmaydi. Hali esini tanimagan maktab bolasining tarixdan olgan saboğini butun umr böyi yetarli, deb hisoblaş esa nodonlikdan boşqa narsa emas. U saboqlar yodlab olingan tuşunçalar bölib, şaxsning şakllaniş bosqiçida tafakkurida singmasa, bolalik tuşlaridek bölib qolaveradi.
Buning ustiga juda boy anʼana va urf-odatlarga ega bizning mentalitetimizda tarixdan bexabarlik gumrohlikka olib boradi, çunki har bir odatning tarixini bilmasa, uni tuşunmaydi va qabul qila olmaydi. Umuman, tarixdan boxabar böliş har qanday yoşda ham, kasbda ham maʼnaviy zaruratdir. Şunday ekan, millatdoşlarimiz öqib-örganişi uçun umumiy bölgan “Tarix kitobi”ni yaratiş ham zarurat. Unda milliy tariximiz ommaviy uslubda, qisqa, aniq ifodalansa, çalkaşliklarda yagona töxtamga kelinib, voqelik xolis va haqqoniy şarhlansa, köplab anglaşilmovçiliklarga çek qöyilgan, millatni birlaştiradigan bir maʼnaviy robita yaratilgan bölardi. Şunda, ehtimol, yurtdoşlarimizning insoniy qiyofasi çinakamiga mukammal bölardi, soxta ğoyalarga berilişlar, adaşişlar kam uçrardi.
Gözal va boy tarixga daxldor kişilar uni örganişdan özlarini baxtiyor hisoblaydilar!
Hakim SATTORIY
