“Selfi”çidan qahramon çiqmaydi

Amerikalik şoir va esseist Djon Barlou «Şarobni xumsiz sotiş: global tarmoqdagi ong iqtisodiyoti» nomli maqolasida şunday yozadi: «Axborot predmet emas, jarayon, harakatdir. U harakatga kelganda kuçli jarayonlar boşlanadi». Darhaqiqat, bugungi kunda axborot odamlar orasiga kirib borayotgan gazetalar sahifasidan ötib, ijtimoiy tarmoqlar, internetning çeksiz törlarida millionlab onglarga taʼsir etuvçi jarayonga aylanib borayapti. Bu axborotning dunyo böylab tarqalişida harakatning tezlaşganini bildiradi.

Albatta, axborot muallif yozib bölgandan keyin yakunlanadigan ijod namunasi emas, balki gazetalarda çop etilib, zamonaviy texnologiyalar yordamida naşr qilingaç ijtimoiy, siyosiy taʼsirga ega kuçli omilga aylanadi. Axborot “çaqmoq”, “gumbirlatadigan” kabi tavsiflanadigan predmetdan oşib, haqiqatni oşkor etuvçi, barçani faollikka undovçi   jarayonga aylanadi, yaʼni yana harakatga keladi, tildan-tilga, kentdan-kentga köçib ötadi. Demak, jarayon harakatni, harakat esa jarayonni vu­judga keltiradi.

Televideniye, radio, bosma naşrlar safiga internet jurna­lis­tikasi kirib kelgani bejiz emas, sababi ijtimoiy tarmoqlar faollaşdi, turli bloglar paydo böldi. Ular mantiqsiz, heç bir hujjatga asoslanmagan, yaʼni köça axborotini ham video tasvir orqali şarhlab uzatişmoqda. Bunday holatda ularni jurnalist amal qilişi lozim bölgan qonun-qoidalar bilan qurollantiriş zarurligi yuzaga çiqadi. Şuningdek, turli toifadagi blogerlar masʼuliyat yukini his qilişi, javobgarlik borligini bilişi şart. Buni internet jurnalistikasi bölimida tahsil olayotganlar, albatta, yaxşi tuşunişadi.

Bundan taşqari, interaktiv imkoniyatlar tobora kengaygani sababli internet ommalaşa boş­ladi. Interaktiv jarayonlarda auditoriya tinglovçisi axborot isteʼmolçisidan hammualliflik darajasiga kötariladi.

Bu jarayonning yana bir xususiyati — köça auditoriyasi vakillari, yaʼni “selfi”çilar, yengil-yelpiga öç “şov-şuv”çilar, mutolaa qilişdan köra, özini “qahramon” qilib körsatişni köproq xohlaydi. Bunday urinişlarning köpinça saviyasi pastligiga sabab kitob öqimaslik, sohada bilim olişni istamaslikdan boşqa narsa emas. Töğrisi, matbuot “selfi”çilarni hammaga örnak qilib körsatiş uçun agitatsiya maşinasining ruli bölişdan çarçadi. Ötgan davrdagi kabi, efirga uzatilgan “Jannatdan xabarlar”dan tinglovçi töydi. Haqiqatni eşitişni barça birdek xohlayapti. Kundalik axborot va kun mavzuidagi tahliliy maqolalar, hujjatlarga asoslangan tanqidiy materiallar öta zarur. Çunki, öquvçi, muxlis şuni istaydi.

Yana şuni ham aytiş kerakki, internet hali barçaning birdek joniga tegmadi, uxlasa ijtimoiy tarmoqqa ulangan telefonini boşiga qöyib pinakka ketadiganlar ham oramizda yöq emas. Bu öta xavfli jarayon. Çunki, kelajakda internet taʼsirida qöliga daftar-qalam tutmaydigan, biror kitobni öqimaydigan avlod voyaga yetdi. Vaholanki, yoşlar kelajagimiz, ertamiz egalari. Ular robotlarga öxşab ösib-ulğaysa, faqat buyuruqni bajaradigan şaxsga aylanadi. Özi fikrlab, tafakkur qilib yangilik yaratiş, taşkilot yoki korxonani mustaqil boşqariş qobiliyatiga ega bölmaydi.

Texnologik jarayonlarni yaxşi özlaştirgan, dunyoqaraşi keng, öz fikrini bemalol sözda ifoda qila oladigan, kommunikatsiyaga tez kirişadigan yoş avlodni tarbiyalaşda yaqindan kömak körsatiş jurnalistlarning ham vazifasiga kiradi.

Köpçilik özini bloger deb atovçilar özi rasmga oladi, foto va video sʼyomkalarni amalga oşiradi, montaj qiladi va ijtimoiy tarmoqqa qöyadi. Körinib turibdiki, ularning ham qölida hunari bor, ammo aksariyatida bilim yöq, ilmiy-adabiy va badiiy kitob öqimagan, gazetani-ku varaqlab ham körmaydi.

Tan oliş kerak, keyingi yillarda jurnalistika sohasi xalqçillaşib, ommalaşdi. Efirda jonli tasvir, bosma naşrlarda töğridan-töğri jonli muloqotlar, reportajlar köpaydi. Qölida mobil qurilmasi bölgan har bir jurnalist axborotni istalgan joydan olayapti. Bu jurnalistika ilmida fuqarolik jurnalistikasining paydo bölişiga turtki beradi.

Albatta, internetdagi blog­larning axborot almaşuv jarayonlari bosma matbuotga salbiy taʼsir körsatmasa-da, ularning odamlar orasida özini jurnalist deb atayotgani muxlisda bir munça işonçni susaytiradi. Çunki, odamlar ijtimoiy tarmoq maʼlumotlarining hammasini ham töğri deb qabul qilmaydi. Qilinmasligi ham kerak. Negaki, köpgina xabarlar şoşma-şoşarlik bilan, çuqur tahlil qilinmay aholiga havola qilinayapti. Natijada soxta axborot odamlarda hukumatga nisbatan norozilik kayfiyatini uyğotayapti.

Ammo hukumatimiz ommaviy axborot vositalarini, şu jumladan, bosma naşrlarni qöllab-quvvatlaş tizimini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bunga sabab, davlat ham, hukumat ham toza va sof axborotsiz rivojlanmaydi. Har qanday nojöya, yaʼni aldov aralaşgan axborot, birinçi navbatda, davlatga ziyon yetkazadi. Çunki, endilikda heç bir axborot mahalliy bölmaydi. Unga eʼtiborsiz qaraş mumkin emas. Maʼlum daqiqalarda butun dunyoga tarqalib ketadi. Deylik, Rossiya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning özbek tiliga nisbatan bildirgan salbiy munosabati, faqat bizda emas, köpgina davlatlarda ham kuçli aks-sado berganiga barçamiz guvohmiz. Axir har bir davlat fuqarosi öz davlatida öz ona tilisi davlat tili maqomida bölişini xohlaydi. Tabiiyki bugun özbek tiliga qilingan tajovuz ertaga boşqa davlat tillariga qilinmasligiga heç kim kafolat berolmaydi.

Endilikda bosma naşrlar nazarimizda obuna mavsumini yangi tartibda joriy qiliş töğrisida boş qotirişi kerak. Davr şuni taqozo qilmoqda. Dunyo axborot tizimi ikki usulda faoliyat yuritadi, yaʼni ham bosma, ham ijtimoiy tarmoqda. Biz istaymizmi, yöqmi, baribir şu amaliyotni, bugun bölmasa, ertaga, albatta, bosma naşrlarda qöllaymiz. Şunday ekan, bugun harakat qilgan yutadi.

Köpgina naşrlar yuqoridagi taj­ribani sinovdan ötkazişayotgani ham maʼlum. Odamlarda, yaʼni muştariylarda, muxlislarda, qiziquvçilarda könikma hosil qiliş zarur. Ularni yangi tartibga tayyorlab boriş kerak. Bu maʼlum vaqtni talab qiladi. Demak, hozirgi sinov amaliy natija bermayapti, deb taşlab qöymasdan, faollikni yanada jonlantiriş, harakatni yanada kuçaytiriş orqali jöşqin jarayonga erişiş mumkin.

Yulduz Ortiqova,

ÖzJOKU öqituvçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan