Dunyoni titratgan ofat
yoxud virusning “yaxşi”si böladimi?
Insoniyat tarixi hozirgaça ham, amin bölaylikki, bundan keyin ham uzluksiz, biri ikkinçisidan muhim va oğir, sirli-sinoatli imtihonlardan iborat böladi. Vaqt tuşunçasidan boşqa jamiki mavjudlik – yer, suv, olov va havo, tun va kun, yomğir va şamol, bahoru qiş odamlarsiz ham öz xizmatida davom etaveradi. Inson esa tuğilmasidan avval yaxşi yaşaş uçun muttasil kuraşga, goh ğolib, goh mağlub bölişga mahkum.
Koronavirus pandemiyasi dunyoni öngsiz ahvolga solib qöydi. Bir qaraşda, bu qadar keng kölamli muammo boşida toji bilan tekis joyda, hayot öz özanida bir maromda davom etayotgan, tinçlik-totuvlikdan bahramand odamlar uy qurayotgan, töy qilayotgan, bolalari bilan sayohatga çiqayotgan, dalasiga uruğ qadayotgan paytda yuzaga çiqdi. Oddiy isitma va yötal bunday dahşatli oqibatlarga olib kelişini heç kim kutmagan edi. Oğir zarba böldi bu pandemiya.
Taniqli virusolog Karin Myollingning 2018 yili “Alpino Pablişer” naşriyotida çop etilgan “Duşmanligidan köra döstligi köp virus” nomli kitobini varaqlar ekanman, garçi inson organizmida foydali virus va bakteriyalar mavjudligini, ular xuddi işçi asalarilarday tinim bilmay mehnat qilişlarini bilsam-da, muallifning ayrim fikrlari eʼtiborimni öziga tortdi. “Virusologiya sohasida köp işladim, izlandim, maşhur olimlarning tadqiqotlari bilan tanişdim, fikrlarini tingladim,– deb yozadi muallif.– Biz uzoq vaqt viruslarni öta xavfli, buzğunçi, toqat qilib bölmaydigan darajadagi yaratiqlar, deb öylaganmiz. Ammo, tan olişimiz kerakki, aslida ular bunday emas. Viruslar – genimizning bir qismi. Mikroorganizmlar va viruslarning foydali jihatlari köpinça eʼtiborimizdan çetda qoladi, ularga nisbatan salbiy munosabatimizni özgartirişimiz kerak. Çunki ular juda uzoq vaqt davomida muttasil ğayrat bilan bizni bu darajamizgaça kötarişdi”.
Olimaning bunday nuqtai nazari bilan tanişgandan söng, kitobni yana varaqlamaslikning iloji yöq edi. Baʼzi xulosalarni aynan keltiraman: “Virus sözi lotinçadan tarjima qilinsa şarbat, şilimşiq çökma (çökindi), zahar maʼnosini beradi… U töqimadan taşqarida bölganida xavfsiz, qaysidir yöl bilan töqima içiga joylaşib olgaç, mustaqil ravişda köpaya boşlaydi”.
Viruslar haqidagi bilimlarimiz kun sayin takomillaşib borayotir. Yangi-yangi haqiqatlar oşkor bölmoqda. Ular hayot, tiriklik mavjud bölgan hamma joyda mavjud ekan, genlarga yopişib, mutatsiya jarayoniga turtki beriş, şakl-şamoyilini özgartiriş, özlaridan boşqa bir yopişmani töqimadan olib taşlaş va hatto, genlarni bir-biriga qöşib yuborişga ham qodir ekanlar. Olimlarning eʼtirofiça, masalan, onkoviruslar baʼzi hollarda zararlangan töqimani davolaşlari ham mumkin ekan. Demakki, viruslar faqat zararli emas. Ularning “hayoti”, yaşaş falsafasi ğoyat murakkab, evolyutsiyasi juda uzoq. Baʼzi funksiyalari fidoyi tabiblarni eslatadi. Haq talab qilmay, beminnat işlaşadi, çarçoq nimaligini bilişmaydi. Yanada muhimi, jonzotlar uçun oradan ötayotgan million-million yillarning mutlaqo ahamiyati yöq, ular yaşaşda, harakatda, ijobiy va salbiy faoliyatda davom etaveradilar. Olimlar hatto yadro reaktorlarida ham viruslar yaşaşini aniqlaşgan. Berlindagi tabiatşunoslik muzeyida saqlanayotgan suyak skelet bundan 15 million yil avval yaşagan dinozavrga tegişli. U suyakni yemiruvçi öta xavfli virus tufayli ölgan. Yer yuzida 300 million yil avval ham virus bölgan. Okean suvlarida şunça vaqtdan beri bemalol suzib yurgan selekant baliqlari (yaqin-yaqingaça olimlar ularni allaqaçon qirilib ketgan deb hisoblardilar) viruslar bilan “til topişib” yaşaş mumkinligini allaqaçon isbotlaşgan deyiş mumkin.
Tibbiyot uzoq olişuvdan söng çeçak ustidan uzil-kesil ğalaba qozongani maʼlum. Ammo u vaqti-vaqti bilan özini eslatib turadi. “Ispan grippi” yaşovçanlikda boşqa turdoşlaridan qolişmaydi: yuz yil avval jangda halok bölgan askarning suyagida saqlanib qolgan. Vabo bir vaqtlar Yevropa aholisining uçdan birini halok qilgan, 600 yil avval şu kasallikdan Rim aholisi butunlay qirilgan.
Demakki, virusni virusdan farqlaş zarur. Buning uçun, eng avvalo, mikroskop yordamida közga taşlanadigan tojdor ofatni yaxşi va çuqur örganmoq darkor. Ular hayotda mavjud jamiki tirik organizmlarning umumiy sonidan ham köp, bir-ikki hamla bilan bunça laşkarni yengib bölmaydi. Şu bois, inson va viruslar örtasidagi jang, taniqli virusolog Svetlana Pospelovaning taʼbiriça, uzoq davom etadigan “samoviy uruş”larni eslatadi. Virusologiya fani hozirgaça 5 mingga yaqin virus turlarini ilmiy jihatdan örgangan, ammo ularning soni milliondan ortiq. Kuraş hali-veri tugamasligi ayon haqiqat. Çunki ularda şaxsiy töqima yöq, öz holiça yaşay olmaydi, köpaymaydi ham. Buning uçun u payt poylab turib, biror tirik organizm yoki bakteriyaning töqimasiga çirmovuqday yopişişi kerak. Şunday qilsa, oradan köp ötmay, yangi-yangi nusxalari paydo böladi. Ajablanarlisi şundaki, töqimadan çiqqan virus halok böladi, ammo yangi nusxalar “ota-bobolari” işini davom ettirib, töqimalarni şitob bilan mahv etişadi. Bu iş baʼzi quşlarning makkorligini eslatadi: ular bola oçiş uçun in qurmaydi, aksinça, boşqa quşlarning tayyor issiqqina inidan foydalanişadi.
Olima virus va bakteriya bir-biridan jiddiy farq qilişiga eʼtiborimizni qaratadi: “Grippga çalingan yoki virus yuqtirib olgan kişi darhol aptekadan antibiotik dori sotib oladi. Bu vositalar bilan virusga qarşi kuraşib bölmasligini bilmaydi. Buning uçun bevosita virusga qarşi maxsus dori vositalari kerak. Bakteriya va viruslarning hajmini makro va mikroorganizm sifatida Quyoş va Yerga taqqoslaş mumkin”.
Bundan anglaşiladiki, hozirça heç bir olimga nasib etmagan vaksinani topiş va uni amaliyotga tatbiq etiş bilan birga, asosiy kuçni inson immunitetini tengsiz “jang”ga tayyorlaş muammosiga sarflaş kerak. Boşqa yöl yöq. Baʼzi virusşunoslar odamlar qizamiq kasali kabi, ertami-keçmi, baribir, koronavirus bilan yuzma-yuz kelişi muqarrar, degan fikrda sobit turib, “yakkama yakka maydonga çiqiş” qança erta sodir bölsa, şunça yaxşi” deyişmoqda. Bu ikki yölning qaysi biri muhimligini vaqt körsatadi.
Dunyoning köpgina mamlakatlarida bugun koronavirusga qarşi maxsus vaksina yaratiş ustida jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda, oçiq, yopiq laboratoriyalar tinimsiz işlamoqda. Kimdir muvaffaqiyat ostonasiga yaqin kelib qolgan, boşqa bir olim sinov tajribalarini boşlab yuborgan bölişi mumkin. Ikkinçi tomondan, bu virus tabiiy yaratilmami yoki ilmiy tafakkur hosilasimi, degan bahs avj olmoqda. Har bir tomon özining qaraşlarini isbotlaşga urinayotir. Ular orasida Xitoyning Uxan şahridagi laboratoriyaga işora qiliş köproq: bu yerda olimlar körşapalaklar bilan işlaşayotgani matbuotda köp bor aytildi. “Mir novostey” gazetasining şu yil 19 fevral sonida eʼlon qilingan maqolada Guançjoudagi Texnologiya universitetining bir guruh biolog olimlari tomonidan tayyorlangan maʼruza haqida gap boradi. Maʼruzada koronavirus Uxandagi laboratoriyadan qoçib çiqqanligi, u yerda olimlar 155 ta, Xubey viloyatida esa 450 ta körşapalak bilan işlayotganlari, bu jonivorlardan biri xodimlardan birining qölini tişlab olgani aytiladi. Xitoy tomoni esa barça ayblovlarni işonçli tarzda rad etmoqda.
Uşbu satrlar qoğozga köçayotganida Amerikadan ikkita xabar keldi. Birinçisida mamlakat olimlari inson töqimalaridan koronavirus degan ofatni 48 soat içida haydab çiqaradigan vaksinani topganlari aytilsa, ikkinçisida SNN kanali xuddi şunday muvaffaqiyatga erişiş arafasida turgan Pitsburg universiteti professori Bing Lyu öz uyida otib öldirilganini xabar qiladi. Biror fikr bildiriş qiyin, ammo vaksinaning bir yoki ikki-uç mamlakatda işlab çiqarilişi muammoni töla hal etmaydi. Pandemiya u yoki bu mamlakatga emas, dunyoga, jamiki insoniyatga tegişli ofat. Şunday ekan, vaksina atrofida bozor savdolari paydo bölişi yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi. Bugungi global şaroitda bu kasallikni maʼlum bir hududda yöq qiliş muammoni hal etmaydi, aksinça, ortiqça xotirjamlik, beparvolik yangi muammolarning eşigini oçişi mumkin.
Bosma va internet naşrlarida bugun yetakçilik qilayotgan mavzulardan biri – pandemiyadan keyingi hayot, natija va oqibatlar haqida. Bu xususda şu qadar köp gapirilmoqdaki, koronavirus ançadan beri mudrab yotgan ilmiy tafakkurni jonlantirib yubordi, deyişdan özga çora yöq. Taxminu farazlar, eʼtiborsiz qoldirilgan ogohlantirişlarning son-sanoğiga yetib bölmaydi. Pandemiya bois, dunyoda haddan taşqari köp virusolog olimlar mavjudligini bilib oldik, ammo ularning iş uslublari, taklif va mulohazalari bir-biridan ança farq qilişi, hurmat bilan aytganda, ajablanarlidir.
Maşhur Bill Geytsning fikrlariga quloq tutaylik: “sayyoramiz Zika, Ebola, SARS, MERS kabi köplab viruslarni boşdan ötkazdi. Odamlar epidemiyalarning oqibatlari naqadar dahşatli ekanligini tuşunişlari uçun şularning özi yetarli deya vaqtida ogohlantirgan edim. Epidemiyalarga tayyor emasligimiz haqida, balki agar ilm-fanga investitsiya kiritsak, ularga qarşi tayyor böla olişimiz haqida ham gapirgandim. Lekin afsuski, bunga eʼtibor bölmadi, keragidan ança kam iş qilindi. Vaksinalar yaratiş sohasida qandaydir yutuqlar bölgandir, ammo diagnostika, virusga qarşi dori-darmon, antitanaçalarni işlab çiqiş mexanizmlarini örganiş, yaʼni rivojlantirişimiz zarur bölgan sohalarga kelganda, heç qanday qöllab-quvvatlaş kuzatilmadi. Endi esa havo tomçilari orqali yuqadigan virusga duç keldik. Afsuski, mening salbiy prognozlarim özini oqlamoqda”.
Yevropalik ekspertlarning fikri quyidagiça: “Dunyoni qamrab olgan bugungi inqiroz şaroitida Özbekiston pandemiya taʼsirini kamaytiriş uçun tegişli çoralarni körmoqda. Muhimi, bu borada davlat tomonidan keng kölamli vazifalar vaqtida belgilandi. Tadbirkorlarga soliq yukini kamaytiriş böyiça muhim imtiyozlar berildi. Koronavirus tarqalişini muvaffaqiyatli va samarali yengib ötiş uçun Yaponiya va boşqa mamlakatlar tajribasidan foydalanilmoqda. Öz navbatida, uşbu mamlakat yaqin qöşni davlatlar bilan birdamlikni mustahkamlaşga intilmoqda. Özbekiston bu borada boşqa davlatlarga örnak bölayotir. Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu yönalişda hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida qöşni davlatlar rahbarlarini aniq maqsadli harakatlarni özaro muvofiqlaştirişga daʼvat etmoqda. Qirq yildan ortiq davom etayotgan qurolli mojarolar tufayli soğliqni saqlaş tizimi zaiflaşgan qöşni Afğonistonga insonparvarlik yordami yuborilişi Özbekiston diplomatiyasi va yaxşi qöşniçilik siyosatini özida yana bir bor namoyon etdi”.
Professor M. Çibaning (Yaponiya) fikrlari ğoyat eʼtiborli: “Koronavirus infeksiyasining dunyo böylab tarqalişi va Özbekistonning uşbu ofatga qarşi körayotgan qatʼiy çoralarini qiziqiş bilan kuzatmoqdaman. Özbekiston koronavirus talafotlarini öz boşidan ötkazgan Xitoy, Janubiy Koreya hamda boşqa mamlakatlarning tajribasini öz vaqtida va samarali örganişga muvaffaq böldi. Fuqarolar karantin davrida hukumat tomonidan eʼlon qilingan barça körsatma va tavsiyalarga amal qilişlari şart. Özbekiston maxsus karantin zonalarini barpo etdi. Uşbu holat davlat öz xalqi salomatligi va kelajagi uçun qayğurayotganidan dalolat beradi… Men dunyo mamlakatlariga Özbekiston tajribasini örganiş va qöllaşni maslahat beraman”.
Ijtimoiy tadqiqotlar instituti Kengaşining boş eksperti Gleb Kuznetsov pandemiyadan söng yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar haqida fikr bildirar ekan, jamiyat davlat xizmatida işlovçilar va xususiy biznes bilan şuğullanuvçilarga bölinişini taxmin qiladi: “Biznes davlatdan yordam söraydi, davlat esa rasmiy lavozimlarda işlaydiganlar hamda pandemiya asoratlari bilan kuraşayotganlarga maoş tölaş uçun soliqlar öz vaqtida yiğilişini talab etadi. Bu bellaşuvda, ekspertning fikriça, xususiy biznes yutqizadi”.
Dunyo matbuotida boşqa yönalişdagi fikrlar ham mavjudki, ularga ham eʼtibor beriş zarur. Ayrim kuzatuvçilarning fikriça, pandemiya munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida inson ruhiyatiga öta salbiy taʼsir körsatuvçi maqola, şarh va turfa xil taxminlar şu qadar köpayganki, ular mohiyatiga köra, muammoning asl darajasidan ança köp va xavfli. Bu ham öziga xos pandemiya. Turli şov-şuvlar oqibatida maʼlum toifa odamlarda qörquv, umidsizlik, işonçni yöqotiş kayfiyati yuzaga kelmoqda. Bunday psixologik holatdan özlarining noxolis maqsadlarida foydalanuvçilar bor. Karantin şaroitida köplar daromadining bir qismini yöqotadi, boşqa kimlardir esa noilojlik holatiga tuşganlar hisobiga mömay pul işlab oladi. Baʼzi mamlakatlarda köpçilik karantin muddatini uzaytiriş tarafdori, buning boisi şuki, ularning biznesi odamlarning uyda qolişi bilan boğliq. Şunday ekan, karantin bekor qilinganidan keyin yangi muammolar paydo bölişi ham ehtimoldan xoli emas.
Bunday takliflarni yana köplab keltiriş mumkin.
Xulosa örnida şuni aytiş joizki, pandemiya bois odamlarning hayotga, jamiyatga munosabatida ijobiy özgariş yuz berişi, kundalik turmuş tarzi, orzu-havasi va öy-xayollarida ogohlik, kamtarlik, jamoaviylik, sabr-qanoat kabi fazilatlar yanada kuçayişiga umid qilsa böladi. Yangi asr vabosining kelişi-yu ketişidan har bir kişi, oila, jamoa, mahalla, jamiyat qanday xulosa çiqarişi, öz qaraşlari, iş tutumini qanday tahrir qilişi ğoyat muhim. Davlatimiz rahbari sözlari bilan aytganda, “koronavirus xavfi yöqolganidan keyin ham xalqimiz karantin paytidagi ayrim qoidalarni özining odatiy turmuş tarziga aylantirişi kerak”.
Maqolaga nuqta qöyiş oldidan yana ikki-uçta xabar bilan tanişdim. Bundan ança yillar avval Nyu-Yorkda osmondan ölik körşapalaklar yoğila boşlagan, oradan köp ötmay mamlakatni bezgak ofati qamrab olgan ekan. Bu voqea şu yil 20 mart kuni, söng 6 aprelda Isroilda takrorlanibdi. Odamlar orasida körşapalaklarning ini saraton kasalligini davolaşi mumkin degan miş-miş tarqalgaç, baʼzi soxta tadbirkorlar tunda çivin bilan ozuqlanadigan qölqanotli sutemizuvçilarning uyini buzib, mömay daromad topmoqçi ham bölişgan. Bu xususda mahalliy matbuotimizda yozildi ham. Uxandagi laboratoriyada ötkazilgan tajribalar esa dastlab AQŞda boşlangan ekan.
Nima deyiş mumkin? Odamzot qilgulikni qilib qöyib, aybni şaytonga tönkaşi qadim-qadimlardayoq odat tusini olgan va bu odat bugungaça davom etmoqda. Balki bu gal şaytondan ham xijolat tortib, hammasini quloği yaxşi eşitmaydigan, ilmiy xodimning qöliga çang solgan körşapalakka ağdarayotgandirmiz?..
Ahmadjon Meliboyev.
